Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet21/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53

 

Qo’shin 

Fors podsholigining  qudratini asosi fors va 

midiyaliklar  tashkil  qilgan  jangovar  qo’shin 

belgilagan. Qo’shinnig jangovar qobiliyatini tashkil 

qilishda  fors va midiyaliklardan  tashqari O’rta 

Osiyoning sak  jangovar  qabilalari,  baqtriyaliklar 

muhim o’rin tutganlar. Saklar asosan imtiyozli otliq 

qo’shinlarda  xizmat qilganlar. Harbiy qal'a, garnizon, 

tayanch punktlarda odatda  oliy harbiy  mansabni 


 

352 


forslar  egallaganlar.  Qo’shin  otliq   va  piyoda  

qismlardan  tashkil  topgan.  Otliq  qismlar, 

zodagonlardan, piyedalar dehqonlardan  olingan. Bu 

ikkala   qismlarning uyg`un   harakati   urushlarda  

g`alabani qo’lga kiritishga sabab bo`lar edi. Piyoda 

qo’shining asosiy  quroli kamon,   suvoriyning qurol-

aslahasi temir sovut, jez qalqon va ikki  temir nayza  

bo’lgan.  

Qo’shinning eng ilg`or  qismi o’n ming «o’lmas» 

askarlarini birinchi mingtasi   faqat fors aslzodalari  

vakillaridan iborat bo’lib, podshoning   shaxsiy 

qo`riqchilari hisoblanganlar. Qolgan qismlari turli 

fors, elam qabilalaridan to`ldirilgan.  

Bosib olingan mamlakatlarda  qaram  aholining 

qo’zg`olonlarini   bostirish maqsadida   qo’shinlar 

joylashtirilgan. Misr va Bobilda 10-12  ming  kishilik  

qo’shin  turgan. Davlat chegaralarida harbiylarga yer  

berilib  harbiy  garnizonlar  joylashtirilgan.  Bevosita  

xizmatda bo’lgan  harbiylar har   oyda  mahsulot bilan 

ish haqi olganlar. Iste'foga chiqqan askar oilasi bilan 

asosan kichik yer ulushidan  kun ko`rgan, savdo  va 

turli  hunarlar bilan shugullangan. 

Eng muhim urush harakatlari davrida  har bir 

qaram halq ma'lum miqdorda  askar yetkazib berish  

majburiyatini  olgan. Doro I davrida forslar dengizda  

ham yetakchi rol o`ynay boshlaydilar. Dengiz janglari 

Finikiya, Kipr, Egey orollari va Misr floti  yordamida  

olib borilgan. Matros  sifatida  saklar, forslar xizmat  



 

353 


qilganlar. Ko’pincha  flotda  rahbarlik  vazifalarida  

misrliklar bo’lgan. Er. avv.  V   asrdan boshlab Fors 

o’lkasida  dehqonlarning  iqtisodiy  ahvoli  

yomonlashadi. Dehqonlar harbiy xizmatdan bosh torta 

boshlaydilar. Bu o’z navbatida   fors   piyoda 

qo’shinlarini jangovar qobiliyatini yo`qotishga olib 

keladi. Endilikda   ular yaxshi qurollangan yunon 

yollanma  askarlari bilan  almashtirila boshlanadi. 

 Er. avv.  VI    asr oxirida fors davlatining qudrati  

eng cho`qqisiga yetdi. Xo’jalik  taraqqiyoti, qulay 

dengiz yo’llari, eski va yangi  karvon yo’llarining 

namunali  saqlanishi, pul muomalasining rivojlanishi  

xalqaro savdoni yanada  o’sishiga olib keladi. Fors  

davlati hududidan bir necha xalqaro  ahamiyatga ega 

bo’lgan  yo’llar  o’tgan.Ulardan  biri  Lidiyadan 

boshlanib, Kichik Osiyoni kesib o’tib, Bobilgacha 

borgan.  Boshqasi  Bobil  va  Suzadan   o’tib   

Pasargadgacha  davom etgan.  Bobil  va  Ekbatanni  

birlashtirgan  savdo  yo’li  Baqtriya  va  Hind 

chegaralarigacha yetadi.  Uzunligi 84 km.li kanalni 

qayta tiklashdi. Mamlakatni turli hududlari o’rtasida  

savdo aloqalari kuchaygan. 

Misr  Yunonistonga g`alla, polotno eksport  qilib, 

ynigacha  bo’lgan  84  kmli  kanalni  tiklaydi. 

Mamlakatning turli hududlari orasida sau yerdan  vino 

va zaytun moyi sotib olgan, boshqa viloyatlarni  oltin, 

fil suyagi bilan ta'minlagan. Hindistondan  oltin, fil 

suyagi,  xushbo`y  moylar,  Arabistondan  oltin, 



 

354 


So’g`diyonadan lazurit, serdolik, Xorazmdan feruza 

chiqarilgan. Bolqondagi yunon shaharlari kulolchilik 

mahsulotlari, Bobil g`alla, Kichik Osiyo temir va 

boshqa  rudalarni ishlab chiqaradi. Xalqaro dengiz 

savdosi   finikiyaliklar qo`lida  qoladi.  

Qadimgi  jamiyatda  qullar  mehnatidan 

foydalanish yuqori darajada  edi. qullar oldi-sotdi 

qilingan va turli ishlarda ishlatilgan. Asir qullar  soni 

juda ko’p  edi, fors podsholarining markazlashgan 

yirik xo’jaliklarida  ishlaydigan ishchilar (kurtashlar 

deb atalgan), boshqa joylardan qul  qilib olib kelingan. 

Kurtashlarning bir qismi davlat   fuqarosi deb 

hisoblangan.  

            

Qadimgi Eron madaniyati 

 Qadimgi Eron  mafkurasida  er. avv.  I ming 

yillikda  shakllangan  diniy  ta'limot  zardushtiylik 

muhim o’rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi 

Astiag davridayoq rasmiy dinga   aylangan edi. 

Zardushtiylik dinining koxinlari diniy an'ana urf-odat 

va  rasm-rusumlarni  saqlovchi  maglar  bo’lgan.  

Zartushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi, 

odamlarni bir-biriga mehribon bo’lishni targ’ib qildi.  

Doro I er. avv. 520-yil atrofida zartushtiylikni rasmiy 

davlat dini deb e’lon qildi. 

 Forsda   qadimgi  zartushtiylik tabiat xudolari 

Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik 

xudosi) va yorug`lik, oy,   shamol qabilarni o’zida 



 

355 


ifodalagan  xudolarga  sig`inilgan. Fors podsholari 

zardushtiylikning afzalligini tan  olib, rasmiy din 

sifatida   qabul   qilgan bo’lsalarda eng qadimgi 

xudolardan  voz kechmaganlar. 

Axmoniylar  boshqa  dinlarga  ham  homiylik  

qilganlar. Doro I  Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib 

tashlangan  ibodatxonalarni  qayta  tiklashga  buyruq  

beradi. Misr ishgol qilingach,  Kambiz Misr urf-

odatlari bo’yicha toj kiydi.  U Sais shahridagi ma'buda  

Neyt ibodatxonasida  diniy marosimlarga qatnashadi. 

Doro  1 o’zini  ma'buda Neytning o’gli  deb e'lon 

qiladi, xudo Amon va boshqa Misr   xudolariga  

bagishlab ibodatxonalar quradi.  

Diniy e'tiqodni   markazlashtirish maqsadida 

Kserks (er. avv. IV asr) Eronda diniy  islohot 

o’tkazadi. U Mitra, Anaxita va Zardusht inkor qilgan 

boshqa qadimgi   ibodatxonalarni yo`q qilmoqchi 

bo’ladi.  Bu islohot  o’z maqsadiga    erishmaydi, 

yarim asrdan so’ng,  qadimgi xudolarga sig`inish yana 

keng avj oladi.  Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy 

qudrati haddan tashqari kuchayib  ketmasligiga yo’l 

quymaslik uchun  Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi 

ibodatxonalarni   davlat soliq   majburiyatlarini 

o’tashga  majbur qiladilar.  

Ahmoniylar davlati uchun turli    xalqlarning 

madaniyati va diniy  qarashlarni sinkretizmi xarakterli 

edi. Mamlakat turli hududlarining  doimiy iqtisodiy – 

ijtimoiy   va  siyosiy  aloqasi,  madaniyatlarining    



 

356 


o’zaro    ta'siriga  ijobiy  turtki beradi. Turli 

xalqlarning  yagona davlat  hududiga  yashab turishi 

xalqlarning, ilmiy bilimlari, san'at va adabiyotlarning 

bir-birini boyitishiga  olib keldi.  

Forslar va boshqa  xalq-elatlar Bobil, Misr va 

Elamning   qadimiy madaniyatlarini   o’zlashtirib 

oladilar. Forslarning eng katta  madaniy  yutuqlaridan  

biri o’ziga xos   mixxatning yaratilishi bo’lgan. Fors  

mixxati  akkad alfavitidan farq qilgan holda bor-

yo`g`i 40 belgidan iborat bo’lib deyarli  alfavitli 

yozuv bo’lgan.  

Qadimgi  fors  me'morchiligining  ulug`vor 

inshootlari Pasargad va Suzadagi saroy ansambllari  

edi. Pasargad shahri maydoni  135000 kv.mni  tashkil 

qiladi. Bundan tashqari, 12000 kv.m sun'iy     maydon 

hosil  qilingan.Tog` qiyaliklarini tekislash bilan bu 

sun'iy maydonda shaxar uch tomondan  devor bilan 

o’rab olinib, turtinchi tomoni tog` qoyasiga chiqadi. 

Fors podsholari barpo qilgan Persepol  saroyiga  110 

zinapoyali  keng xashamatli  pillapoyadan chiqilar edi. 

Doro  I ning saroyi  (apadana) 3600 kv.m. katta, 

tomining  balandligi 20 m bo’lgan  72  ustunli zali 

bilan   mashhurdir. Zinapoyaning   bir tomonida 

rel'yeflar bilan  33 qaram xalqlarning  xiroj   olib  

kelayotgani   tasvirlangan. Bu   haqiqiy   etnografik  

muzey, qaysiki bu yerda  turli xalq va qabilalarning 

o’ziga  xos kiyimlari, qurollari va ularning  kasblarini 

ifodalaydigan  tasvirlari toshga  o`yib tushirilgan. 



 

357 


Persepolda  boshqa ahmoniy podsholarning saroylari  

ham  joylashgan.  

Persepoldan 3 km. o’zoqlikda  Naqshi Rustam 

deb nomlangan qoyalarda  Doro  I   va boshqa fors 

podsholarining  rel'yeflar  bilan  bezatilgan  qabrlari  

mavjud. Doro I davrida Suzada katta qurilishlar olib 

borilgan. Qurilish  ashyolari 12 mamlakatdan olib 

kelingan. Doro 1 ning yozuvlarida shunday  deyilgan: 

«Kedr daraxti Livan tog`laridan olib kelingan, Suzaga 

uni kariylar, bobilliklar    olib kelishdi. Yegoch  

Gandxara va  Karmaniyadan olib kelingan.  Bu yerda 

ishlatilgan oltin  Lidiya va Baqtriyadan olib kelingan.  

Feruza  Xorazmdan,  kumush, eban daraxti Misrdan, 

saroy  devorlari uchun bezaklar Ioniyadan, fil suyagi 

Efiopiya va Kariyadan   olib kelingan edi. Tillakor  

ustalar midiyalik  va misrliklar  edi. Yog`ochga naqsh 

beradiganlar  misrliklar  bo’lgan.  Ahmoniylarning 

saroylari  fors  davlatining kuch-qudratini ramziy 

ma'noda  aks ettirishi kerak edi.           

          Qadimgi fors san'ati, Eron madaniyati an'analari 

Bobil, Misr, Osuriya va boshqa xalqlarning badiiy 

an'analari  va  texnika   usullarining  sintezi  edi.  

Qadimgi fors san'ati namunalari ichida nozik did bilan 

ishlangan toshdan ishlangan vazalar, metall qadah, fil 

suyagidan  yasalgan  riton  qadaxlar,  zeb-ziynat  

buyumlari, lazurit haykallar mavjud. Badiiy buyumlar 

ichida agat, xalqidon, yashma kabi qimmatbaho 

toshlardan  ishlangan  silindrsimon  muhrlarda  



 

358 


podsholar,  afsonaviy  qahramonlar  va  afsonaviy  

mavjudotlar tasviri   tushirilgan. Ular nihoyatda 

mohirlik bilan yasalgan bo’lib, haqiqiy  san'at asari 

xisoblanadi. Fors   san'atida ayniqsa o’simlik va 

xayvonlarni  hayotiy   tasvirlari  bo’lgan  badiiy 

buyumlar bizni  hozirgacha hayratga soladi.  



   

      Tayanch iboralar  

Elburs, Turkman,  Xuroson,  Zagros,  Xorun, 

Kerxa, Elam, lulubey, mixxat, Doro I, Persepol, 

Pasargad,  Kserks,  Gerodot,  Fukudid,  Diodor, 

Grishman, Elamtu, Midiya, Suza, Astiag, Ahmoniylar, 

Manna podsholgi, Parsuash, Oromiy, zardushtiylik, 

Mitra, Axriman, Axuramazda, Nakshi Rustam. 

 

 



 

 

 



              Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йук. 

T.1998 yil. 

Ладынин И. А. и др. История древнего мира: 

Восток, Греция, Рим.  «Слово»,  «ЭксмоЭ-М. 2004. 

Äàíäàìàåâ  Ì.À.  Ïîëèòè÷åñêàÿ  èñòîðèÿ  Àõåìåíèäñêîé 

äåðæàâîú. Ì. Äàíäàìàåâ Ì.À. Ëóêîíèí Â.Ã. Êóëòóðà  è 

ýêîíèìèêà äðåâíåãî Èðàíà. Ì. 1980  

Ôðàé Ð. Íàñëåäèå Èðàíà. Ì., 1972  

Õèíñ Â. Ãîñóäàðñòâî Ýëàì., 1977  



 

Asosiy sanalar 

 

359 


Er. avv. III ming yillik  boshlari   ilk 

davlat 


birlashmalarining tashkil  

topishi 


Er. 

avv. 


XXII  

asr     


markazi 

Suza  


bo’lgan Elam davlatining  

paydo bo’lishi 

Er. avv. VIII-VI  

asrlar    

Elamning Osuriya 

bilan kurashi  

Er. avv. 673-672-yillar     

Midiya 


davlatining tashkil topishi 

Er. 


avv. 

558-530-yillar     

Kayxusrav 

II   


hukmronligi  

Er. 


avv. 

550-yil      

Midiyani  bosib 

olinishi  

Er. 

avv. 


547-yil      

Lidiyani  bosib 

olinishi  

Er. 


avv. 

545-539-yillar      O’rta 

Osiyoni 

bosib olinishi  

Er. 

avv. 


539-yil      

Bobilning  bosib 

olinishi  

Er. 


avv. 

525-yil      

Misrni   bosib 

olinishi  

Er. 

avv. 


522-486-yillar     Doro 

I  


hukmronligi. Ma'muriy- 

moliyaviy  islohotlar .   

Er. avv. 499-449-yillar    

Yunon-fors  

urushlari 


 

360 


Er. 

avv. 


334-330-yillar     

Yunon-


makedonlarning yurishi va  

ahmoniylar  davlatning  

yemirilishi 

 

                 Mustaqil ish mavzulari 

Ahmoniylar davlatining  shakllanishi 

Gerodot tarixida Fors davlati  tasviri  

Doro  I  islohotlari 

Ahmoniylar Eroni madaniyati 

Qadimgi Fors jamiyatining ijtimoiy qatlamlari 

Ahmoniylar Eroni va Sharq  dunyosi 



 

Reyting savollari 

1. Qadimgi  Eronni  chegaralab  turuvchi  tog`larni 

ko’rsating? 

A) shimolda Elburs tizimi, Pomir toglari  

B)  G`arbda  Zagros  toglari                S)  Sharqda  janubiy  

Eron tog`lari  

D) Janubda Alp tog`lari           E) B  va D  

2.Eron so’zi qanday ma'noni bildiradi?  

A) buzoqlar mamlakati       B) oriylar mamlakati 

S) kunchiqar yurt                D)  qadimiy o’lka       E) 

Sariq to’proq  

3. Qadimda  g`arbiy  Eronda  yashagan  qabilalarni  

ko’rsating.  

A)    elam,  lulubey,  kassit,  gutiylar        B)  qutiylar,  

kassit, hind, forslar  


 

361 


S)  fors,  elam,  xabashlar        D)    fors,    oromiylar  E)    

massagetlar, kassitlar 

4. Qadimgi Eronda ilk davlatga asos solgan qabilani  

ko’rsating  

A) fors        B) midiya         S) elam          D) lulubey           

E) sak 


5. Er.avv.   III ming yillik boshlarida  Eronning 

g`arbida vujudga  kelgan davlatni ko’rsating? 

A) Fors         B) Midiya          S) Elam     D)  Ahmoniy  

e)  Akkad  

6. Podsho Doro I ning   «Naqshi Rustam»  yozuvlari 

qaysi qadimgi shahar yonidan  topilgan?  

A) Fiva        B) Pasargad     S) Midiya       D) Bobil      

E) Akkad  

7. Fransuz arxeologlari Doro I   ning  3 metrli 

haykalini qachon topganlar? 

A)  1972-yilda    B) 1978-yilda    S) 1929-yilda    D) 

1956-yilda     E) 1979-yilda  

8. Qadimgi Eron tarixini tadqiq qilgan olimlarni 

ko’rsating? 

A) Krachkovskiy, Pigulevskaya       B) J. de Morgan,  

R. Grishman  

S)  B.  Rassel,  Fyustel  de  Kulanj                D)  To’rayev,  

Struve  


E) Struve, Pigulevskaya 

9.  Er.avv.  70-50  ming  yilliklarda  yashagan 

odamlarning  manzilgohlari topilgan joyni ko’rsating? 


 

362 


A)  Midiya     B) Elam     S)  Fors   D) Bexistun  e) 

Fiva  


10. Quyidagilardan Midiya va Eron tarixi bo’yicha 

batafsil ma'lumot beruvchi  manbani  ko’rsating?  

A) Bobil xususiy – huquqiy va ma'muriy xo’jalik 

hujjatlari  

B) Yunon mualliflarining asarlari  

S)  podsho  Kambizning  Misr  ibodatxonasidagi 

yozuvlari  

D) podsho Doro I ning farmonlari  

E) Qadimgi Eron yozma yodgorliklari  

11. Qadimgi Eronda Elamtu yeki Elam ilk  davlat 

birlashmasi shakllangan ming yillikni aniqlang?  

A) er.avv. III ming yillik boshlarida  

B) er.avv. VII-VI  asrlar  boshlarida  

S) er.avv. II ming yillik boshlarida  

D) er.vavv. XXIV- XXII    asrlar boshlarida  

E) er.avv.  III ming yillik oxirlarida  

12. Qadimgi Eronning zaiflashuvi  sabablari… 

A) bosib olingan joylardagi qo’zg`olonlar  

B) Eron taxti uchun sulola vakillari o’rtasida bo’lgan 

kurashlar  

S) Eronning  iqtisodiy  hayotida  chet elliklarning 

hukmronligi  

D) Yunon-fors urushlari        

E) A va B  

13. Forslar Elamni bosib olgan yilni ko’rsating? 

A) er.avv. 336 yil           B) er. avv. 439 yil  



 

363 


S) er.avv. 450 yil            D) er. avv. 469 yil       E) er. 

avv. 549 yil  

14. Qadimgi Eronning qaysi qismida  ko’chmanchi 

chorvachilik rivojlangan?  

A) sharqiy viloyatlarida    B) markaziy va sharqiy 

viloyatlarida  

S) janubiy viloyatlarida     D) shimoliy chegaralarida  

E) barcha javoblar to’g`ri 

15. Er. avv. 672 yilda qadimgi Midiyada Osuriya 

zulmiga qarshi   qo’zg`olon   ko`tarilgan.   Bu 

qo’zg`olonga kim boshchilik  qilgan?  

A) Kashtariti                       B) Kiaksar  

S) Ashshurbanipal              D) Astiag                E) 

Neyt  


16. Qadimgi Eronda Parsua  yeki Persida davlatini 

qaysi qabila tashkil  etganligini ko’rsating? 

A) oromiylar                   B) forslar  

S) lulubeylar                   D) saklar                E) 

shumerlar  

17. er. avv. 612  yilda Osuriyani poytaxti Nineviyani 

bosib olgan xalqni ko’rsating?  

A) misrliklar                         B) xitoyliklar  

S) midiyaliklar                      D) bobilliklar           E) S 

va D  


18. Podsho Kayxusrav  qaysi  qabila bilan  bo’lgan 

jangda halok bo’lgan?  

A) parsua              B) massaget 

S) sak                   D) xett                  E) shumer  



 

364 


19. Er. avv. 522-yilda qadimgi Eronda qanday voqea  

ro`y berdi? 

A) Fir'avn Psammetix  III asirga tushdi  

B) Eronda qo’zg’olon bo’lib o’tdi 

S) Doro   I  islohot  o’tkazdi.  

D) Eronni Osuriya bosib oldi  

E) Eronda Pasargad  shahri qurildi.  

20. Doro I qanday islohot   o’tkazmagan?  

A) harbiy               B) ma'muriy-hududiy  

S) moliyaviy         D) iqtisodiy            E) A, B, S va D 

21.Ahmoniylar davlatida  tilla tangani zarb qilishga 

kim haqli edi?  

A) satraplar               B) podsho 

S)  provinsiyalar                D)  qaram  viloyatlar                  E)  

nomlar  

22. Quyidagilardan qaysi biri Eronda   suv va 

hosildorlik xudosi sanalgan?  

A) Anaxita                B) Mitra  

S) Ra                         D) Axriman                    E) 

Ahuramazda  

23.  Midiya  Fors  davlatiga  bo`ysundirilgan  sanani  

aniqlang? 

A) er. avv. 554 yil               B) er.av. 539 yil  

S) er. avv. 541 yil                D) er.avv. 546 yil     E) er. 

avv. 578  yil  

24. Fors  mixxati-alfavit  yozuvida nechta belgi 

mavjud bo’lgan?  


 

365 


A) 600 ta        B) 40 ta       S) 28  ta             D) 38 ta          

E) 88 ta  

25. O’zini ma'buda Neytning o’g`li  deb e'lon  qilgan 

podshoni  aniqlang?  

A) Doro I                        B) Kserks 

S) Kayxusrav  II             D) Gabziy           E) Kambiz  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Qadimgi janubiy Osiyo 



 

 

Hudud  va aholi, davrlashtirish, 

manbashunoslik va tarixnavislik 

 

366 


Hindistonning bepoyon hududi, iqlim sharoitlari, 

re'lefi, joyi va  tuprog`i  jihatdan  bir necha zonaga 

bo’linadi.  Shimoliy-g`arbiy viloyatlar qadimda qalin 

o’rmonlar bilan  qoplangan. Hind vodiysining tuprog`i  

juda hosildor. Shu yerda eramizdan avvalgi III  ming 

yillikda janubiy Osiyoda eng qadimgi   shahar 

sivilizatsiyasi  shakllandi. Hindiston  shimoldan va 

shimoliy-sharqdan   Osiyoning boshqa   qismidan 

Himolay  tog`lari bilan ajratilgan. Err. avv. II   ming 

yillikda  bu yerdan hind-yevropa  qabilalari  yo’li 

o’tgan.  

Hind-Gang tekisligining markaziy qismi qadimda 

«oriy» larning   «muqaddas yeri» (Ar'yavarta) deb  

atalgan. Ikki buyuk  daryoning  oralig`ida  va 

Gangning yuqori qismida  er. avv. I  ming yillikning 

birinchi  yarmida veda  sivilizatsiyasi shakllandi.  

Gang daryosining shimoliy-sharqiy   havzasida 

namlik  darajasi  juda   yuqori  va  boy   tropik  

o’simliklarga ega. Er. avv.  I   ming yillik o’rtalarida  

bu  hududda  keng miqyosda  dehqonchilik ishlari  

boshlanadi. Er. avv. I   ming  yillikning  ikkinchi 

yarmida  bu yerda Qadimgi Hindistonning eng muhim  

siyosiy  va madaniy markazlari vujudga keldi.  

Hind-gang tekisligining Dekan  (qadimgi hind 

tilida «Danishna» - janub) yarim orolidan  yassi 

tog`lar  ajratib  turadi. Dekan  yarim    orolida faqat  

eramizning boshlarida  yirik  davlatlar paydo bo’ldi. 

Orolning  markaziy qismida  Shri-Lanka (Seylon) 



 

367 


o’rmonli tog`lik hudud. Orolning geografik o’rnini 

janubiy  Hindiston qirg`og`i bilan muntazam aloqalar  

shartlab  keladi.  

Janubiy  Osiyoning hozirgi  aholisining katta 

qismi asosiy yevropoid irqiga  mansub. Faqat yarim 

orolnig janubiy qismi va Shri-Lankaning aholisi irqiy  

belgilariga qarab (badani, sochining qora rangi  va 

boshqalar)  avstroloidlarga  yaqin turadi. Shimoliy 

sharqning  qator qabilalari janubiy  mongoloid  irqiga 

mansub.  

Shimolda  Hind-Yevropa  tillari (hind, bengal va 

boshqalar), janubda   dravid (masalan, tamil.) Dekan   

va shimoliy sharqiy Hindistonning   qator   tillari  

Janubiy –Sharqiy  Osiyo, Tibetda va Xitoyda  tibet-

birma va  mund tillari bilan yaqin turadi. Shri-Lanka 

aholisining ko’pchilik qismi  hind-yevropa  (singal ) 

tilida ozchilik  qismi dravid (tamil) tilida  so`zlashadi.  

Ma'lumki, hind-yevropa tillarida so’zlashuvchi 

oriylar Hindistonga er.avv. II  ming  yillikda kirib 

kelganlar. Singallar  materikdan Shri-Lankada  er.avv. 

I  ming yillikda  paydo bo’lganlar.  

 


Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling