Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet30/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53

Gomer davri Yunonistoni 

  Er. avv. XI asrda xo’jalik hayotidagi bir qancha 

tushkunlikdan so’ng temir o’zlashtirilib, xo’jalikning 

intensiv  taraqqiyoti  boshlanadi.  Kulolchilikda 

protogeometrik usul shakllanadi. Dafn marosimlari 

o’zgaradi. Endilikda tuproqqa dafn etish o’rniga 

krematsiya qilish (yoqish) rasm bo’ladi. XI asr 

oxiridan  boshlab  Kichik  Osiyoning  g’arbiy 

qirg’og’ida yunon qo’rg’onlari paydo bo’lib, uning 

aholisi  eOLIY, iONIY,  va dORIY shevalarida 

so’zlashadi. 

  Er. avv. XII-VIII asrlarda jamoa tizimidan polis 

shaklidagi  davlat  tashkilotiga  o’tish  boshlanadi. 

Yunonlar  oqsoqollar  saylab  qo’yiladigan  urug’ 

jamoasida yashaganlar. Ayrim paytda urug’lar biror 


 

511 


bir umum masalani echish uchun kattaroq tashkilot – 

fratriyaga birlashadilar. Undan kattaroq qabila – fil 

edi. Fratriya va urug’ni kelib chiqishi bir umumiy 

ajdoddan bo’lgan. Urug’ boshliqlari bilan bir qatorda 

fil  va  fratriyaning Gomerda  –filobasilevs  deb 

eslatiladigan yo’lboshchilari bo’lib, urug’ boshliqlari 

ularga bir qism o’z hokimiyatlarini berganlar. 

  Gomer poemalariga ko’ra er. avv.VIII asrda 

qadimgi  yunon  adabiyotining  noyob  namunalari 

“Iliada” va “Odisseya” dostonlari ko’r baxshi Gomer 

tomonidan yaratildi. Dostonlar Mikena davridagi jang 

qilayotgan qahramonlar dunyosi tasvirini beradi. Axill 

qalqoni,  finikiya  ko’zalarining  ajoyib  tasvirlari, 

jangchilarning qurol – aslahalari yunon tarixini arxaik 

davri to’g’risida tasavvur hosil qilishga yordam 

beradi. 


  “Odisseya” va “Iliada” ni o’qiganda yunon 

jamoasidagi  mulkiy  tabaqalanishini,  urug’chilik 

munosabatlarini  zaiflashganini,  basilevlar  bilan 

hokimiyatga  intilayotgan  ko’p  sonli  zodagonlar 

qatlamini  shakllanayotganini  kuzatish  mumkin. 

Poemalarda temirchi, tosh teruvchi, duradgor va kema 

yasovchilar to’g’risida hikoya qilinadi. Erkin kishilar 

bilan bir qatorda qullar ham mehnat qilganlar.  

  Qulchilik hali xonaki shaklda ko’rinadi. Xo’jalik 

natural holatda, xo’jayin qul bilan yonma – yon 

jismoniy  mehnat  qilishdan  hali  jirkanmaydi. 

Odisseyning otasi  Laert  yerga  ishlaydi,  xotini 



 

512 


Penelopa kalava yigiradi, Navsakiya kir yuvadi, 

Odissey sol, Paris butun bir saroy quradi. Odisseyning 

xo’jaligida  50  qul  bor.  Gomer  o’tmish 

qaqhramonlarini sharaflab o’zi yashagan davrning 

mavjud  ijtimoiy  tabaqalanishning  real  tasvirini 

chizadi. Troyani qamal qiluvchilar bilan yo’lboshchi 

Agamemnon  o’rtasida  unga  qarshi  norozilik 

tug’diruvchi o’jar Tersit obrazini   kelib chiqishi 

Olimp  xudolariga  borib  taqaluvchi  yo’lboshchi 

podsholar bilan oddiy xalq ommasi o’rtasidagi etilib 

kelayotgan qarama – qarshilik o’z aksini topgan. 

 

Kiklada madaniyati 

  XIX asrdan so’ng Egey dengizi orollarida ham faol 

arxeologik  qazilma  ishlar  olib  borildi.  Ingliz 

arxeologik ekspeditsiyasi Antikoros orolida bronza 

davri yodgorliklarini topdi. Shundan so’ng Melos, 

Seros, Spornos, Loros, Naksos orollarida arxeologik 

qazish ishlari olib borildi. 1967 yil arxeologlar Fera 

oroligidan Akrotir shahrini  topishdi. Uni Egey 

Pompeyasi deb atashgan. 1932 yil yosh yunon 

arxeologi Spiridan Marinotos Minos orolining yirik 

porti  Amnissni  topdi.  U  arxeologik  ishlarda 

Strabonning “Geografiya” asaridan keng foydalandi.  

  Kiklada Krit  shimolidagi  Egey  dengizidagi 

ko’pgina  orollar  majmuasidir.  Ularni  greklar 

“kikladalar”  ya’ni  aylana  deyishgan.  Kiklada 

madaniyati uch yirik davrga bo’linadi: 


 

513 


 Qadimgi kiklad davri (2700-2300) 

 O’rta kiklad davri (2300-1500) 

So’ngi kiklad davri (1500-1100) 

  Kiklad madaniyati bronza davri madaniyati bo’lib 

orollardan bronzadan yasalgan mehnat qurollari, sopol 

buyumlar,  zeb-ziynatlar  topilgan.  Rassomchilikda 

freska tasvir san’ati yuksak rivojlangan. Eng mashhur 

freskalar “Ikki ayol jangi” va “antilopalar” tasviridir. 

Kiklad madaniyati shakllarida Kichik Osiyo orollari 

muhim ahamiyat kasb etgan. 



 

Tayanch iboralar 

 

Krit-Miken, A. Evans, G. Shliman,  Troya, Knoss, 

Mnoy, Fest, Malliya, saroylar davri “parijlik ayol”, 

Messara, Vasilika,  Agamepnon qabri, Axaya, Ealiy,  

doriy  ioniy,  Odissey,  S.  Maritonos,  Kiklada, 

Gumbazli qabr, Mikena yozuvi, “antilopalar” tasviri. 



 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

 

Каримов  И. А. Тарихий  хотирасиз  келажак 



йук. Тошкент 1998. 

 

Бойназаров  Ф. А. Кадимги  дунё  тарихи.  



Тошкент  2004. 

 

Ленцман  Я. А.  Рабство  в  микенской  и 



гомеровской Греции. М., 1963. 

 

Лурье  С. Я.  Язык  и  культура  микенской 



Греции. М.-Л., 1957. 

 

Пендлбeри Дж. Археология Крита.  М., 1950. 



 

514 


 

Полякова  Г. Ф. Социально-политическая 

структура пилосского общества.  

          М., 1978. 

 

Штоль. Г. Шлиман. М., 1965. 



Asosiy sanalar 

Er.  avv.  III-II  ming  yillik                    Dunay  ortidan  

yunonlar Bolqon yarim oroliga bostirib  

                                                  kirdilar 

Er. avv. 3000-2300-yillar         ilk Minoy davri 

Er. avv. 2300-1600-yillar         O’rta Minoy davri 

Er. avv. 1600-1200-yillar         so’nggi Minoy davri 

Er. avv.III-II ming yilliklar       Kritning gullab 

yashnashi 

Er. avv. XVII asr                      Kritda “ikkinchi” 

saroylar davri 

Er. avv. XVIII asr                     Kritning halokati 

Er. avv. 1450-yil                       Kritning siyosiy 

yetakchiligiga axey qabilalari  

                                                  

tomonidan 

chek 

qo’yilishi 



Er. avv. 1700-1550 yillar          Ilk Miken davri 

Er. avv. 1550-1400 yillar          O’rta Miken davri 

Er. avv. 1400-1200 yillar          So’nggi Miken davri 

Er. avv. XVIII asr                     Yunonistonda kichik 

qishloqlar paydo bo’ldi 

Er. avv. 1876 yil                        Genrix Shliman 

Mikenadan shaxtali qabrlarni topdi 


 

515 


Er.  avv.  XV  asr                                                   Mikena  va  

Yunonistonda gumbazli qabrlar  

                                                  paydo bo’ldi 

Er. avv 1400 yillar                    Qo’rg’onlar paydo 

bo’ldi 

Er. avv. XX asr 60-yillarida      Mikena akropoli 



topildi 

Er.  avv.  1953  yil                                               M.Ventris  va  

D.Chedvig Mikena  

                                                  yozuvlarini o’qidilar 

Er.  avv.  Iming  yillik  oxiri                  Kipr  va  Panfuliya  

axeylar tomonidan o’zlashtirildi. 

Er. avv. XII asr                         Sharqiy O’rta Yer 

dengizi Osiyo  

                                                  qirg’og’ida  filimstinlar 

kelib o’rnashdi 

Er.avv. 1800 yil                        TroyaVI qatlami paydo 

bo’ldi 


Er.avv. XI asr                            temirini o’zlashtirilishi 

Er.avv. VIII asr                         Gomer yashagan davr 

1851-1941-yillar                       ingliz arxeologi Artur 

Evans hayoti yillari 

1822-1892-yillar                                               nemis  arxeologi  

Genrix Shliman hayoti yillari 



 

Mustaqil ish mavzulari 

  Krit saroyi hayoti 

A.  Evantsning arxeologik tadqiqotlari 


 

516 


  Genrix Shliman kashfiyoti 

  Krit ijtimoiy-iqtisodiy hayoti 



  

Reyting savollari 

1. Qadimgi 

Egey 

madaniyati  necha 



davrga bo’linadi. 

A)  4ta.  B)  3ta.  C)  2ta.  

D) 6ta. E) 12ta. 

2. Krit  yoki  Minoy 

madaniyatining 

birinchi 

davri 

nechanchi  yillarni 



o’z ichiga oladi? 

A)2300-1600  yillarni 

o’z ichiga  

    oladi 

B)3000-2300  yillarni 

o’z ichiga  

    oladi 

S)1600-1200  yillarni 

o’z ichiga  

    oladi 

D)2300-1150  yillarni 

o’z ichiga  

    oladi 

E)1200-1150  yillarni 

o’z ichiga  

    oladi 

3. O’rta Krit davrining 

II davri o’rta Minoy 

nechanchi  ming 

yilliklarni o’z ichiga 

oladi? 

A) er. avv. V-IV ming 



yilliklarni  o’z  ichiga     

oladi 


B) er. avv.III-II ming 

yilliklarni   o’z  ichiga     

oladi 

S)  er.  avv.  I  ming 



yilliklarni  o’z  ichiga  

oladi 


D) er. avv. III ming 

yilliklarni  o’z  ichiga  

oladi 

E) er. avv. II ming 



yilliklarni  o’z  ichiga 

oladi 


4. So’nggi Minoy davri 

nechanchi  yillarni 

o’z ichiga oladi?  


 

517 


A)  1600-1200  B) 

3000-2300  

S) 2300-1600  D) 

2300-1600  

E) 2300-2100 

5. Egey 


orollari 

madaniyati  qanday 

nom bilan ataladi? 

A)  Krit   B) 

Kiklada S) Ellada  

D) Minoy E) Mikena 

6. Qadimgi  Kritdagi 

diniy  ramz  nima 

hisoblanadi? 

A)  kema  B)  ikki 

yoqlama – bolta-

labris  S)  sigir  D) 

qilich E) ayollar 

7. Kritning  siyosiy 

yetakchiligiga  chek 

qo’yilishiga  nima 

sabab bo’ldi? 

A)  Afinaning 

kuchayishi 

B) 


axeylarning 

Kritga bostirib kirishi 

C) 

yer qimirlash 



D)  Eronning 

kuchayishi 

E) 

to’g’ri  javob 



yo’q 

8. Ilk 


Miken 

madaniyati 

nechanchi  yillarni 

o’z ichiga oladi? 

A)  1700-1550     B) 

1550-1400  

S) 1400-1200       D) 

1400-1000  

E) 1550-1200 

9. O’rta 

Miken 

madaniyati 



nechanchi  asrlarni 

o’z ichiga olgan? 

A)  1700-1550    B) 

1550-1400 

S) 1400-1200    D) 

1550-1200  

E) 1700-1200 

10.  Miken 

madaniyatining 

so’nggi Miken davri 

nechanchi  yillarni 

o’z ichiga oladi ? 



 

518 


A)  er.avv.1550-

1400-yillarni  o’z 

ichiga      oladi  

B) er.avv.1400-1200-

yillarni  o’z  ichiga  

oladi 


S)er.avv. 1700-1550-

yillarni  o’z  ichiga      

oladi.  

D)er.avv. 1400-1000-

yillarni o’z ichiga  

 oladi 


E)er.avv. 1550-1200-

yillarni  o’z  ichiga      

oladi 

11.  “Agamemnon 



qabri” 

qaysi 


madaniyatga 

tegishli? 

A)  Krit                   B)  

Mikena      S) Ellada  

D) Kiklada  E) to’g’ri 

javob yo’q 

12.  Gomer  er.  avv. 

nechanchi  asrda 

yashagan? 

A)  VII asrda  

B) VIII asrda  

S) er. avv. VII asrda  

D) er. avv. IX asrda  

E) er. avv. III asrda 

13.  Egey Pompeyasi 

nomini 


olgan 

inshootni aniqlang? 

A)  Agamemnon 

qabri 


B) 

Akrotir shahri 

S) 

Mikena shahri 



D)  Mirinotos shahri 

E)To’g’ri javob yo’q 

14.  “Antilopalar” 

tasviri 


qaysi 

madaniyatga 

tegishli? 

A)  Krit-miken 

madaniyatiga 

B) 


Krit 

madaniyatiga 

S)Mikena 

madaniyatiga 

D)Gomer 

davri 


madaniyatiga 

E)to’g’ri javob yo’q 

 


 

519 


15. Qadimgi krit davri 

qaysi  yillarni  o’z 

ichiga oladi. 

A) er. avv. 2700-2300-

yillar 

B) er. avv. 1500-1100-



yillar 

S) er. avv. 2300-1500-

yillar 

D) er. avv. 1700-1500-



yillar 

E) er. avv. 1700-1100-

yillar 

16. Iliada va Odisseya 



dostonlarini  muallifi 

kim ? 


A) Gomer 

B) Gesiod 

S) Trayan 

D) Esxil 

E) Aristotel. 

17. 


Kiklada 

madaniyati 

necha 

davrga bo’linadi ? 



A) 3 davrda 

B) 2 davrda 

S) 7 davrda 

d) 5 davrda 

e) 1 davrda 

18.   Kipr   oroliga 

qachon  odamlar  kelib  

o`rnashdi ?   

A) er. avv. 1000-yillar 

atrofida 

B) er. avv. 2000-yillar 

atrofida 

S) er. avv. XI asrda 

D) er. avv. 1500-yillar 

atrofida 

E) er. avv. 1200-yillar 

atrofida. 

19.  O’rtayerdengizi 

Osiyo  qirg’og’ida 

qaysi  xalq  kelib 

o’rnashdi ? 

A) filimstinlar 

B) doriylar 

S) ioniylar 

D) leleglar 

E) yunonlar 

20. XIV asrda kichik 

Osiyoda qaysi davlat ( 

Mixxat  yozuvlariga 

ko`ra ) mavjud bo’lgan 

A) Axaya davlati 



 

520 


B) Osiyo davlati 

S) Afina davlati 

D) Yunon davlati 

E) Eron  davlati 

21.  Tadqiqotchilar 

qaysi 


manbalarda 

Axaya  deb  atalgan 

davlatni  tadqiqotchilar  

turlicha faraz qiladilar 

A) Misr manbalarida 



B) Kikla manbalarida 

S) Xett manbalarida 

D) Bobil manbalarida 

E) Eron manbalarida. 

22. 

Odisseyning 



xo’jaligida nechta qul 

ishlagan ? 

A) 50 ta qul 

B) 30 ta qul 

S) 60 ta qul 

D) 45 ta qul 

E) 25 ta qul 

23.  Akrotir  shahri 

qadimgi  manbada 

nima deb atashgan ? 

A) Egey Pompeyasi 

B) Troya 

S) Porta  

D) Epir 


E) Evbeya 

24. 


1876-yilda 

arxeolog 

Genrix 

Shliman 


qanday 

ko’rinishdagi qabrlarni 

qazib ochdi? 

A) 


“shaxta” 

ko’rinishidagi 

B) gumbaz qabrlar 

S) qo’rg’on qabrlar 

D) marmar sog’onalar 

E) to’g’ri javob yo’q 

25. 

Mashhur 


“Agamemnon  qabri” 

qanday  ko’rinishdagi 

qabr edi? 

A) gumbaz qabr 

B) qo’rg’on qabr 

S) shaxta qabr 

D) 

mavzoley 



ko’rinishidagi qabr 

E) to’g’ri javob yo’q 

26.  Egey  havzasida 

400  yil  davomida 

mavjud 

bo’lgan 


madaniyatni ayting? 

 

521 


A) Miken madaniyati 

B) Krit madaniyati 

S) Yunon madaniyati 

D) Bolqon madaniyati 

E) Pergam madaniyati 

27. 


Mikena 

madaniyatining 

kulolchilik 

mahsulotlari  qaysi 

hududlardan topilgan? 

A) Rodos, Kiprdan 

B)  kichik  Osiyo, 

Misrdan 


S) Sitsiliya va janubiy 

Italiyadan 

D) A va B  

E) A, B va S 

28.  Qaysi  madaniyat 

Krit  madaniyati  bilan 

o’xshash bo’lgan? 

A) Mikena  madaniyati 

B)  kichik  Osiyo 

madaniyati 

S) Sparta madaniyati 

D) Lidiya madaniyati 

E) Rim madaniyati 

29. XX asrning 60-

yiullarida 

mikena 


akropolida 

qanday  


markaz topilgan? 

A)  diniy  marosimlar 

o’tkaziladigan markaz 

B)  harbiy  mashqlar 

o’tkaziladigan markaz 

S)  hunarmandchilik 

markazi 

D) ilmiy markaz 

E) to’g’ri javob yo’q 

30. 1953-yilda Mikena 

yozuvlarini  o’qigan 

olimlarni ko’rsating. 

A) Ventris 

B) Chedvik 

S) Shliman 

D) Evans 

E) A va B 

 

 



 

 

 



 

522 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Yunon shahar – davlatlarining shakllanishi 

 


 

523 


 

Buyuk kolonizatsiya 

  Er. avv. I ming yillikning boshlarida ilk bor 

finikiyaliklar begona hududlarda o’zlarining yangi 

manzilgohlari (Koloniya)larini barpo qila boshladilar. 

Finikiyaliklardan keyin yunonlar ham  bu jarayonda 

faol ishtirok etadilar. Koloniyalar begona hududlarda 

ularni tashkil etgan finikiyalik va yunon savdogarlari 

uchun tayanch  nuqtalari  bo’lib  xizmat  qilgan. 

Yunonlarning koloniyalarni barpo qilish faoliyati er. 

avv. VIII-VI asrlarga to’g’ri keladi. Bu vaqt buyuk 

yunon kolonizatsiyasi davri deb aytiladi. 

  Koloniyalarni barpo qilishning bir necha sabablari 

bor edi. Birinchi navbatda Yunonistonning bir necha 

viloyatlarida  aholining haddan  tashqari  ko’payib 

ketganligidir. Arxaik davrining boshlanishida aholi 

sonining keskin o’sishi natijasida, demografik portlash 

yuz  berdi.  Ishlab  chiqarish  kuchlarining  zaif 

rivojlanishi  oziq-ovqat  va  boshqa  mahsulotlarni 

taqchilligiga  olib  keldi.  Yunonistonning  o’zida 

dehqonchilik qilish uchun yaroqli bo’lgan yerlar 

deyarli yo’q edi. Aholining  ortiqcha qismi shu sababli 

begona  hududlarga  borib  yangi  yerlarni 

o’zlashtirishga majbur bo’ldi.    

  Buyuk yunon kolonizatsiyasining yana bir ijtimoiy 

sababi bor edi. Kambag’allashgan jamoachi dehqonlar 

o’zlarining boyib ketgan zodagon qarindoshlariga 

qarzi uchun qul bo’lishni xoxlamadilar, ular  o’zlarini 


 

524 


qarzlari uchun garovga qo’yilgan bir parcha yerlarini 

tashlab ketishga majbur bo’ladilar. Ular uchun yagona 

yo’l  begona  joylarga  ketish  edi.  Arxaik 

Yunonistonningf shaharlari bu vaqtda  yirik iqtisodiy 

markazlarga aylandilar, savdo iqtisodiyotning asosiy 

sohalaridan biriga aylandi. Bu shaharlarning boy 

savdogarlari chet mamlakatlarga boradigan yo’llarda  

o’rnashib qolish uchun savdo koloniyalari barpo 

qilishga harakat qildilar. 

  Yunon shaharlaridagi tabaqaviy ijtimoiy-siyosiy 

kurash kolonizatsiya jarayonini yana bir sababi edi. 

Shaharlarning   iqtisodiy taraqqiyoti tabaqalanishni 

kuchaytirdi.  Shahar  aholisining  turli  tabaqalari 

o’rtasida ijtiomoiy-siyosiy kurash kuchayib ketdi. 

Yengilgan guruh shaharni tashlab ketishga majbur edi. 

Shuningdek  savdo-hunarmandchilikni  rivojlanishi 

xom ashyoga bo’lgan ehtiyoj va tayyor mahsulotni 

sotish  uchun   yangi  hududlarni izlab topish 

zaruriyatini tug’dirdi.  

  Bundan tashqari arxaik davrda Yunonistonning 

ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan viloyatlarida. 

fuqarolarni qarzi uchun qul qilish qonun bilan 

taqiqlangan edi. O’sib borayotgan iqtisodiyot uchun 

arzon ishchi kuchi  qullarga bo’lgan talabni  qondirish  

uchun   begona hududlardan qullarni olib kelish 

boshlandi. Yunon kolonistlari ko’p hollarda  yangi qul 

bozorlarining tashkilotchilari bo’ldilar.  


 

525 


  Buyuk kolonizatsiya deb atalgan jarayon bilan 

bog’langan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar 

qadimgi  Yunonistonning  keyingi  taraqqiyotini 

belgilab berdi. G’arb va Sharqda ko’p sonli yunon 

kolonniyalarining barpo qilinishi, O’rtayer dengizi 

savdosidan finikiyaliklarni siqib chiqarilishi, yunon 

savdosini  o’sishi,  hunarmandchilikning  yuksak 

taraqqiyotiga  olib  keldi.  Tovar  sotish  bozorlari,  

hunarmandchilik mahsulotlari hajmi kengaydi, ishchi 

kuchiga yana  ehtiyoj kuchayib, qullarni soni o’sdi. 

Ellada iqtisodiyotining barcha sohalarida qul mehnati 

etakchi o’ringa chiqa boshladi.     Zodagon oligarxiya 

ayrim  polislarda  boshqaruvni  xalq  tomonidan 

hokimiyat  tepasiga  chiqarilgan,  o’z  shaxsiy 

hokimiyatini o’rganishga erishgan kuchli va faol 

shaxslar bo’lgan tiranlarga topshirishga majbur bo’ldi. 

Eramizdan avv. VI asrda arxaik davrning tugashi 

davrida ba’zi bir polislarda demokratik qurilishning 

ilk asoslari qurildi. 

  Yunonlar begona hududlarda ba’zida mahalliy 

aholining qarshiligiga duch keldilar, ba’zida do’stona 

aloqaga kirishdilar. Kiklada, Sporada orollari va 

Kichik Osiyo qirg’oqlarini  qadimdayoq  yunonlar 

o’zlashtirgani sababli er. avv. VIII asrda aholining 

ko’chishi g’arbga Sitsiliya  va Janubiy Italiyaga, 

shimoli sharqda Qora dengiz qirg’og’iga tomon 

yo’naldi. Misr va Kirenaika ham o’zlashtirildi. 

Janubiy Italiya VIII-VI asrlarda kolonizatsiya qilindi. 



 

526 


Bu yerdagi kolonistlar o’zalarini kelib chiqishlarini 

Pelepponnes axeylaridan deb hisoblar edilar. 

   Er. avv. VII-VI asrdagi kolonizatsiya jarayonida 

barpo qilingan yunon shaharlari bir necha yo’nalishda 

rivojlandilar. Janubiy Italiyadagi shaharlar qishloq 

xo’jalik  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishga,  Qora 

dengiz  bo’yidagi  Milet  koloniyalari  savdoga 

ixtisoslashgan edilar. 

  Janubiy Italiyada Metapont va Sires, Sibaris, 

Posidoniya kabi yunon shaharlari qishloq xo’jaligi 

bilan shug’ullanar edilar. Bu erda ayniqsa spartaliklar 

asos solgan Tarent shahri koloniyalar orasida yetakchi 

o’rinni egalladi. Shahar Sparta shevasini va boshqaruv 

uslubini to’liq saqlab qoldi.   

  Sitsiliya orolida Evbey Xalkidasi yunonlari er. avv. 

735 yil atrofida Naksos, Katanu va Leontiano, Zankli 

(keyingi Messana) hamda Regiyni barpo qiladilar. 

Shimolda Gaetan qo’ltig’ida Qum shahriga asos 

solindi. Loklar Italiyaning Zefir burnida Zefir Lokri 

(hozir Kap Spartivento)ni, Korinf aholisi Sitsiliyaga 

vaqt o’tishi bilan yunon g’arbini bosh markazi va 

metropoliya rolini o’ynagan Sirakuzani barpo qildilar. 

Sirakuza o’z navbatida Akr va Kamirinani barpo qildi. 

Megara Gibliya Megarasi va Seluninga, rodosliklar 

Agrigent shahriga  asos soldilar. Shunday qilib 

yunonlar Sitsiliyaning sharqiy va janubiy qismini 

egalladilar. Orolning g’arbida bu yerga yunonlardan 

ilgari kelgan finikiyaliklar hukmronlik qiladilar. Vaqt 



 

527 


o’tishi bilan   orolining g’arbida Finikiya yerlari 

qisqarib faqat Finikiyaning uch nuqtasi Solunt, 

Panorm (hozirgi Palerma) va Motiya qoldi.  

  Er. av. VI-asrda yunonlarning Italiya va Sitsiliya 

koloniyalari  gullab-yashnadi  va  Bolqon 

Yunonistonidan ko’ra boy hududga aylanib Buyuk 

Yunoniston nomini oldi. Bu koloniyalarning gullab-

yashnashining asosi qishloq xo’jaligi,  savdo-

hunarmandchilik edi.  Sitsiliya va Italiyadan g’alla 

Yunoniston va Kichik Osiyoga chiqarildi. Er. avv. 

VII-asrda  Liguriya  qirg’og’idagi  Rodan  daryosi 

havzasida fokiyaliklar Massiliya (hozirgi Marsel’), 

janubiy Italiyada Eleya shaharlariga asos soldilar.  

  Sharqda Xalkidika yarim oroli Evbeyadagi Xalkida 

aholisi tomonidan, Epir qirg’og’idagi (hozirgi Korfu) 

Kerkira oroli korinfliklar tomonidan bosib olindi. 

Korinfliklar  Ambrakiy  qo’ltig’da  Ambrakiya  va 

Anaktorn; Illiriya qirg’og’ida Appoloniya va Epidamn 

koloniyalariga asos soldilar. 

  Qora  dengiz  qirg’oqlarida  Kichik  Osiyodagi  

yunonlarning eng kuchli savdo markazi Miletning 

fuqarolari o’nlab  koloniyalarni barpo qildilar. Abidos, 

Sinop, Koteo, Kerasun va Trapezunt, Qora dengiz 

shimoli,  shimoliy-g’arbiy  qirg’oqlarida  Ol’viya, 

Appoloniya, Odessa, Toma, Tira, Feodosiya, Bosforda  

Kalxidon (megaralilar asos solgan) Qora dengizning  

Yevropa qirg’og’ida Vizantiy, Gerakleya koloniyalari 

qad ko’tardi. 


1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling