Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet2/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

              

                         Tayanch iboralar 

 

22 


Qadimgi  Sharq,  Nil,  Frot,  Makedoniyalik 

Iskandar,   ellin, qullar,  qaram kishilar,   ishlab  

chiqaruvchilar,   klassik    qulchilik,   despotiya, 

oligarxik  respublika,   Yevroosiyo,  yevropoid, 

ekvatorial, negroavstroidlar, mongoloid,  somiy-

xomit, afro-osiyo, berber-liviya, kushit, hind-yevropa, 

xett-liviya, hind-eron, xurrit, Urartu, protoxettlar, 

dravid, tibet-Xitoy,  Zagros,  G.Maspero,  Ed. Meyer. 

    

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак 

йук. T.1998 yil. 

Ладынин И. А. и др. История древнего мира: 

Восток, Греция, Рим.  «Слово»,  «ЭксмоЭ-М. 2004. 

Авдиев Е. Кадимги  Шарк тарихи. T.1964 yil.  

  История  древнего  мира  (И.С.Свенцицкая 

тахрири остида ) M.1983 1-3  

том. 

  Источниковедение  по  истории  Древнего 



Востока ( В. И. Кузищин   

тахрири  остида ) M.1984 йил. 

Практикум  по  истории  древнего  мира( И.С. 

Свенцицкая тахрири остида ) 

M. 1981   1-кисм. 

 

Asosiy sanalar 

Er. avv. IV ming yillikning II yarmi   

ilk 


davlatlarning paydo bo’lishi 

 

23 


Er. avv. II ming yillik o’rtalari    

Yaqin 


Sharqning turli hududlar  

o’rtasida  aloqalarning 

o’rnatilishi 

Er. 


avv. 

ming 



yillik     

Qadimgi 


Sharq dunyosining  

yaxlitligini  vujudga 

kelishi  

Er. 


avv. 

II 


ming 

yillikda     

oriy 

qabilalarning tarqalishi 



Er. avv. IV asrning 30-20-yillari   

Qadimgi 


Sharq tarixining so’ngi  

davri 


Iskandar 

yurishlari bilan  

tugashi 

Eramizning 

III-V 

asrlar     



O’rta  Osiyo, 

Hindiston va Uzoq  

Sharq  mamlakatlari 

tarixida antik 

davr 

     

Mustaqil  ish  mavzulari 

Qadimgi Sharqda davlat boshqaruvi. 

Qadimgi Sharqda qulchilik  va uning o`ziga xos 

xususiyatlari. 

Qadimgi Sharq jamoasi. 

Qadimgi Sharqda davlatlar paydo bo`lishining sabab 

va shart-sharoitlari. 


 

24 


Qadimgi Sharq davlatlarida Osiyocha ishlab chiqarish  

uslubi. 


 

 

                                            Reyting  savollari 

1.Qadimgi sharq tarixi fani nimani o`rganadi? 

A) quldorlik jamiyati tarixini 

B) sinflar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni 

S) sharq mamlakatlarida davlatning paydo bo`lishini 

huquqiy asoslarini 

D) ibtidoiy jamiyat va quldorlik jamiyatining siyosiy, 

huquqiy tarixini 

E)  sharq  mamlakatlarida  sinfiy  tabaqalanish 

jarayonini davlatni paydo bo`lishi, ijtimoiy-iqtisodiy 

va ma'naviy taraqqiyot jarayonlarini 

2.Qadimgi Sharq tarixi qamrab olgan hududlarni 

ko`rsating ? 

A) Osiyo qit'asidagi barcha mamlakatlar va Pireney 

yarim  oroli. 

B)  Osiyo,  Yevropa,  Bolkon  yarim  orolining 

ahmoniylar bosib olgan qismi 

S) Afrika janubidan Hind okeanigacha va Polineziya 

orollarigacha bo`lgan joylar 

D) Janubdan shimoliy Afrika va Qizil dengiz 

qirg'og'idan  O’rta  Osiyo  janubi,  g'arbdan  Kichik  

Osiyodan  sharqda  Tinch  okeanigacha  bo`lgan 

hududlar 


 

25 


E) Ikki daryo oralig'idan to Uzoq Sharqqacha bo`lgan 

hududlar 

3.Qadimgi Sharqda qul mehnatining o`ziga xos 

xususiyatlarini ko`rsating? 

A) qul mehnati  foydasiz, shu sababli undan 

foydalanilmagan 

B) qul mehnatidan dastlab zodagonlar, ibodatxonalar 

xo`jaligida       foydalanildi.   Er. avv. I ming 

yilliklardagi boy fuqarolar xo`jaligida foydalanish 

boshlandi 

S) qul mehnatidan faqatgina yordamchi ishlarda 

foydalanildi 

D) qul mehnatidan faqatgina podsho xo`jaliklarida 

foydalanildi 

E) qul mehnatidan podsho xo`jaliklarda foydalanildi 

4.  Qulchilik rivojlanishining Sharqdagi o`ziga xos 

xususiyatini ko`rsating ? 

A) qullar merosiy mol-mulk sifatida avloddan-

avlodga  o`tib tabiiy ravishda ko`payib bordi. 

B) qullar faqat urushlar natijasida ko`paydi. 

S) qullar safi qarz uchun qul qilish, qarzdorlik 

natijasida to`ldirildi. 

D) qullar boshqa mamlakatlardan sotib olindi. 

E) A va B 

5.Sharq  jamiyatining  o`ziga  xos  xususiyatini 

ko`rsating ? 

A) xonaki qulchilikning mavjudligi 

B) sun'iy dehqonchilikka asoslangan dehqonchilikning 



 

26 


mavjudligi 

S) Osiyocha ishlab-chiqarish usuli yerga jamoaning 

egaligi, podshoni mutlaq  hokimiyati 

D) ijtimoiy tabaqalar siyosiy hokimiyatni qo`llab 

quvvatladi 

E) qul mehnatidan xo`jalikning barcha sohalarida 

foydalanish 

6.Qadimgi Sharqda, aniqrog'i Ikki daryo oralig'ida 

ortiqcha mahsulot   paydo bo`lishining sabablari 

nimada? 


A)Qadimgi Mesopotamiyani tashqi dunyodan ajralib 

qolgani va qulay iqlimi 

B) metall buyumlarining  keng  tarqalgani 

S) hosildor yerlarning ko`pligi 

D) qulay iqlimning mavjudligi 

E) xo`jalikda qishloq jamoasini yetakchi rol o`ynashi 

7.Qadimgi  Sharqda  ibtidoiy  jamoa  tuzumining 

yemirilishi  davrida  oila-nikoh  munosabatlarining 

o`zgarishiga nima sabab bo`ldi? 

A) aholi miqdorini o`sishi, metall qurollaridan tobora 

ko`proq foydalanila boshlanishi 

B)  urushlarning  tez-tez  bo`lishi,  erkaklarni 

himoyachilik rolini o`sib borishi 

S) ishlab chiqarishda erkaklar mehnatini yetakchi roli 

D) mulkiy tabaqalanish va meros huquqini mavjudligi 

E) olovdan foydalanish, qurollarni ko`payishi, mehnat 

qurollarining takomillashuvi 


 

27 


8.Qadimgi  Sharqdagi  qaysi  mamlakatda  kishilar 

arifmetik amallarni ilk bor  o`zlashtirdilar? 

A) finikiyaliklar            

B) Falastinda yahudiylar 

S) misrliklar      

D) shumerlar 

E) Hindistonda hindlar 

9.Quldorlik jamiyati qayerda erta shakllangan? 

A) Mesopotamiyada         

B) Kichik Osiyoda 

S) Xitoyda                      

D) O`rtayer dengizi mamlakatlarida 

E) Hindistonda 

10. Podsho hokimiyati sakral xarakteriga ega bo`lgan 

xosildorlik   ma'budlari bilan bog'lanib ketgan 

hududni ko`rsating ? 

A) Misr                 

B) Hindiston 

S) Xitoy                

D) Qadimgi Sharqning barcha mamlakatlarida 

E) Yaponiya 

11.Qadimgi Sharq tarixini necha bosqichga bo`lish 

to`g'ri? 

A)  3 bosqichga      

B) 4 bosqichga        

S) 2 bosqichga 

D) 5 bosqichga        

E) 6 bosqichga 



 

28 


12.Sharq  jamiyatini  ilmiy tadqiq  qilgan  holda 

tadqiqotchilar  Qadimda  Sharq  jamiyatlarini 

quyidagicha o`ziga xosligini ko`rsatdilar? 

A)  sharq jamoasini mavjudligini, zulmning ibtidoiy 

shakllarini,  yerga  jamoa  egaligini,  boshqarishni  

mutlaq shaklini 

B) yer - mulk hamisha podsho mulki hisoblanadi 

S) ijtimoiy - siyosiy hayotda ibodatxonalar katta 

mavqega ega   

D) savdo va savdogarlar jamiyat hayotida yetakchi rol 

o`ynaydi  

E)  Osiyocha  ishlab  chiqarish  usulini  keng 

tarqalganligini 

13.Sivilizatsiyalarni   xronologik  ketma-ketlikda  

ko`rsating? 

A)  Misr  sivilizasiyasi,Hind  sivilizasiyasi,Shumer 

sivilizatsiyasi. 

B) Shumer sivilizatsiyasi, Misr sivilizatsiyasi, Hind 

sivilizatsiyasi. 

S) Shumer sivilizatsiyasi, Hind sivilizatsiyasi,Misr 

sivilizatsiyasi. 

D) Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi, 

Hind sivilizatsiyasi. 

E) Hind sivilizatsiyasi, Misr sivilizatsiyasi,Shumer 

sivilizatsiyasi. 

14.Ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishini sababi ortiqcha  

mahsulot paydo  bo`lishidir. Bu nima demakdir ? 


 

29 


A) jamoa yoki alohida oila tomonidan insonning 

jismoniy va ma'naviy ehtiyoji uchun     yetarlicha 

mahsulot ishlab chiqarilishi demakdir 

B) ishlab chiqaruvchi yoki jamoa tomonidan alohida 

kishilar ehtiyoji uchun       ishlab chiqariladigan 

mahsulot 

S) ilk ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda yashash uchun 

zaruriy   ehtiyojdan   ko`proq ishlab chiqarilgan 

mahsulot 

D) dehqonchilik va ovchilik sohasida chorvachilikda 

qo`shimcha xo`jalik faoliyati     jarayonida ishlab 

chiqariladigan mahsulot 

e) A va B 

15.  O’rta  Osiyo,  Hindiston  va  uzoq  sharq 

mamlakatlari  qadimgi  tarixi   qaysi  vaqtgacha 

o`rganiladi ? 

A) eramizning III-V asrlarigacha        

B) eramizning I-III asrlarigacha 

S) er. avv. IV asrgacha                            

D) er. avv. III-I asrlargacha. 

E) eramizning V-VII asrlarigacha 

16.Nil daryosining uzunligini ko`rsating ? 

A) 5000 km        

B) 4800 km          

S) 6700 km 

D) 4372 km         

E) 6573 km 


 

30 


17.Qadimgi Sharqda allyuvial  tuproqli  vodiylarni 

ko`rsating ? 

A) Nil, Dajla        

B) Dajla, Frot       

S) Sinay, Nubiya 

D) Tavr atrofi      

E) Nil, Hind 

18.Qadimgi sharqda buyuk daryolar vodiylarida inson 

yashashi  uchun  qulay shart-sharoitlarni  vujudga 

kelishi qanday natijalarni berdi? 

A) ishlab chiqarish kuchlari rivojlandi. 

B) yirik qo`rg'onlar sodir etildi. 

S) ilk mudofaa inshootlari ko`rildi. 

D) shaharlar shakllana boshladi. 

E)  yuqoridagilarning barchasi 

19.Qadimgi Sharqda insoniyat jamiyati rivojiga olib 

kelgan sabablarni ko`rsating? 

A)  ishlab chiqaruvchi xo`jalikni vujudga kelishi 

B)  shaharlarning paydo bo`lishi 

S)  metallarning o`zlashtirilishi 

D)  sug'orma dehqonchilik, chorvachilikni rivojlanishi 

E)  barcha javoblar to`g'ri 

20.Qadimgi sharqda hukmron sinfning o`ziga xos 

xususiyatini ko`rsating ? 

A) uning davlat apparati bilan yaqin aloqasi 

B) qullarga ega bo`lishi               

S) o`z qo`lida yerlarni to`plashi 

D) janglarda boshliq bo`lishi     



 

31 


E) diniy majburiyatlarni bajarmasligi 

21.Qaysi  sharq  mamlakatidagi  qulchilik  klassik 

qulchilik edi? 

A)  Hindistonda, Xitoyda           

B)  Bobilda, Akkadda 

S)  Shumerda va Osuriyada            

D)  O`rtayer dengizi mamlakatlarida 

E)  hech qaysi mamlakatda 

22.Qadimgi Sharqda yer kimning mulki edi? 

A)  podshoning, davlatning         

B)  ibodatxonaning, qullarning 

S)  zodagonlarning, podsholarning   

D)  ijarachilarning, dehqonlarning         

E)  A va B 

23.Qadimgi Sharqda davlat hokimiyatining o’ziga xos 

xususiyatini ko`rsating ? 

A)  davlat boshlig'i, hukmdorning alohida mavqei 

B)  davlat boshlig'ining oliy koxin deb tan olinishi 

S)  hukmdorlarning harbiy boshliq vazifasini ham 

bajarganligi 

D)  A va B          

E)  A va S 

24.Qadimgi sharqda mutlaq hokimiyatining to`liq 

ko`rinishini qaysi davlat misolida ko`rish mumkin? 

A)  Qadimgi Osuriya  misolida      

B)  Xett davlati    misolida   

S)  Shumer davlati misolida

 

D)  Qadimgi Misr misolida           



 

32 


E)  A, B va D 

25.Yirik sharqshunos olimlarni ko`rsating? 

A)  G. Maspero, E. Meyer                   

B)  B. A.Turayev, Gerodot 

S)  A. Islomov, F. Shampolon           

D)  Strabon, Pompey Trog 

E)  E. Meyer, A. Kosteskiy 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

33 


 

 

 



 

 

 



 

 

Qadimgi  Misrda sinfiy  jamiyat va davlatni  



paydo bo’lishi 

 

 

Mamlakat va aholi 

  Qadimgi Misr deb Nil daryosining  birinchi 

ostonasidan boshlab keng Nil deltasini hosil qilgan tor 

Nil vodiysiga (kengligi 1 kmdan 20 km.gacha) 

aytiladi. Tor Nil vodiysi Yuqori Misr, deltaning quyi 

qismidagi viloyat Quyi Misr deb atalgan. («Yegipet» 

nomi yunoncha, Misr poytaxti Memfis misrcha 

«Xetkau-Ptax» yoki xikupta «xudo Ptaxning ruhi 

kal'asi» ma'nosini bildiradigan so`zdan      kelib 

chiqqan.)  Misrliklar  o`z  mamlakatlarini  Nil  

vodiysining haydalgan  qora tuproqli yeriga qarab 

Kemet-«qora yer» deb ataganlar. 

Misr Afrika qit'asining shimoliy-sharqiy qismida 

joylashgan,  Suvaysh  bo`yni  orqali  Misr  Old 

Osiyoning madaniy markazlari bilan bog'langan. Misr 



 

34 


Nil daryosi orqali Tropik Afrika va O`rtayer dengiziga 

tutashgan. 

  Gerodot  “Misr-Nilning sovg`asi”-deb ta'riflaydi. 

Chunki Nil daryosi Misr iqtisodiy hayotida yetakchi 

o`rin tutgan. Nilda har yili 19  iyunda toshqin 

ko`tarilgan. Bu  toshqin sentabr o`rtalarigacha davom 

etgan. Noyabrda daryo o`z o`zaniga tushgan. Ekilgan 

yer aprel-mayda hosil keltirgan. Nil daryosi Misr 

iqtisodiyotining  asosi dehqonchilikda muhim o`rin 

tutgan. Mo`l-ko`l hosil sun'iy sug'orish asosida 

olingan. 

  Misrliklar dehqonchilik ishlariga ko`ra yilni 3-

mavsumga  bo`lganlar:  “to`la  suv  mavsumi”-Nil 

toshqini (iyul o`rtalari), «ekin, unish mavsumi» 

ekishdan hosil yig'ishgacha bo`lgan qishloq xo`jalik 

ishlarini to`liq sikli (noyabr va may o`rtalari), «quruq 

mavsum»-yerni dam olish vaqti va   shafqatsiz 

jazirama (may o`rtalaridan iyul o`rtalarigacha) davri. 

Suv omborlari qurilib, Nil vodiysi to`g'on, kanallar 

bilan to`g'ri burchakli havza (basseyn)larga bo`lingan. 

  Ekinlar: arpa, bug'doy, kunjut, kanop, emmer 

(polba) xurmo, kokos palmalari, akatsiya (qurilish 

materiallari  uchun), uzum va mevali daraxtlar o`sgan. 

Asosiy ovqat hisoblangan baliq ko`p bo`lgan. Chorva 

mollari:  qo’y, echki, sigir, eshak, cho`chqa boqilgan. 

  Qazilma boyliklar: granit, bazalt, diorit, alebastr, 

shifer, ohak. Memfis yonida yirik tosh konlari, o`rta 

Misrda Fiva yaqinida alebastr konlari va Sinay yarim 



 

35 


orolida boy mis konlari bo`lgan. Oltin Shimoliy 

Nubiya va Arabiston yarim orolidan olib kelingan. 

 Aholi: Qadimgi Misrliklar o`rta bo`yli, to`ladan 

kelgan,  soqoli  qirilgan,  sochlari  qisqa 

qirqilgan.Ozgina turtib chiqqan daxan. Qalin lablar, 

uzunchoq  bosh, «negroid» va «Osiyo» belgilari 

qo`shilgan. Kiyimlar qisqa, old yubka, lungidan iborat 

bo`lgan. 

  Ovqat:  arpa non, emmer bo’tqasi, quruq baliq, 

piyoz,  sarimsoq  va  bodring.  Qadimda  misrliklar  

dunyo tarixida birinchi bo`lib pivoni kashf qilganlar 

va  arpadan tayyorlangan pivo asosiy  ichimlik 

bo`lgan. Go`sht kam iste'mol qilingan. Nil vodiysida 

qadimgi aholi Saxara, Liviya sahrosi va Efiopiyadan 

er.avv.VI ming yillik oxirida kelib joylashgan. Bu 

etnik guruhlarning qo`shilishidan qadimgi Misr xalqi 

kelib chiqqan. 

 

Qadimgi Misr  tarixining asosiy manbalari 

  Qadimgi Misr tarixini o`rganish uchun qadimgi 

Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan ko`pgina 

yozma yodgorliklari katta ahamiyatga egadir. Yozma 

manbalardagi  ma'lumotlar  moddiy  madaniyat 

yodgorliklarini  ko`p  jihatdan  to`ldiradi,  bu 

ma'lumotlar qadimgi zamondagi misrliklar hayotini, 

texnika, san'at va diniy e'tiqodning rivojlanishini 

oydinlashtirib beradi. Antik dunyo mualliflarining 

qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o`tgan 


 

36 


asarlaridan Misr tarixiga oid ko`p ma'lumot olish 

mumkin. Garchi yunon va rim yozuvchilari qadimgi 

Misr tarixi va madaniyati haqida ba'zan bir qator 

qimmatli ma'lumotlar qoldirgan bo`lsalar ham, lekin 

ularning  ma'lumotlari  tanqidiy  ravishda  jiddiy 

qarashni talab qiladi. 

  Qadimgi Misr tarixi ko`p xil manbalar orqali 

o`rganiladi.  Bu manbalarni  yetti  turga  bo`lish 

mumkin:  

1)  


Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy adabiy, 

ilmiy, diniy matnlar, hujjat va yo`riqnomalar. 

2)  

Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal'a, 



ibodatxona,  sog'ona,  uylar,  sopol  idishlar, 

haykallar va h. k. 

3)  

Xalq og'zaki ijodiyoti: qo`shiq, ertak, maqollar, 



afsona, axloqiy-etik asarlar. 

4)  


Tilshunoslik ma'lumotlari. 

5)  


Etnografiya ma'lumotlari 

6)  


Antropologiya  ma'lumotlari:  mumiyo,  skelet, 

freska, relyeflarda odamlarni jismoniy tuzilishini 

o`rganish mumkin bo`lgan tasvirlar. 

7)  


Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo`llar. 

        


Yozma  manbalar:   Mashhur  fransuz  olimi 

Shampol`onning Misr iyerogliflarini o`qishi qadimgi 

Misr yozuvini o`rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha bo`lgan 

fir'avnlarining ro`yxati sanab o`tilgan va yirik harbiy 

yurishlar va Nil toshqinlari to`g'risida ma'lumot 



 

37 


beradi. Aton va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Karnak 

ibodatxonasi)  devorlarida  yozilgan  «Tutmos  III 

annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan 

biri hisoblanadi. 

 Kohin Manefonning (taxminan er. avv. VI-III 

asrda) yozilgan asarida misr tarixi eng qadimgi 

davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola 

ro`yxatini tuzib, ularni uch dekada 10 sulolaga bo`ldi. 

Bu yangi davrda tadqiqotchilarning Misr  tarixini eng 

muhim  davrlarini  aniqlashlari  uchun  jumladan, 

qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o`rta, yangi va so`nggi 

podsholik davrlariga bo`lish imkoniyatini berdi. Misr 

arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil 

topgan. Eng qadimgi  arxiv podsho  Neferikara 

ibodatxonasida (V sulolasi er. avv. XXV-XXIV asr) 

topilgan. Eng boy arxivlardan biri Axetaton shahri 

(El-Amarna)ni qazishda topilgan bo`lib, bu arxivda 

350 hujjat mavjud.  

Qadimgi Misrdan boy abadiy meros yetib kelgan. 

Misr  adabiyoti  namunalaridan  nasihatnoma  va 

bashoratlar: «Axtoy nasihatnomasi»,  «Amenemope 

nasihatnomasi», «Ipuser so`zlari». Badiiy adabiyot 

namunalari: «Suzamol dehqon to`g'risidagi qissa», 

«Sinuxet hikoyalari» va hokazolarni aytish mumkin. 

  Ertaklar: «Ikki aka-uka to`g'risida», «To`g'ri va 

egri» haqida «Kemada halokatga uchraganlar» ertagi, 

«Unu Amonning Biblga sayohati» (Er.avv.XI asr 

kabilar). 



 

38 


  Diniy ruhdagi asarlar: V-VIII sulola fir'avnlari 

piramidalari  ichki  devorlarida   iyerogliflar  bilan  

tasvirlangan  yodgorliklar bo`lib (er.avv.XXIV-XXII 

asrlar), ular «Piramida matnlari» deb ataladi.  

 

Diniy  yozuvlar.  O`rta  podsholik  davrida 

zodagonlarning  yog'och  sog'onalarida  bitilgan 

«Sarkofaglar matnlari», qadimgi Misr diniy bosh 

kitobi  hisoblangan  «O`liklar  kitobi»,  Memfis 

ilohiyotshunoslik matnlaridan iborat.  

Tibbiyot, matematika papiruslari. Ebers  katta 

papirusi va Edvin Smit papiruslari kabilar qadimgi 

Misrda  ilmiy  bilimlarni  rivojlangani  to`g'risida 

ma'lumot beradi. 

 

Arxeologik  yodgorliklar.  Bular  me'moriy 

ansambllar   piramida,  mastaba  (hokim, 

zodagonlarning sog'onalari), shahar va ibodatxona 

qal'a, dengiz porti va nekropollardan iborat. Ayniqsa, 

III-IV sulolalar davrida qurilgan piramidalar noyob 

tarixiy-madaniy yodgorlik hisoblanadi. Eng qadimgi 

qabr-sarkofaglar  jumlasiga,   Yuqori  Misr 

podshosining Enxab (Nexen) shahridagi qabr-

sarkofagni  aytish mumkin. 

  Misrda mavjud bo`lgan,  bizgacha  saqlanib 

kelgan piramidalar, mastaba va boshqa   sog'onalar  

qadimgi   davrdayoq   o`g'ri-qaroqchilar tomonidan  

talangan. Faqatgina bitta  piramida bizgacha  talanmay  

yetib kelgan. Ingliz arxeologi Karter  1922 - yilda  

topgan   va   tekshirgan fir'avn Tutanxamon 


 

39 


piramidasida  topilgan  buyumlar oltin va qimmatbaho 

toshlar, temir metalli hamda  19 yoshda vafot etgan 

Tutanxamonning  mumiyolangan jasadi  ilmiy-tarixiy  

nuqtai-nazardan o`ta  qimmatli  hisoblanadi.  

Yangi  podsholik  fir'avnlarining  mumiyolari 

«ombori»  hisoblangan  Dayr-al-Baxrdagi  umumiy 

qabrda  topilgan  ko`pgina  ashyolar  diqqatga 

sazovordir. Bu ashyolar  qadimgi  Misr ijtimoiy-

iqtisodiy hayoti  to`g'risida  qimmatli   ma'lumotlar  

beradi.  



  Shaharlar qoldig'i. Er.avv.IV  ming  yillik 

boshlariga oid Yuqori Misrning poytaxti deb taxmin 

qilingan Enxab shahri dunyo tarixida barpo etilgan 

eng qadimgi shahar hisoblanadi. Misrda   qadimgi  

Fayum vodiysidagi Illaxun shahri qoldig'i, El-

Amarnadagi Axetaton shahri, Tanais kabi shaharlar  

qoldig`i arxeolog-tarixchi olimlar  tomonidan  qazib 

ochilib, tadqiq etilgan. 



Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling