Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet42/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53

Tayanch iboralar 

300 urug’, 3000 familiya,  

Forum  Romanum,  

“To’rt kvartalli” shahar,  Serviy Tulliy,  Kapitoliy,  

Aventin,  ”Populyus Romanus”,  saylov,  “pater 

families”,   patrisiy,   plebey,   “Vikus tuskuss”,  

Vervaktor, Vedator,  Obarator,  Saterkuliniy,  Saturin,  

Semon,   Segitiya, Lara,  Penat,  Yanus, avgurlar,  

kohin-folbin, Diana. 

 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

 

Каримов  И. А. Тарихий  хотирасиз  келажак 



йук. Тошкент 1998. 

 

Бойназаров  Ф. А. Кадимги  дунё  тарихи.  



Тошкент  2004. 

Ельницкий  Л. А. Возникновение  и  развитие 

рабства в Риме в VIII-III вв.  

до н. э. М., 1964. 

Залесский Н. Н.  Этруски в Северной Италии. 

Л., 1959. 

Ильинская Л. С. Находки в древнем  Лации и 

их место в понимании  



 

721 


традиции  об  Энее  на  Западе.-  Вестник   

древней истории, 1983, № 3. 

Маяк И. Л. Рим первых царей. М., 1983. 

Немировский  А. И. История  раннего  Рима  и 

Италия. Воронеж, 1964. 

Немировский  А. И. Этруски. От  мифа  к 

истории. М., 1983. 

Немировский 

А. И. Религиозно-

мифологическая картина мира этрусков.  

Новосибирск, 1980.

 

 

 

 

Asosiy sanalar 

     


Er.avv. X asr   

Latinlar Tibr daryosi 

bo’yiga kelib joylashdilar. 

Er.avv.VII-VIasrlar   Latinlar  Kivirinal  va 

Viminal tepaliklarni  

                                egalladilar. 

Er.avv. 

753 


yil    Rim  shahriga  asos 

solinishi. 

Er.avv.VI-V asrlar  

Yunon- etrusk raqobati. 

Er.avv. VIII-VI asrlar   etrusklarning 

Italiyada 

etakchiligi. 

Er.avv.VII 

asr 

o’rtalari  etrusklar  Latiy  va 



Kampaniyani o’zlariga         

               bo’ysundirdilar. 



 

722 


     

Er.avv. VI asr   

Rim-Karfagen  ilk  savdo 

shartnomasi tuzildi. 

     

Er. avv. VI asr   



Serviy Tulliy islohotlari. 

 

Mustaqil ish mavzulari 

Serviy Tulliy islohotlari 

Etrusk davlati va jamiyati 

Etrusk madaniyati va diniy e’tiqodi 

 

Reyting savollari 

    


1.Latin 

shaharlari 

ittifoqiga  qaysi  shahar 

boshchilik qilgan? 

A) Etruriya 

B) Al’ba-Longa     

A) Kampaniya 

D) Rim 


E) Latiy 

2.  Barcha  latinlar 

uchun umumiy va bosh 

xudoni ko’rsating? 

A) Saturn   

B) Runsinator     

S)  Diana    

D) Lara  

E) Penat 

3.  Ilk  Rim 

jamiyatining asosi bu…? 

A) urug’ edi   

B)  qabilalar  ittifoqi  edi    

 

 



S) ibtidoiy jamoa tuzumi 

edi 


D) monogam oilalar edi  

E) davlat edilar 

4.  kvestorlar  kimlar 

edi? 


A) viloyat boshlig’i 

B)  patriarxal  oila 

boshlig’i     

S) 


podshoning 

yordamchilari 

D) harbiy boshliqlar 

E) oliy sudya edi 

5.  Patrisiylar  kimlar 

edi? 


 

723 


A)  Rimning  to’la 

huquqli fuqarolari 

B) qaram kishilar      

S) qullar 

D) 

dehqonlar   



E) erkin fuqarolar 

6.  Patritsiylar  va 

plebeylar  o’rtasidagi 

qarama-qarshiliklar 

qaysi  podsho  davrida 

nisbatan yumshatildi? 

A) Serviy Tulliy davrida 

B)  Tarkviniy  Magrur 

davrida     

S) Romul davrida 

D)  Tarkviniy  Qadimgi 

davrida 


E) Ank Martsiy davrida 

7.Plebeylarning 

asosiy  mashg’ulotlari 

nima edi? 

A) 

dehqonchilik, 



chorvachilik, savdo 

B)  hunarmandchilik, 

baliqchilik, 

qishloq 


xo’jaligi  

S) 


savdo, 

hunarmandchilik, 

qishloq xo’jaligi 

D)  qishloq  xo’jaligi, 

dehqonchilik, ovchilik 

E)  savdo,  chorvachilik, 

baliqchilik 

8.  Podsholik davrida 

Rim eng birinchi bo’lib 

qaysi davlat bilan savdo 

shartnomasini tuzdi? 

A) Attika bilan 

B) Karfagen bilan    

S) Bobil bilan  

D)  Salavkiylar  davlati 

bilan 


E) Misr bilan 

9. 


Rimliklarning 

asosiy  mashg’ulotlarini 

ayting? 

A) chorvachilik 

B) savdo 

S) qishloq xo’jaligi 

D)  qishloq  xo’jaligi, 

dehqonchilik 

E) ovchilik 

10.  Dastlabki  Rim 

dini qay shaklda edi? 


 

724 


A) totemizm shaklda 

B) animizm shaklda     

S) fetishizm shaklda 

D) sehrgarlik shaklda 

E) magiya shaklda 

11. 


Rimning 

afsonaviy  asoschilari 

kimlar edi? 

A) Roma, Romul 

B) Serviy Tulliy, Avgust     

S)  Tarkviniy  Magrur, 

Sezar 

D) Ank Marsiy, Romul 



E) Tull Gostiliy, Serviy 

Tulliy 


12.  Avgurlar  kimlar 

edi? 


A) folbinlar edi 

B) kohinlar edi    

S) oliy xudolar 

D) ma’budalar edi 

E) A va B 

13.Qadimgi  Rimda 

oqsoqollar  kengashi 

nima deb atalgan? 

A) senat 

B) jamoalar yig’ini 

S) senturiy yig’inlari 

D) pater familius 

E) populyus Romanus 

        14. Kuriya nima? 

A) senat 

B) jamoalar yig’ini    

S) oqsoqollar kengashi 

D) qabilalar ittifoqi 

E)  patriarxal  oila 

boshlig’i 

15.Rimliklar 

etrusklardan  qanday 

xo’jalik 

yutuqlarini 

o’zlashtirib oldilar? 

A)  yerga  ishlov 

berishning   samarali 

usullarini, 

uy-joy 

qurilishini, uzumchilikni, 



yerga  o’g’it  berishni, 

sun’iy sug’orishni 

B) 

ovchilik, 



chorvachilikni     

S) kemasozlik, savdoni 

D)  hunarmandchilik, 

savdo, chorvachilikni 

E) 

baliqchilik, 



hunarmandchilikni 

 

725 


16. 

Rimliklarda 

kalendarni 

tuzish 


kimning vazifasi edi? 

A) podshoning   

B) jamoaning     

S) kohinlarning   

D) urug’ oqsoqolining 

 

 



E) A va S 

17. 


………..senturiyalarini 

joriy qildi. 

A) Serviy Tulliy 

B) Sezar 

S) Avgust 

D) Katon 

E) Antoniy 

18. Qadimda Rim davlati 

hududi  necha  okrugga 

bo’lindi? 

A) 21 okrugga 

B) 27 okrugga 

S) 30 okrugga 

D) 25 okrugga 

E) 26 okrugga 

19. Savdo-

hunarmandchilik  bilan  

birinchi navbatda kimlar 

shug’ullandilar? 

A) plebeylar 

B) yunonlar 

S) forslar 

D) attikaliklar 

E) rimliklar 

20. 

Qadimgi 


Rimda………yerni 

haydashda  odamlarga 

yordam ko’rsatgan? 

A) uch xudo 

B) to’rt xudo 

S) uch podsho 

D) dehqonlar 

E) miroblar 

21. Rimda odamlar yerni 

o’g’itlash vaqtida  kimga 

qurbonlik keltirganlar? 

A) Satrekuliniyga 

B) Semonga 

S) Saturga 

D) Segitiyaga 

E) Messisga 

22. Qadimgi Rimda  uy 

o’chog’ini  kim  himoua 

qilgan? 

A) Vesta 



 

726 


B) Satur 

S) Segitiy 

D) Messis 

E) Semon 

23.  Rimning  erkin 

aholisi  dastlab  necha 

urug’dan iborat bo’lgan? 

A) 300 urug’dan 

B) 400 urug’dan 

S) 700 urug’dan 

D) 1000 urug’dan 

E) 100 urug’dan 

24.  Rim  tarixchilari 

shahar  tarixida  nechta 

podshoni 

aytib 


o’tganlar? 

A) 7 ta podshoni 

B) 3 ta podshoni 

S) 4 ta podshoni 

D) 5 ta podshoni 

E) 14 ta podshoni 

25. 

Rimning 


podsholaridan 

biri  


Serviy  Tulliy  qaysi 

xalqning vakili edi? 

A) etrusklarning 

B) esklarning 

S) osklarning 

D) tusklarning 

E) sardlarning 

26.  Quyidagi  Rim 

podsholaridan  qaysilari 

etrusklarga mansub edi? 

A) Tul Gostiliy 

B) Serviy Tulliy 

S) Tarkviniy Mag’rur 

D) Tarkviniy Qadimgi 

E) A, B va S 

26. Ilk Rim jamiyatining 

ijtimoiy 

asosini 


ko’rsating? 

A) urug’ 

B) oila 

S) qo’shni jamoa 

D) davlat 

E) to’g’ri javob yo’q 

27.  Er.  avv.  IX  asrda  

Palatinda 

yashagan 

odamlar 


mayitlarni 

qanday dafn qilganlar? 

A) gulxanda yoqqanlar 

B) yerga ko’mganlar 

S)  tepalikka  chiqarib 

qo’yganlar 

D)  maxsus  xumlarda 

dafn qilganlar 



 

727 


E) to’g’ri javob yo’q 

28.  Latin  qabilasini 

nomini  kelib  chiqishi 

uning 


qaysi  

yo’lboshchisi nomi bilan 

bog’liq edi? 

A) yo’lboshchi Laviyniy 

nomi bilan 

B)  yo’lboshchi  Romul 

nomi bilan 

S)  yo’lboshchi  Rem 

nomi bilan 

D)  yo’lboshchi  Martsiy 

nomi bilan 

E)  yo’lboshchi  Latiy 

nomi bilan 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 Rim ilk respublika davrida 

 

 



Ilk respublika davrida davlat qurilishi 

Rim tarixchilari respublika boshlanishini er. avv. 

509 yilni kelib chiqishi etrusk bo’lgan so’ngi Rim 

podshosi Tarkviniy Mag’rurning Rimdan haydalishi 

bilan belgilaydilar. Respublika tuzumi o’rnatilishi 

bilan oliy hokimiyat bir yil muddatga saylanadigan 



 

728 


ikki konsul qo’liga o’tdi. Dastlab ular pretor (oldinda 

yuruvchilar) deb atalar edilar. Konsullarni senturiy 

yig’inlarda patritsiylar ichidan saylar edilar. Konsullar 

roziligisiz senat komisiyalari to’plana olmas edi. 

O’zlari esa o’z majburiyat vazifalarini bajarish 

davrida har qanday sud javobgarligidan ozod edilar. 

Konsullar hokimiyati faqat biri ikkinchisini qaroriga 

veto (ta’qiq) qo’yishi bilangina cheklangan edi. 

Amaliy hayotda esa konsullar patritsiylar va ularning 

oliy organi senatning siyosiy manfaatlari bilan 

hisoblashishga majbur edilar. Dastlabki kunlardanoq 

konsullardan  tashqari  shahar  ishlarida  kvestorlar 

muhim o’rin tutdilar. Ular sudda ishtirok etar, 

xazinani boshqarishda qatnashar edilar. Ilk davrda 

ular konsullarning yordamchilari edi. Er. avv. V asr 

o’rtalaridan  boshlab  kvestorlarni  komisiyalarda 

saylaydigan bo’ldilar. Shu vaqtdan boshlab kvestorlar 

mustaqil bo’ldilar. Ular davlatning moliyaviy ishlari 

bilan  shug’ullanar  edilar.  Kvestorlar  arxivni 

boshqardilar, harbiy yurishlar davrida konsullarga 

hamroxlik qilib qo’shin xazinasini boshqarar edilar.  

Er.avv. 507 yilda Rim tarixida ilk bor favqulodda 

vakolatlar berilgan mansabdor shaxs – diktator 

sayladilar.  Diktatorni  rimliklar  favqulodda  xavf 

tug’ilib qolgan paytda yoki o’ta xavfli vaziyat 

tug’ilgan  paytda  yagona  boshliqqa  ehtiyoj 

tug’ilgandagina  saylar  edilar.  Diktatorni  rasman 

konsullar amalda esa senat saylar edi. Diktator 



 

729 


hokimiyati cheklanmagan edi. Unga konsullar kabi 12 

liktor emas balki 24 liktor hamrohlik qilar edi.  

Rim  respublikasi  aristokratik  xarakterda  edi. 

Qonunchilik tashabbusiga ega bo’lmagan tsenturiy 

yig’ilishlarini, jamiyatni patritsiy qatlamlarini vakili 

bo’lgan  konsul  chaqirishi  mumkin  edi.  Bu 

komisiyalarni biror bir qarorini “patres” – senat 

tomonidan tasdiqlanmasa kuchga kirmas edi. Er.avv. 

471  yildan  kuriya  va  tsenturiya  yig’inlari 

namunasidagi plebey yig’inlari chaqirila boshlandi. 

Plebey yig’inlarida qabul qilingan qarorlar “plebitsit” 

faqat plebeylar uchun majburiy edi.  

Er. avv. VI asrda etrusk istilolari urug’ jamoasini 

yemirilish jarayonini,   sinfiy jamiyat va Rim 

davlatchiligi  shakllanishini  tezlashtirdi.  Etrusklar 

Rimda ilk yunon tiraniyasiga o’xshash monarxiya 

rejimini tashkil etdilar, uning o’rniga er. avv. 509-

yilda ilk respublika keldi. 

Rim respublikasida oliy davlat organi xalq yig’ini 

hisoblangan. Xalq yig’ini qonunlarni qabul qilish va 

bekor qilish, urush e’lon qilish va sulh tuzish, oliy 

mansabdor shaxslar  magistratlarni saylar edi. Shu 

bilan birga u oliy sud tashkiloti edi. 

Rimda  xalq yig’inlarini yoki komisiyalarni uch 

ko’rinishi mavjud edi. Serviy Tulliy islohotlarigacha 

kuriya komisiyalari mavjud edi. Serviy Tulliy qurolli 

xalq yig’ini-senturiy komisiyalarini kiritdi. Tezda ular 

kuriya  komisiyalarini   siqib  chiqardi. Senturiy 



 

730 


komisiyalari  konsullar tomonidan Rim shahridan 

tashqaridagi Mars maydonida chaqirilar edi. Barcha 

rim fuqarolari 193 senturiy, eng boy birinchi toifa  98, 

yarmidan ko’p senturiy qo’yar edi. Ovoz berish 

senturiylar bo’yicha o’tkazilib, har biri bir ovozga ega 

edi. Ovoz berish qat’iy qabul qilingan tartibda  dastlab 

birinchi toifa senturiylari, keyin 2-, 3- va h. k. ovoz 

berilar edi. Agar taklif qilinayotgan masala bo’yicha 

senturiylar ovozining 50% idan ko’proq ovoz berilsa, 

ovoz berish to’xtatilib, taklif qonun  kuchiga kirar edi. 

Bunday  ovoz  berish  tartibi  bo’yicha  barcha 

masalalarni rim fuqarolarini boy qismi bo’lgan I 

toifaning 98 senturiyalari hal qilar edi.   Bu 

komisiyalarda  pretorlar,  konsullar  va  senzorlar 

saylanar  edi.  Ovoz  berishning  mulk  senziga 

asoslanishi demokratik saylov tizimi tarafdorlarining 

noroziligiga uchradi. Er. avv. 241-yilda senturiy 

komisiyalari islohoti o’tkazildi. Endilikda har  besh 

toifadan-70  senturiy   qo’yiladigan  bo’ldi;  ularga  

suvoriylarning 18 senturiylari, hunarmandlarning-4, 

va   proletarlarning-1 senturiysi qo’shiladigan bo’ldi  

jami 370 senturiy (avvalgi 193 o’rniga). Patritsiylar va 

plebeylarning  kurashi  jarayonida  plebeylarning 

hududiy okrug-triblar bo’yicha tribut komisiyalari 

muhim ahamiyatga ega bo’ldi (Rim huquqi hududiy 

okrug-trib 4 shahar va 31 qishloq tribiga bo’lingan 

edi). Tribut komisiyalarida edillar, kvestorlar va 

plebey tribunlari saylanar edi.  



 

731 


Rim xalq yig’inlarini  demokratik mohiyati va 

ularning keng vakolatiga qaramay eng demokratik 

tribut komisiyalari ham aristokratiya qo’lida qurol 

bo’ldi. Xalq yig’ini faqat senatda muhokama qilingan 

magistratlar kiritgan masalalarnigina muhokama qilar 

edi.   Komisiyalar qonunchilik tashabbusi huquqiga 

ega emas edi. 

Rim davlat hayotida 300 a’zodan tashkil topgan 

senat muhim o’rinnni egallagan edi. U hukumat 

vazifasini amalga oshirdi. Er. avv. 287-yilgacha  har 

qanday  qonun  loyihasi   senatda  muhokama 

qilinganidan keyingina xalq yig’ini muhokamasiga 

olib chiqilar edi. Xalq yig’inida qabul qilingan qonun 

faqat senat tasdiqlaganidan keyingina qonun kuchiga 

kirar edi. Shunday qilib senat o’ziga kerakli 

yo’nalishda xalq yig’ini faoliyatiga rahbarlik va 

nazorat qilar edi. Senat tashqi siyosatga rahbarlik 

qilib, davlat moliyasini egasi edi. Mansabga saylangan 

magistratlar o’z faoliyati uchun  senat oldida hisobot 

berar edilar, shu bilan senatning irodasiga tobe edilar. 

Er. avv. IV asrdan vakolatlari muddati tugagan oliy 

mansabdor magistratlar senat tarkibiga  kirar edilar. 

Senatorlar  ro’yxatini  senzorlar  tuzganlar.  Ularni 

rahbari eng keksa va obro’li senator-princeps senatus 

(U munozara paytida  birinchi bo’lib so’zlar edi) edi. 

Senat ro’yxatida birinchi bo’lib senzorlar, keyin 

konsullar, pretorlar turar edi. Senat majlisini chaqirish 

huquqiga  oliy  magistratlar:  dictator,  konsullar, 



 

732 


pretorlar haqli  edilar. Senatning qarori senatus 

konsulp (senatus konsultum) yoki dekret (dekretum)  

deyilar edi. Senat rim oligarxiyasining tayanchi edi. 

Rimda amaldorlar apparati yo’q edi, barcha ijroiya 

hokimiyat  saylanadigan lavozimli shaxslarga-

magistratlarga tegishli edi. Ular o’z mehnatlari uchun 

hech qanday  ish haqi olmas edilar, lavozimlar 

“faxriy” (honor) vazifa deb baholanar edi. Barcha 

magistraturalar kollegial bo’lib odatda  bir yil  ijro 

etilgan (faqat senzorlar bir yarim yil, diktatorlar yarim 

yil). Konsullar, pretorlar,kvestor va edillar lavozimga 

birinchi martda (er. avv. 153-yilgacha., keyin-birinchi 

yanvardan)  plebey  tribunlari  esa  10-dekabrdan 

lavozimga kirishar edilar.  

Rim respublikasi magistraturasi birdaniga emas, 

asta-sekin shakllandi. Farazlarga ko’ra respublikaning 

birinchi yillarida ijroiya hoklimiyatni boshida bir oliy 

magistrat-pretor  (oldinda  yuruvchi)  bo’lib,  unga 

o’rinbosari- kvestor yordam bergan. Plebeylarning 

Muqaddas toqqa birinchi chiqib ketishlaridan keyin 

xalq  tribunlari  va  plebey  edillari,  ularning 

yordamchilari lavozimlari joriy qilindi. Ammo ijroiya 

hokimiyatni  pretorning yagona   rahbarligi   u 

tomonidan  hokimiyatni  bosib  olinish  imkoniyati 

mavjudligi xavfi tug’ildi. Shuning uchun er. avv. V 

asr o’rtalarida bir oily magistrat o’rniga ikkitasi 

saylanadigan bo’ldi, ular  bir  xil  hokimiyatdan 

foydalandilar va birgalikda boshqardilar. Ular bir-



 

733 


birlari bilan maslahatlashuvlari lozim edi, shuning 

uchun konsullar (maslahatlashaman consulo so’zidan 

olingan) deb ataldilar. Oliy magistratlar konsullar, 

tsenzorlar va pretorlar edi.  

Konsullar  odatda  urush  vaqtida  qo’shin 

qo’mondoni,  senat va komisiyalarni chaqirar edilar, 

qonunchilik tashabbusiga ega edilar. Sud hokimiyati 

ikki pretorga tegishli edi, intendant qismi va harbiy 

o’ljani to’rt kvestor (er. avv. 267-yildan sakkiz 

kvestor), shahar obodonchiligi, ta’minoti,   tartibni 

saqlash, jamoat bayramlarini tashkil etish to’rt edilga 

tegishli edi. Plebeylarning manfaatini 10 plebey 

tribunlari himoya qilar edi (lekin ularni hokimiyati 

Rim shahri bilan chegaralangan edi).  Keyinchalik 

yangi senzorlar lavozimi joriy qilinib 5 yilda bir marta 

18 oy muddatga saylanar edi. Senzorlar sobiq 

konsullardan saylangan. Ular rim fuqarolarini  mulk 

toifalariga kiritib, senatorlar tarkibini tekshirib, uni 

yangi  ro’yxatinbi  tuzishlari  lozim  edi.  Rim 

magistratura tizimining tugallangan shakli er. avv. IV 

asr II yarmida yuzaga keldi.  

Rim  konstitutsiyasi  bo’yicha  magistraturalar 

kollegial bo’lib (2 konsul,  2 ta pretor, 4 edil, 10 xalq 

tribuni, 2 tsenzor, 4 kvestor) har yili qayta saylanar va 

haq to’lanmas edi. Magistrat lavozimlarini bajarish ish 

emas, faxriy (honor) bo’lib shu sababli beg’araz edi. 

Mansablarga haq to’lanmasligi oddiy rim fuqarolarini 

magistratura  lavozimlarini  egallashga  imkoniyat 



 

734 


bermadi. Aksincha davlat vazifalariga saylanish va 

uni bajarish uchun fuqaroning o’zini katta miqdorda 

mablag’iga ega bo’lishi shart edi. Chunki lavozimni 

bajarish uchun kotiblar, choparlar, qo’riqchilar, quyi 

tabaqa xizmatchilarni yollab, ularga ish haqi berishi 

kerak edi.   

Shu  sababli  boy  kishigina  magistrant 

bo’lishi mumkin edi. Vakolatlarini topshirgandan 

keyingina sobiq magistratni sudga tortish mumkin edi. 

Ilk  respublika  davrida  favqulodda  hokimiyat 

tuzilmasi mavjud edi: oraliqdagi podsho, dictator o’z 

o’rinbosari, otliqlar qism boshlig’i bilan birgalikda 

senatda favqulodda vaziyatlarda yarim yil muddatga 

senatda saylanar edi; dictator hokimiyati podsho 

hokimiyatiga o’xshash edi, uning hokimiyatini  belgisi 

24 liktordan tuzilgan faxriy qo’riqchi bo’lgan. 

Rim  respublikasi  komisiyalari  tuzilmasida 

demokratik  an’analar  kuchaygan  bo’lishiga 

qaramasdan boshqaruvdagi hal qiluvchi rolni senat va 

magistratlar  o’ynadilar.  Bu  Rim  respublikasini 

aristrokratik  mazmunining ifodasi edi. 

 

Er. avv. VI-III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti 

Er.  avv.    VI  –  III    asrlarda    Italiya      hududlarini    

iqtisodiy – ijtimoiy   taraqqiyoti notekis    bordi.  

Etruriya   va  Kampaniya   viloyatlari,   janubiy  

Italiyadagi  yunon  koloniyalarini  iqtisodiyoti  yaxshi  

rivojlandi. Latsiya  viloyati  qo`shni  etrusk shaharlari 

va   yunon  koloniyalaridan  qoloq edi. Italiyaning 



 

735 


tog’li hududlaridagi  qabilalar ibtidoiy-urug’ jamoa 

sharoitida  yashar  edilar.  To’qimachilik  zaif 

rivojlangan edi. Qul mehnatidan faqat konchilikda, 

tosh qazib chiqarishda keng foydalanilar edi. 

 

Italiyada  eng  ommaviy  hunarmandchilik 



sohalaridan biri kulolchilik edi: turli xil idish tovoqlar, 

suv quvurlari, cherepitsa, xom g’isht, chiroqlar  etrusk 

qora rangli “bukkero”   bo’rtma bezakli idishlari 

mashhur edi. Kulolchilikning eng katta markazlari 

Kluziya, Arretsiya va Kalax edi. Er. avv VI-V asrlarda 

etrusk  shaharlarida  savdo-hunarmandchilik  gullab 

yashnadi. Ayniqsa metallurgiya va metallga ishlov 

berishda,  kulolchilikda  etrusklar  katta  yutuqlarga 

erishdilar. Etrusk va kampan jez idishlariga Bolqon 

Yunonistonida ehtiyoj katta edi. Er. avv. VI-III 

asrlarda  asosiy  savdo-hunarmandchilik  markazlari 

Sirakuza, Tarent, Dikearxiya (Puteola), Populoniya, 

Adriya va Spina edi. Rimni savdo ahamiyati o’sdi. 

Har yili katta diniy bayramlar vaqtida Etruriyaning 

markazi Vol’siniyada va  Latsiyaning 4 viloyat bilan 

tutashgan chegarasida savdo yarmarkalari uyushtirilar 

edi.  

Er.  avv.  VI-III  asrlarda      tashqi  savdo  yuksaldi.  



Savdo asosan suv yo’li bilan amalga oshirildi.  Er. 

avv. VI asrda dengiz savdosiga Rim ham tortildi. Tibr 

daryosi  boshlanishida rimning Ostiya portiga asos 

solindi. O’sha vaqtning eng katta dengiz davlati 



 

736 


Karfagen bilan Rim er. avv. 509, 348 va 280-yilllarda 

uch marta savdo shartnomalarini tuzdi.  

Etrusklar va janubiy Italiya   yunonlari gallar, 

Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo bilan savdo 

aloqalarini o’rnatdilar. Il’va va Populoniyada qazib 

olingan temir Kampaniya va etrusk shaharlariga 

yetkazib berilar edi.  

Italiyaning ko’pgina hududlari xo`jaligini  yetakchi 

sohasi dehqonchilik  edi.  Etruriyada unumdor tuproq, 

yumshoq iqlim, yuqori agronomiya  madaniyati  va  

agrotexnika   taraqqiyoti   yuqori   hosil  olishni  

taminlar  edi.Bu yerda bug`doy, arpa, tariq, polba 

Kampaniya va janubiy Italiyada  uzumchilik, zaytun 

keng tarqalgan edi. Etruriya g’allasi Rim va latin 

shhaharlarini, buyuk Yunonistondan zaytun yog’i, 

Latsiya va Etruriyani ta’minlar edi.  

Er. avv.   VI-III asrlarda   jamoa yer egaligini  

yemirilishi  bilan  birga  yerga  xususiy  mulkchilik  

rivojlanib bordi. Urug’ning yerlari kichik bo’laklarga 

bo’linib yerga ishlov berish uchun qarindoshlar, 

kliyent va qullarga  berilgan. Plebeylar xususiy mulk 

sifatida o’zlariga tegishli yer maydonida  ishlov berar 

edilar (ular davlatdan 2 dan yuger-0,5 gektargacha yer 

olganlar).  Xususiy va jamoa yerlaridan  tashqari 

davlat  yer fondi (ager publikis) mavjud edi.  Rim 

fuqarosi davlat  yerini  katta bo’lmagan ijara  to’lovi 

bilan  okkupatsiya (latincha egallash) qilish huquqiga 

ega edilar.   Patritsiylar bu huquqdan unumli 



 

737 


foydalandilar. Plebeylar ham yuz yillik kurashlar 

natijasida “ager publikis”dan foydalanish huquqiga 

ega  bo’ldilar.  Ilk  respublika  davrida  Rim 

iqtisodiyotining asosi qishloq xo’jaligi edi. Mayda va 

o’rta er egaligi yetakchi rol o’ynar edi. Er.  avv. IV 

asrdan boshlab patritsiylar  jamoa yerlarini (“ager 

publikus”) bosib ola boshladilar. Natijada yirik 

xo’jalik (imeniye)lar paydo bo’lib,  qullar mehnatidan 

ko’proq foydalanila boshlandi. 

Boshda qadimgi Italiyaga  ayirboshlashning keng 

tarqalgan  vositasi bo’lib, chorva hayvoni (pecus, 

shundan pulni latincha nomi-pecunta)  xizmat qildi.  

Eng qadimgi davrdan boshlab rimda  er. avv. III 

asrgacha pul sifatida og’irligi 2-2,5 kg.gacha bo’lgan   

ishlov berilmagan mis parchasi (aez rude) yurar edi. 

Ularni er. avv. V asrdan og’irligi 1000-1830 gramm 

xudo va hayvonlar tasviri    bo’lgan quyma jez 

parchalari siqib chiqara boshladi. Er. avv. IV-III 

asrlarning II yarmidan 327,45 gramm og’irlikdagi 

jezdan quyilgan (aes grave) tangalar keng tarqaldi. Er. 

avv. IV asrning II yarmidan boshlab natural xo’jalik 

o’rniga pul tovar xo’jaligi keldi. Rim pul birligi mis 

ass paydo bo’ldi. Dastlab bu tangalar Yunon Moneta 

ibodatxonasida  zarb  qilina  boshlandi.  Shundan 

“moneta” so’zi kelib chiqdi.  

Er. avv. III asr oxiridan ass 10 marta yengillashib 

173 grammga keldi. Jez tanganing tressis,  dupondiy, 

semis kabi turlari mavjud edi. Er. avv. III asrdan 


1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling