Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet37/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53

 

Mustaqil ish mavzulari 

Qadimgi yunon madaniyati va taraqqiyoti bosqichlari 

Attika teatri, tragediyasi 


 

627 


Qadimgi  yunon  madaniyati  gullab-yashnashining 

ijtimoiy-siyosiy omillari 

Qadimgi yunon me’morchiligi, tasviriy san’at 

 

 

 

Reyting savollari

1.Ilk yunon falsafasining vakillaridan biri miletlik 

Fales dunyoning asosini nima tashkil qilgan deb 

hisobladi? 

A) olov  B)suv S)apeyron. D)tuproq. E)jins. 

2.Yunon madaniyatida necha avlod muhim o’rin 

tutadi? 

A) 4ta  B) 9ta  S) 6ta  D) 3ta E) 7ta. 

3. Attika komediyasining asoschilari kimlar? 

A) Esxil, Gerodot B) Esxil, Frinix S) Frinix, Fukidid  

D) Garmodiy, Aristogon E) Kritiy, Nisiy 

4. Yunon madaniyatining ikkinchi avlodlari kimning 

davrida katta yutuqlarga erishdi? 

A) Solon B) Perikl S) Klisfen D) Demosfen E) Ellin 

davrida  

5. Troya urushini “tarixiy haqiqat” deb hisoblagan 

tarixchini ko’rsating? 

A)  Gerodot  B)  Gekatey  S)  Femistokl  D)  Fukidid  E)  

Lukretsiy Kar 

6. Qaysi asarda Sparta jamiyati ko’klarga ko’tarilib, 

Afina demokratiyasiga nisbatan salbiy nazar bilan 

qaraladi? 



 

628 


A)  Afina  politiyasida                                             B)  Afina  

boshqaruvi to’g’risidagi asarda  

S) Lakedemeon politiyasida        D) “narsalarning 

tabiati haqida” eposida    

E) tarix asarida  

7. Kon aylanish tizimini o’rgangan yunon olimini 

aniqlang? 

A) Gippokrat B) Diogen S) Alkmeon D) Monid E) 

to’g’ri javob yo’q 

8. Attika tragedyalarning tug’ilishida kimning hissasi 

beqiyos? 

A) Solon B) Pisistrat S) Fespid D) Kilon E) Demosfen 

9. “Troyalik ayollar”, “Medeya” tragedyalarining 

muallifi kim? 

A) Sofokl B) Esxil S) Yevripid D) Aristofan E) 

Gippokrat 

10.  Mashhur  Poseydon  ibodatxonasi  qayerda 

joylashgan? 

A) Sitsiliyada      B) Agrigentda      S) Festda      D) 

Afinada     E) Spartada 

11. Ioniy va doriy ustunlarini birgalikda qo’llagan 

me’morlarni ko’rsating? 

A) Iktin B) Kallikrat S) Mnesikret D) Ereyxteyon E) 

Propiley 

12. Yunon haykaltaroshligida o’ziga xos qonuniylikni 

ishlab chiqqan haykaltaroshni ko’rsating? 

A) Miron B) Poliklet S) Fidiy D) Praksitel E) Lisipp 


 

629 


13.  Makedoniyalik  Iskandarni  byustini  yaratgan 

haykaltarosh kim? 

A) Miron B) Lisipp S) Fidiy D) Praksitel E) Efor 

14. Birinchi mashhur yunon rassomi kim bo’lgan? 

A)  Poliklet  B)  Appolodor  S)  Fukidid  D)  Efor  E)  

Ktesiy 


 

 

 

 



 

 

 



 

 

II  BOB. 

 

 Makedoniyaning yuksalishi. Iskandar istilolari va 

uning oqibatlari 

 

 



Makedoniyaning yuksalishi. Yunonistonda 

makedon hukmronligining o’rnatilishi 

  Makedoniya yunon shahar davlatlaridan ko’ra 

qoloq edi. U dengizga chiqadigan yo’lga ega emas 

edi, shu sababli  dengiz savdosi va koloniyalar  barpo 

etishga ishtirok eta olmadi. Makedoniya  dehqonchilik 

maqmlakati edi. 



 

630 


  Peloponnes urushlaridan  so’ng Makedoniya yunon  

sivilizatsiyasini  tez o’zlashtira  boshladi.  Ayniqsa 

yunon harbiy san’ati va  harbiy texnikasi yaxshi 

o’zlashtirildi. 

  Makedon podshosi Filipp II (er. avv. 359-336-

yillar) harbiy islohot o’tkazib  makedon falangasini 

tuzdi. Og’ir qurollangan piyodalar (goplitlar) 16-29 

qator saflanadigan janhchilar 5 metrgacha uzunlikdagi 

sarissa (nayza) bilan qurollanib, orqa   safdagilar 

sarissalarini   oldingi qatordagilar yelkasiga qo’yar 

edilar. Og’ir qurollangan jangchilar katta qaldonlar 

bilan himoyalanib sarissalarni tikandek   chiqarib 

dahshatli  kuchni  tashkil  qilar  edilar.  Makedon 

qo’shinining  faxri  zodagonlardan  tuzilgan  og’ir 

qurolli  suvoriy getarylar (“podshoni o’rtoqlari”) edi. 

Bundan tashqari  turli qamal qurollari bo’lgan injener 

qismlari mavjud edi. 

  Er. avv. IV asr o’rtalarida Makedoniya kuchli 

qo’shin bilan  Epir va Frakiyani egalladi. Shu vaqtdan 

u yunon davlatlarining   ishlariga faol aralasha 

boshladi.  Er. avv. 355-yilda Makedoniya Fiva va 

Fokida o’rtasidagi urushga aralashib, Fokidani tor-

mor qildi. Natijada Makedoniya butun shimoliy 

Yunonistonga   egalik qildi.   Tez orada Fessaliya  

Xaldika yarim  orolini bir qismi, Frakiyani janubiy  

qirg’og’i, Bosforgacha Makedoniyaga qaram bo’ldi. 

Makedoniya endi dengiz davlatiga aylandi, yunonlarni 


 

631 


Qora dengizga chiqish yo’li  Makedoniya qo’liga 

o’tdi. 


  Yunon davlatlaridan faqat Afina Filipp II ga qarshi 

tura olishhi mumkin edi. Lekin Afinada  makedon va 

antimakedon  partiyasi mavjud edi. Makedon partiasi 

yunonlar Filipp II boshchiligida  Eronga qarshi yurish 

qilib katta o’lja  olish mumkin, yunonlar ichidagi 

o’zaro kelishmovchiliklarga   chek qo’yiladi deb 

hisoblar edilar.  Demosfen boshchigida Antimakedon 

partiyasi  Makedoniya bilan  ittifoq yunon davlatlarini 

ozodligini  yo’qotishga,  qaramlikga,  demokatiyani 

yo’qotishga  olib keladi deb hisobladilar. Demosfen 

Afina, Fiva, Korinf va boshqa yunon shaharlari 

birlashgan kuchli antimakedon guruhini tuzdi. 

  Er.  avv.  337-yil  avgust  oyida  Beotiyada 

(Xeroneya)  hal  qiluvchi jang bo’ldi.  Makedon 

qo’shinlari yunonlarni tor-mor qildi. Shundan so’ng 

er. avv. 337-yilda   Filipp II Korinf shahrida 

umumyunon kongressini chaqirdi. Kongressda muhim 

qarorlar qabul qilindi.  Yunon shaharlarining ittifoqi 

tuzildi, o’zaro urushlar taqiqlandi, yunon davlatlari 

makedon podshosi bilan abadiy mudofaa va hujum 

ittifoqi tuzdi, Eron bilan  urush boshlashga qaror 

qilindi. Faqat Sparta bu kongressga qatnashmadi. 

 

 

Iskandarning sharqqa yurishlari 



 

632 


  Filipp II Eron bilan urushga jiddiy tayyorgarlik 

ko’ra boshladi, ammo Sharqqa yurish g’oyasini 

amalga oshirish Filipp  II ga nasib etmadi. Bu g’oyani 

uning o’g’li Iskandar amalga oshirdi. Iskandar  taxt 

vorisi  va oqsuyak  oilaning farzandiga munosib 

bo’lgan ta’lim-tarbiyani oldi. O’sha davrda  hali 

mashhur bo’lmagan faylasuf Aristotel (Arastu) uning  

o’qituvchi va tarbiyachilaridan biri bo’ldi. Filipp II  

o’g’lini  davlat boshqaruv ishlariga asta-sekin torta 

boshladi. Iskandar  er. avv.  340-yilda  shimoliy 

Yunoniston tog’li hududlaridagi qabilalardan birining 

qo’zg’olonini  bostirib  birinchi  bor  o’zini  kuchli  

sarkarda ekanligini ko’rsatdi. 

  Er. avv. 336-yil yozida Filipp II  qizining to’yida 

o’z qo’riqchisi  tomonidan o’ldirildi.  20  yoshli 

Iskandar podsho bo’ldi.  Filipp II ning o’limidan 

foydalangan   yunon  shaharlari  Fiva  shahri 

boshchiligida  Makedoniyaga  qarshi  qo’zg’olon 

ko’tardilar.  Yunonlar  uchun  kutilmagan  holda 

Iskandar bu qo’zg’olonni shafqatsiz bostirdi. Fiva 

shahri   buzib tashlandi,  uning tirik qolgan 

qo’zg’olonchi aholisi qul qilib sotib yuborildi.  

  Ikki yildan keyin er. avv. 334-yilda nihoyatda 

puxta  tayyogarlikdan  keyin  yunon  shaharlari 

piyodalari bilan kuchaytirilgan makedon qo’shinlari  

Gellespont bo’g’ozidan o’tib Osiyo hududiga kirdilar. 

Urush e’lon qilish uchun bahona bo’lib, er. avv. V asr 

o’rtalarida   yunon-fors urushlari davrida yunon 



 

633 


ibodatxonalarining  forslar  tomonidan  oyoq-osti 

qilioshi bo’ldi. Bu mafkuraviy shiordan Iskandar 

yunon-makedon kuchlarini birlashtirishda foydalandi. 

  Forslar bilan birinchi jang Kichik Osiyodagi 

Granik daryosi bo’yida  bo’ldi. Bu jangda yunon-

makedonlar   Eronning kichik Osiyo satraplari va 

yunon yollanma askarlari qo’shinlari bilan jang 

qildilar. Eron podshosi Doro III va uning muntazam 

qo’shini granik jangida ishtirok etmadilar. Bu jangdan 

keyin Iskandar kichik Osiyo qirg’og’idagi yunon 

shaharlarini forslardan ozod qildi, kichik Osiyoning 

katta  qismini  bo’ysundirdi,  Sard  va  Gordiy 

shaharlarini ishg’ol qildi.  

  Kichik Osiyoni bosib olishni tugallab, Iskandar 

Kilikiya orqali shimoliy Suriyaga o’tdi.  Er. avv. 333-

yil kuzida Issa shahri yonida ytunon-makedonlar Doro 

III qo’shinlari bilan to’qnashdilar. Har ikki tomon 

uchun bu jang og’ir bo’lib, katta qurbonliklar berildi. 

Fors qo’shinlari son jihatdan  yunon-makedonlarga 

ko’ra ko’p edi. Iskandar juda katta qiyinchilik bilan 

g’alaba qildi. Doro III zo’rg’a qochib qutildi. Bu jang 

Suriya va Falastin qirg’og’ini bosib olish uchun yo’l 

ochdi.  

  Damashq shahrida Doro IIIning xazinasi bosib 

olindi, bu Iskandar qo’shinlarining moddiy ta’minotini 

ancha  yaxshiladi.  Tir  va  G’azo  shaharlari  

bosqinchilarga qattiq qarshilik ko’rsatdilar. G’azoni 

bosib olinishi   yunon-makedonlarga Misrga yo’l 



 

634 


ochdi. Doro III yordamidan mahrum bo’lgan fors 

satrapi g’oliblarga  taslim bo’ldi. Misrliklar Iskandarni  

fors  zulmidan xaloskor sifatida kutib oldilar.  

  O’rtayerdengizi qirg’og’ida Nil daryosida er. avv. 

331-yilda Iskandariya shahriga asos solindi. Bu shahar 

Misrda yangi hokimiyatni markazi, muhim savdo 

porti bo’lib xizmat qildi. Misr hududiga bu shaharga 

asos solinishi Sharqda  shaharlar qurilishi siyosatini 

boshlanishi edi. Iskandar  Memfis  shahrida toj kiydi 

va bu bilan  Misrda o’z hokimiyati qonuniyligini 

ta’kidladi.  

  Er. avv. 331-yil bahoridan Sharqqa yurishning 

ikkinchi bosqichi boshlandi. Dajla daryosidan uzoqqa 

bo’lmagan Gavgamela qishlog’i yaqinida Iskandar  1-

oktyabr kuni  fors qo’shini bilan  hal qiluvchi jang 

bo’ldi. Bu og’ir jangda Iskandar g’olib chiqib, uning 

raqibi Doro III jang maydonini tashlab Midiyaga 

chekindi.  Iskandar   qo’shinlari  hech  qanday  

qarshiliksiz jadallik bilan  butun Mesopotamiyani 

bosib o’tib, Suza shahri va  axmoniylar davlatining 

markaziy hududlariga kirib bordilar. Bobil  va boy 

Suza shahri Eronnig muqaddas markazi Persepol 

jangsiz bosib olindi. Suzada  bosqinchilar Eron davlati 

xazinasini bosib oldilar, er. avv. 330-yil Persepol 

saroyini yondirish bilan Iskandar  fors davlati ustidan 

g’alabasini ramziy belgiladi. Bu vaqtda  Baqtriya 

satrapligiga  chekingan  Doro  III  o’z  yaqinlari 

tomonidan o’ldirildi.  



 

635 


  Iskandar forslarni o’zlari egallab turgan  yuqori 

lavozimlarda  qoldirdi,  bu  makedon  qo’shinida 

norozilik tug’dirdi.  Doro IIIning halokati urushni 

tugashini  bildirar  edi.  Girkaniyaning  markazi 

Gekatompl shahrida ittifoqchi yunon polislarining 

qo’shinlari  rasmiy  tarqatildi.  Shu  bilan  birga 

yunonlarga  Iskandarni  yollanma  askarlari  sifatida  

yurishni davom ettirish taklif qilindi. Iskandar o’zini 

fors podsholarining  qonuniy vorisi sifatida  urushni 

davom ettirishga ahd qildi.  Iskandar qiyinxchilik 

bilan yurishni davom ettirishni istamagan qo’shin 

qarshiligini yengib, yana oldinga siljidi. Parfiya 

bosqinchilarga hech qanday qarshilik ko’rsatmay, 

satrapi o’z obro’ini saqlab qoldi. 

  Iskandar er. avv. 329-yilda Amudaryodan o’tib 

O’rta osiyoga kirdi, bu yerda u mahalliy aholining 

qattiq qarshiligiga uchradi.  Spitamen boshchigida sak 

massagetlar uch yil davomida  Iskandar qo’shinlariga 

qarshi turdilar. Noiloj qolgan Iskandar mahalliy 

zodagonlarni  sovg’a-salom  bilan  o’zi  tomoniga 

og’dirib olishga urindi, u So’g’d hokimi Oksiartni qizi 

Roksanaga uylandi. Rivoyatlarga ko’ra Iskandar O’rta 

Osiyoda o’z tayanch nuqtasi sifatida 12 shahar quradi. 

Tarixda ma’lum  bo’lgani hozirgi X’ojand shahri 

yaqinida Iskandariya Esxota (Uzoqdagi Iskandariya) 

shahri,  Afg’onistonda   Hirot  shahri  yaqinida  

Iskandariya Ariya shahri. 


 

636 


  Er. avv. 327-yilda Iskandar Hindukush tog’lari 

orqali Hindistonga  o’tdi. shimoliy Hindistondagi 

Gidas daryosi bo’yida   Iskandar qo’shinlari Panjob 

hukmdori Por qo’shinlari bilan to’qnashib, o’zining 

oxirgi g’alabasiga erishdi (Er. avv. 326-yil).  

  To’satdan Iskandarning qo’shini  yurishni davom 

ettirishni istamay  bo’ysunmay qo’ydi. Ikki kunlik 

muzokaralardan so’ng Iskandar yon berishgfa majbur 

bo’ldi. Vatanga qaytish to’g’risida buyruq berildi. 

Iskandar qo’shinlarini qaytishi ikki yilga cho’zildi, bir 

qism qo’shin dengiz orqali, bir qismi quruqlik yo’li 

bilan qaytdi. Qo’shinning har ikkala qismi er. avv. 

324-yil Bobilda uchrashdi.  

  Yurishning  tugallanayotgan  bosqichida  Suza 

shahrida Iskandar makedon va forslarni murosaga 

keltirish belgisi sifatida o’zining 10 ming askarlarini 

mahalliy qizlar bilan nikoh to’yini katta tanatana bilan 

o’tkazdi. O’z qo’shini tarkibiga 30 ming fors 

yigitlarini qabul qildi. U bosib olingan hududlarda  

o’nlab koloniya va harbiy qo’rg’onlarni   o’z 

hokimiyatini tayanch nuqtasi sifatida barpo qildi. 

  Makedoniyani qadimgi poytaxti Pellaga qaytishni 

istamagan Iskandar o’z davlatining  poytaxti qilib 

qadimgi shahar Bobilni tanladi. U   Kaspiy dengizini 

o’rganish uchun tekshiruvchi ekspeditsiya tashkil 

qildi, Arabiston yarim oroli qirg’oqlarini tekshirishga 

buyruq berdi.   


 

637 


  Iskandar yurishlari natijasida g’arbda Adriatika 

dengizidan  Sharqqa  Hindistongacha,   Shimolda 

Kavkaz  tog’laridan  janubda  Nil  daryosi  o’rta 

oqimigacha cho’zilgan hududni qamrab olgan ulkan 

davlat vujudga keldi. Bu davlat   hududiy-etnik, 

ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlari  bilan  avvalgi 

ahamoniylar davlatini eslatar edi. Iskandar  o’zining 

ulkan davlatini uzoq  boshqara olmadi. U er. avv. 323-

yilda  32  yoshda  Bobil  shahrida   vafot  etdi.  

Iskandarning o’limidan so’ng uning ulkan davlati 

parchalana boshladi. Oxir-oqibatda u bosib olgan 

hududlarda  Ellin davlatlari tizimi shakllandi.  

 

Iskandar  davlatini parchalanishi. Diadoxlar 

urushi 

  Iskandar   o’zining vorisini rasmiy jihatdan 

tayinlashga ulgurmadi, bu uning   lashkarboshilari 

o’rtasida  Iskandar merosi uchun uzoq kurashga olib 

keldi. Bu kurash bir necha o’n yillarga cho’zilib, juda 

ko’p qon to’kishlarga olib keldi.   

  Iskandarning o’limi vaqtida makedon taxtiga 

qonuniy da’vogarlar yo’q edi: Iskandarning xotini 

so’g’d malikasi Roksana hali   homilador edi. 

Pergamda   Iskandarga asir tushgan fors satrapi 

Artabazning qizi Barsinadan  4 yoshli noqonuniy 

o’g’li Gerakl qolgan edi.  Taxtga Filipp II ning 

noqonuniy o’g’li aqli zaif Arridey ham da’vo qilishi 

mumkin edi.   Makedoniyada Iskandarning yaqinlari   



 

638 


Roksana agar o’g’il tuqsa uni podsho deb e’lon qilish,  

uning  go’dakligi  davrida  hokimiyatni  tajribali 

sarkarda Perdikka boshchigidagi  davlat kengashiga 

topshirish  kerak deb hisobladilar.  Harbiy boshliqlar 

va saroy ayonlarining boshqa bir guruh Arridey 

nomzodini yo’qlab chiqdilar. Obro’li lashkarboshi 

Nearx makedon taxtiga birdan-bir da’vogar Gerakl 

bo’lishi  mumkin  deb   hisobladi.  Iskandarning  

safdoshi, lashkarboshi Ptolemey boshchiligidagi yana 

bir guruh podshoni  saylash kerak emas, chunki 

Iskandarni o’g’illarining onalari Sharq ayollari, uning 

asiralaridir,  oqibatda  bunday da’vogarlarni taxtga 

chiqarish hamma vaqt   noqonuniy bo’ladi deb 

hisobladilar.  

  Taxt vorisi to’g’risidagi munozaralar natijasida 

Perdikka regentligi bilan Filipp II ning noqonuniy 

o’g’li Arrideyni  podsho deb e’lon qilish bilan tugadi. 

Xuddi shu vaqtda   Iskandarning bevasi Roksana  

o’g’il tug’di va unga Iskandar deb nom qo’yildi.  

Makedon taxtiga birdaniga  Arridey Filipp III nomi 

bilan Roksananing o’g’li Aleksandr IV nomi bilan 

podsho deb e’lon qilindi. Osiyodagi qo’shinlar 

qo’mondonligini o’ziga olgan Perdikka yana regent 

etib tayinlandi, shunday qilib u Iskandar davlatining 

amaldagi hokimiga aylandi.  

  Iskandarning vafotidan keyin amalda yagona 

davlatning oliy hokimi bo’lgan Perdikka Bobilda 

makedon  podshosining  eng  yaqinlari  o’rtasida 



 

639 


satrapliklarni  taqsimlagan  edi.  Yunoniston  va 

Makedoniya Antipatrga, Frakiya Lisimaxga, Misr-

Pitolomeyga, Kappadokiya va Paflagoniya-

Yevmenga,  Gellesfont Frigiyasi-Leonardga, Buyuk 

Frigiya- Antigonga, Suriya-Laomedontga, Midiya-

Pifonga berildi.  Barcha  yangi saylangan hokimlar 

o’z qo’shinlari bilan o’z mulklariga jo’nab ketdilar.  

Iskandarning  aynan  ana  shu  sobiq  safdoshlari 

(diadoxlar) Iskandar merosi uchun qonli kurashni 

boshladilar. 

  Iskandar o’limidan keyingi ikki yil davomida 

Yunoniston  makedon zulmidan ozod bo’lishga urindi. 

Antipatr yunon qo’shinlarini tor-mor qilib bu yerga 

makedon garnizonlarini joylashtirdi. Er. avv. 321-

yilda   Misrda o’rnashib olgan va Perdikkani 

regentligini tan olmagan Ptolemeyga qarshi yurishda 

Perdikka halok bo’ldi. Endilikda davlat regenti qilib 

Yunoniston  va  Makedoniyaning  hokimi  keksa 

Antipatr saylandi. Uning buyrug’i bilan podsho oilasi 

Makedoniyaga ko’chirildi.  

  Antipatr topshirig’i  bilan er. avv. 321-yilda 

satrapliklar qisman   qayta taqsimlandi. Natijada 

kelajakdagi eng yirik Osiyo davlatining asoschisi 

Salauk Bobilni o’z qo’liga oldi.    Shundan ikki yil 

keyin er. avv. 319-yilda Antipatr vafot qildi. U  

regentlikka  voris qilib, keksa va tajribali harbiy 

boshliq Poliperxontni tayinlashga ulugrgan edi.  


 

640 


  Ammo bu Iskandarning sobiq yaqinlari yosh 

g’ayratli  lashkarboshilarni  qondirmadi.  Jumladan 

Antipatrning bu qaroridan o’g’li Kassandr norozi 

bo’lib, Poliperxontdan bu lavozimni tortib olish uchun 

Sharqdagi satraplar Lisimax, Antigon va Ptolemey 

bilan ittifoq tuzdi. Er. avv. 316-yilda Poliperxont 

regentlikdan  chetlashtirildi,  Kassandr  butun 

Yunonistonni egallab oldi. Lekin   Antigon va 

Iskandarning sobiq kotibi Yevmen   Kassandrni 

kuchayib  ketishidan  norozi  bo’ldilar.  Iskandar 

davlatini yaxlitligini saqlab qolishga uringan separat 

kayfiyatlarga qarshi natijasiz kurashgan birdan-bir 

kishi Yevmen  edi.  U  makedon podsholigining 

“Qonuniy” podsholari nomidan harakat qilgan, qator 

sabablarga ko’ra hech qanday hudud va qo’shinga ega 

bo’lmagan birdan-bir diadox edi. Lekin uning qo’lida 

Iskandar sobiq davlatining  turli shaharlarida bosib 

olingan katta miqdordagi moliyaviy mablag’lar bor 

edi. Yevmen ana shu mablag’lar hisobiga katta 

yollanma qo’shin to’plab Bobil va Eronni bosib 

olishga urindi. Bu xavfga qarshi Antigon Bobil va 

Midiya satraplari Pifon va Salavk bilan ittifoq tuzdi va 

Yevmenga qarshi yurish qildi. Er. avv. 316-yilda 

Gabiyn yonida (Midiya va Eron chegarasi) Yevmen 

bilan Antigon o’rtasida hal qiluvchi jang bo’ldi. 

Yevmenning yollanma qo’shinlarning xoinligi jangni 

Antigon foydasiga hal qildi. Yevmen qo’lga olinib 

qatl qilindi.  



 

641 


  Er. avv. 317-yilda Iskandarning onasi Olimpiada  

hokimiyatni Roksananing o’g’liga  qoldirish uchun 

Filipp Arridey va uning xotini Evridikani o’ldirishga 

buyruq berdi. Shundan so’ng uning o’zi Kassandr 

tomonidan qatl qilinadi, Roksana va Iskandar   IV 

Kassandrni asirligida bir necha yil ushlab turilib 

o’ldiriladi (er. avv. 311-yil yoki 310-yil). Yuzaga 

kelgan bu vaziyat diadoxlarni o’z hududlarida o’z 

podsholik  hokimiyatlarini  o’rnatishga  intilishlari 

uchun hech qanday rasmiy to’siq qolmaganini bildirar 

edi. 

  Diadoxlar o’rtasidagi urushlar  uzoq davom etib, 



Yunoniston, Misr, Kichik Osiyo va Mesopotamiya 

asosiy jang maydonlariga aylandi. Er. avv. 306-yilda 

Antigonning o’g’li Demetriy Poliorket (“shaharlarni 

qamal  qiluvchi”)  makedon  garnizonlarini 

Yunonistondan haydab yubordi, Afina va Megarada 

erkinlik va demokratiya e’lon qilindi. Er. avv. 306-

yilda Antigon, keyinroq Ptolemey, Lisimax, Salauk va 

Kassandr o’zlarini podsho deb e’lon qildilar.  

  Er. avv. 301-yilda Antigon, 297-yilda Kassandr, 

285-yilda Demetriy Poliorket, 281-yilda Lisimax, 

283-yilda Ptolemey Lag, 281-yilda Salauk o’ldi. 

Iskandarning safdoshlari va bevosita merosxo’rlaridan 

so’ngi diadox bo’lgan Salaukning halokati bilan 

diadoxlar davri  tugadi. Ularning o’rniga  Ellin 

podsholari (Epigonlar) avlodi keldi. 


 

642 


  Iskandar vafotidan so’ng, uning eng yaqinlari 

diadoxlar  o’rtasidagi  40  yillik  urush  natijasida  

Iskandar davlati xarobalarida 3 asosiy eng yirik 

podsholiklar  Makedoniya  (unga  bo’ysundirilgan 

Yunoniston) Misr (Suriyaning janubiy qismi va 

Kichik Osiyoning ba’zi viloyatlari) va Salavkiylar 

davlati (Osiyo mulklarining asosiy qismi) tashkil 

topdi. Ulardan tashqari  ellin davrida  bir qancha 

katta-kichik davlatlar birlashmalari Pergam, Vifiniya, 

Pont.  Kappadokiya,  Yunon-Baqtriya  va  Parfiya 

podsholiklari mavjud edi.   

 


Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling