Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet22/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53

 

 

Davrlashtirish 

Janubiy Osiyning   qadimgi tarixi   quyidagi 

davrlarga bo’linadi:  


 

368 


1. Eng qadimgi hind sivilizasiyasi.  Taxminan  er. 

avv. XXIII-XVIII  asrlar  bilan belgilanadi. (ilk 

shaharlar, davlatlarning paydo bo’lishi) 

2. Er. avv.  II  ming yillikning ikkinchi yarmida 

oriylarning paydo  bo’lishi. Er. avv.  II  ming 

yillikning  oxiridan er.avv. VII   asrgacha «Veda» 

davri.  Bu  davrda  yaratilgan  muqaddas  kitoblar  

«vedalar» nomi bilan mashhur. 

3. «Budda davri». Er. avv. VI-III  asrlar. Budda 

dinining   paydo bo’lishi va  tarqalishi davri. Bu 

davrda   iqtisodiyotning   yuqori  taraqqiyoti, 

shaharlarni   shakllanishi-yirik  davlatlar Mauriylar 

Umum Hind davlatining  tashkil topishi.  

4. Er. avv. II  asrdan eramizning V  asrigacha . 

«Klassik davr»   janubiy Osiyo mamlakatlarining 

iqtisodiyoti va madaniyatini gullab-yashnagan davri. 

  

Manbalar 

   Janubiy Osiyoga   xos jihat taraqqiyotning 

merosiyligi va davomiyligidir. Qadimgi va o’rta 

asrlarda bu yerda keskin etnik o’zgarishlar yuz 

bermadi.  Ijtimoiy munosabatlarda kasta tuzumi va 

madaniy  an'analarning barqarorligi ko`rinib turadi. 

Qadimgi Hindistonning ko’pgina  asarlari hozirgacha 

hinduizm va buddizmning   muqaddas kitoblari 

hisoblanadi. Yozma manbalar bizgacha juda ko’plab 

yetib kelgan. Sanskrit  tilini o’rganish qadimgi  til 

grammatik asarlariga, asosan Panini grammatikasiga 


 

369 


(er. avv. IV  asr) asoslanadi. Adabiyot asosan diniy 

madhiyalar  (rigveda  va boshqa  vedalar)  ritual  

sharxlar, nasihatlar to’plamidan iborat.  

Ijtimoiy munosabatlarni    o`rganish uchun  asosiy 

manba bo’lib,  diniy-ahloqiy  majburiyat-draxmalar 

(«Manu qonunlari») siyosat   san'ati to’grisidagi 

(Artxashastra), muhabbat to’g`risidagi (Kamasutra) 

maxsus traktatlardan foydalaniladi. Bu manbalarda 

fikrlar sxolastik, an'anaviy ruhda bayon  qilingan, shu 

bilan  birga  bu  asarlar  qachon  va  qayerda  

tuzilganligini aniqlash mumkin emas. Tarixiy voqealar 

adabiyotda  kam tilga  olinadi. U ko’p hollarda  yarim 

afsonaviy kissalarda aks etadi. Yilnomalar eramizning  

I  asrlarida Seylondagi  budda monastirlarida  tuzilgan 

va boshqa  asosan budda ta'limotiga oid siyosiy-

xo’jalik  hujjatlari bo’lgan. Davlat va xususiy  arxivlar 

yetib  kelmagan.  Hujjatlar palma daraxti barglari, 

po`stloq  yoki  mato  parchasi  kabi  murt  asosda  

yozilgani uchun  saqlanmagan.  

Bizgacha faqat eramizdan avvalgi III-II   ming 

yilliklarga  oid o’qish qiyin  bo’lgan     Hind 

sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa yozuvlar va 

Ashoki davri  (er. avv. III asr)  yozuvlarigina yetib 

klgan.  


Qadimgi  Hindistonda qurilish materiali sifatida 

asosan  yog`och  ishlatilgan.  Tosh  va  bronza 

haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo  bo’lgan. 

Yana   shuningdek, Hind   qadimiy   obidalarini 



 

370 


o`rganish asoan  XX asrda boshlandi. Faqat ozgina 

shaharlar, Moxenjo-Daro, Xarappa katta maydonlarda 

qazib ochilgan. 

 

             Tarixnavislik  

Janubiy Osiyo tarixini o`rganish XVII  oxiridan 

aniqrog`i, 1784  yil Kalkuttada  sharqshunoslarning 

birlashmasi  Osiyo  jamiyatiga  asos  solinishidan 

boshlandi. XVIII  asr oxirida sanskrit adabiyotining 

yodgorliklari:  «Manu  qonunlari»,  Kalidasining  

«Shakuntali» dramasi, falsafiy poema «Bxagavagita»  

tarjima  qilindi.  

Nemis     tadqiqotchilari  Hindistonda  jahon  

madaniyatining ildizini   qidirdilar. XIX   asrning  

birinchi yarmida  sanskrit  tilining qadimgi fors, lotin 

va yunon tillari bilan qarindoshligi nazariyasi ilmiy 

asoslandi. XIX   asrning   o’rtalarida va ikkinchi  

yarmida hind  adabiyotning  yodgorliklari asosan 

vedalarni   tarjima qilish va chop qilish yuzasidan  

muhim  ishlar qilindi. Jumladan, Sharqning muqaddas 

kitoblari 50 tomli  (Oksford universitetida  Maks 

Myuller  asos  solgan) seriya, ko’p  tomli  sanskrit  

lug`atlari paydo bo’ldi. XIX  asrning  oxirida  T.Ris, 

Devids pali  tilidagi matnlarini  o’rganish va chop 

etish jamiyatini   tashkil etdilar.  

XIX  asrning  70-yillari XX asrning boshlarida 

Hindistonda  arxeologik   qazishlar  boshlandi. 

Asrimizning 20-30 yillarida janubiy  Osiyoning  eng  


 

371 


qadimgi  hind   sivilizasiyasi  ochildi.  XX   asr  

boshlarida   hindshunoslikning   umumiy 

konsepsiyasida  yevrosentrizm an'anasi kuchli edi. 

Qadimgi  hind   jamiyati  turg`un,  mustaqil  

taraqqiyotga qobiliyatsiz, hind davlati  teokratik  va 

despotik, tafakkur  chalg`itilgan va faqat diniy deb 

talqin   qilindi.  Hindistonga   makedoniyalik 

Iskandarning yurishini siyosiy ahamiyati burttirib 

ko’rsatildi. Xind madaniyatining muxim yutuqlari 

(epik  asarlar,  poeziya,  teatr)  yunonlardan 

o’zlashtirilgan deb ko’rsatildi.  

 Faqat  XX  asrning birinchi  yarmida  hind milliy 

tarixnavisligining  juda katta tadqiqotlari  bunday 

qarashlarning asossizligini ko’rsatdi. Hind   milliy 

tarixnavisligi  manbalarda  ko’p  xollarda  yetarlicha  

tanqidiy  taxlil  etilmaydi. Qadimgi tarix  ma'lum 

darajada   modernizasiya qilindi. 

  

            Hind sivilizatsiyasi  

  Janubiy  Osiyoda eng  qadimgi   bo’lgan  hind 

sivilizatsiyasi  Hind daryosi vodiysida  (hozir  asosan 

Pokiston hududi taxminan er. avv. XXII-XVI   asrlar) 

paydo  bo’lib, qadimgi Sharq  silizatsiyalaridan paydo 

bo’lishiga  ko’ra  uchinchi   hisoblanadi.  

Hind daryosining  g`arbida neolit davrida er. avv. 

VII-VI   ming  yilliklarda aholi  dehqonchilik  bilan 

shug`ullana boshlaydi. Vodiyda  paxsa  uyli  kichik  

qo’rgonlar paydo bo’ladi. Dastlabki ikki shaxar 


 

372 


markazi   Moxenjo-Daro   va Xarappa, keyinchalik  

Chanxo-Daro va Kalibangan qazib  ochiladi. Hozirgi 

vaqtda   Hind   vodiysi   havzasida   Xind 

sivilizasiyasining bir necha yuz qo’rgonlari ochilgan.  

Moxenjo-Daro,  Xarappa   va  Kalibangan 

shaxarlari qurilishi ikki qismli  rejaga  ega. Shahring 

bir qismi sun'iy tepalikda qurilib devor  bilan uralgan. 

Bu  ma'muriy-diniy ishootlar  deb taxmin  qilinadi. 

Moxenjo-Daro qal'asida topilgan  katta inshoot yoki 

hokim  qarorgohi bo’lgan. Uning yaqinida  diniy 

marosimlar  uchun  xizmat  qiladigan    basseyn  

topilgan. Xarappa qal'asida  ulkan   g`alla ombori  

qurilgan.  

Moxenjo-Daro   bir necha  o`n  ming   kishi  

yashaydigan  2 kv. km. maydondan iborat. To’g`ri 

ko`chalar o’n metrgacha  kenglikda ko’rilgan.  Uylar 

2  qavatli,   kanalizatsiyaga  ega.  Shahar 

hunarmandchiligi to’g`risida   aniq tasavvur hosil 

qilish mumkin. Kulolchilik, to`qimachilik   yuqori 

darajada  rivojlangan. Haykalchalar kichik  hajmda, 

hokim-koxin,  yalang`och  ayolning  (raqqosa  deb 

taxmin  qilinadi), jez  haykalchalari topilgan. Ikki 

to’g`ri  burchakli   muxrlar  topilib,  ularning 

ko’pchiligida   mifologik    manzaralar  tasviri  

tushirilgan. Bu yerda topilgan boshqa muxrlarga 

o`xshash buyumlar Hind   vodiysidan uzoq bo’lgan  

Baxreyn  orollari,  Mesopotamiyadan,  Eron  va 

Turkmanistondan topilgan.   Bu Moxenjo-Daro va 



 

373 


Xarappaning qadimgi Sharq  sivilizatsiyalari bilan 

keng  aloqada  bo’lganidan  dalolat beradi.  

Moddiy   madaniyat va san'at   yodgorliklari 

asosida, Hind vodiysi aholisining diniy tasavvurlari 

to’g`risida   tushuncha  hosil  qilish  mumkin. 

Muxrlardagi  tasvirlar bu yerda yashagan aholining 

daraxtlar,  hayvonlar,  osmon  jismlariga  e'tiqod  

qilganidan guvohlik beradi. Ona ma'buda  haykalchasi 

dinning dehqonchilik xususiyatini   ko’rsatadi. To’rt   

hayvon  qurshovida Iog  holatida turgan erkak ma'bud  

dunyoning to`rt tomonini  hukmdori deb qaraladi.  

Er. avv. XVIII  asr  oxirida Xarappa madaniyati 

tushkunlikka tushib, sekin-asta halok bo’ladi. Hind 

sivilizatsiyasining siyosiy   va ijtimoiy   tizimi 

to’g`risida faqat umumiy tasavvur  qilish mumkin. 

Qal'a   va   shahar rejasi davlat   hokimiyati 

mavjudligidan darak beradi. Galla   ombori va 

ishchilar uchun  xonalar mavjudligi bu hududni aynan 

Mesopotamiyadagi  mavjud  ibodatxona,  davlat  

xo’jaligi  bilan  o’xshashligini  ko’rsatadi.  Ishlab 

chiqarish  taraqqiyoti darajasi, shaharlar va yozuvning  

mavjudligi, uy-joy inshootlari hajmlarining katta-

kichikligi  aholi  o’rtasida  ijtimoiy  tengsizlikni 

mavjudligidan darak beradi.  

 

«Veda davri». Shimoliy Hindistonda ilk  

davlatlarning tashkil topishi. (er. avv. XIII-VII 

asrlar) 


 

374 


Er. avv. II    ming yillikning  oxiri  I   ming yillik 

boshlarida  Shimoliy  Hindiston  tarixining  asosiy 

manbalari «vedalar» Hind diniy adabiyotining eng 

qadimgi   yedgorliklaridir.  Vedalar  madhiyalar, 

qo’shiqlar, qurbonlik aytishlari, muqaddas marosimni 

tushuntiradigan keng  asarlardan iborat to’plamlardir.  

Til, din va mifologiya bo`yicha  ular «Avesto» bilan  

o’xshashdir.  «Avesto»  vedalari  tadqiqotchilarning 

fikricha  «Oriy  (ar'iya-so’zidan   «oliyjanob»)  

qabilalari tomonidan tuzilgan.  

Tuzilish  bo’yicha «vedalar» ilk  veda (er. avv.  I 

ming  yillik boshlari) va  so’nggi  veda  (er. avv. IX-

VII asrlar) davrlariga bo’linadi.  

“Rigveda”  (hind-oriylarning  vedalarini  eng 

qadimgi qismi)da uchraydigan  geografik  nomlarga 

ko’ra,  u Panjobda tuzilgan so’nggi  veda  matnlari 

shakllangan  paytda   oriy   qabilalari   Hind-Gang  

tekisligining  butun markaziy  qismiga tarqalgan edi. 

“Rigveda”  yaratilgan davrida   oriylarda    sinfiy  

jamiyat va davlat  hali   shakllanmagan  edi. 

Iqtisodiyotda  yirik  qoramolchilikka  asoslangan 

chorvachilik  rivojlangan,   dehqonchilikka  e'tibor  

berilmagan. Oriylar  mis va jezdan foydalanganlar

uy- joyni qamish va loydan qurganlar.  

Gang daryosini yuqori  qismi, Gang va Jamna 

o’rtasidagi yerlar   “Mahabxarat” epik asarining 

syujetini tashkil qiladi. Ijtimoiy    tashkilot qabila 

bo’lgan, qabila boshlig`i roja-harbiy boshliq va 



 

375 


yo’lboshchi  sifatida   o’z  qarindoshi  va 

xizmatkorlariga  tayangan.  Qabila  uch  tabaqa: 

kohinlar, harbiylar va oddiy jamoachilarga bo’lingan. 

Muhim masalalar yig’ilishda hal qilingan. Vedalarda 

ko’rsatilgan qo’shnilar bilan podalarni haydab ketish 

mumkin  urushlar oddiy hal  bo’lgan.  Veda tilida 

“urush” (gavishta) so’zi “sigirlarni bosib olish” 

ma’nosini bildiradi. Ilk veda   davrida   qulchilik  

mavjud  bo’lgan.  Qadimda  hindcha  “dasa”  qulni  

bildirgan  so’z  ko’pgina   veda   madhiyalarida  

uchraydi. Asrlar qulga  aylantirilgan. Qul erkaklar 

veda  va dostonlarda kam tilga olinadi, ayol qullar 

to’g`risida  ko’p so’zlanadi.  

So’nggi  veda  davrida  iqtisodiyot, ijtimoiy 

siyosiy  tuzumda  keskin o’zgarishlar yuz bergan. 

Dehqonchilik rivojlanib,  Hind-Gang vodiysida keng 

dalalar   o’zlashtiriladi, daraxtning  qattiq yegochidan 

omoch   yasay boshlanadi. Eshaklar   asosiy   yuk  

tortish vazifasini o’tagan. Sutlik  ovqat  kundalik 

yemish bo’lgan. Bayramlarda  chorva  mollari mo’l-

ko’l  qurbonlik qilingan.  

Temirdan faqat kamon uqi,   nayza uchlari 

tayerlangan, uylar yog`och va  bambukdan qurilgan, 

“Rigveda” (hind-yevropaliklarning mashhur  kitobi) 

davrida   harbiy   yo’lboshchilar  aravalarda  jang  

qilganlar. Maxabxarotda yengil   jang aravalari 

to’g`risida  eslatiladi. Jang   aravalarida poygalar 


 

376 


o’tkazilgan.  Diniy   va  epik   asarlarda  aholining   

asosiy  qismi to`g`risida  ma'lumotlar juda kam. 

Erkin va to’la  huquqli  dehqonlar jamoani tashkil  

qilib bir yeki bir  necha qishloqda  yashaganlar. 

Jamoatchilar  qo’shni  va  kon-qarindosh  aloqalar 

asosida   birlashganlar. Eng  muhim masalalar urug`  

yiginlarida hal qilinib,   yig`ilishib,   butun jamoa  

nomidan asosiy  marosimlar bajarilgan.  

Qishloq aholisining   bir qismi  to’la huquqli 

bo’lmagan. Ular boshqa   joydan ko`chib kelgan 

kishilar  bo’lgan. To’la huquqli  bo’lmaganlar xizmat  

ko’rsatadigan  sohalar  jumladan, hunarmandchilik 

bilan shug`ullanganlar. Qishloqda  keskin  mulkiy 

tabaqalanishga  jamoa   ichki  aloqalarining  o’ta  

mustahkamligi qarshilk  ko’rsatgan edi. So’nggi veda  

davrida  o’z-o’zini  boshqarish  qishloq  jamoasi bilan  

cheklanib  qoladi.   Qabila   va  qabilalararo  

munosabatlardagi   barcha  masalalar  hokim va 

yo’lboshchilar vakolatiga  kiradi.  

Er. avv. II  ming yillik  oxiri   I  ming  yillik 

boshlarida  Shimoliy  Hindistonning ijtimoiy- siyosiy  

taraqqiyoti jamiyatning   «kohinlar»,  qabila  harbiy  

zodagonlari, kshatriylar to’la huquqli xalq, vayshi 

jamoani pastki to’la huquqli  bo’lmagan aholi  qismi 

shudra  (qullar)   kabi   to’rt  qatlamini  vujudga  

keltiradi.  

Har bir qatlam  yepik toifalar – varna (so’zma-

so’z “nav”)ga aylanadi. Har bir varna  vakilining 



 

377 


merosiy   mavqei ularning mashg`uloti va diniy 

majburiyatlarini  belgilagan. Koxinlik va o’qituvchilik 

majburiyati braxmanlarga, jang  qilish va boshqarish  

kshatriylarga  mehnat  qilish,  shudralarga  uch  oliy  

varnalarga  so’zsiz   xizmat  qilish  majburiyati 

yuklatilgan.  Bu toifaviy mavqe merosiy bo’lib o’tgan. 

Har bir varna o’z huquqi, o’z ovqati, kiyimi, uy 

anjomi, kiyimini   kangi  va boshqalar  qat’iy 

belgilangan edi. Braxmanlar turli varnalar  ilk odam  

Purushi jismini turli  qismi (braxmanlar og’zidan, 

kshatriylar qo’lidan, vayshhilar sonidan, shudralar 

tovonidan)dan yaratilgan deb o’qitar edilar.   



 

 

         Tayanch iboralar  

Oriylar, Arya'varta,  Gang, Dekan,  hind-yevropa 

tillari,   Veda davri, Budda davri, Klassik davr, 

Rigveda, Xarappa, «Manu konunlari», Moxinjo-Daro, 

Kalidasi, Bxagavagita, T. Ris, sanskrit, Chanxo-Daro, 

Kalibangan, Maxabxarat, Braxman, vayshi, shudra, 

kshatriy, varna.   

 

  Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак 

йук. T.1998 yil. 

Ладынин И. А. и др. История древнего мира: 

Восток, Греция, Рим.  «Слово»,  «ЭксмоЭ-М. 2004. 

Áîíãàðä Ëåâèí Ã.Ì. Èíäèÿ ýïîõè   Ìàóðúåâ Ì. 1978ã 


 

378 


Áîíãàðä Ëåâèí Ã.Ì. Èíäèÿ â äðåâíîñòè Ì. 1985ã 

Øàðìà Ð.Ñ. Äðåâíèèíäèéñêîå îáõåñòâî Ì. 1987 ã 

Çàêîíó Ìàíó  Ì. 1960ã. 

 

Asosiy sanalar 

Er. avv. VIV   

ming yillar   

Shimoliy  g’arbiy  

Hindistondagi neolit  

madaniyati 

Er. avv. XXIII-XVIII  

asrlar   

qadimgi Hind 

sivilizatsiyasi 

Er. 

avv. 


XIII 

asr     


Shimoliy-g’arbiy  

Hindistonda hind-oriy   

qabilalarni  joylashuvi. 

«Rigveda» ni  

yaratilishi  

Er. avv. IX –VII   

asrlar    

«So’nggi  veda» 

davri Shimoliy   

Hindistonda  davlatlarni  

paydo bo’lishi  

Gang 


vodiysini 

o’zlashtirlishi 



 

Mustaqil  ish mavzulari 

Qadimgi Hind sivilizasiyasi (er. avv. XXIII-XVIII 

arlar) 

“Veda davri”da Hind jamiyati 



Qadimgi Hindiston  tarixi tarixnavisligi 

Ilk  davlatlarning  shakllanishi 



 

379 


 

Reyting savollari  

1. Janubiy Osiyoda er. avv.  III  ming yillikda eng 

qadimgi sivilizatsiya shakllangan hudud?  

A) Malaya oroli       B) Hindiston 

S) Yava oroli           D) Xitoy          E)  Birma 

2. Qadimgi Hindiston  shimoliy sharqida Osiyoning 

boshqa qismidan qaysi  toglar orqali ajralgan? 

A) Himolay             B) Alp  

S) Hisor                   D) Xitoy       E) Pomir 

3. Hindistondan  hind- yevropa  qabilalari  bo’lgan 

oriylarni yo’li  o’tgan sanani aniqlang? 

A) er. avv. I   ming yillikda         B)  er.avv. III  ming 

yillikda  

S) er. avv.  II  ming yillikda        D)  er.avv.  III  ming 

yillik oxirlarida  

E) er. avv.   V  asrda  

4. «Oriylarning muqqadas yeri»  deb ataladigan  joyni 

ko’rsating? 

A) Hind-Gang tekisligining markaziy qismi 

B) Hind-Gang tekisligining shimoli 

S) Yava  va Malaya orollari         

D) hozirgi Laos 

E) Bunday atama tarixda uchramaydi 

5. Qadimgi  Hindiston  qishloq  jamoasi  ijtimoiy  

tarkibini ko’rsating?  

A) qo’shni jamoa, urug` jamoasi, yer egasi, qishloq  

hunarmandlari 


 

380 


B) zodagon  quldorlar, erkin jamoachilar 

S) qaram dehqonlar, ijarachilar 

D) qon-qarindosh jamoa, qo’shni jamoa  

E) qishloq hunarmandlari, dehqonlar  

6. Qaysi manba mazmunan to’g`ri ko’rsatilgan?  

A) «Rigveda» - didaktik-pand-nasihatlar to’plami 

B)  «Maxobxarat»-kuru  qabilasi  hukmdorlarining 

o’zaro nizolari to’g’risida hikoya qilinadi  

S) «Ramayana» -epik doston 

D) «Kamasutra» - diniy  axloqiy burch to’g’risida 

poema 

E) A, B va S  



7. Janubiy   Sharqiy Osiyoda Dekan yarim orolida  

yirik davlatlar paydo  bo’lgan sanani  aniqlang? 

A) er.avv. V   asrda                 B) er.av. X  asrda       S) 

er.avv. IX  asrda 

D) er.avv. II  ming yillikda      E) eramizning 

boshlarida  

1. Hozirgi  Seylon (Shri-Lanka)ning qadimgi  Dekan  

yarim oroli markazining tabiati?  

A) o’rmon-tog`li hudud edi           B) dasht zona      S) 

ekvatorial zona edi  

D) cho’l zonasi                              E) chala cho’l 

zonasi edi  

9. Janubiy Osiyoning   hozirgi  asosiy   aholisining  

irqini ko’rsating? 

A) mongoloid           B) yevropoid             S) negroid 

D) avstroid               E) B va S 



 

381 


10. Qadimgi  Hindistonga  hind-yevropa  tillarida 

so`zlashuvchi   oriylar   kirib kelgan   sanani 

ko’rsating? 

A) er. avv. II  ming yillik        B) er. avv. III  ming 

yillik 

S) er. avv.  I  ming yillik         D) eramizning boshlari 



E) ular qadimdan shu xududda yashagan 

11. Er.avv.  I   ming yillikda  Shri-Lankaga kirib 

kelgan qabilani ko’rsating? 

A) bengal                B) singal  

S) oriy                                D) hind           E) eron  

12.Janubiy Osiyoning qadimgi tarixi necha  davrga  

bo’linadi?  

A) 6  davrga         B) 4 davrga       S) 2 davrga         D) 

3 davrga          E) 5 davrga 

13. Ilk shahar davlatlar Qadimgi Hindda qachon 

paydo bo’lgan?  

A) er.avv.  XX-XV   asrlarda          B) er.avv. XXV-

XX  asrlarda 

S) er.avv. XXI-XVIII  asrlarda       D) er.avv. XXVI-

XVIII  asrlarda  

E) er.avv. XX-IV  asrlarda  

14.Qadimgi Hindiston tarixida  er. avv. II ming 

yillikning oxiridan  er. avv.  VII  asrgacha bo’lgan 

davr to’g`ri nomlangan qatorni ko’rsating? 

A) budda davri                B) veda davri 

S) qadimgi davr              D) klassik davr          E) 

uyg`onish davri 



 

382 


15.Janubiy Osiyoda  Hind sivilizatsiyasining o`rganila 

boshlangan asrni  ko’rsating? 

A) XIX  asrning II yarmi                B) XX   asrning  

20-40 yillari  

S) XX  asrning 20-30 yillari           D)  XX  asrning 

o’rtalari  

E) XIX  asrning  boshlari  

16. Klassik davrda  janubiy Osiyo mamlakatlarining  

iqtisodi va   madaniyatini gullab-yashnash davrini 

aniqlang? 

A) er.avv. II  asridan eramizning  V  asrigacha  

B)  er.avv.    V    asr-eramizning    VII    asri            S)  

eramizning boshlari 

D) eramizning  VI-XI  asrlari                    E) er.avv. 

IX-XI  asrlar  

17.  Quyidagilardan  qadimgi  hind  adabiyotiga 

mansublarini belgilang. 

A)  diniy  madhiyalar                                   B)  ritual  sharhlar                    

S) pand-nasihatlar  

D)  diniy  axloqiy  asarlar                      E)    barcha  javoblar  

to`g`ri  

18. Qadimgi   hind adabiyotiga mansub   Manu 

qonunlarining mazmuni  to’g`ri berilgan qator qaysi?  

A) diniy axloqiy  majburiyatlar      B) siyosat  

S)    harbiylarga  ko’rsatmalar                       D)    ertak  va  

afsonalar       

E) barcha javoblar to’g`ri 


 

383 


19. Qadimgi hind tarixiga oid  hujjatlar, qonunlarning  

bizgacha yetib kelmaganligini sababi nimada?  

A) yoqib yuborilgan          B) qabrlarga tashlab 

yo’qotilgan 

S)  ko’mib  yuboirlgan               D)  palma  barglariga  

yozilgani uchun   

E) to’g’ri javob yo’q  

20.  Qadimgi Hind  qadimiy obidalarini  o’rganish 

qachondan boshlandi?  

A)  


XX  

asrdan         B)  XIX   asrning  IV 

yarmidan          

S) XX  asrning II yarmidan     

D)  XIX  

asrning 


boshlaridan                                

E) XX  asrning 80 yillaridan  

21. Er.avv. XVIII   asrning oxirida   tushkunlikka 

uchrab,  halok bo’lgan  madaniyatni  ko’rsating?  

A)  Moxenjo-Daro                    B)  Xarappa                S)  

Kalibangan  

D) Chanxo-Daro            E) Jamdat-Nasr  

22.Vedalar tuzilishiga  ko’ra to’g`ri bo’lingan qatorni 

ko’rsating? 

A) ikkiga bo’lingan: ilk va so’nggi veda davri      

B) uchga bo’lingan: ilk, o’rta va so’nggi davri davri 

S) to’rtga bo’lingan: ilk, o’rta, quyi va so’nggi veda 

davri      

D) ikkiga bo’lingan: ilk va so’nggi  veda davri     

E) vedalar qismlarga bo`linmagan.  


 

384 


23.Quyidagilardan til, din   va mifologiya jixatidan  

vedalarga o’xshashini toping?  

A) Maxabxarat.            B) Manas  

S)  Avesto                                          D)  Alpomish                  E)  

Kulolchilik  

24. Qadimgi Hind  iqtisodiyotida rivojlangan sohani 

ko’rsating.  

A) dehqonchilik         B) hunarmandchilik  

S)  tikuvchilik                          D)  chorvachilik                      E)  

kulolchilik  

25. Qadimgi Hind jamiyatida qabila va qabilalararo  

munosabatlarni tartibga solish  masalalari kimning 

vakolati edi?  

A) kohinning               B)  yo’lboshchining  

S) hokimnng               D) braxmanlarning           E) 

podshoning  



Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling