Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Rim o’rtayerdengizi  davlati


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet44/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53

Rim o’rtayerdengizi  davlati (Er. avv. III-I asrlar) 

 

 

 



Rim-karfagen urushlari 

Rimliklar Italiyani bosib olishni tugallash davrida 

Karfagen manfaatlari bilan to’qnashdi. Ikki davlatning 

raqobati uchun asosiy sabab boy Sitsiliya edi. 

Karfagenliklar orolning g’arbiy iqsmida qadimdan 

o’rnashib, bu yerda Lilibey, Drepana va Panorm 

bazalarini qurdilar. Uzoq vaqt Rim va Karfagen er. 

avv, 348, 306 va 279-yillarda tuzilgan savdo 

shartnomalari bilan tinchlik munosabatlarini saqlab 

turdilar.  Rim apinnen yarim orolini bo’ysundirish 

bilan band bo’lgan paytda Karfagen esa Shimoliy 


 

757 


Afrikani bosib olish vaqtida ularning manfaatlari 

to’qnashmadi,  ammo  rimliklar  janubiy  Italiyaga 

suqilib kirishi bilan vaziyat o’zgardi. Rim respublikasi 

qudratli davlatga aylanib, o’rtayerdengizi orollari 

jumladan boy Sitsiliyaga hukmronlik qilishga da’vo 

qila  boshladi. Karfagen Rimni  kuchayishi  va 

ekspansiyasidan bezovta bo’ldi, har ikki tomon 

urushga tayyorlana boshladi.   

Rimliklar karfagenliklarni punilar deb atar edilar. 

Rim  va  Karfagen  o’rtasida  uch  marta  urush  bo’ldi.  I  

urush er. avv. 264-241-yillar, II urush er. avv. 218-

201-yillar, III urush er. avv. 149-146-yillar. Har 

uchala  urushda  ham rimliklar  g’olib chiqdilar. 

Karfagenliklar  Rim  bilan  to’qnashuv  arafasida 

Sardiniya va Korsika orollariga o’rnashib olib, butun 

Sitsiliya ustidan hukmronlik qilar edilar. Sirakuza va 

Messana shaharlari bundan mustasno edi. Karfagenni 

Messanani egallashga urinishi Rim bilan urushni 

keltirib chiqardi. Rimliklar Karfagenliklarni puni deb 

atar edilar. Birinchi puni urushi 23 yil davom etdi. 

Dastlab  harbiy  harakatlar  Sitsiliyaga  boshlanib, 

rimliklar bu yerda bir necha yutuqlarga erishdilar. 

Lekin bu yutuqlar rimliklar uchun hech qanday 

ahamiyatga ega bo’lnadi, chunki rimliklar dengiz 

flotiga ega emas edilar  va bu sohada Karfagen bilan 

raqobatlasha olmas edilar. Rim qisqa vaqt ichida 

barcha vositalarni ishga solib, er. avv. 260-yilda 120 

jangovar kemadan iborat harbiy flotga ega bo’ldi. Shu 



 

758 


yilda Lipar orollari yaqinida karfagenliklar Rim floti 

ustidan yengil g’alaba qozondilar. Dong’I ketgan 

dengizchi karfagenliklar tez yuradigan kemalarga ega 

bo’lib Rim flotiga mensimay qaradilar. Tez orada  

rimliklar dengizda birinchi g’alabani qo’lga kiritdilar, 

ular harbiy harakatlarni Afrika hududiha ko’chirishga 

erishdilar. Ammo  Afrikaga  birinchi yurish yaxshi 

tayyorlanmagani  uchun  rimliklar  uchun 

muvaffaqiyatsiz tugadi.   

  Urush cho’zilib ketdi va urush harakatlari yana 

Sitsiliyaga ko’chdi. Har ikki urushayotgan tomonlarni  

kuchlari zaiflashdi. Hal qiluvchi jang er. avv.  241-

yilda Sitsiliyani g’arbidagi Egat orollari yonida bo’lib 

o’tdi. Karfagen floti batamom tor-mor  qilindi. 

Karfagen tinchlik shartnomasini   tuzishga majbur 

bo’ldi va Sitsiliyani qo’ldan boy berdi, hamda katta 

miqdorda tovon to’ladilar. Bir qancha vaqt o’tgach 

rimliklar Korsika va Sardiniya orollarini   bosib 

oldilar. Karfagen rimliklarni bu istilosiga  chidashga 

majbur  bo’ldi.  Bu vaqtda Karfagenning o’zida 

yollanma askarlar qo’zg’oloni boshlanib, unga Liviya 

aholisi ham qo’shildi. Qo’zg’olonning birinchi kuni 

o’zini  ko’rsatgan  lashkarboshi  Gamilkar  Barka 

tomonidan bostirildi. 

Qo’zg’olon bostirilgach uning Karfagenda obro’si 

oshib ketdi. Gamilkar Barka  Rimdan o’ch olishni 

orzu  qilgan  va  rimliklar  bilan  yangi  urush 

tarafdorlariga   boshchilik qildi. Gamilkar urushga 



 

759 


yaxshi tayyorgarlik ko’rish uchun Karfagen qo’shini 

bilan   Ispaniyaga jo’nadi. Rimliklar bilan bo’lg’usi 

urushda platsdarm tayyorlash uchun  bu mamlakatni 

bosib olmoqchi bo’ldi. 

Ispaniya istilosi vaqtida Gamilkar halok bo’ldi, 

Karfagen  qo’shinlariga qo’mondonlik  qilish uning 

kuyovi  Gannibal boshchilik qildi. Bo’lg’usi mashhur 

lashkarboshi Gannibal 11 yoshida  rimliklarga qarshi 

kurashishga qasamyod qilgan. 

Qo’mondonlik Gannibal qo’liga o’tishi bilan Rim 

bilan urush qilish  masalasi hal qilindi. Ikkinchi puni 

urushi   er. avv. 218-yilda boshlanib, 17 yil davom 

etdi. G’ayratli sarkarda urush harakatlarini rimliklar 

hududida  olib  ntensi rejasini  tuzdi.  Bu rejani 

ntensi  oshirish  uchun  Gannibal  qo’shinlari  Alp  

tog’laridan oshib o’tdilar. Gannibal qo’shinlari Rim 

qo’shinlari ustidan  bir necha marta g’alaba qildi. Er. 

avv. 216-yilda  Kann yonidagi  jang bu janglarni 

ichida eng mashhuri bo’lib, bu jangda Gannibal 

rimliklarni qurshab olib to’la tor-mor qildi. 

Karfagen  o’z  qo’mondoniga  yetarli  yordam 

ko’rsata olmadi.  Gannibal biror marta   yengilmagan 

bo’lsada o’z qo’shinlari bilan o’z yurtidan uzoqlashib, 

janubiy  Italiyada  qamalib  qoldi.  Karfagenliklar 

tomoniga o’tgan shaharlar yana Rimni qo’llab-

quvvatlay boshladilar. Yosh rimlik sarkarda Publiy 

Korpeliy Stsipion  Ispaniyaga karfagenliklarga qarshi 

g’olibona  urush harakatlarini olib bordi. U Ispaniyani  



 

760 


punilardan tozalab Afrikaga qo’shin tushirdi. Er. avv. 

202-yilda Karfagen shahri  yaqinidagi  Zam qishlog’I 

yonidagi hal qiluvchi Gannibal o’z hayotida birinchi 

va oxirgi mag’lubiyatni boshidan kechirdi.  

Karfagen qo’shinlari to’la tor-mor qilindi. Bu 

safar Rim karfagenliklarga tinchlik shartnomasini 

og’ir  shartlarini  qo’ydi:  Karfagen  barcha 

koloniyalarini yo’qotdi, barcha kemalarini, jangovar 

fillarini Rimga topshirishga majbur bo’ldi va katta 

miqdorda tovon to’ladi. Bu tinchlik shartnomasining 

og’ir shartlari Karfagenning harbiy-siyosiy  qudratrini 

umrbod zaiflashtirdi. 

Rim Karfagen yana bir marta bilan to’qnashdi. Bu 

II puni urushi tugaganidan 50 yil o’taganidan keyin 

sodir bo’ldi. Er. avv. 149-yilda III puni urushi 

boshlandi. Karfagen o’tgan 50 yil ichida  o’zining 

qulay  geografik  joylashuvi   bilan  o’z  iqtisodiy  

qudratini qayta tiklashga muvaffaq bo’ldi. U yana 

xalqaro vositachilik  savdosini shimoliy Afrikadagi 

yirik markaziga aylandi. Rimliklar o’zlarini eski 

raqibini Rim hududiga bostirib kirganini  hech qachon 

unuta olmas edi. II puni urushidan keyin rimliklar 

Karfagenning hatti-harakatini diqqat bilan kuzatib 

borar edilar. Karfagenni yana o’z  kuch-qudratini 

qayta tiklayotgani ularni bezovta qildi. Rimliklar 

Karfagenni  er.  avv.  201-yildagi  shartnoma 

shartlaridan birini buzishda  bahona qilib, er. avv. 

149-yilda Karfagenga qarshi urush e’lon qildilar. 



 

761 


Karfagen uch yil qamal qilindi. II puni urushida 

Karfagen qamaliga rahbarlik qilgan Sitsipionning 

o’g’li Emiliy Sitsipion shaharga  bostirib kirdi. 

Karfagenga senat  komissiyasi keldi va shaharni  to’la 

yo’q qilishga  qaror qildi. Shahar 16 kun o’t ichida 

qoldi, aholisi qul qilib sotib yuborildi.  

II  puni  urushidan  so’ng  rimliklar 

O’rtayerdengizining sharqiy qismini egallash uchun 

harakat boshladilar. Ular Sharqda  Rimning eng xavfli 

raqibi ellin Makedoniyasiga qarshi uch marta (er. avv. 

206, 197 va 168-yillar) urush olib bordilar. Rim o’zini 

yunon shahar-davlatlarini Makedoniya zulmidan ozod 

qiladigan  xaloskori  deb  e’lon  qildi.  Amalda 

Makedoniya Yunonistondan haydab chiqarilganidan 

so’ng Bolqon Yunonistoni Rimga qaram bo’ldi. 

Ikkinchi makedon urushidan so’ng   sharqda 

Rimga qarshi ittifoq tashkil etishga   uringan 

Salavkiylar hukmdori Antioxni zaiflashtirish uchun 

rimliklar bor kuchlarini ishga soldilar. 

Bu vaqtda makedon podshosi Persey  Rimga 

qarshi ittifoqni tashkil etishga  urinib ko’rdi. Rim 

qo’shinlari Makedoniyani yengdi va bosib olingan 

hududlarda Makedoniya provinsiyasi tashkil topdi. 

Tez orada Yunonistonga rimliklar zulmiga qarshi 

harakat boshlandi. Rimliklar bu harakatni  shafqatsiz 

bostirdilar va er. avv. 146-yilda Korinf shahrini 

vayron qildilar va Yunonistonda Axey provinsiyasini 

tashkil qildilar. Er. avv. 133-yil Kichik Osiyoda 



 

762 


Pergam podshosi vafot etib, o’z podsholigini Rimga 

vasiyat qildi. Rimliklar bu yerda yana bir Osiyo 

provinsiyasini  tashkil qildilar. 

 

Rim iqtisodiyoti. Klassik qulchilik 



munosabatlari 

Rim-italiya  xo’jaligida  klassikm   qulchilik 

munosabatlarini kirib kelishi chuqur o’zgarishlarga 

olib keldi. Qishloq xo’jalik rivojlanishida o’sish 

boshlandi. Uzumchilik, zaytun dsaraxtlari o’stirish, 

bog’dorchilik-sabzavotchilik  rivojlandi.  Yunoniston 

Kichik Osiyo va Afrikadan uzumning yangi navlari, 

mevai daraxtlar keltirildi, qishloq xo’jalik mehnat 

qurollari turlari ko’paydi. G’allachilik takomilllashdi, 

sifatli bug’doy ekilib, hosildorlik o’sdi. Yerlarga 

ishlov berish, o’g’itlash va boshqa agrotexnika 

qoidalariga rioya qilina boshlandi. Chorvachilikda 

ham muhim o’zgarishlar  yuz berdi. Chorvachilik va 

parrandachilik o’sha vaqtda eng daromadli sohalarga 

aylandi.  Qishloq  xo’jaligini  o’sishining  asosiy 

sabablari qulchilikni keng tadbiq qilinishi, Tovar 

ishlab chiqarish xo’jaligini tashkil qilinishi, kichik 

xo’jaliklardan  katta  ekin  maydonlarida  xo’jalik 

yuritish edi. Qishloq xo’jaligida bu davrda xo’jalikni 

asosiy yetakchi turi bir necha yuz yuger yer va unga  

10, 20 qullar  ishlaydigan quldor xo’jaligi edi.  Bular 

o’rta quldor xo’jaligi hisoblanib bozorga mahsulot 

ishlab chiqarar edi (villa). Villalar bilan bir qatorda 


 

763 


erkin qishloq  dehqonlari  kichik xo’jaligi  keng 

tarqalgan edi. Dehqon 10-30 yuger yerga o’z oilasi  

bilan ishlab, ba’zida bir yoki ikki qul mehnatidan 

foydalanar edi.  

Italiyada  hunarmandchilikning  gullab-yashnashi 

er. avv. II-I asrlarga to’g’ri keladi. Rim va boshqa 

shaharlarda kichik ustaxonalar (ergasteriylar)da 10-20 

hunarmand  ishlar  edi.  Qul  mehnatidan  keng 

foydalanila  boshlandi.  Hunarmandchilikda  ozod 

qo’yilgan   qullar mehnati ham sezilarli o’rinnni 

egalladi, ularning o’zlari ham uncha katta bo’lmagan 

ustoxonalarga  ega  edilar.  Hunarmandchilikning 

rivojlanishi metal, tosh, yog’och, jun, teri, shisha va 

qurilish matyeriallariga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirdi. 

Sardiniya va Ispaniyada temir qazib chiqarish keng 

yo’lga qo’yildi. Tog’-kon va metal quyishda yangi 

texnik o’zgarishlar amalgam oshirildi. Shaxtalar 150 

m.gacha chuqurlikda ishlana boshlandi. Ventilyatsiya, 

Arximed vinti, kondan suvni qochirish g’ildiragidan 

foydqalanila boshlandi.  

Yunonistondan  marmar, Misrdan granit import 

qilindi, Italiyani o’zida, shimoliy Etruriyada marmar 

qazib olina boshlandi. Qurilish materiallari taqchil 

bo’ldi, arzon, qulay, mustahkam qurilish materialiga 

ehtiyoj o’sdi. Er. avv. II asrda rimliklar  bu talablarni 

qondiradigan qurilish xom ashyosi betonni kashf 

qildilar.  Rimliklar  pishirilgan  g’isht  ishl0ab 

chiqarishni keng yo’lga qo’ydilar. Er. avv. II-I 



 

764 


asrlarda ma’lum ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 

yirik hunarmandchilik markazlari shakllandi: Putiola-

temirni qayta ishlash, Kapuya-jez va qo’rg’oshin 

quymalari bilan, Minturin va  Kaliy-qishloq xo’jalik 

qurollarinitayyorlash,  Arretsiy-kulolchilik,  Tarent, 

Kanuziy-jun  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  bilan 

shuhrat qozondilar.  

Rimliklar fuqarolik va injener memorchiligini 

rivojlantirdilar.  Rim  suv  quvurlari,  ko’priklari, 

termalari, amfiteatrlari, portlar, rimdagi ko’p etajli 

uylar   me’morchilik va qurilishning eng yaxshi 

yutuqlari asosida bunyod qilindi.  

O’rtayerdengizi  savdosi  gullab-yashnadi.  Rim 

Putiola, Sirakuza eng yirik savdo markazlari bo’lib 

qoldilar. Kemasozlik, dengizchilik rivojlandi, 200 

tonnagacha yuk ortiladigan savdo kemalari paydo 

bo’ldi.  Qo’shimcha  yelkanlar,  kema  boshqaruvi, 

mayoqlar, gavanlar qurildi. Dengiz savdosi bilan hatto 

savdo qilish man etilgan nobillar ham shug’ullana 

boshladilar. Ular   qonunni chetlab o’tib dengiz 

savdosi bilan  vositachilar va  o’zlarining  ozod 

qo’yilgan qullaridan foydalandilar.  

Quruqlikdagi savdo ham katta ahmiyatga ega 

bo’ldi. Shahar va qishloqlar o’rtasida  nten almashuv 

maxsus qurilgan shahar bozorlarida, viloyatlar aro 

yarmarkalarda  ntensi oshirildi. Viloyatlar o’rtasida 

aloqalarni mustahkamlanishi Italiyada puxta qurilgan 

qurilish san’atining noyob yutuqlari bo’lgan yo’llarni 



 

765 


qurilishiga sabab bo’ldi. Yo’llar tosh to’shalgan 

mustahkam to’g’ri bunyod qilinib, boshda Italiyani 

keyinchalik  provinsiyalarni  qamrab  oldi.  Rim 

shahridan o’tadigan eng yirik yo’llar Italiyaning 

barcha viloyatlari va undan tashqari cho’zilib ketdi. 

Rim forumida oltin suv yuritilgan ustun qo’yilib, 

undan Italiyani bosh yo’llarini masofasi hisoblash 

boshlandi. Ana shu yerdan “barcha yo’llar Rimga 

boradi” aforizmi tug’ildi.  

Rim  savdosining  o’sishi  tanga  miqdorini 

ko’paytirishni talab qildi. Rimning sestersiy va 

denariy kumush tangalari   tezda O’rtayerdengizi 

havzasida asosiy valyuta o’rnini egallab, boshqa 

tangalarni siqib chiqardi.  

Qul  asosiy  ishlab  chiqaruvchiga  aylandi. 

Quldorlik xo’jaligi bozor uchun mahsulot ishlab 

chiqarishga ixtisoslashib tobora ko’proq mahsulot 

ishlab  chiqarish  uchun  qul  mehnatidan  keng 

foydalandi. Qullarning ijtimoiy va huquqiy ahvoli 

yomonlashdi.  Qul buyumga, hayvonga tenglashtirildi. 

Xo’jayinnning mutlaq hukmronligiga  o’tib, qulni 

o’ldirish, yirtqich baliqlar va yovvoyi hayvonlarga 

yem qilish mumkin edi. Rim jamiyatida qullarga 

bo’lgan ehtiyoj muntazam bo’lib, u turli  xil 

manbalardan to’ldirildi. Ko’pgina urushlar Rimga 100 

minglab asirlarni olib kelishga sabab bo’ldi. Karfagen 

yurishlaridan sarkarda konsul Regen Rimga  20 ming 

asirni qul qilib jo’natdi. Er. avv. 209-yilda Tarent 



 

766 


ishg’oli vaqtida 30 ming aholi qul qilindi, Agregant 

qamali  vaqtida 25 ming asir olindi. Er. avv. 167-yilda 

Epir shaharlari qamal qilinganda 150 ming kishi qul 

qilib sotib yuborildi. 

Rimning har bir katta shahrida qul bozori mavjud 

bo’lib, bu yerda har qanday fuqaro qulni sotishi yoki 

olishi mumkin edi. O’rtayerdengizidagi eng katta qul 

bozorlari Delos (Egey dengizi) orolida, Akvileya 

shaharlarida (shimoli-sharqiy Italiya), Tanais (Don 

daryosi yuqori oqimi)da muntazam mavjud edi. Delos 

qul bozorida bir kunda 10 minggacha qul sotilar edi.  

Bozorga kiritilgan qullar miqdoriga qarab uning narhi 

o’zgarib turar edi. Urushda olingan asirlar qul 

bozorida avuksiondan  kvestor tomonidan sotilgan.   

Rim fuqarolari uchun qarzi uchun qul qilish er. 

avv. 326-yilda qonun bilan bekor qilingan edi. Biroq 

Italiyaning   va provinsiyalarning Rim fuqaroligi 

bo’lmagan aholisi uchun qarzi uchun qul qilish o’z 

kuchini  saqlab  qoldi.  Provinsiyalarda  rimlik 

soliqchilar  aholiga katta foizda qarz berib, ularni  qul 

qildilar. Qullarni safini to’ldirishni yana bir manbasi 

ularni tabiiy ko’payishi edi. Cho’ri  qullar bolalarini 

ko’paytirish va tarbiyalash ba’zi quldorlar tomonidan 

rag’batlantirilar  edi.  Go’dakligidan  qullikda 

tarbiyalangan  qullarning  bolalari  kasb-hunarga 

o’rgatilgan bo’ysunuvchan bo’lganligi uchun yuqori 

baholanar edi. Yana bir manba dengiz qaroqchilari 

dengizlarda   kemalar  qirg’oq  yaqin  shahar 



 

767 


qishloqlarini talab, o’z qurbonlaeini qulchilikka sotar 

edilar. Ba’zi yillarda qaroqchi piratlar bir necha yuz 

ming qullarni bozorga yetkazib berar edilar.   

O’rtayerdengizi havzasida  yuz yil davomida olib 

borilgan bosqinchilik urushlari  natijasida Rim kichik 

shahar davlat doirasidan chiqib, O’rtayerdengizining 

eng  qudratli  davlatiga  aylandi.  Bu  mamlakat 

iqtisodiyotiga va Rim jamiyat hayotining boshqa 

sohalarida ham o’zgarishlarga  olib keldi.  Ayniqsa  

iqtisodiyotda muhim o’zgarishlar yuz berdi. 

Bosqinchilik urushlari natijasida Rimga moddiy 

boylik, pul mablag’lari, qullar oqib keldi. I puni 

urushidan so’ng rim xazinasiga  3200 talant kirim 

bo’ldi. II puni urushidan  so’ng Karfagenning to’lov 

puli  10  ming  ntens, Antioxga yuklangan tovon 

to’lovi 15 ming talantni   tashkil etdi. Rim 

sarkardalarini   harbiy  o’ljalari  behisob  edi. 

Makedoniya podshosi Perseyni g’olibi  Emiliy Pavelni 

Rimga zafarli kirishida, bosib olingan qimmatbaho 

qurollar, san’at asarlari, oltin, kumush bilan to’la katta 

xumlar jang aravalarida  uch kun davomida olib 

o’tildi. Antiox ustidan g’alaba  natijasida harbiy o’lja 

sifatida 1280 fil tishi, 234 oltin chambar, 187 ming 

funt kumush (1 rim funti 327 gramm), 224 ming 

yunon kumush tangasi, 140 ming makedon tilla 

tangasi, ko’p miqdordagi zargarlik buyumlari rim 

xazinasiga kelib tushdi. Er. avv. II asrgacha Rim 

kumush tangaga ehtiyoj sezmadi, bu istilolar ayniqsa 



 

768 


ispan kumush konlarini bosib olinishi Rim davlatini  

o’z pul tizimini kumush bilan ta’minlash imkoniyatini 

yaratdi. Bu Rimda savdo, moliya-sudxo’rlik kapitalini 

rivojlanishiga turtki   bo’ldi. Rimda turli jamoat 

ishlarini,  provinsiyalarga  soliqlarni  ijaraga  olgan 

moliyachi tadbirkorlar paydo bo’ldi. 

Ma’lumotli  qullar  yoki  malakali  qullar 

(o’qituvchi, aktyor, oshpaz, raqqosalar)ni bahosi juda 

baland turar edi. 

Italiya  qishloq  xo’jaligi  mamlakati  bo’lib 

qolaverdi, qullar asosan qishloq xo’jaligida ishlatildi, 

qullar  asosan  qishloq  xo’jaligida  tog’-kon, 

metallurgiya va qurilishda foydalanila boshlandi. 

Bosib olingan hududlar tepasida pretor yoki 

konsullar turgan Sitsiliya, Sardiniya, Yaqin va Uzoq 

Ispaniya provinsiyalari tashkil qilindi. Rimda konsul, 

pretor  lavozimlarini  egallagan  zodagonlar  keyin 

provinsiyalarga  noib  bo’lar  edilar.  Noiblar 

provinsiyalarda harbiy va sud hokimiyatini o’z 

qo’llariga  to’pladilar.  Provinsiyalar  noibni,  uni 

amaldorlari  va  qo’shinlarini  moddiy  jihatdan 

ta’minlashi kerak edi. Noiblar o’z mansablarini 

suiste’mol qilib, shaxsiy boylik orttirish uchun 

provinsiyalarini talon – taroj qildilar. Shu sababli 

er.avv. 149 yil Rimda provinsiya noiblarining talon 

tarojlariga, suiste’mollariga qarshi senator trubinallari 

tashkil qilindi. Bu maxsus sudlarga provinsiyalarning 

noiblaridan jabr tortgan kishilari murojaat qilishi 



 

769 


mumkin edi. Provintsiyalar aholisi uchun yana bir 

kulfat  bu  Rimliklarning  soliq  to’lashdagi 

tovlamachiliklari bo’ldi. Rim noiblari soliq yig’ish 

huquqini xususiy kishilar “publikanlarga” topshirdilar. 

Ular soliq summasini ma’lum bir miqdorda Rimga 

to’lab, keyin uni mahalliy aholidan bir necha barobar 

ko’paytirib yig’ib oldilar. Bu kishilar bilan asosan 

moliya  zodagonlari  bo’lgan  yangi  suvoriylar 

qatlamining vakillari shug’ullandi. 

Rim davlati bo’ysundirilgan xalqlarning yerlarini 

bir qismini tortib oldi. Oltin va kumush, tuz, tosh 

konlari va o’rmonlar Rim davlati ixtiyoriga o’tdi. 

Katta miqdordagi urush tovonlarini asirlarni qul qilib 

sotishdan kelgan daromadlar, harbiy o’ljalar Rimni 

nten  dunyoda  eng katta  moliyaviy markazga 

aylantirildi. 

Ayniqsa Rim respublikasida  nte hokimiyat egasi 

bo’lgan nobilitet yanada boyib ketdi. Nobillarni 

boyligining asosi bu yirik yer egaligi edi. Nobillar 

qo’shin qo’mondonlari yoki provinsiyalar noiblari 

sifatida katta miqdorda boylik to’pladilar. 

Er. avv. 218 yilda qabul qilingan alohida qonun 

bo’yicha senatorlar savdo va moliya ishlari bilan 

shug’illanishlari ta’qiqlab qo’yilgan edi. Shu sababli 

zodagon senatorlar ko’p miqdorda yer maydonlarini 

sotib oldilar, yirik xo’jaliklar tashkil qilib, qullar 

mehnatidan foydalanib,   yuqori daromad oldilar. 

Nobillarni iqtisodiy – siyosiy qudrati zodagonlarni 



 

770 


tashqi ko’rinishida ham   aks etdi; ular keng qizg’ish 

yo’lli tunuka va maxsus poyafzal kiyar, hamda 

qo’llariga maxsus  senator uzugini taqar edilar. Bu 

ularning Rim jamiyatining boshqa  qatlamlaridan 

ajratib turadigan ramziy belgi edi. 

Mashhur tarixchi yunon Polibiy Rimda birinchi 

marta  senatorlikni  qurib,  ularni  ulug’vorligidan 

hayratda qolgan edi. Polibiy senatorlarni podsholar 

bilan  tenglashtirdi.  Nobillar  “oddiy”  fuqarolarni 

davlatda  nte mansablarni egallashlariga, eng avvalo 

konsullik  mansabiga  yaqinlashtirmaslikga  harakat 

qilar edilar. Er. avv. 180 yilda qabul qilingan qonun 

nobillar  harakatlarining natijasi edi. Ushbu qonunga 

ko’ra Rim fuqarosi uchun  mansabga erishish o’n 

yillik harbiy xizmatdan so’ng, 28 yoshdan boshlanishi 

lozim edi. Dastlab kvestor, keyin kuril edili, shundan 

so’ng 40 yoshdan keyin pretorlikni olish mumkin edi 

va 43 yoshdagi shuhratparast rimlik fuqaro konsul  

mansabiga da’vo qilishi mumkin edi.  

Nobillar kam sonli ijtimoiy qatlam  bo’lishlariga 

qaramasdan  yuz  yillar  davomida  davlat 

hokimiyatining 

nte  mansablarini  faqat  o’zlari 

egallab turdilar. Ular mamlakat  miqyosida  o’z obro’-

e’tiborlarini kuchaytirish maqsadida Italiya munitsipiy 

boy zodagonlari  bilan yaqin aloqada bo’ldilar, 

o’zlariga  xizmat qiladigan ko’p sonli  klientlarni 

ushlab turdilar. Rim magistraturasiga faqat o’z 

toifalariga yaqin bo’lgan kishilarni qo’ydilar. Bir 


 

771 


necha patritsiy oilalari yuz yillar davomida  rimga 

senatorlar, konsullar, tsenzorlar va boshqa  nte 

mansabdorlarni   yetkazib  berar  edilar.  Oliy 

mansablarni egallash uchun zodagon oilalar bir – 

birlari bilan  ittifoq  tuzdilar,  bir  –  birlariga 

mansablarini egallash uchun saylovlarda yordam berar 

edilar. 

Rimning istilochilik urushlari davrida jamiyatning 

yangi imtiyozli tabaqasi suvoriylar paydo bo’ldi. 

Suvoriylar soliqlar yig’ish, qo’shin ta’minoti va 

sudxo’rlik ishlari bilan shug’ullanib boyib ketdilar. 

Qul mehnatiga asoslangan Rim zodagonlarining 

yirik pomest’e-latifundiyalari paydo bo’lishi bilan 

Italiyada qulchilik klassik shaklga kira boshladi. Yirik 

latufindiyalarni g’alla va boshqa mahsulot ishlab 

chiqadigan xo’jalikka aylanishi bilan minglab kichik 

yer egalari ular bilan raqobat qila olmay xonavayron 

bo’ldilar. Qullarning mehnati juda arzon, o’zlari esa 

qadrsiz edilar.  

Qul  mehnatidan  ommaviy tarzda  foydalanish, 

provinsiyalardan arzon g’allani keltirilishi  Italiya 

dehqon xo’jaligini izdan chiqardi. Dehqonlar g’alla 

o’rniga  uzum  va  zaytun  daraxtlarini  o’stira 

boshladilar. Bog’dorchilik, polis-sabzavotchilik keng 

rivojlandi. Vinochilik tez orada katta daromad keltira 

boshladi.  Dehqonlar  xonavayron  bo’lib  katta 

shaharlarga keta boshladilar va Rim hokimiyatidan 

1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling