Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet35/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53

tushkunligi 

 

 



Peloponnes urushlari 

 

596 


  Yunon-fors  urushlaridan  keyin  Yunonistonda 

iqtisodiyotning umumiy o’sishi kuzatildi. Polislar 

o’rtasidagi va xalqaro savdo rivojlandi. Bu Elladaning 

savdo-hunarmandchilik  polislari  o’rtasida  raqobat 

kuchaydi,  ayniqsa  kuchli  savdo-hunarmandchilik, 

dengiz savdosi bilan shug’ullangan. Afinaning Korinf 

va Megara bilan raqobati kuchaydi. Afina va Sparta  

boshchiligidagi ikki kuchli harbiy-siyosiy ittifoqlar 

o’rtasidagi  muvozanat  buzildi.  Afina   yunon 

polislaridagi  demokratik  tuzumlarni   Sparta  esa  

oligarxiya hukm surgan polislarni qo’llab-

quvvatlashga harakat qildilar. Yana shuningdek Sparta 

va Afina o’rtasida Yunonistonda yetakchilik  uchun 

raqobat qariyb 30 yil davom etgan Peloponnes 

urushlariga olib  keldi. Urush er. avv. 431-yilda Sparta 

qo’shinlarini Attika hududiga bostirib kirishi bilan 

boshlandi.  Afina harbiy kuchlarini boshqargan Perikl  

quruqlikda  mudofaa taktikasini  qo’llash kerak deb 

hisobladi. Sparta qo’shinlari Attika hududini talon-

taroj qilayotgan paytda barcha aholi  Afina shahriga 

kirib jon saqladi. Tezda   shaharda oziq-ovqat 

tanqisligi boshlanib, turli xil yuqumli kasalliklar 

tarqaldi. Xalq norozi bo’ldi, er. avv. 430-yilda 15 yil 

davomida  birinchi  marta  Perikl  arxont  etib 

saylanmadi. Keyingi yil u   qandaydir yuqumli 

kasallikdan vafot etdi. 

  Davlat boshqaruvi faol urush harakatlarini  olib 

borish tarafdori  bo’lgan Afina  demokratiyasining 



 

597 


vakillari qo’liga o’tdi.  Shunday rahbarlardan biri 

Kleon-kelib  chiqishi  hunarmandlardan  bo’lgan 

ustaxona egasi, ajoyib notiq, shijoatli siyosatchi va 

urushni g’alabagacha davom ettirish tarafdori edi. 

Uning davrida afina floti Peloponnes qirg’oqlarida 

faol urush harakatlarini  boshladi. Afinaliklar er. avv. 

425-yil Messeniyadagi muhim. Pilosni  va uning 

qarshisidagi Sifakteriya orolchasini bosib oldilar. 

  Spartaliklarning ahvoli og’irlashib qoldi. Ular  

urush  harakatlarini shimolga Frakiyaga ko’chirdilar. 

Bu yerdagi   bir qancha shaharlar Afina bilan 

ittifoqdan chiqdilar. Er. avv. 422-yilda  Amfiopol 

shahri yaqinida katta jang bo’lib, har ikki tomondan  

ko’plab qurbonliklar berildi.  Bu jangdan so’ng Afina 

bilan Sparta o’rtasida 50 yil muddatga tinchlik 

shartnomasi  imzolandi. Bu  shartnoma  Afinaning 

elchisi  Nikiy nomi bilan Nikiy shartnomasi deb 

ataldi.  

  Ammo bu tinchlik uzoqqa bormadi. Afinada   er. 

avv. 420-yilda  Sparta bilan urushni  davom ettirish 

tarafdorlari Periklning jiyani  Alkiviad  boshchiligida 

hokimiyatga  keldilar  va  bir  necha peloponnes 

polislarida  Spartaga  qarshi fuqarolarni  chiqishini 

uyushtirdilar. Alkiviad   Sitsiliyani bosib  olish 

g’oyasini ilgari surdi, bundan tashqari janubiy Italiya 

hatto Karfagenni bosib olishni orzu qildi. Uning 

istilochilik rejalari Afinada keng qo’llab-quvvatlandi. 

Er.  avv.  415-yil  afinaliklar  Sitsiliya  oralig’idagi  



 

598 


Sirakuza  shahriga  qarshi  harbiy  dengiz 

ekspeditsiyasini uyushtirdilar. Afinaliklarni Sirakuza 

Sparta  yordami bilan tor-mor qildi. Natijada 7000 

afinalik asirga olinib, qul qilindi. Sitsiliya halokati 

natijasida Afinani dengiz davlati mavqeiga putur 

yetdi. Afina ittifoqchilari bo’lgan bir necha yirik 

shahar va orollar vaziyatdan foydalanib, Afinadan 

ajralib ketdilar. 

  Sparta  Eronning yordami bilan Kichik Osiyodagi 

yunon shaharlariga o’z  ta’sirini kuchaytirdi. Afinada 

hokimiyatni oligarxlar bosib oldilar va ular Sparta 

bilan tezda tinchlik o’rnatish harakatini boshladilar. 

Peloponnes urushining ikkinchi bosqichi (Dekeley 

urushi er. avv. 415-404-yillar.)deb ataldi.  Spartaliklar 

Qora dengizga boradigan yo’llardagi bo’g’ozlarni 

bosib  oldilar. Bu Afinani   oziq-ovqat  bilan 

ta’minlashni qiyinlashtirdi. Urushda eng katta zararni  

Afina ko’rdi. Afinani yunon dunyosidagi obro’-

e’tibori  tushib  ketdi.  Yunonistonda  Spartaning 

gegemonligi o’rnatildi. Peloponnes urushlari davrida 

vaziyatga qarab har ikki tomonga yordam berib 

turgan,  aslida  Afina  bilan  Sparta  munosabatlarini  

keskinlashtirgan Eron asta-sekin yunon polislarida o’z 

ta’sirini kuchaytirdi. Aslini olganda biror-bir yunon 

polisi  bu  urushdan  foyda  ko’rmadi,  aksincha 

Yunoniston polislari tushkunligi boshlandi.      



 

Polis tizimining tushkunligi 

 

599 


  Er. avv. V asr so’ngida  yunon polislari  uzoq 

davom etgan tushkunlik pallasiga kirdi. Fuqarolarning  

yopiq  jamoasiga asoslangan yunon polisi endilikda 

yer mulkchilik munosabatlarida keskin o’zgarishlar 

boshlandi.  Yerga  ishlov  berishdan  keladigan 

daromaddan ko’ra sudxo’rlik daromadi o’sib ketdi. 

Yerni sotish keng tarqaldi, katta-katta yer maydonlari 

ayrim  fuqarolarning  qo’liga  o’tib  qoldi. 

Kambag’allashgan, yeridan ajralgan fuqarolar o’z 

fuqarolik majburiyatlarini bajarmay qo’ydilar. Ilgari  

iqtisodiy o’sish davlatni boyishi bilan birga borar edi, 

boy  fuqarolar  ko’pgina  mablag’larini  fuqarolik 

jamoasi ehtiyojlariga sarflashni o’z majburiyatlari deb 

bilar edilar. Er. avv. V asrda esa boylik ayrim  xususiy 

kishilar qo’lida to’plandi va ular  o’zlarini fuqarolik 

majburiyatlarini  bajarishdan  bo’yin  tovlay 

boshlaydilar. Ularning ko’pchiligi  o’z mablag’larini 

dengiz savdosiga qo’ya boshladilar. O’z polislaridan 

boshqa  hududlarda  katta-katta  yer  maydonlariga 

egalik qila boshladilar hamda ma’lum bir polis 

fuqarosi bo’lish ahamiyatsiz bo’lib qoldi. Bu davrda 

yunon  polislarida  davlat  xo’jaligining  mavjud 

emasligi davlat xazinasiga  daromad tushmasligi bilan 

belgilandi.  Davlat  hokimiyati  iqtisodiy-moliyaviy 

jihatdan hech qanday mablag’ga ega emas edi. 

Bundan  tashqari  polislarning  moliyaviy 

qiyinchiliklari,  uzluksiz  urushlar,  yollanma 

qo’shinlarni  keng  tarqalishi,  harbiy  ehtiyojlarga 



 

600 


xarajatlarni muntazam ravishda o’sib borishi bilan 

chuqurlashdi. Demokratik polislarda   lavozimlarga 

haq to’lash, kambag’al fuqarolarga muntazam  nafaqa 

berish  tizimi   bu  qiyinchiliklarni  yanada 

chuqurlashtirdi.  Agarda ilgari Afina o’z xarajatlarini 

ittifoqchilar hisobidan qondirgan bo’lsa er. avv. IV 

asrda esa  mulkdan olinadigan favqulodda soliq-

eysfora  bilan qoplay boshladi. Tinchlik vaqtida Afina 

fuqarolari hech qanday soliq to’lamas edilar. Xalq 

yig’ini   eysfora to’g’risidagi qarorlarni kambag’al 

fuqarolar manfaatlariga  tekkani uchun  istamay qabul 

qilar edi. Afinani boy tabaqasiga soliq solishga urinish  

boylarning noroziligiga olib keldi.  

  Yer mulk munosabatlarida o’zgarishlar yuz berdi. 

Er. avv. V asr oxiridan boshlab yerning erkin oldi-

sotdisi keng tarqaldi. Ko’pgina fuqarolar nochorlikdan 

o’z yerlarini sotishga majbur bo’ldilar, natijada bu 

yerlarni fuqaroligi bo’lmagan  kishilar ham sotib ola 

boshladilar. Xususiy va jamoa yerini ijaraga berish va 

garovga qo’yish keng tarqaldi. 

  Er. avv. V asr so’ngida  meteklar va chet elliklarga 

alohida xizmatlari uchun polis hududida  yer va 

uylarga  egalik  qilish  hollari  tarqaldi.  Iatdan 

kelganlarga fuqarolik huquqi kamroq sovg’a qilindi.  

  Polisni  tushkunligi   yollanma  askarlarni  

tarqalishida ham ko’rindi. Yer mulkidan ajralgan, 

qarzga botib kambag’allashib qolgan fuqaro qurol-

yarog’ olishga mablag’ topa olmas edi, ko’pincha 



 

601 


begonalarni manfaati uchun jang qilishni xohlamas 

edi.  To’xtovsiz  urushlar  harbiy  texnikaning 

takomillashuvi yaxshi o’rgatilgan askarlarni talab 

qilar edi. O’z yeridan mahrum bo’lgan, jismoniy 

mehnat  bilan  shug’ullanishni  istamaganlar  o’z 

polislaridan quvilgan kishilar yollanma askarlar safini 

to’ldirdilar.   

  Yunon polisining tushkunligi  quldorlik  tizimini 

tushkunligi  emas  edi,  chunki  qulchilik yanada 

rivojlandi, qullar mehmatidan foydalanish hajmi o’sdi. 

Afinada  davlat  qurilishida  erkin  fuqarolarning 

mehnati kamaydi, chunki ularning mehnatiga ham 

metek va qullarga ham baravar haq to’lanar edi. 

Qullarni qishloq xo’jaligi, hunaemandchilik, uy-

ro’zg’or  ishlarida  ishlatish,  boshqa  kishilarga 

yollanma mehnatga berish  bilan birga quldor qulni  

hunar va savdo bilan mustaqil shug’ullanishga ruxsat 

berar edi. Bunday qullar mulk  oilaga ega bo’lib 

alohida  yashar  edilar. Ular pul  to’plab  o’z 

ozodliklarini sotib olishlari mumkin edi. Er. avv. IV 

asrda ozod qo’yilgan qullarni soni  o’sdi, ularni yunon 

polislari iqtisodiy hayotidagi roli kuchaydi. Huquqiy 

jihatdan  ular  meteklarga tenglashtirilib,  ijtimoiy 

jihatdan  hunarmand  va  savdogarlar  ommasiga 

qo’shildilar.  Mehnat  va  hayot  kechirishning 

o’xshashligi   fuqaro  va  fuqaroligi  bo’lmagan 

kishilarni bir-biriga yaqinlashtirdi. 


 

602 


  Er. avv. IV asrda  polislarda  turli ijtimoiy 

tabaqalar o’rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Boylar va 

kambag’allar o’rtasidagi  qarama-qarshiliklar davlat 

hokimiyatini  zaiflashuviga olib keldi.  

   Yunonistondagi  er. avv. IV asrning birinchi 

yarmida  Spartaning  mavqeini  kuchaydi.  Sparta 

polislarni ichki ishlariga qo’pol ravishda aralasha 

boshladi Bu  ko’pchilik polislarni noroziligiga olib 

keldi. Oqibatda  Yunonistonda Spartaga qarshi harbiy 

harakatlar boshlandi va Spartaning Yunonistondagi 

yetakchiligi tugatildi. Fiva shahrini yunon dunyosiga  

yetakchiligi ham vaqtinchalik bo’ldi, Afina ittifoqini 

qayta  tiklashga urinish ham  natijasiz tugadi. Biror-

bir yunon polisi  qandaydir mustahkam birlashuvni 

tashkil qilish va unga rahbarlik qilish  qobiliyatiga ega 

emas  edi.  Yunon   polislari  endilikda   o’zaro  

kelishmovchiliklarni bartaraf qila olmay,   qudratli 

Eron davlatini  vositachi sifatida  taklif   qila 

boshladilar.  

 

Tayanch iboralar 

  Megara, Peloponnes urushlari,  Kleon, Pilos, 

Sifakteri, er. avv. 422-yil, Anfiopol shahri, Nikiy, 

Nikiy shartnomasi, Alkiviad, Sirakuza shahri, Dekeley 

urushi, er. avv. 415-404-yillar. 



 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

 

603 


 

Каримов  И. А. Тарихий  хотирасиз  келажак 

йук. Тошкент 1998. 

 

Бойназаров  Ф. А. Кадимги  дунё  тарихи.  



Тошкент  2004. 

 

Андреев  В. Н. Размери  земелных  участков  в 



Аттике IV в. до н. э.-  

 

Вестник   древней истории, 1959, № 2. 



Античная Греция. М., 1983,т.2, гл.1.   

Глускина Л. М   Проблемы социально-

экономической истории Афин   IV   

в. до н. э Л., 1975. 

История древнего мира/Под ред. И. М. 

Дьяконова, В. Д. Нероновой, И. С.   

Свенцицкой.  М., 1983, т. II, лекция 12. 

Казакeвич Э. Л. Термин и понятие «раб» в 

Афинах   IV в. до н. э.-  

Вестник   древней истории, 1956, № 3. 

Казакeвич Э. Л. Рабы  как форма богатства в 

Афинах   IV в. до н. э.-  

Вестник   древней истории, 1958, № 2. 

Маринович Л. П. Греческое  наемничество IV 

в. до н. э. и кризис полиса.  

М., 1975. 

Фролов Э. Д.  Греческие тираны IV в. до н. э. 

Л., 1972. 



 

Asosiy sanalar 

Er. avv. 430-404-yillar   

Peloponnes urushlari. 


 

604 


Er. avv. 431-yil    

Perikl vafot etdi. 

Er. 

avv. 


422-yilda     Nikiy 

tinchlik 

shartnomasi. 

Er. 


avv. 

415-yil    

afinaliklarni  Sitsiliyaga 

harbiy ekspeditsiyasi. 

Er. avv. 415-404-yillar   

Dekeliy urushi. 

Er. 

avv. 


IV 

asr    


yunon 

polislarining 

tushkunligi. 

 

Mustaqil ish mavzulari 

Er. avv. IV asrda yunon polislari tushkunligining 

ijtimoiy-siyosiy sabablari 

Er. avv. IV asrda polislarning ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyoti muammolari 

Er. avv. IV asrda qulchilik munosabatlari 



 

Reyting savollari 

1. Yunon 

–fors 

urushlaridan  keyin qaysi 



yunon 

polisining  

iqtisodiyotni  umumiy 

o`sishi  kuzatiladi? 

A) Evbeyada            

B) Miletda                

S) Messeniyada                 

D)Kerkirada                

E)Afinada 

2. Afina qaysi  yunon 

polislari bilan savdo-

hunarmandchilikda 

raqobati  kuchaytirdi? 

A)Korinf va Megara 

bilan            

B) Attika va Pella bilan               

S) Rim bilan  

D) Amfiopol va 

Messeniya bilan                  

E) Frakiya bilan. 



 

605 


3. Afina  yunon 

polislaridagi  qaysi  

tuzumni qo`llab- 

quvvatlashga  harakat  

qiladi 

A) demokratik tuzimini                 



B) oligarxik   tuzimini

   


C) tiraniyani  

D) monarxiyani   

E) respublika tuzimini 

4. Peloponnes urushi 

necha yil davom etdi? 

A) 25 yil   

B) 10 yil  

C) 18 yil  

D) 30 yil  

E) 27 yil 

5. Peloponnes urushi er. 

avv. nechanchi yilda 

Sparta  qo’shinlarini 

Attika hududida bostirib 

kirish bilan boshlandi? 

A) er. avv. 434-yil       

B) er. avv. 450-yil   

C) er. avv. 431-yil   

D) er. avv. 428-yil       

E) er. avv. 446-yil 

6. Afina harbiy 

kuchlarini boshqargan 

Perikl  quruqlikda 

qanday urush usulini 

qo’llash kerak deb 

hisobladi? 

A) mudofaa usulini            

B) falanga usulini  

C) qurshab olish usulini 

D) qamal usulini           

E) to’g’ri javob yo’q 

7. Perikl necha yil qaysi 

vazifada ishlagan? 

A) 15 yil, arxont 

vazifasida   

B) 16 yil, strateg

  vazifasida  

C) 18 yil, sudya

  vazifasida  

D) 15 yil, strateg

  vazifasida  

E) 16 yil, arxont; 18 yil 

strateg vazifasida 

8. Kimning davrida 

Afina  floti  Peloponnes 

qirg’oqlarida faol urush 

harakatlarini boshladi? 

A) Perikl  davrida   



 

606 


B) Alkiviad davrida   

C) Kleon  davrida  

D) A,B         

E) A, B, C 

9. Nechanchi yil 

afinaliklar  

Messeniyadagi  muhim 

polisni va uning 

qarshisidagi Sifakteriya 

orolchasini bosib 

oldilar? 

A) er. avv. 428-yilda 

   

B) er. avv. 430-yilda  



C) er. avv. 431-yilda 

   


D) er. avv. 425-yilda 

   


E) er. avv. 426-yilda 

10. Peloponnes urushi 

oqibatida 

spartaliklarning ahvoli 

og’irlashib qolgach, 

urush harakatlari 

qayerga ko’chdi? 

A) Attikaga   

B) 

Frakiyaga   



C) Sirakuzaga   

D) Pellaga   

E) Messeniyaga 

11. Er. avv. nechanchi 

yilda Amfiopol shahri 

yaqinida katta jang 

bo’ldi ?   

A) er. avv. 438-yilda  

B) er. avv. 435-yilda  

C) er. avv. 422-yilda 

D) er. avv. 428-yilda 

   


E) to’g’ri javob yo’q. 

12. Qaysi jangdan so’ng 

Afina va Sparta o’rtasida  

50 yil muddatga tinchlik 

shartnomasi tuzildi? 

A) Amfiopol shahri 

yaqinida   

B) Messeniya shahri 

yaqinida  

C) Farkil shahri yaqinida

     

D) Attika shahri 



yaqinida   

E) to’g’ri javob yo’q. 

13. Qaysi shartnoma 

Afina elchisi nomi bilan 

bog’liq ? 


 

607 


A) 

Nikiy   


B) Kalliy   

C) Axeliya   

D) Salamin   

E) Demosfen 

14. Sparta bilan urushni 

davom ettirish  tarafdori 

bo’lgan Alkiviad qachon 

hokimiyat tepasiga  keldi 

A) er. avv. 418-yilda 



   

B) er. avv. 422-yilda 

   

C) er. avv. 420-yilda 



D) er. avv. 421-yilda  

E) er. avv. 419-yilda 

15. Alkiviad Sitsiliyani   

bosib olish g’oyasini 

ilgari surdi, undan 

tashqari  qayerlarni bosib 

olishni orzu qildi? 

A) janubiy Italiya va 

Karfagenni  

B) Sirakuza va Megarani 

C) Korinf va Megarani 

   


D) Makedoniyani   

E) Eronni 

16. Afinaliklar 

Sitsiliyadagi  qaysi 

shaharga qarshi harbiy 

dengiz ekspeditsiyasini 

uyushtirdilar? 

A) Attikada   

B) Sirakuzada   

C) Pellada   

D) Neopolda 

E) Alaliyada 

17. Afinaliklar Sitsiliya 

Sirakuza shaharlariga  

nechanchi yil harbiy 

dengiz ekspeditsiyasini 

uyushtirdilar ? 

A) er. avv. 413-yilda 

   

B) er. avv. 415-yilda 



   

C) er. avv. 420-yilda 

D) er. avv. 417-yilda 

   


E) er. avv. 414-yilda 

18.  Sirakuza Sparta 

yordami bilan  

afinaliklarni tor-mor 



 

608 


qilgach qancha afinalik 

asir olinib, qul qilindi ? 

A) 

7000   


B) 

7500   


C) 

8000   


D) 10000   

E) 6000 


19. Sparta qaysi 

davlatning  yordami 

bilan Kichik Osiyodagi 

yunon shaharlariga  o’z 

ta’sirini kuchaytirdi ? 

A) Xitoy yordami bilan 

   

B) Hindiston yordami 



bilan

 

 



 

C) Eron yordami bilan 

   

D) Lidiya yordami bilan



   

E) Rim yordami bilan 

20. Peloponnes 

urushining ikkinchi 

bosqichi  nechanchi 

yillarni o’z ichiga oladi ? 

A) er. avv. 415-405-

yillarni      

B) er. avv. 415-404-

yillarni  

C) er. avv. 415-401-

yillarni   

D) er. avv. 415-400-

yillarni   

E) er. avv. 415-408-

yillarni. 

21. Spartaliklar qaysi 

dengizga boradigan 

yo’llardagi bo’g’ozlarni 

bosib oldilar va bu 

Afinani oziq-ovqat bilan 

ta’minlashni 

qiyinlashtirdi ? 

A) Egey dengizida gi  

B) O’rta Yer dengizidagi

     


C) Qora dengizidagi 

D) Sariq dengizida gi  

E) Kaspiy dengizidagi 

22. Ilgari Afina o’z 

xarajatlarini ittifoqchilar 

hisobidan qondirgan 

bo’lsa, er. avv. IV asrda 

esa nimadan olinadigan 

soliq-eoysfora bilan 

qoplangan ? 



 

609 


A) oziq-ovqatdan   

B) mulkdan   

C) chorvadan 

D) yoysfora  soliq turi 

mavjud emas  

E) to’g’ri javob yo’q 

23. Qachondan boshlab 

meteklar va chet 

elliklarga  alohida 

xizmatlari uchun   polis 

hududida yer va uylarga   

egalik qilish huquqi 

berila boshlandi? 

A) er. avv. V asr 

so’ngida   

B) er. avv. VI asr 

boshida  

C) er. avv. IV asrda 

D) er. avv. IV asr 

o’rtalarida  

E) er. avv. VI asr oxirida 

24. Er. avv. V asr 

so’ngida   meteklar va 

chet elliklarga  alohida 

xizmatlari uchun   polis 

hududidan nimalarga   

egalik qilish hollari 

tarqaldi ? 

A) davlat xazinasiga  

B) yer va uylarga   

C) faqat yerga 

D) hamma soliq turlariga

 

 

 



 

E) hech qanday huquq 

berilmagan. 

25. Nechanchi asrda 

ozod qo’yilgan qullar 

soni o’sdi ? 

A) er. avv. V asrda  

B) er. avv. IV asrda  

C) er. avv. VI asrda 

D) er. avv. III asrda  

E) er. avv. VII asrda 

26. Nechanchi asrda 

polislarda  turli ijtimoiy 

tabaqalar o’rtasida 

ziddiyatlar kuchaydi ? 

A) er. avv. V asrda  

B) er. avv. IV asrda  

C) er. avv. VI asrda 

D) er. avv. III asrda  

E) er. avv. VII asrda 



Qadimgi yunon  madaniyati 

 

 

610 


 

Falsafa 

Ilk  yunon falsafasi  vakillari miletlik Fales, 

Anaksimandr, Kichik Osiyolik Anaksimon tabiatni, 

borliqni  mohiyatini  tushunishga  harakat  qildilar. 

Pifagor maktabining vakillari shuningdek Geraklit, 

Empedokl kabi “fiziklar” (fyuzis-tabiat demakdir) 

tabiatni o’rgandilar. Ular dunyoning asosini qidirdilar, 

tabiat mohiyatini turlicha izohladilar. Fales dunyoning 

asosi suv, Aniksimandr apeyron (boshlang’ich ibtido), 

Geraklit esa olov deb qaradilar. Demokrit (taxminan 

er. avv. 470-yilda tug’ilgan) borliq to’g’risida gapirib, 

borliq cheksiz bo’linma atomdan iborat degan fikrni 

aytdi. U dunyoning sababiy bog’lanishi haqida fikr 

yurutdi. Platon (er. avv.4 27-347-yillar) borliq, 

abadiy, o’zgarmas, bo’linmas, uni aql bilan bilish 

mumkin deb hisoblardi. Platon akademiyasida 20 yil 

ta’lim olgan Arestotel “g’oyalar dunyosi to’g’risida”gi 

ustozini fikrini tanqid qildi. Borliq Arestotel fikricha 

jins va tur shaklida mavjut bo’ladi. 

 Suqrot (tax. er.avv.470-399 yillar) falsafada inson 

muammosiga jiddiy e’tibor berdi. U insonning o’zini, 

o’zligini anglashga jiddiy e’tibor beradi. U insonning 

falsafasining o’rganish ob’ektini tashkil etadi deb 

ta’kidladi. 

    Yunon madaniyati uch avlod muhim o’rin tutadi. 

Ularning birinchisi er.avv.VI asr oxirida kirib keldi va 

Afina madaniyatini gullab-yashnashi uchun poydevor 


 

611 


qo’ydi. Esxil va Frinix Attika komidiyasiga asos 

soldilar. Haykaltaroshlar Kritiy va Nesiot er.avv.476 

yil Afina agrosini tiranlarga qarshi kurashdilar-

Garmoniy va Aristogiton haykallar bilan bezadilar. 

Olimpda  Zevs  ibodatxonasini  haykallar  bilan 

jihozladilar. Tafakkur qilish xali an’anaviy shakllarda 

oddiylik  (an’anaviy  shakllarda)  qat’iy  o’smirlik 

klassikasi shaklida hukm surar edi. 

   Ikkinchi avlod Perikl davrida eng yaxshi yutuqlarga 

erishdi. Sofokl Tragediyalari, Geradot “Tarix”I , 

Parfinon va propileyning etuk klassik shakllari shu 

davrda yaratildi. 

   

Uchinchi  avlod  Peloponnes  urushlari  davriga 



mansub bo’lib. Afinaliklarning bu vaqtda boshqa 

madaniy dunyolar bilan tanishuvi natijasida ularning 

siyosiy va diniy qarashlari ma’lum darajada o’zgardi. 

 


Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling