Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


demokratiyasining shakllanishi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet33/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53

demokratiyasining shakllanishi 

 

 



 Arxaik davr boshlanishida Attika 

 O’rta   Yunonistonning  janubiy-sharqiy 

viloyatlaridan biri    markazi Afina bo’lgan Attika  

misolida   yunon polisini shakllanishini atroflicha 

ko’rish mumkin. Barcha   tomonlari dengiz bilan 

o’ralgan, tog’lar bilan o’ralgan Attika dehqonchilik 

uchun noqulay edi. Kumush konlari, marmarning 

mo’l-ko’lligi,  savdo-hunarmandchilikni  ilk 

taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz gavanlari 

dengizchilikni rivojlanishiga sabab bo’ldi. Dastlab 

Attika aholisi kichik qishloqlarda yashagan edi, 

keyinbchalkik esa ular qoyatosh bag’rida joylashgan 

Afina akropoli  markaz bo’lgan bir shahar atrofida 

birlashdilar. 

  Attikaning qadimgi aholisi Ioniylar, pelastlarga 

doriylarning ko’chishi ta’sir qilmadi. Bu yerda yunon 



 

561 


tilining   ioniy shevasida so’zlashadigan qabilalar 

guruhi to’rt urug’ yoki qabila (fil)ga bo’lingan edi. 

Har bir fil bir necha o’nlab urug’lardan iborat bo’lgan 

uch firatriyaga bo’lingan edi.  

  Gomer  davrida  Attika  aholisini  basileylar 

boshqardilar. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin, 

harbiy boshliq edilar. Boshqa yunon polislariga 

bo’lganidek basileylar huzurida  Afinada areopag deb 

ataladigan oqsoqollar kengashi bor edi. Afsonalarga 

ko’ra Afina aholisini  birlashtirgan afsonaviy Tersziy 

aholini uch guruhga bo’ladi: Yer egalari-yevpatridlar,  

dehqonlar-geomorlar, hunarmandlar-demiurglar.  

  Er. avv. VIII asr davomida xo’jalik va xususiy 

mulkchilikni  rivojlanishi   natijasida  yevpatridlar 

basileylarning  huquqini   asta-sekin  cheklay 

boshladilar. Ular o’zlarining ichidan   arxontlar 

(oqsoqollar)ni  saylay  boshlaydilar,   basileylarning  

boshqaruv  vakolatlari  harbiy   arxont(boshliq, 

sudya)ga o’ta boshladi. Natijada basileylarga faqat 

kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. 

Shunday qilib Afinada   hokimiyatni yevpatridlar 

orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara 

boshladi. Ularning o’rtasida ijroiya, harbiy va sud 

hokimiyati taqsimlangan edi.  

 Yil  davomida  arxont  vazifasini  bajargan 

yevpatridlar  o’z  o’rinlarini  yangi  saylanganlarga 

bo’shatib berib, o’zlari areopagning  umrbod a’zolari 


 

562 


bo’lib  qolar    edilar.    Areopag    er.  avv.  VIII-VII  

asrlarda  eng obro’li hokimiyat organi edi.  

  Yevpatridlar  kolonizatsiya va dengiz savdosiga 

faol qatnashdilar.   Tovar ishlab chiqarish, savdo 

hunarmandchilik tez rivojlandi. Attikada dehqonlarni 

qarzga botish jarayoni kuchayib ketdi va natijada 

qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi. 

Er. avv. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada 

ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Er. avv. 

VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon tomonidan 

hokimiyatni bosib olishga urunib ko’rdi. Arxont 

Drakon tomonidan  622-yilda og’zaki qonunchilikni 

yozma  to’plamga  keltirilishi urug’  zodagonlarini 

hokimiyatini bo’shashtirdi. Drakon qonunlari bilan 

urug’chilikning qoldig’i bo’lgan o’ch olish taqiqlandi, 

jazolash  funksiyasi  aeropagga  berildi.  Drakon 

qonunlari shafqatsiz edi, mehnat qilmagan fuqarolar 

jazolanar edi. O’g’rilik jinoyati uchun o’lim jazosi 

belgilanadi.  

 

Solon islohotlari 

  Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag’al 

qismi bo’lgan   oddiy demos o’rtasida ijtimoiyt 

ziddiyatlar  kuchaydi.  Drakon  qonunlari  Attika 

aholisini eng katta   muammolaridan biri qarz 

masalasini hal qilmadi.  Er. avv. 594-yilda arxont 

vazifasiga  saylangan  kambag’allashgan  yevpatrid, 

shoir Solon   islohotlar o’tkardi. Solon islohotlari  


 

563 


Afinadagi vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Qarzi uchun 

dehqonlarni  qul  qilish  bekor  qilindi,  ilgari  qarzi  

uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul 

qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul to’lanib 

Afinaga qaytarildi. 

  Xo’jalik  faoliyatini  rag’batlantiradigan  qator 

islohotlar o’tkazildi. Pul islohoti uzunlik va og’irlik 

o’lchov  birliklarini  takomillashtirish  savdo, 

hunarmandchilikni rag’batlantirdi, natijada Attikadan 

chetga  tovar sotish  kuchaydi. Solon Attikadan g’lla 

chiqarishni taqiiqladi, bu  zaytun moyi va vinoni 

eksport qilish uchun  qulay shart-sharoit yaratdi. Bu 

chora  tadbirlar  Afina  bozorida  chayqovchilikni 

tugatib,  dehqonchilikni rag’batlantirdi. 

  Vasiyatlar erkinligi to’g’risidagi qonun urug’chilik 

aloqalarini zaiflashtirdi, alohida oilalarni iqtisodiy 

kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish 

me’yori belgilandi. 

  Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga 

oshirildi. Solon Attikani barcha erkin aholisini 

daromad  hajmiga  qarab  to’rt  toifaga  bo’ldi. 

Fuqarolarning  huquq  va  majburiyatlari  shunday 

taqsimlandiki  boy  fuqarolar  avvalgidek  to’la 

hokimiyatga ega bo’ldilar, shu bilan birga fuqarolik 

jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. Yangi 

yuqori tabaqaga mansub bo’lish yer uchastkasidan 

yillik olinadigan daromadga bog’liq bo’ldi. Bu yer 

egasini yerga  yaxshi ishlab ko’p hosil olish 



 

564 


imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u 

yoki bu oqsuyak uruqqa mansublik,  emas balki aynan 

daromad, miqdori yerga mehnat qilish fuqaroni 

jamiyatdagi obro’ini o’lchov mezoni bo’ldi. 

  Eramizdan  avvalgi  VII  asr  oxiri  VI  asr  boshlarida  

Afina demosi shoir, savdogar Solonni arxont qilib 

sayladi va unga islohot o’tkazish uchun cheklanmagan 

vakolatlar berdi. Solon eng avvalo “seysaxteyya” 

(qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan 

voz kechishni amalga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish 

abadiy taqiqlandi. Katta er egaligi cheklandi, er 

uchastkasini belgilangan miqdordan ortiqcha olish 

man qilindi. 

  Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga etgan erkin 

Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari gemey joriy 

qilindi.  Gemey  fuqarolar  ishi  bo’yicha  oliy 

appelyatsiya huquqiga ega bo’ldi. Faqat u jinoiy ishlar 

bo’yicha hukm chiqara olar edi. Odam o’ldirish 

bo’yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag 

qo’lida qoldi. 

  Siyosiy huquq mulkiy tsenz asosida taqsimlandi. 

Afina jamiyati to’rt toifaga ajratildi. Birinchi toifaga 

pentakosiomedimnlar bir yilda besh yuz medimn 

g’alla yoki besh yuz metret (bir metret-39 litr) zaytun 

yog’i oladigan fuqarolar kirdi. Ikkinchi toifaga 

suvoriylar – gippeylar, uchinchi toifaga ikkita eshak 

aravaga ega bo’lgan og’ir qurolli piyodalar – 

zevgitlar, to’rtinchisiga hunarmand – fetlar kirdi. 



 

565 


Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini 

egallashi mumkin edi. Oliy arxont mansabiga faqat 

pentakosiomednlar da’vo qilishilari  mumkin  edi. 

Fetlar polisni bevosita boshqaruvdan chetlashtirildilar.  

  Xalq yig’ini – eklessiyada oddiy fuqarolar 

davlatning umumiy siyosatini belgilashda, mansabdor 

shaxslarni saylashga ta’sir ko’rsatish, gelieini – 

maslahatchilar  sudiga  ishtirok  etib  mansabdor 

shaxslarni suiste’molini yo’q qilishlari mumkin edi.  

 

Solon  islohotlari  bo’lg’usi  Afina 



demokratiyasining kurtagi edi. Arxont, are opagning 

roli o’zgarmadi, Polisning urug’, fillarga bo’linishi 

saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug’ huquqini 

yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o’z 

mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar 

o’rgatmagan o’g’il keksaygan otasiga g’amxo’rlik 

qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. avv. VI asr 

boshlaridagi isloxotlar barcha ijtimoiy muammolarni 

echa olmadi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar 

Afinada Pisistrat tiraniyasini o’rnatilishiga olib keldi.  

  Pisistrat va uning o’g’illari tiraniyasidan so’ng 

Afinada turli ijtimoiy qatlamlar o’rtasida kurash 

kuchayib ketdi. 

  Klisfen  boshchiligida  savdo  hunarmandchilik 

tabaqalari urug’ zodagonlari hokimiyatini yo’qotishga 

urindilar.  Klisfen ma’muriy –  hududiy isloxot 

o’tkazdi. Har bir fil o’z ichiga olgan jami o’n fil bo’lib 

har bir dem oily ma’muriy organ 500 lar kengashiga 



 

566 


birdan 25 kishigacha a’zo saylagan. Yana bir siyosiy 

yangilik tiraniyani o’rnatilishiga  qarshi  qo’yilgan 

ostrakizm tamoyili bo’ldi. Ostrakizmga ko’ra Afina 

davlat tuzumiga qarshi jiddiy xavf tug’dirgan shaxs, 

siyosiy arbob ovoz berish yo’li bilan Afinadan 

quvg’in  qilingan.  Bu  tamoyil  siyosiy hayotda 

eramizdan avvalgi 487 yildan 417 yilgacha qo’llanib 

shu davrda tiraniyaning uch tarafdori Afinadan 

xaydab yuborilgan. 

  Eramizdan avvalgi VI-asrda Afinada demosning 

zodagonlarga  qarshi  uzoq  kurashi  natijasida 

demokratik  tartib  qoidalar  g’alaba  qildi.Natijada  

Afina ko’ngilli qo’shinlari tarkibi ham o’zgardi. 

Uning asosiy qismini og’ir  qurollangan jangchi 

goplitlar  tashkil etdi, ular ko’p sonli uchinchi qism 

zevgitlardan to’ldirilgan. Fetlar yengil qurollangan 

jangchilarni va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar. 

  Afina siyosiy  ustqurmasida zodagonlar taynchi 

areopagga qarshi turgan to’rt yuzlar kengashi(Bule) 

tashkil etildi.Kengash a’zolari to’rt fildan yuztadan 

fuqaro  saylanadigan muntazam faoliyat ko’rsatadigan 

organ bo’ldi, to’rt yuzlar kengashi xalq yig’inida 

ko’riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni  tayyorlar 

edi. Xalq yig’ini (ekklesiya) to’la qonli barcha 

vakolatlarga ega bo’lgan boshqaruv organi bo’lib 

fuqarolarni barcha qatlamlari ovoz berish va uni 

ishiga qatnashish huquqiga ega bo’ldilar. Xalq yig’i 


 

567 


muntazam yig’iladigan bo’ldi (Er. avv. V asrda yilida 

40 marta yoki 9 kunda 1 marta). 

  Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi 

organi maslahatchilar sudi (gelieya) joriy qilindi. 

Sudyalar  barcha  fuqarolardan  saylangan.  Solon 

islohotlari polis boshqaruvini demokratik shakllari 

asosini yaratdi, lekin izchil bo’lmaganligi sababli 

zodagonlar hokimiyatini to’la tugata olmadi. 



 

Afinada Pisistrat tiraniyasi 

  Er.  avv.  560-yil  atrofida   hokimiyatni  

zodagonlardan biri Pisistrat qattiq kurash natijasida 

bosib oldi va o’zini tiraniya shaklidagi shaxsiy 

hokimiyatini o’rnatdi. U dastlab eng  muhtoj kichik 

yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko’rsatdi. 

Qishloq kambag’allari uchun soliqlar majburiyatini 

kamaytirdi, qishloq jamoalari huquqini kamaytirdi. 

Yer egalarini Afinaga sudga qatnashishidan qutqarib, 

qishloq joylarida sudyalarni tayinladi. U fuqarolardan 

qurollarini  tortib  olib,  o’z   hokimiyatini 

mustahkamladi,  fuqarolar daromadiga soliq joriy 

qildi, bu o’rta hol dehqonlarni og’ir ahvolga solib 

qo’ydi.  

  Pisistrat dengiz savdosining rivojlanishiga shart-

aharoit  yaratdi.  U  Kichik  Osiyoda  Dardanel 

bo’g’oziga chiqadigan muhim nuqtani bosib olib, 

Afinani Qora dengizga boradigan dengiz yo’llari 

ustidan  nazoratini  o’rnatdi.   Afinada  savdo 


 

568 


hunarmandchilikni  rivojlantirish  maqsadida  bir 

qancha jamoat inshootlarni qurilishini amalga oshirdi, 

Akropolni bezadi, shoirlar, rassomlarga homiylik 

qildi.  Uning  farmoyishi  bilan  Afinada  xalq 

qo’shiqchilari  to’planib,  ularning  so’zlaridan 

Gomerning  mashhur  poemalari  “Iliada”  va 

Odessiya”lari yozib olindi.  

  Pisistratning tadbirlari eski urug’ zodagonlarining 

mavqeiga putur yetkazdi, ularning ko’p vakillari 

Afinadan  quvg’in  qilindi.   Er.  avv.  527-yilda  

Pisistratninbg vafotidan keyin o’g’illari Gippey va 

Gipparx Afina hokimlari bo’ldilar. Bu vaqtda kuchli 

fors davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey 

dengizidan Qora dengizga boradigan yo’llarni egallab 

oldi.  Afina dengiz savdosiga katta putur yetdi, 

natijada   Afinaga  chetdan g’alla olib kelish 

vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari 

qimmatlashdi. Tabiiyki bu aholini noroziligini keltirib 

chiqardi. Aholi  Pisistratning o’g’illari hokimiyatini 

ag’darib tashladi. 



 

Klisfenning islohotchilik faoliyati 

 Pisistrat   va  uning  o’g’illari  tiraniyasi 

ag’darilganidan  so’ng,  yevpatridlarni   o’z 

hukmronliklarini  tiklashga  urinishlari  afinaliklarni 

ko’pchiligining keskin qarshiligiga uchradi. Shunday 

bir sharoitda demos qo’llab- quvvatlagan Klisfen 

yangi islohotlarni  o’tkardi (Er. avv. 509-507-yillar). 


 

569 


U mamuriy hududiy islohotni amalga oshirdi. Attika 

urug’chilik tashkiloti  o’rniga 10 ta yangi hududiy 

filga ajratildi. Bu urug’chilik aloqalarini  uzilishi va 

aholini aralashib ketishiga olib keldi, endilikda Attika 

aholisi  yashash joyiga  qarab  hududiy aloqalar 

bo’yicha birlashdi, urug’ fillari to’la tugatildi. 

  To’rt yuzlar kengashi endilikda 500 fuqaroni o’z 

tarkibiga kiritdi. Har yangi 10 hududiy fildan 50 kishi  

bu kengashga saylandi, shu bilan birga yangi besh 

yuzlar  Kengashi  tarkibi (Bule)  har  yili  to’la 

yangilandi. Kengash a’zolari qura tashlash yo’li bilan 

saylandi, ikki martadan ortiq saylanish mumkin emas 

edi. Klisfen tub joy aholi huquqiga kelgindi aholi  

huquqini tenglashtirdi, endi fuqarolik qadimgi urug’ 

filiga mansublik bilan emas balki eng kichik hududiy 

birlik  demga mansublik bilan belgilandi.  Endilikda 

har bir fuqaro o’z ismiga  otasining  avlodi ismi emas 

o’z demini nomini qo’shdi, bu fuqarolik jamoasini 

barqarorligiga olib keldi.  

  Klisfen Afina demokratiyasiga tahdid solishi 

mumkin bo’lgan obro’li boy fuqaroni aniqlaydigan 

ostraktizm tamoyilini joriy qildi. Afinada  o’z shaxsiy 

hokimiyatini o’rnatishga  gumon qilingan  fuqarodan 

sud qarori bo’yicha ovoz berish yo’li bilan Afinadan  

quvg’in qilinadigan bo’ldi. 

  Klisfen islohotining ahamiyati shundaki, bu 

islohotlar  urug’chilik  munosabatlarini  urug’ 

zodagonlarining hokimiyati qoldiqlarni to’la tugatdi.  



 

570 


Afina davlat qurilishiga  demokratiyani     to’la 

hukmronligini  o’rnatdi.  Barcha  Afina  fuqarolari 

(Afinada yashayotgan chet elliklar qullar bundan 

mustasno)  polisning  siyosiy  hayotida  faol 

qatnashdilar. Ular  har qanday davlat lavozimlariga 

saylanishlari, o’z fuqarolik jamoalari siyosiy hayotini 

eng muhim muammolarini yechishda ishtirok etishlari 

mumkin edi.  Afina demokratiyasi  barcha yunon 

polislari orasida eng ilg’or va rivojlangan  demokratik 

davlat qurilishiga ega edi.  

 

Tayanch iboralar 

  Attika, akropol, Ioniy, fil, Fratriya,  areopak,  

Ferziy,   yevpatridlar,  geomor,  demiurk,   arxont,  

Kilon,  Drakon,   Solon,  pentakosimedimn,  medimn,  

suvoriylar,    zevgit,    fet’,      goplit,    Bule,      gelieya    

Pisistrat,   Tiraniya,   Gomer,   Demos,   Klisfen,  

Gippey,   Gipparx. 

 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

 

Каримов  И. А. Тарихий  хотирасиз  келажак 



йук. Тошкент 1998. 

 

Бойназаров  Ф. А. Кадимги  дунё  тарихи.  



Тошкент  2004. 

 

Гомер. Илиада  (любое изд.). 



Гомер. Одиссея  (любое изд.). 

Андреев Ю. В. Раннегреческий полис. Л., 

1976. 


 

571 


История древнего мира/Под ред. И. М. 

Дьяконова, В. Д. Нероновой, И. С. 

Свенцицкой.  М., 1983, т. I, лекция 16.

 

 

Asosiy sanalar 

Er. avv. VII asrning 30-yillarida   zodagon Kilon 

tomonidan hokimiyatni  

                       

bosib 

olishga 


urinib 

ko’rgan 


Er. avv. 622-yil         Arxont  

Drakon  


tomonidan og’zaki  

           

qonunchilikni  

yozma 


to’plamga kiritilishhi,  

           

urug’  

zodagonlarining 



hokimiyatni  

                              bo’shattirlishi 

Er. avv. 594-yil         arxont 

vazifasiga  

saylangan  

                                                        kambag’allashgan 

yevpatrid shoir Solon  

            islohot o’tkazgan 

Er. avv. 560-yil          hokimiyatni   Pisistrat 

o’z qo’liga oldi 

Er. avv. 527-yil          Pisistratning   vafot 

etishi 


Er. avv. 509-507-yillar        Klisfen  yangi  islohot 

o’tkazdi 

 


 

572 


Mustaqil ish mavzulari 

Solon va Klisfen islohotlari 

Yunona - davlat qurilishi (er. avv. V asr) 

Polis - davlatda fuqaro 

Polisning iqtisodiy hayoti 

 

Reyting savollari 

1.  Afina  fuqarolarini 

qarz  evaziga  qul 

qilishga  kim  chek 

qo’ydi? 


A)  Klisfen 

B) 


Pisistrat 

C) 


Solon 

D)  Kilon 

E) 

Demosfen 



2.  Afinada  fuqarolik 

ishlari  bo’yicha  oliy 

appelyatsiyani  qaysi 

tashkilot 

amalga 

oshirgan? 



A)  gemey 

B) 


oliy sud 

C) 


xo’jalik sudi 

D)  arxontlar sudi 

E) 

strateglar 



qo’mitasi 

3.Siyosiy  huquqlarni 

mulk 

tsenziga 



asoslanib 

amalga 


oshirilgach,  Afina 

fuqarolari 

necha 

toifaga ajratilgan? 



A)  3 ta 

B) 


4 ta 

C) 


6ta  

D)  7ta 


E) 

2ta 


4. Afina 

aholisini 

ikkinchi toifasi qanday 

nomlangan? 

A)  suvoriylar 

B) 


gippeylar   

C) 


fetlar 

D)  zevgitlar 

E) 

a va b 


5. Shahar  -  davlatlar 

(polislarni)  boshqarish 



 

573 


huquqidan 

kimlar 


chetlatildi? 

A)  fetlar 

B) 

arxontlar 



C) 

areopag 


D)  gippeylar 

E) 


to’g’ri  javob 

yo’q 


6. Afina 

davlatida 

ma’muriy-hududiy 

islohotni 

kimlar 

amalga oshirdilar? 



A)  Solon 

B) 


Demosfen 

C) 


Klisfen 

D)  Pisistrat 

E) 

Kilon 


7. Dastlab Attika 

aholisi qayerda 

yashadi? 

     A) kichik shaharlarda 

B) kichik qishloqlarda 

C) katta shaharlarda 

D) dala va vodiylarda 

8.  Attikada  yunon 

tilining 

ioniy 


shevasida  

so’zlashadigan 

qabilalar 

necha  


guruhga bo’lingan? 

A) 4 guruhga 

B) 3 guruhga 

C) 2 guruhga 

D) 5 guruhga 

9. Gomer davrida 

Attika aholisini kimlar 

boshqargan? 

A) attikaliklar 

B) basileylar 

C) Solon 

D) oqsoqollar 

10.Afina 

aholisini  

birlashtirgan  Terziy 

nimaga ko’ra aholini 3 

guruhga   bo’lgani 

to’g’risida  ma’lumot 

beradigan manba? 

A) Gerodot asarlarida 

B) Iliada va Odisseya 

asarlarida 

C) afsonaga ko’ra 

D)  qadimgi  yozma 

manbalarga    

     ko’ra 

11.  Qaysi  davrda 

xo’jalik  va  xususiy 



 

574 


mulkchilikni  

rivojlanishi 

natijasida  

yevpatridlar 

basileylarning 

huquqini  asta-sekin 

cheklay boshladilar? 

A)  er. avv. VIII asr 

davomida 

B) 


er. avv. VI asr

 

davomida 



C) 

er. avv. IV asr 

davomida 

D)  er. avv.  III asr 

davomida 

12.  Afinada er. avv. 

VIII 

asrdan  


hokimiyatni 

yevpatridlar orasidan 

chiqqan  har  yili 

saylanadigan  nechta 

arxont 

boshqara  



boshladi? 

A) 7 arxont 

B) 8 arxont 

C) 9 arxont 

D) 1 arxont 

E) to’g’ri javob yo’q. 

13.  Yil  davomida 

arxont 


vazifasini  

bajargan 

yevpatridlar  yangi 

saylanganlarga 

o’rnini  bo’shatib 

berib, o’zlari qanday 

vazifani bajarganlar? 

A)  aeropakning 

umrbod a’zolari 

B) 


moliya  va  sud 

ishlarida rais 

C) 

oqsoqolllar 



kengashining a’zosi 

D)  hech  qanday 

lavozimga 

14.  Areopag 

nechanchi  asrlarda  

urug’  a’zolarning 

eng 

obro’li 


hokimiyati edi? 

A)  er. avv. VIII-VI 

asrlarda 

B) 


er. avv. VIII-VII 

asrlarda 

C) 

er.  avv.  III-II 



asrlarda 

 

575 


D)  er.  avv.  V-III 

asrlarda 

15.  Nechanchi  asrda 

Attikada ijtimoiy-

siyosiy 

vaziyat 


keskinlashib ketdi? 

A)  er.  avv.  III 

asrning I yarmida 

B) 


er.  avv.  IV 

asrning II yarmida  

C) 

er.  avv.  VII 



asrning II yarmida 

D)  er.  avv.  VII 

asrning I yarmida 

16.  Arxont  Drakon 

tomonidan  qachon 

og’zaki 


qonunchilikni  

yozma   to’plamga 

keltirilib 

urug’ 


zodagonlarini  

hokimiyati 

zaiflashtirilgan? 

A)  324-yilda 

B) 

804-yilda 



C) 

621-yilda 

D)  622-yilda 

18. Er. avv. 594-yilda   

arxont 

vazifasiga 



saylangan 

kambag’allashgan 

yevpatridlardan…. 

A)  shoir  Solon 

islohotlar o’tkazdi 

B)  Drakon  qonunlari 

qabul qilindi 

C)  Attika  Afinadan 

ajralib chiqdi 

D) qullik bekor qilindi 

19.  Kimning  islohoti 

bo’yicha   qarzi uchun  

qul qilingan dehqonlar 

qullikdan 

ozod 

qilingan? 



A) Solonning 

B) Drakonning 

S) oqsoqollar kengashi 

qarori bilan 

Dd) Pisistratning 

20.  Kim  Attikadan 

chetga   tovar  g’alla 

chiqarishni taqiqladi? 

A) Drakon 

B) Afina oqsoqollari 

C)  Solon 


 

576 


D) Gippey 

21.  Attikadan  g’alla 

chiqarishni  taqiqlash 

natijasida chetga qaysi 

mahsulotlarning 

eksporti kuchaydi? 

a) zaytun moyi va vino 

b)  vino  va  uzum 

sharbati 

c) g’alla va arpa 

d)  a  va  c  javoblar 

to’g’ri 


22.  I  toifaga  g’alla, 

zaytun  moyi  va 

vinodan keladigan bir 

yillik  daromad necha 

yuz  medimn  bo’lishi 

shart edi? 

A) 600 medimn 

B) 700 medimn 

C) 500 medimn 

D) 100 medimn 

23.  Kimlar  yengil 

qurollangan  

jangchilarni va harbiy 

flot 


matroslarini 

tashkil qilgan? 

A) 

pentakosiomedimnlar 



B) suvoriylar 

C) zevgetlar 

D) fetlar 

24.  Solon  davrida 

sudyalar  kimlardan 

saylangan? 

A) barcha fuqarolardan 

B)  faqat  harbiy 

amaldorlardan 

C) oqsoqollardan 

D)  oliy  tabaqa 

kishilaridan 

25.  Er.  avv.  560-yil 

atrofida zodagonlardan 

kim  hokimiyatni bosib 

oldi va o’zini  tiraniya 

shaklidagi hokimiyatni 

o’rnatdi? 

A) Solon 

B) Drakon 

C) Pisistrat 

D) oqsoqollar 

26.  Klisfen  qachon 

yangi 


islohotlar 

o’tkazdi? 



 

577 


A) er. avv. 509-507-

yillarda 

B) er. avv. 501-499-

yillarda 

C) er. avv. 517-511-

yillarda 

D) er. avv. 540-502-

yillarda 

27. Attika urug’chilik 

tashkiloti 

o’rniga 

nechta  yangi  hududiy  

filga bo’lindi? 

A) 8 ta 


B) 4 ta 

C) 10 ta 

D) 9 ta 

28.  Afinada  xalq 

yig’ini  nima  deb 

atalgan? 

a) eklessiya 

b) tuliya 

c) senat 

d) kengash 

e) agora 

29. Er. avv. VI asr 

boshlarida  Afinada 

kimning  tiraniyasi 

o’rnatildi? 

A) Pisistrat 

B) Klisfen 

C) Gelon 

D) Dionisiy 

E) Drakon 

30.  Afinada  fuqarolik 

huquqiga 

ega 

bo’lmagan  toifalarni 



ko’rsating? 

A) perieklar 

B) meteklar 

C) qullar 

D) suvoriylar 

E) A, B va C 

31.  Afinada  kimning 

farmoyishi 

bilan 

mashhur  Gomerning 



dostonlari 

yozib 


olindi? 

A) Pisistartning 

B) Klisfenning 

C) Diodorning 

D) Aristotelning 

E) Isokratning 

32. Er. avv.  509-507-

yillarda 

Afinada 

islohot 


o’tkazgan 

arxontni ayting? 


1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling