Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet32/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53

Sparta jamiyati 

  Qadimgi Sparta  arxaik  va  klassik  davrlarda  

Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta 

polisi va davlatchiligini boshlanishi doriylar bosqinini 

tugallanish vaqtiha to’g’ri keladi. Doriy qabilalari er. 

avv.  XII-XI  asrlarda  Peloponnes  hududiga 

o’rnashdilar va er. avv. XI-VIII asrlarning birinchi 

yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik 

uchun uzoq kurash olib bordilar. Er. avv. X asrda 

Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot  daryo 

vodiysining o’rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta 

manzilgohi paydo bo’ldi. Qadimgi yunonlar  Sparta 

davlatini odatda Lakedemon deb atadilar. Ko’pchilik 

doriylar-bo’lg’usi  Sparta  polisining  fuqarolari  5 

qishloqni  birlashtirgan  Sparta  manzilgohiga 

o’rnashdilar.  

  Mahalliy axey aholisining bir qismi bo’ysundirilib,  

bir qismi qirib tashlandi. Sparta davlatining paydo 

bo’lishi qisqa vaqt ichida  boshqa bepoyon hududlarni 



 

545 


bosib olish bilan belgilandi. Doriylar ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotning   quyi bosqichida urug’ 

munosabatlarini yemirilish davrida turar edilar. Bu hol 

Spartra davlatida urug’chilik tuzumi qoldiqlarini uzoq 

vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi.     

  Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan boshlab 

Sparta davlati yetakchi o’ringa chiqib oldi va bu erda 

tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Er. 

avv. VIII asrda Sparta janubiy Lakoniyaning bir 

qancha viloyatlarini, Kifera orolini, keyin esa Pamis 

daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. 

Bu boy o’lka Spartaning kam sonli to’la huquqli 

fuqarolari tomonidan bo’lib olindi, mahalliy aholi 

huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi.  

  Spartaliklar o’zlariga tegishli bo’lgan ekin yerlarini 

9000 ta ulushga  bo’ldilar. Har bir to’la huquqli 

spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi  bosib 

olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod 

mulk qilib oldi. Ilotlar xo’jayinlarga hosilning yarmini 

berishga majbur edilar. Yuz yildan so’ng Sparta 

g’arbiy Messeniyani egalladi, keyin esa sharq va 

shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o’ziga 

qo’shib oldi. Arkadiyaning janubiy qismidagi bir 

qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya, 

Korinf, Sikion, Megara, Egina va Elida kabi shahar va 

davlatlar Sparta bilan simmaxiya-ittifoqga kirishga 

majbur bo’ldilar. Ittifoq majlisida har bir polis bir 

ovozga ega bo’lib, qaror ko’pchilik ovoz bilan qabul 



 

546 


qilinar edi va har bir shahar – davlat Sparta podsholari 

ixtiyoriga o’zining uchdan  bir qism qo’shinini 

berishga majbur edi. Ittifoqchilar o’rtasida aloqa zaif 

bo’lib, alohida polislar bir – biri bilan urush olib 

borar, boshqa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. 

Sparta Peloponnes yarim orolining 1/3 qismini (8000 

km) bevosita o’z hukmronligi ostida olgan edi. 

Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqei kuchli edi. 

Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o’rniga hech kimga 

shubha  yo’q  edi.  Bu  ittifoq  o’sha  davrda 

Yunonistonda eng kuchli  edi. 

  Sparta jangchilar davlati edi. Spartalik o’g’il bola 

yoshligidayoq davlat homiyligi ostida  edi. Davlat 

hokimiyatini eng avvalo intizomli, jismonan kuchli 

jangchiga ega bo’lish uchun spartalik go’dakni 

yoshligidan jismonan kuchli qilib tarbiyalar edi. Zaif, 

kuchsizlar davlatga kerak emas edilar, shu sababli 

zaif, kasal bolalardan ularni yoshligidayoq qutilishga 

harakat  qilinar edi.  Gerodot  tarixida  Demokrit 

aytganidek, Spartaliklar erkin edilar, lekin barcha 

munosabatda emas, ular davlat qonunlariga bo’ysunar 

edilar. 


  Bu qonunlar spartalik bolani yetti yoshligidan ota-

onasidan uzoqda o’z tengqurlari ichida, 20-30 yoshli 

kattalar boshchiligida harbiy manzigohda yashashni 

belgilab qo’ygan edi. Asosiy e’tibor gimnastika 

mashqlari, jangovar madhiyalar va harbiy marshlarni 

xor bo’lib aytishga qaratilgan edi. Tarbiyaning 



 

547 


qattiqligi o’smirlarni Artemida ibodatxonasida har yili 

o’tkaziladigan qiynoq sinovlarda o’z aksini topgan 

edi. Sinalayotgan o’smir og’riqni sezdirmasligi shart 

edi. 


  Yosh yigit 20 yoshga yetgach Sparta (“tenglar 

jamiyati”)ning  to’la huquqli a’zosi hisoblanar edi. 

Endi  u  kattalar bilan birgalikda o’tkaziladigan 

ovqatlanish (fiditiyasi yoki filitiyalar)ga   ishtirok 

qilishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik 

har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va 

pul berar edi. Spartaliklar birgalikda o’tirib uksus, tuz 

qo’shilib  qonda  tayyorlangan  chuchqa  go’shti 

bo`tqasini iste’mol qilar edilar.   Spartalilar o’z 

vaqtlarini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda 

o’tkazib chodirlarda yashar edilar. Qattiq, shafqatsiz 

tarbiya  natijasida spartaliklarning ongida  boshqa 

yunon  polislari  aholisida  nisbatan jismoniy va 

ma’naviy ustunlik his-tuyg’usini shakllantirilar  edi. 

Spartaliklarni yunon dunyosida qat’iy intizomi uchun 

hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmas edilar. 

  Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga 

aylantirilgan  aholisining  qo’zg’olonlaridan 

xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat 

solish va ularning ongida bo`ysunish hissini tug’dirish 

uchun ularni tunda o’ldirishni (kriptiy) e’lon qilganlar. 

Er.avv. XI asrdayoq spartaliklar o’zlarini har xil 

“yangiliklar”dan himoya qilish, an’anaviy turmush 

tarzini saqlash maqsadida tashqi dunyodan ajralib 



 

548 


yashashga  urindilar.  Qadimgi  an’anaviy  holatini 

o’zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani 

muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va tomlari 

faqat yog’ochdan  bo’lib, ularni  faqat bolta va arra 

bilan tayyorlashga ruxsat etildi. Hashamatli kiyimlar 

qonundan tashqari edi. Jamiyatdagi mavqeiga qarab  

bir xildagi kalta yoping’ich (plash) kiyar edilar va bu  

bilan o’zlarini teng deb hisoblardilar. 

 

Davlat tuzumi 

  Sparta davlati aristokratik xarakterga ega edi. 

Butun  hokimiyat  periek  va  ilotlar  ustidan 

hukmronligini o’rnatgan tor doiradagi spartaliklar 

qo’lida edi.  Davlat tepasida ashad va yevrionit 

urug’larida mansub bo’lgan ikki podsho turar edi. 

Ular asosan harbiy boshliqlar bo’lib tinchlik vaqtida 

ba’zi  kohinlik  vazifalarini,  qisman  sud 

majburiyatlarini amalga oshirganlar, ikki podsho ham 

oqsoqollar  kengashi  gerusiya  tarkibiga  umrbod 

kirganlar. Podsholar hokimiyati xalq yig’inining keng 

vakolatlari bilan cheklab qo’yilgan edi. Podsholardan 

biri urush vaqtida qo’shinga boshchilik qilgan, ammo 

ular raxbarlikda eforlarning fikrlarini hisobga olishga 

majbur bo’lganlar. Xalq yig’ini eng muhim masalalar 

yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega edi. Faqatgina 

xalq yig`inigina urush e’lon qilish huquqiga ega edi. 

Fuqarolik ishi bo’yicha sud ishlarini mansabdor 

shaxslar-eforlar  amalga  oshirganlar.  Ular 


 

549 


spartaliklarning butun hayoti davomida qonunlarni 

bajarishini ham nazorat qilganlar.  

  Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga 

oshiganlar. Taxminlarga ko’ra eforlar ilk davrda 

podsholar tomonidan tayinlanganlar, er. avv. XI 

asrdan  boshlab  esa  xalq  yig’ini  tomonidan 

tayinlanganlar. Besh efor  podsholar va gerusiya 

faoliyatini nazorat qiladigan oily organ sifatida paydo 

bo’ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining 

qo’shimcha oliy organiga aylandi. Besh Sparta 

qishlog’ining har biridan 1 tadan efor bir yil muddatga 

saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga ega edilar. 

Hamda har qanday spartaliklarni, hatto geront va 

podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga ega 

edilar. Bundan tashqari  Sparta turmush tarzi qoidalari 

va Sparta qonunlarini bajarilishini kuzatganlar. Eforlar 

spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqardilar 

hamda ilotlarga qarshi jazo-qo’rqitish tadbirlarini 

amalga oshirishga rahbarlik qildilar. 

  Podsholar 60 yoshdan yuqori bo’lgan aslzoda-

yigirma sakkiz keksadan tuzilgan kengash (gerusiya) 

majlisiga  boshchilik  qilganlar.  Gerusiyada  xalq 

yig’iniga  ko’riladigan  qaror  loyihalarini 

tayyorlaganlar, hamda jinoiy ishlar bo’yicha sud 

ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq  yig’ini-

appelaga boshchilik qilganlar. Ular har qanday 

mansabdor  shaxsni  ishdan  chetlatish,  zaruriyat 

bo’lganda  chet  elliklarni  mamlakatdan  chiqarib 



 

550 


yuborish huquqiga ega edilar. Davlat moliyasi, tashqi 

ishlar ularning qo’lida edi. Podsholar ba’zi umrbod 

imtiyozlarga (xarbiy o’ljalar 1/3 ga egalik qilish, 

tantanali dafn qilish va h.k.) ega bo’lsalarda 

eforlarning kuchi hokimiyati ularni podsholar bilan bir 

qatorda kuyar edi, bu tashqi tomondan quyidagi 

odatda ifodalangan edi. Boshqa spartaliklardan farq 

qilgan holda, eforlar podsholar ko’ringanda o’z 

o’rinlaridan turmaslik huquqiga ega edilar. 

    


Xalq  yig’ini  appelada  30  yoshga  etgan  barcha 

spartaliklar ishtirok etar edilar. Masalalar qizg’in 

muhokama qilinadigan oddiy fuqoro  faol so’zga 

chiqadigan  Afina  eklessiyasidan  Sparta  appelasi 

keskin farq qilar edi. Appelada oddiy spartaliklarning 

ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha 

qarorlar eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif 

etilar edi. Appela muhokama qilmas, bahslashmas 

faqat ovoz berar edi. Spartaliklarning davlat qurilishi 

ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos 

Likurg tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi 

edi. Sparta davlatining konservativ   holati uni 

zaiflashtirar edi. Sparta to er. avv. IV asrning ikkinchi 

yarmigacha shu xolatda yashadi.  

  Er. avv. IV asrning II yarmidan boshlab butun 

yunon dunyosini cho’lg’ab olgan ijtimoiy va madaniy 

o’zgarishlar  Spartaga ham ta’sir  qila  boshladi. 

Spartaning  maqtalgan  tenglar  jamiyati  buzildi. 

Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat 


 

551 


majburiy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha 

harbiy ta’limni o’rganib 20 yoshdan 60 yoshgacha 

harbiy  xizmatda  bo’lganlar.  Jangda  qo’shinning 

oldingi qismida ilotlar, perieklar borgan, ulardan 

keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo’lgan 

keksalar jangga kirishgan. Sparta qo’shini er. avv. VI-

V asrlarda yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan 

intizomli va kuchli qo’shin  edi. Qo’shinlar 12 ta 

harbiy qismga (loxga) bo’lingan. Lox tepasida loxak 

turgan. Qo’shinga qo’mondonlikni podsholar amalga 

oshirganlar.  Ularga  harbiy  ishlarda  harbiy 

maslahatchilar yordam berganlar. Qo’shin tarkibida 

300 ta suvoriy askar  bor edi, suvoriylar urush vaqtida 

podsholarni qo’riqlaydigan tinchlik vaqtlarda esa 

mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o’ziga xos 

otliq gvardiyani tashkil etganlar. 



 

 

 

Arxaik davri hayotining umumiy manzarasi 

  Taxminlarga ko’ra arxaik davrda yunon uy-joyi 

oddiy va bir qavatli edi. Epik matnlariga ko’ra 

erkaklar  qisqa  ko’ylak  (xiton)  kiyib,  ko’chaga 

chiqayotganda ustlariga keng yoping’ich  xlamida 

tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli keng 

kiyim,  kamar  bilan  tortilgan  kamzol  (peplum) 

kiyganlar. Sharqdan erkaklar uchun uzun, yubka 

kanopdan to’qilgan, tumshuqqacha boradigan xiton 


 

552 


o’zlashtirib  olingan,  sochga  tilla  to’g’nog’ich 

qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir 

qilgan. Zodagon yoshlar otliq yurganda, oval plash – 

xlamida bilan o’ranganlar, hunarmandlar esa chap 

elka  orqali  tashlangan  kamtar  jun  yoping’ich 

(eksomida) bilan cheklanib qolganlar.  

  Arxaik davrda oila – nikoh munosabatlari ham 

o’zgardi. Gomer davrida kuyov kelinni ota – onalariga 

qimmatbaho sovg’alar berib sotib olar edi. Arxaik 

davrida esa kelinga sep berish odatga aylandi. 

Nikohga asos bo’lib yoshlarning ota – onasi o’rtasida 

tuzilgan kelishuv shartnomasi xizmat qilar edi. 

Tegishli qurbonliklar qilingach kelinni otasining uyida 

to’y tantanalari va ziyofat boshlanar edi. Quyosh 

botishi bilan kelin   kuyovning uyiga kuzatib 

qo’yilgan. 

  Dafn  marosimlari  o’zgardi.  Arxaik  davrida 

ko’kragiga  urib  yig’laydigan  go’yandalar  paydo 

bo’ldi. Yig’i – sig’idan so’ng marhum jasadi yuvib-

taralib xushbo’y yog’lar surtilgan. Keyingi kun dafn 

qilish marosimi yig’i bilan mayit shahar tashqarisidagi 

qabristonga chiqarilgan. O’likning og’ziga er osti Aid 

podsholigida o’liklarni tashuvchi Xarondga to’lov 

sifatida tanga qo’yganlar. Ehtimol krematsiya ham 

bo’lgan, bu haqda Gomer poemalarida eslatiladi. 

Marhum o’zining qimmatli buyumlari bilan katta 

gulxanda yoqilgan, olovga vino, sut va asal sepish 

rasmi bilan marosim tugagan. 



 

553 


 

Tayanch iboralar 

  Apella, buli, eklessiya,  Sparta, axey, Artemida 

ibodatxonasi,     tenglar jamiyati,  

ilotlar, periek, podsholar, efor,  lox, Kifera, Xarond, 

krematsiya, fiditiya, kriptiya, xiton, gerusiya, ikki 

podsho, Arkadia, simmaxiya, mayda chaqa-tanga, 

Likurg, ashad, evrionit, agela, geront, aristokratiya.                                                                                      

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

  Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йук. 

Тошкент 1998. 

  Бойназаров  Ф. А. Кадимги  дунё  тарихи.  

Тошкент  2004. 

  История  древного  мира/Под  ред. И. М. 

Дьяконова, В. Д. Нероновой,  И. С.      

        Свeнцицкой. М., 1983, т. II, лекция 4. 

  Kолобова К. М. Древняя Спарта  X-VI вв. до н. 

э. Л., 1957. 

  Лурье  С. Я.  О  фашистской  идеализации 

полицейского режима древней    

        Спарты.-Вестник древней истории, 1939, № 1. 

 

Asosiy sanalar 

Er.avv. XII asr   axaya  qabilalari  tomonidan 

Peloponnes yarim orolining  

     


bosib 

olinishi. 

Er.avv. 

VIII 


asr    Sparta  davlati  janubiy 

Lakoniya viloyatlarini, Kifera va  



 

554 


     

Messeniyani 

bosib 

oldi. 


Er.avv. VI-V asr   

Sparta davlatining kuchaygan 

davri. 

Mustaqil ish mavzulari 

  Sparta tenglar jamiyati tushunchasi 

  Sparta tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlari 

  Sparta ijtimoiy-iqtisodiy hayoti muammolari 

  Sparta va yunon dunyasi 

 

Reyting savollari 

1. Sparta 

davlati 


Yunonistonning 

qaysi 


qismida 

joylashgan? 

A) 

shimoliy 



Yunonistonda 

B) 


markaziy 

Yunonistonda  

S) Attikada 

D) 


janubiy 

Yunonistonda  

E)  Egey  dengizi 

arxipelagida  

2. Sparta 

qachon 


Messeniyani  bosib 

oldi? 


A) er. avv. VIII asrda 

B) er. avv. XII asrda  

S) er. avv. XIII asrda  

D) er. avv. V asrda  

E) er. avv. III asrda  

3. Spartaliklarning 

birgalikda 

o’tkaziladigan 

ovqatlanish 

marosimi  nima  deb 

atalgan? 

A) fiditiya 

B) gerusiya 

S) kriptiya 

D) orgiya 

E) apella 

4. Ilotlar kimlar edi? 

A)Spartaning  teng 

huquqli a’zolari 


 

555 


B)Sparta  janubida 

yashovchi qabilalar 

S)Spartaliklarning 

ixtiyoriga 

berilgan qullar 

D)Messeniyaning 

qulga  

aylantirilgan aholisi 



5. Spartaliklar va ilotlar 

oralig’idagi  tabaqani 

ko’rsating? 

A)doriylar 

B)axeyyaliklar 

S)perieklar 

D)meteklar 

E)to’g’ri javob yo’q 

6. Kriptiya nima? 

A)  Spartada  qonun  

chiqaruvchi  

  organ 


B) 

podsho 


yordamchilari 

S) perieklar tomonidan 

Sparta 

    davlatiga 



to’lanadigan soliq turi 

D) 


spartaliklar 

tomonidan ilotlarni  

    o’ldirish marosimi 

E)  Sparta  jamiyati 

qonunlaridan biri 

7. Spartada 

o’g’il 

bolalar 


necha 

yoshgacha  ota  – 

onalari 

qo’lida 


tarbiya olganlar? 

A) 3 yoshgacha 

B) 8 yoshgacha 

S) 7 yoshgacha 

D) 20 yoshgacha 

E) 4 yoshgacha 

8. Spartada ilotlar soni 

qancha 


bo’lgan?(Er.avv.VI-

V asr) 


A)20000 

B)200000 

S)305000 

D)30000 


E)300000 

9. Sparta  davlatini 

poytaxtini 

ko’rsating? 

A) Megara 

B) Messeniya 

S) Sparta 


 

556 


D) Afina 

E) Pilos 

10.  Nima  uchun 

arxaik  davrida  o’lik 

og’ziga 

tanga 


qo’yilgan? 

A)mayitlarni tashuvchi 

Xarondga 

to’lov 


sifatida 

B)u  dunyodan  yer 

sotib olishi uchun 

S)Aid 


huzuriga 

kirishda  qorovulga 

berish uchun 

D) 


gunohlardan 

qutilish uchun 

E)to’g’ri javob yo’q 

11.  Arxaik  davrda 

kuyov 

kelinni 


qachon  uyiga  olib 

ketishga 

haqli 

bo’lgan? 



A) ertalab 

B) tushda 

S) quyosh botishi bilan 

D) ikki kundan so’ng 

E) kuyov kelin uyida 

qolishi shart bo’lgan 

12.  Arxaik  davrida 

sharqdan  nimalar 

o’zlashtirilgan? 

A)  xiton  va  tilla 

to’g’nog’ich 

B) qilichlar yasash 

S) kulolchilik 

D) rassomlik 

E) mayitni ko’mish va 

yoqish 


13.  Arxaik  davrida 

yunon uylari qanday 

shaklda qurilgan? 

A) oddiy, bir qavatli 

B) rejali, uch qavatli 

S)  mustahkamlangan, 

ko’p qavatli 

D) labirint shaklida 

E) to’g’ri javob yo’q 

14.  Arxaik  davrida 

erkaklarni  asosiy 

kiyimi 


nima 

bo’lgan? 

A)qisqa xiton  

B)kalta nimcha  

S)oval 

plash 


(yoping’ich) 

D)eksamida 



 

557 


E)yengil  kalta  jun 

ko’ylak 


15.  Arxaik  davridan 

oldin  oila – nikoh 

qanday 

amalga 


oshirilgan? 

A)kuyov kelinni sotib 

olgan 

B)kelin kuyovni  sotib 



olgan 

S)zo’rlik bilan 

D)sep berish orqali 

E)ota roziligi bilan 

16.  Kelinga  sep 

berish  qachon  odat 

tusiga kirgan? 

A)Gomer davrida 

B)arxaik davrda 

S)klassik davrda 

D)ellin davrida 

E)ibtidoiy 

jamoa 

davrida 


17.  Go’yandalar 

qachon 


paydo 

bo’ldi? 


A)arxaik davrida 

B)so’nggi tosh davrida 

S)Gomer davrida 

D)klassik davrda 

E)to’g’ri 

javob 


berilmagan 

18.  Sparta  davlatida 

ijro 

etuvchi 


hokimiyatni  qaysi 

organ 


amalga 

oshirgan? 

A)eforlar 

B)podsholar kengashi 

S)gerusiya 

D)buli 


E)eklessiya 

19.  Sparta  davlatida 

urush  e’lon  qilishni 

qaysi  davlat  organi 

amalgam oshirgan? 

A)podsholar 

B)xalq yig’ini  

S)gerusiya 

D)appela 

E) B va D 

20.  Sparta 

davlatining 

afsonaviy 

qonunshunosi  kim 

bo’lgan? 

A)Demosfen 



 

558 


B)Solon 

S)Klisfen 

D)Likurg 

E)Tesey 


21.  Sparta  davlatida 

har 


qanday 

mansabdor  shaxsni 

ishdan 

chetlashtirishini 



kimlar 

amalga 


oshirgan? 

A)podsholar  

B)eforlar  

S)xalq yig’ini 

D) gerusiya a’zolari 

E) tenglar jamoasi 

22.  Fuqarolik  ishi 

bo’yicha 

sud 

ishlarini 



kimlar 

ko’rgan? 

A)harbiylar 

B)eforlar 

S)podsholar 

D)xalq  yig’ini  oliy 

organi 

E)gerusiya  tarkibidagi 



keksalar 

23.  Sparta  davlatida 

podsho  hokimiyati 

qaysi  davlat  organi 

tomonidan 

cheklangan? 

A)Gerusiya tomonidan 

B)xalq 


yig’ini 

tomonidan 

S)harbiylar  hay’ati 

tomonidan 

D)sudlar tomonidan 

E)senat tomonidan 

24.  Eforlarni  kim 

tayinlagan? 

A)podsholar 

B)gerusiya 

S)xalq yig’ini 

D)senat 


E)ular  tayinlanmagan 

balki saylangan 

25.  Sparta  qo’shini 

necha 


qismdan 

iborat  bo’lgan  va  

nima deyilgan? 

A)12  ta  qismga 

bo’linib, 

qo’shin 


deyilgan 

 

559 


B)10  ta  qismga 

bo’linib, 

legion 

deyilgan 



S)15  ta  qismga 

bo’linib  strategiya 

deyilgan 

D)13  ta  qismga 

bo’linib  avtokratiya 

deyilgan 

E)to’g’ri javob yo’q 

26.  Sparta  davlatida 

davlat  xavfsizligini 

ta’minlash  vakolati 

kimlarga  berilgan 

edi? 


A)apella a’zolariga 

B)gerusiya a’zolariga 

S)300 

suvoriylar 



qismiga 

D)podsholarga 

E)eforlarga 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 


1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling