Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet38/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53

Tayanch iboralar 

   

Filipp  II,  getayer,  sarissa,  Xeroniya  jangi, 



Femistokl, Korinf kongressi, Issa jangi,  Iskandariya 

shahri,  Gavgamela qishlog’i,  Spitamen,  Oksiart, 

Roksana, Por, Bobil, Gerakl, Perdikka, Olinpiada, 

diadoxlar. 



 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

 

Каримов  И. А. Тарихий  хотирасиз  келажак 



йук. Тошкент 1998. 

 

Бойназаров  Ф. А. Кадимги  дунё  тарихи.  



Тошкент  2004. 

Дандамаев  М. А. Политическая    история 

Ахеменидской державы.М.,  

1985.  


 

643 


Гафуров  Б. Г., Цибукидис  Д.И.  Александр 

Македонской и  Восток. М.,  

1980. 

Источниковедение  Древней  Греции   (эпоха 



эллинизма)/Под ред. В. И.  

Кузищина.  М., 1982. 



 

Asosiy sanalar 

Er. 


avv. 

359-336-yillar   Makedon  podshosi 

Filipp II hukmronligi davri. 

Er. 


avv. 

355-yil     fiva  va  fakida 

o’rtasidagi urush 

Er. 


avv. 

337-yil    

Xeroniya 

jangi 


Er. 

avv. 


338-yil    

Korinf 


kongressi 

Er. 


avv. 

336-yil    

Iskandarni 

taxtga 


chiqishi 

Er. 


avv. 

334-yil     Granik 

daryosi 

bo’yidagi jang 

Er. 

avv. 


331-yil    

Iskandariya shahriga 

asos solindi 

Er. 


avv. 

331-yil    

Gavgamela 

jangi 


Er. 

avv. 


331-yil    

Ahamoniylar 

davlatini 

qulashi  

Er. avv. 329-327-yillar  

Spitamen 

boshchiligidagi sak-massagetlarning  

        yunon-makedonlarga  qarshi 

ozodlik  kurashi 


 

644 


Er. avv. 327-324-yillar  

Iskandarning 

Hindistonga yurishi 

Er. 


avv. 

323-yil     Iskandar 

Bobil 

shahrida vafot qildi 



 

Mustaqil ish mavzulari 

Makedoniyalik Iskandarning  O’rta Osiyoga yurishi 

Spitamen boshchiligida xalq ozodlik kurashi 

Makedoniyalik Iskandar yurishlari geografiyasi 

Iskandarning sharq siyosati 

 

 

Reyting savollari

1. Makedon  falangasini 

kim tuzdi ? 

A) Doro III 

B) Filipp II 

C) Iskandar 

D) Krez 

E) Antipatr. 

2. Makedon  qo’shinining 

faxri  bo’lgan  harbiy 

qism? 

A)  suvoriy 



getariylar 

B) 


yunonlar 

C) 


antipatrlar 

D)  diadoxlar 

E) 

Raksona. 



3. Er.  avv.  IV  asr 

o’rtalarida  

Makedoniya  kuchli 

qo’shin 


bilan 

qayerlarni egalladi ? 

A)  Fiva va Fakida 

B) 


Afina 

C)  Epir va Finikiya 

D)  Fokida va Afina 

E) 


Epir va Afina. 

4. Er.  avv.  IV  asrda 

Makedoniya  qaysi 

yunon  davlatlarini 



 

645 


ichki ishlariga aralasha 

boshladi?  

A)  Eronning 

B) 


Pergamning 

C) 


Frakiyaning 

D)  yunon 

davlatlarining 

E) 


Rimning 

5. Er.  avv.  355-yilda 

Makedoniya  qaysi 

yunon  davlatlarining 

o’zaro  urushlariga 

aralashdi ? 

A)  Eron 

B) 


Afina  va Epir 

C) 


Epir va Eron 

D)  Frakiya va Epir 

E) 

Fiva va Fakida 



6. Qaysi  yunon  davlati 

Filippga  qarshi  tura 

olar edi ? 

A)  Osiyo 

B) 

Epir 


C) 

Milet 


D)  Afina 

E) 


Gerakliya 

7. Afinada  antimakedon 

partiyasiga 

qaysi 


davlat 

boshchilik 

qildi? 

A) Demosfen 



B) Gordiy 

C) Sard 


D) Filipp II 

E) Iskandar 

8. Filipp  II  qachon 

yunonlarni tor-mor 

qildi ? 

A) er. avv. 336-yilda 

B) er. avv. 338-yilda 

C) er. avv. 339-yilda 

D) er. avv. 340-yilda 

E) er. avv. 343-yilda 

9. Filipp  II  qayerda  

umumyunon  

kongressini 

chaqirdi ? 

A)  Eron 

B) 


Epir 

C) 


Korinf 

D)  Osiyo 

E) 

Afina 


10.  Filipp  II  qachon 

o’ldirildi? 

A)  er. avv. 337-

yilda 


 

646 


B) er. avv. 339-yilda 

C) 


er. avv. 340-

yilda 


D)  er. avv. 336-

yilda 


E) 

er. avv. 338-

yilda 

11.  Filipp  II  kim 



tomonidan 

o’ldirildi ? 

A)  vaziri tomonidan 

B) 


o’g’li tomonidan 

C) 


xotini tomonidan 

D)  qo’riqchisi 

tomonidan 

E) 


ukasi tomonidan 

12.  Filipp  II  o’rniga 

taxtga kim o’tirdi ? 

A)  Filipp III 

B) 

Antipatr 



C) 

Yevmep 


D)  Litsimax 

E) 


Iskandar 

13.  Er. avv. 327-yilda 

Iskandar qaysi tog’ 

orqali Hindistonga 

o’tdi? 

A)  Hindukush 



orqali 

B) 


Pomir  tog’lari 

orqali 


C) 

Himolay tog’lari 

orqali 

D)  Gidas  daryosi 



orqali 

E) 


Kappodokya 

daryosi orqali. 

14. Sak-massagetlar 

kimning  boshchiligida 

3  yil  davomida 

Iskandar  qo’shinlariga 

qarshi kurashdidilar ? 

A)  Spitamen 

boshchiligida 

B) 


Shiroq 

boshchiligida 

C) 

Antigon 


boshchiligida 

D)  Filipp 

II 

boshchiligida 



E) 

Filipp 


III 

boshchiligida 

15. Iskandar 

o’z 


davlatining 

 

647 


poytaxti 

qilib 


qayerni tayinladi ? 

A)  Bobilni 

B) 

Sardni 


C) 

Afinani 


D)  Midiyani 

E) 


Pellapini 

16. Doro  III  kim 

tomonidan 

o’ldirildi ? 

A)  o’z  yaqinlari 

tomonidan 

B) 

Baqtriya  satrapi 



Bess tomonidan 

C) 


dushmani 

tomonidan 

D)  o’zini-o’zi 

o’ldirdi 

E) 

ukasi tomonidan 



17.  Er.  avv.  330-yilda 

Eron  xazinasini 

kimlar  talon-taroj 

qildilar ? 

A)  forslar 

tomonidan 

B) 

yunonlar 



tomonidan 

C) 


rimliklar 

tomonidan 

D)  osiyoliklar 

tomonidan 

E) 

Iskandar 



qo’shinlari 

tomonidan 

18. Eronning  muqaddas 

markazi qayer? 

A)  Persepol 

B) 


Petra 

C) 


Parfiya 

D)  Gavgamella 

E) 

Turon 


19.  Iskandar  kimning 

qiziga uylandi ? 

A)  So’g’d  hokimi  

Oksiartni qiziga 

B) 

Doro V ni 



C) 

Porni 


D)  Filipp IIni 

E) 


Oktavianni 

20. Iskandarning 

vafotidan  keyin 

amalda 


uning 

davlatining hokimi 

kim bo’lgan ? 

A)  Perdikka 



 

648 


B) 

Antipatr 

C) 

Perdik 


D)  Kappadokiya 

E) 


Ptolemey. 

21. Antipatr  er.  avv. 

321-yilda 

…………  tan 

olmagan ? 

A)  Perdikka 

regentligini 

B) 


Ptolemey 

regentligini 

C) 

qizi regentligini 



D)  artobaz 

regentligini 

E) 

Yevten 


regentligini 

22. Antipatr  qayerda 

vafot etgan ? 

A)  Eronda 

B) 

So’g’dda 



C) 

Afinada 


D)  Gidasda 

E) 


Persepolda. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Ellin davlatlari 

 

 


 

649 


 

Ellinizmning mohiyati 

 

Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa yurishlari 

vaqtidan boshlab,  O’rtayer dengizining katta qismi 

Misr, Kichik va Old Osiyo, uning atrofidagi hududlar

O’rta Osiyoning janubiy va markaziy Osiyoning bir 

qismi, Hind daryosining quyi oqimigacha ularning 

tarixiy taraqqiyotini yangi  Ellin davri boshlandi. 

“Ellin” tushunchasi tarix fanida birinchi marta XIX 

asrning birinchi yarmida nemis olimi I. Droyzen 

tomonidan  kiritildi.  Droyzen  bu  tushunchani 

makedoniyalik  Iskandarning  bosqinchilik 

yurishlaridan keyingi katta tarixiy davrga nisbatan 

qo’lladi va uni mazmunini madaniy soha bilan 

chekladi.  

  XX asrning 50-yillar boshlaridan ko’pchilik 

tarixchilar Elliniz davrini siyosiy-iqtisodiy, madaniy-

mafkuraviy sohalarda  Ellin (g’arb) va  mahalliy 

(sharq)  hayotining  sintezi deb  qabul qildilar. Bu 

sintez qadimgi Sharqning   ko’pgina hududlarini 

yunon-makedon istilolari oqibatida   aniq tarixiy 

vaziyatda amalga oshdi. 

  Ellin davrinini uch yuzlik xronologik davri uch 

tizimli  izchil bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich 

Iskandarning Sharqqa yurishlari, uning   bepoyon 

davlatining tashkil topishi va  diadoxlar urushlari 

natijasida bu davlatni yemirilishi (er. avv. 334-281-

yillar)ni o’z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich (er. avv. 


 

650 


280-  er.  avv.  II  asr  o’rtalari)-yunon-sharq 

davlatchiligi, iqtisodiyot va madaniyatning gullab-

yashnash davri, Ellin davrini yetuklik bosqichi. 

Uchinchi  bosqich er. avv. II asr o’rtalaridan  ellin 

davlatchiligini oxir-oqibatda yemirishga olib kelgan 

tushkunlik belgilarini yaqqol ko’rinishi, so’ngi Ellin 

davlati ptolemeylar Misrining er. avv. 30-yilda 

halokatga uchrashi va uning Rim davlati tarkibiga 

qo’shib olinishhi bilan belgilanadi. Bu vaqt Ellin  

tafakkurini yaqqol  so’nish davri edi. Ilgari Ellin 

davlatlariga  qarashli  butun  hudud  g’arbda  Rim  

sharqda Parfiya davlatlari tomonidan bo’lib olindi.   

 

 

Ellin Misri 



Boshqa sharqdagi ellin davlatlari kabi Ptolemeylar 

podsholigi ham bir necha ming yillik madaniyat va 

qadimiy   an’analar  rivojlangan  qadimgi  sharq 

mamlakatlaridan birini bosib olish natijasida paydo 

bo’ldi. Ptolemeylar davlati ellin davlatlari ichida eng 

boyi va bepoyoni edi. Ptolemeylar sulolasi 100 yil 

davomida  faol  harakat  qilib  Misrni  haqiqiy 

imperiyaga aylantirdilar. Uning yadrosini   Misrning 

an’anaviy tarixiy chegaralari tashkil qildi. Ellin 

Misrining  sharqiy  chegaralari  Ptolemey 

hukmdorlarning  tashqi  siyosati  yutuqlari  va 

mag’lubiyatlari bilan o’zgarib turdi. Er. avv. III asr 

boshlarida Ptolemeylar Misrdan tashqari Sharqiy 

o’rtayerdengizi qirg’og’ining barcha orollarini nazorat 



 

651 


qildilar. Lekin Salavkiylar va Makedoniya bilan bir 

necha urushlar natijasida er. avv. II asr boshlarida bu 

hududlar Misrdan ajralib ketdi. 

Misrda  hukmronlik  qilgan  ellin  sulolasining 

asoschisi Ptolemey Lag makedon zodagonini o’g’li, 

harbiy boshliq, Iskandarning safdoshi edi. U o’zi 

keksayib, o’z tabiiy o’limi   bilan vafot qilgan 

Iskandarning yagona diadoxi edi.  Antik mualliflar 

Ptolemey Lagni Soter (Qutqaruvchi) deb nomlaydilar, 

chunki u misr xalqini  Iskandar tayinlagan noib 

Kleomen zulmidan ozod qilgan hisoblanadi. 

Bosqinchilar mamlakat boshqaruvida   minglab 

yillar davomida saqlanib qolgan an’anaviy, ma’muriy 

tizimini saqlab qoldilar, faqat  yuqori lavozimlarda 

turgan fors va Misr amaldorlarini o’rniga yunon-

makedonlar o’tqazildi. Ptolemeylar qadimgi fravn-

podshoning mutlaq hokimiyati, ko’p tarmoqli davlat 

apparatini,  ko’p  sonli  amaldorlarni,  qat’iy 

markazlashgan davlat hokimiyatini va uni mamlakat 

xo’jalik hayotiga faol aralashivuni saqlab qoldilar.    

Yangi  sulola  Misr  firavnlaridan  mamlakatni  

hududiy bo’linishini, nom tizimini   meros qilib 

oldilar. Faqat nomlar sonlarini o’zgartirib, qayta 

tashkil qildilar. Dastlab nomlarni podsho tayinlagan 

nomarxlar boshqardilar. Er. avv. III asr oxiridan 

boshlab  nomarxlar  qo’lida  hududning  moliyaviy 

sohasigina  qoldirilib,  ularning  oliy  ma’muriy 

hokimiyati harbiy soha bilan strateglarga berildi. 



 

652 


Ptolemeylar mamlakatni iqtisodiyoti va mafkurasida 

muhim  o’rin  tutgan  mahalliy  kohinlarni  va 

ibodatxonalarni firavnlar davridagidek o’zgarmagan 

holda saqlab qoldilar, lekin ularning faoliyati davlat 

nazoratiga olindi. Ibodatxonalar oldida podshoning 

maxsus vakillari epstatlar kohinlarning diniy va 

iqtisodiy  faoliyati ustidan nazorat qilib turdilar.  

Yunon-makedonlar  kelishi  arafasida  Misrning 

iqtisodiyoti   so’ngi tosh davri ibtidoiy texnikasi 

darajasida bo’lib, faqatgina qisman takomillashtirilgan 

mis va bronza qurollariga asoslangan edi. Yunon-

makedonlar  kelishi  bilan  mamlakat  xo’jaligida 

haqiqiy to’ntarish bo’ldi:  qishloq xo’jaligida temir 

mehnat qurollari paydo bo’ldi, Bobildan seyalka olib 

kelindi. Qishloq xo’jaligida yangi texnik moslamalar 

vino va zaytun yog’ini olish uchun vintli pres 

(Arximed vinti)dan foydalana boshlanishi dehqonlarni  

mehnatini yengillashtirdi. Yangi  ekinlar paydo bo’ldi 

va ishlov beriladigan yer-maydonlarining hosildorligi 

keskin o’sdi. Firavn Nexo kanali qayta tiklandi, 

tashlab  qo’yilgan  ko’plab  yerlar  o’zlashtirilib, 

irrigatsiya inshootlari qayta ishga tushirildi. 

Hunarmandchilik shaharlarda to’planib, qishloq 

xo’jaligida qaraganda bu sohada qul mehnati keng 

qo’llandi. Hunarmandchilik mahsulotlari bozor uchun 

ommaviy ravishda ishlab chiqarildi. Kemasozlik uy-

joy  va jamoat binolarini qurilishi, metal va keramik 

idish-tovoqlar,  gazlamalr,  mebellar,  zargarlik 



 

653 


buyumlari tayyorlash keng rivojlandi. Yuqori sifatli 

hunarmandchilik mahsulotlari eksport qilindi.  

Ptolemey  I  savdo-hunarmandchilik,  qishloq 

xo’jaligini rivojlantirish maqsadida o’z tanga pullari 

oltin stater, kumush tetradraxma va mis  obollarni 

zarb qila boshladi. Oltin va kumush qazish, tanga zarb 

qilish, turli xil pul ayirboshlash davlat monopoliyasiga 

aylantirildi, hamda chet el tanga pullarini ishlatish 

taqiqlandi. Misr iqtisodiyoti va tashqi savdosida 

o’ziga xos qog’oz vazifasini bajargan papirusni ishlab 

chiqarish ham davlat monopoliyasiga aylantirildi. 

Ptolemey I va Misrni boshqargan uning vorislari 

(Ptolemey II, Filadelf III, Everget III, Filopator IV, 

Epifan V)   deyarli yuz yil davomida faol tashqi 

siyosat olib borib, Ellin dunyosida yetakchilik qilishga  

da’vo qildilar. Ptolemey V Epifanning er. avv. 180-yil 

o’limidan keyin tashqi siyosatda qiyinchiliklar tug’ila 

boshlandi, tushkunlikning uzoq davri boshlanib, er. 

avv. 30-yilda Rim istilosi bilan tugallandi. 

Er. avv. III asr o’rtalarida Misr kuchli harbiy flot 

va qo’shinga ega edi. Ptolemeylarning asosiy raqibi 

Makedoniya,  Bobil va Kichik Osiyodagi  ba’zi 

davlatlar edi. Ptolemey IV Filopator davri (er. avv. 

222-205-yillar) Misr tashqi siyosiy yutuqlarining eng 

oliy nuqtasi bo’ldi. Misrning mavqei Old Osiyoda 

kuchayib ketdi, lekin bu vaqtinchalik edi.     

Er.  avv.  70-yillardan boshlab,  Rim davlati 

Misrning ichki ishlariga faol aralasha boshladi. 



 

654 


Ptolemey sulolasining bir  necha  vakillari Rim 

yordami bilan hokimiyatni boshqardilar. Sulolaning 

so’ngi vakili Kleopatra VII ham  rimliklar yordamida 

taxtga keldi. 

 

Salavkiylar davlati 

Iskandarning safdoshlaridan biri Salavk er. avv. 

321-yilda  satraplar o’rtasidagi shartnomaga ko’ra 

Bobilni egalladi. Ammo diadoxlar o’rtasida kurash 

natijasida Eron O’rta Osiyo satrapliklari ustidan 

nazorat o’rnatgan Osiyoning oliy hokimi Antigon tez 

orada Salavkdan Bobilni tortib oldi(er. avv. 315-yil). 

Antigon bilan boshqa satraplar o’rtasidagi kuchayib 

ketgan raqobatdan foydalangan Salavk Misr hukmdori 

Ptolemey yordami bilan er. avv. 312-yilda Bobilda o’z 

hokimiyatini tikladi. Aynan shu yildan boshlab Salavk 

sulolasining   er. avv.  64-yilgacha  hukmronligi 

boshlandi.  

Salavk  g’arbda  diadoxlar  o’rtasida  davom 

etayotgan urushdan foydalanib Sharqqa yurish qildi. 

Yurish davomida u Eron va O’rta Osiyo satrapliklarini 

qo’lga kiritdi. 

Yurish oxirida Salavk   Hindistonda Maur’ilar 

davlatining asoschisi Chandragupta bilan to’qnashdi. 

Urush Salavkni ilgari Iskandar davlati tarkibiga kirgan 

barcha hind mulklaridan voz kechishga, buning 

evaziga  Chandragupta  tomonidan  300  jangovar 

fillarni Salavkaga sovg’a qilishi bilan tugadi. Salavk 


 

655 


er. avv. 305-304-yillar atrofida o’zini podsho deb 

e’lon qildi. Shundan sal o’tgach shimoliy Suriyani, er. 

avv. 281-yilda Kichik Osiyoning katta qismini bosib 

oldi; shu yildayoq Makedoniyani egallash uchun 

bo’lgan yurishda halok bo’ldi.  

Salavk  davlati  gullab-yashnagan  davrida 

Iskandarning Osiyodagi sobiq mulklarini katta qismini 

o’z tarkibiga olgan edi. Bu bepoyon hududda turli 

iqtisodiy  va  madaniy  taraqqiyot  bosqichida  turgan   

etnik va til jihatidan  olaquroq bo’lgan xalqlar 

joylashgan edi. Salavk davlatida yunon va makedonlar 

podsho boshchiligida hukmron tabaqaga aylandilar, 

ular barcha oliy hokimiyat lavozimlarini egallab 

oldilar hamda  qo’shinning asosiy qismini tashkil 

etdilar. Mahalliy zodagonlar hokimiyat boshqaruvida 

deyarli ishtirok etmadilar. Faqat Bobil shaharlarining 

fuqaro-ibodatxona  jamoalari  ma’lum  bir 

imtiyozlardan foydalandilar. 

Salavkiylar  davlati  aholisining  asosiy  qismi 

jamoachi dehqonlardan iborat edi. Bu jamoalar 

podsho foydasiga pul va natural majburiyatlarni o’tar 

edilar. Jamoachi dehqonlar shaxsan erkin edilar, lekin 

davlat hokimiyati dehqonlarni asta-sekin qaram qila 

boshladi.  Bu  ularni  yerga  biriktirib  qo’yishda 

ko’rinadi.  Davlat yerlari ikki qismga bo’lingan edi. 

Bir qism yerlar podshoning shaxsan o’ziga tegishli 

yerlar, ikkinchi qismi shaharlar, mahalliy zodagon-


 

656 


hokimlar, qabilalar va jamoalarga tegishli bo’lib 

podsho tomonidan nazorat qilinar edi.  

Davlatning butun hududi satrapliklarga bo’lingan 

bo’lib, undan kichik mamuriy birliklar yeparxiya va 

giparxiyalar edi. Satraplik  boshida satrap(Antiox III 

davrida-Strateg)  turib,  u  fuqarolik  va  harbiy 

hokimiyatni amalga oshirar edi. Moliya muassasi esa 

mustaqil edi. 

Salavkiylar  davlatida  O’rta  Osiyo va Eron 

hududlari muhim o’rin tutar edi. Salavk I davrida 

uning o’g’li va merosxo’ri Antiox I (er. avv. 280-261-

yillar.) bu hududlarni boshqarar edi. Antiox I Slavkni 

Spitamenning qizidan bo’lgan o’g’li  edi. O’rta 

Osiyoda sulola hokimiyatini mustahkamlash uchun 

yangi shaharlar va harbiy manzilgohlar qurildi, 

eskilari qayta tiklandi (Marv vohasi devor bilan to’liq 

o’rab olindi). 

Antiox I davridan keyin er. avv. III asr o’rtalarida 

Baqtriya, So’g’diyona va Parfiya ajralib chiqdilar, 

Vifiniya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi 

davlatlar paydo bo’ldi, Qora va Kaspiy dengizlari 

oralig’ida Armaniston davlati, Midiyaning Shimoliy 

qismida satrap Atropat Salavkiylardan ajralib chiqib

Midiya Atropatenasini tashkil qildi.  Natijada Yunon-

Baqtriya va Parfiya podsholiklari vujudga keldi 

(Yunon-Baqtriya er. avv. 130 yillargacha, Parfiya 

davlati esa eramizning 227 yiligacha mavjud bo’ldi.). 

Antiox III bu  davlatlarni bo’ysundirish uchun er. avv. 



 

657 


212-205-yillarda  sharqqa  yurish  qildi.  Yurish 

davomida xarajatlarni qoplash  uchun Antiox III 

Ekbatanadagi Anaxita ibodatxonasini taladi. Yurish 

natijasida  Parfiya qayta bo’ysundirildi, Yunon-

Baqtriya uning shaharlarini ikki yil natijasiz qamal 

qilish bilan rasman  Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. 

Antiox  qo’shinlari  Hindikush  tog’laridan  o’tib 

Hindiston yerlariga bostirib kirdi va mahalliy hokim 

bilan shartnoma tuzilib Antiox Hind jangovar fillariga 

ega bo’ldi.  

Antioxning bu yurishi salavkiylar davlatining 

yemirilishini  vaqtincha  to’xtatdi.  U  markaziy 

hokimiyatni mustahkamladi. Kichik Osiyoning katta 

qismi bosib olindi va Kelesiriyani Misrdan batamom  

tortib oldi. Kuchayib  ketgan  Salavkiylar  davlati 

Pergam va Rodosni xavfsizligiga jiddiy xavf sola 

boshladi. Pergam va Rodos Antiox III dan shikoyat 

qilib, Rimdan yordam so’radi. Rim ham Antiox III 

saroyiga mashhur Karfagen qo’mondoni Gannibalni 

maslahatchi bo’lib turganidan norozi edi.  Er. avv. II 

asr boshlarida Salavkiylar bilan Rim respublikasi 

o’rtasida Yunoniston uchun raqobat boshlandi. Er. 

avv. 189-yilda Rim bilan bo’lgan urushda Antiox III 

qo’shinlari yengildi. Mamlakat hududlarida norozilik 

Salavkiylarning zulmiga qarshi qo’zg’olon va isyonlar 

boshlanib ketdi. Yunon-Baqtriya   va Parfiya o’z 

mustaqilliklarini qayta tikladilar va Parfiya  g’arbga 

tomon yurish qilib Salavkiylar hududlarini bosib ola 



 

658 


boshladi. Midiyada satrap Timarxning isyon ko’tarishi 

bu viloyatni parfiyaliklar tomonidan bosib olinishiga 

yordam berdi. Bundan tashqari parfiyaliklar fors va 

Elamni egalladilar.  

Antiox III ning o’g’illaridan biri Antiox IV (Er. 

avv. 175-yilda) shijoatli hukmdor bo’lib, davlat 

hokimiyatini  bir qadar mustahkamlashga erishdi. 

Uning boshqaruvi davrida mamlakatda podsho san’at 

va madaniyatga homiylik qildi. 

Shuhratparast Antiox IV Salavkiylar davlatining 

o’tmishdagi  kuch-qudratini  tiklashga  urindi. 

Mamlakat  ichida  bir  qadar  ijtimoiy  siyosiy 

barqarorlikni  vujudga  keltirib,  uning  hududini  

kengaytirishga harakat qildi.  Antiox IV Misrni bosib 

olish uchun kuchli qo’shin bilan yurish boshladi. 

Yo’lda uni Rimning Misrdagi elchisi Gay Popiliy 

Lena to’xtatadi. Aytishlaricha Salavkiylardan ko’ra 

qudratli bo’lgan Rim elchisi   Antiox IV o’tirgan joyni  

atrofida doira chizib, Rimning talabi bajarilmaguncha 

(Misrga yurishni to’xtatish) Antiox IVni   doira 

ichidan  chiqib  ketishini  taqiqladi.  Natijada 

rimliklarning tazyiqi ostida Misr yurishi to’xtatiladi. 

Salavkiylar  davlatining  yemirilish  jarayoni 

tezlashib ketdi.  Er. avv. I asr boshlarida  Yahudiya  

o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. Natijada Salavkiylar 

davlati hududi Suriya, Finikiya va Klikiyaning bir 

qismi bilan chegaralanib qoldi. Er. avv. 64-yilda 

Salavkiylar davlatining qoldiqlari Rimga   Suriya 


1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling