Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Rimda siyosiy kurashning keskinlashuvi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet46/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53

Rimda siyosiy kurashning keskinlashuvi 

Er. avv. I asrda Italiyada ittifoqchilar urushi bo’lib 

o’tdi. Rimning Italiyalik ittifoqchilari rimliklar bilan 

birga harbiy xizmatning barcha majburiyatlarini o’tab 

bundan  hech  qanday  yengillik  foyda  olmadilar.  

Italiya aholisining turli toifalari Rim fuqaroligiga ega 

bo’lishga harakat qildilar. Dehqonlar yerga egalik 

qilish kafolatlariga muhtoj edilar. Yersiz dehqonlar va 

qo’shinda harbiy xizmat muddatini o’tagan veteranlar 

yer ulushi olish, shahar plepesi esa turli xayr-ehson,  

oziq-ovqat mahulotlarini tekin olish ilinjida edilar.  

Rim  davlati  respublikaning  I  asrlarida  

ittifoqchilarning  ancha qismiga Rimga ko’chib o’tib, 


 

792 


uni fuqarolari bo’lish huquqini berdi. Vaqt o’tishi 

bilan  bunday  imkoniyatlar  cheklandi.  Rimni 

o’rtayerdengizi  davlatiga  aylanishi  bilan  Italiya 

federatsiyasi kamroq rol o’ynadi. Rimda Italiya 

aholisiga past nazar bilan qarash an’anasi kuchaydi.   

Italiyadagi vaziyat juda keskin edi, yetarlicha 

siyosiy tajribaga ega bo’lgan nobillarning ba’zi bir 

vakillari norozilikni faqat o’z vaqtida o’tkarilgan 

islohotlar norozilikni oldini olish mumkin edi. Bu 

islohotlarni o’tkazish tashabbusi bilan er. avv. 91-

yilda tribun qilib saylangan optimat Kichik Liviy 

Duruz  chiqdi. U Rim fuqarolari va italiyaliklarni 

keng qatlamlariga suyangan holda senat obro’ini 

mustahkamlash, shu bilan bir  vaqtda  kuchayib 

ketayotgan  suvoriylarni  zaiflashtirish  maqsadini  

ko’zladi.  U quyidagi qonun loyihalarini taklif qildi: 1. 

Barcha italiyaliklarga fuqarolik huquqini berish; 2. 

Kampaniya  va Sitsiliyadagi  hali taqsimlanmagan 

jamoa yerlariga Rim fuqarolari koloniyalarini tashkil 

qilish; 3. Senatorlarning sud komissiyasiga provinsiya 

noiblari su’istemollari  to’g’risidagi ishlarni berish, 

shu bilan birga senatni 300 suvoriy bilan to’ldirish; 4. 

Eng kambag’al  fuqarolarga arzon non sotishni 

ko’paytirish. Birinchi punkt eng ko’p qarshilikka 

uchradi. Ittifoqchilar to’g’risidagi masala muhokama 

qilinadigan xalq kengashidan bir kun oldin Liviy Druz 

o’ldirildi. 


 

793 


Liviy Druzni o’ldirilganligi, uni qonun loyihasi rad 

etilganligi haqidagi xabar  Rimga qarshi ittifoqchilarni 

urushini keltirib chiqardi (er. avv. 91-88-yilllar).  Rim 

bu urushga bor kuchini to’pladi, eng yaxshi 

lashkarboshilar Gay Mariy, Lutsiy  Korneliy Sulla, 

Litsiniy Krass va hatto ozod qo’yilgan qullar ham 

safarbar qilindi. Urush davomida rimliklar yon 

berishga majbur bo’lib, Rim fuqaroligini barcha 

Italiyaliklarga va Rimga sodiq qolgan etrusk va 

umbrlarga berish to’g’risidagi qonun qabul qilindi, 

keyin esa ikki oy davomida qurolini topshiradigan 

qozg’olonchi  ittifoqchilarga  ham fuqarolik va’da 

qilindi. Faqat shundan keyingina qo’zg’olonchilar 

o’rtasida  ajralish  boshlandi.  Urushni  oxirigacha 

davom  ettirmoqchi  bo’lgan  mars  va  boshqa 

qabilalarning  shahar  va  qishloqlari  kultepaga 

aylantirildi.   Urush quyidagi asosiy natijalar bilan 

tugadi:  

-Rim rasmiy jihatdan ham jamoa davlat sifatida 

yashashni to’xtatdi; 

-Ittifoqchi  jamoalar  mahalliy  o’z-o’zini 

boshqaruvini saqlab qolgan yagona davlat tarkibiga 

kirgan shahar-munisipiylarga aylandi; 

-Munisipiylar ichki  qurilishda  Rim tartiblarini 

o’zlashtira oldilar. O’z-o’zini boshqaruvning bosh 

organi xalq yig’ini saylagan sobiq magistrantlar, 100 

dekurionlardan saylangan senat (kuriya) edi. Senat 


 

794 


a’zolari odatda boy shaharliklar, o’rta yer egalari-

quldorlar edi; 

-Italiyani Rim fuqaroligi bilan yagona davlatga 

birlashuvidan birinchi navbatda boy italiyaliklar foyda 

ko’rdilar, jumladan dekurionlar toifasi  shu vaqtdan 

boshlab hukmron  sinfning iqtisodiy va siyosiy 

jihatdan kuchli guruhi sifatida o’rin egallay boshladi; 

-Italiya  iqtisodiyotida  quldorlik  munosabatlari 

jamoalar aro  doiradan chiqib  yanada  ntensive 

rivojlana boshladi; 

-Asosan yersizlikdan azob  chekkan   Italiya 

dehqonlari veteranlar sifatida provinsiya  yerlarini 

egallash  imkoniga  ega  bo’ldilar.  Provinsiyalarda 

italiyalik savdogarlar, sudxo’rlar, ijarachilar hamda 

hunarmandlar keng faoliyat ko’rsata boshladilar. Eng 

kambag’al  italiyaliklar,  legionerlar  va  davlat 

yordamini oladigan Rim yo’qsillari safini to’ldirdilar; 

Rim fuqarolari sonini 400 mingdan  200 mln.gacha 

o’sishi ijtimoiy-toifaviy ziddiyatlarni tugatmadi, balki 

yanada kuchaytirdi. 

Ittifoqchilar urushida rimliklarning g’alabasi juda 

qimmatga tushdi.  Italiya shahar va qishloqlari vayron 

qilindi, juda ko’p qurbonliklar berildi. Iqtisodiy 

tushkunlik boshlanib, pul qadrsizlandi. Iqtisodiyotdagi 

tushkunlik  rim  jamiyatida  ijtimoiy  ziddiyatlarni 

keskinlashuvi bilan birgs bordi. Tashqi siyosatda bu 

vaqtda jiddiy muammolar tug’ildi.  Rim respublikasini 

og’ir vaziyatidan foydalangan Pont podshosi Mitridat 



 

795 


VI Yevpator  rimning Osiyodagi  provinsiyalariga 

bostirib kirdi. Er. avv. 88-yilda Rim chuqur ichki 

yo’qotishlar va qonli tashqi urushlar bag’riga kirdi. 

 

Tayanch iboralar 

138-132 yillarda Sitsiliyadagi qul Evnoy o’zini 

“Antiox” deb atadi,  Enna shahri davlat,  kilikiyalik  

qul Kleon,  kvestor Tiberiy Semproniy,  Tiberiy 

Semproniy Grakx,  500 yuger,  Tiberiyning kichik 

ukasi  Gay  Grakx,   119-yilda  agrar  komisiya,  

Numidiya podshosi Yugurta,   uyatli  “tinchlik” 

shartnomasi,  Gay Mariy,  tevtonlar,  kimvrlar,  konsul 

Papirey Karbon Noreya shahri yonida,  harbiy-siyosiy 

islohotlar ,   barcha fuqarolarni qo’shinga yollash,  

jamoa yerlari,  Liviy Druz,  Lutsiy  Korneliy Sulla, 

Litsiniy Krass ,  munisipiylar,  yersizlik,  fuqarolari 

soni,  ittifoqchilar urushi. 

 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

 

Каримов  И. А. Тарихий  хотирасиз  келажак 



йук. Тошкент 1998. 

 

Бойназаров  Ф. А. Кадимги  дунё  тарихи.  



Тошкент  2004. 

Аппиан. Гражданские войны. Л., 1935. 

Луций Анней Флор. Эпитомы, с. 115-123. 

Плутарх. Сравнителъныe жизнеописания, т. 3. 

Биографии Тиберия и Гая  

Гракхов. 



 

796 


Утченко  С. Л. Кризис  и  падение  Римской 

республики. М., 1965. 

Утченко С. Л. Политические учения Древнего 

Рима. М., 1977. 

Штаерман  Е. М.  Проблема  падения  Римской 

республики в советской  

историографии.-Вопросы истории, 1966, № 3. 

 

Asosiy sanalar 

Er. 


avv. 

138-132-yillar   

Sitsiliyada qullar 

qo’zg’oloni. 

Er. 

avv. 104-101-yillar   



Sitsiliyadagi 

yangi qullar qo’zg’oloni. 

Er. 

avv. 


133-yil    

Tiberiy Grakx xalq 

tribuni etib saylandi. 

Er. 


avv. 

133-yil    

Rimda agrar qonun 

loyihasi taklif qilindi. 

Er. 

avv. 


133-121-yillar    Rimda 

agrar 


harakat. 

Er. avv. 119-yil    

Rimda agrar komisiya 

faoliyati to’xtatildi 

Er. 

avv. 


111-105-yillarda   

Yugurta 


urushi. 

Er. 


avv. 105-102-yillar   

kimvrlar-tritonlar 

hujumi. 

Er. 


avv. 

191-88-yillar   

ittifoqchilar 

urushi. 


 

797 


Er. 

avv. 


88-yil    

Rimda 


fuqarolar 

urushi. 



 

Mustaqil ish mavzulari 

Tiberiy va Gay Grakxlarning  agrar islohotlari 

Gay Sallyustiy Krispning “Yugurta urushi” asari 

Er. avv. I asrdagi Italiyada ittifoqchilar urushi 

Gay Mariy  islohotlari va uning oqibatlari 

 

Reyting savollari 

1.II  asrda  Italiya  va 

Sitsiliyada qullarni soni 

nima  uchunb  keskin 

ko’paydi? 

Rimning  istilochilik 

urushlari uchun 

Rimning bosib olinishi 

uchun 

Italiya 


parokanda 

qilingani uchun 

fuqarolar 

sonini 


ko’paygani 

siyosatning  pasayishi 

uchun. 

2. Rim huquqi qullarni 



nima deb hisoblar edi? 

A)  buyum 

B) jonsiz perdmet 

S) mashina 

D) qora ishchi 

3. Qullar er. avv. 196-

195-yillarda  qayerda 

qo’zg’olon ko’tardilar ? 

A) Etruriyada 

B) Apuliyada 

S) Antiox 

D) Enna 


E) Surriya 

4. Qullar nechanchi yilda 

Atturiyada  qo`zg`olon 

ko`tardilar ? 

A) er. avv. 185 yilda 

B) er. avv. 138 yilda 

S) er. avv. 190 yilda 

D) er. avv. 187 yilda 

E) er. avv. 189 yilda 


 

798 


5.  Rim  jamiyati 

asoslarini  titratadigan  

urush  qullarning  urushi 

qachon bo`lgan 

A) er. avv. 138-132 yilda 

B) er. avv. 140-138 yilda 

S) er. avv. 128 – 125 

yilda 


D) er. avv. 170-168 yilda 

E) er. avv. 175 yilda. 

6. Er. avv. 138  -132 

yillar Sittsiyadagi Evnoy 

o`zini nima deb atadi ? 

A) Antiox 

B) Viriat 

S) Saffir 

D) shox 

E) arxando 

7.  Suriya  davlatini 

markazi qayer ? 

A) Enna 

B) Epir 


S) Eron 

D) Yunon 

8. 

Qullarning 



qo`zg`olonida 

kim 


boshchilik qildi ? 

A) Kleon 

B)Evnoy 

S) Grakx 

D) Gay Mariy 

E) Kimvrlar 

9.  Rim  qo`shinlari 

kimlar 


tomonidan 

yanchib tashlandi ? 

A) Kleon 

B) Grakx 

S) Evnoy 

D) Gay Mariy 

E) A va S 

10. Er. avv. 137 yilda 

kvestor 

Tiberiy 


Sempironiy  Grakxning 

diplomatic sanati tufayli 

kimlar qirib tashlandi ? 

A) rim qo`shinlari 

B) qullar 

S) shoxlar 

D) denqonlar 

E) hokim 

11.  Rim  va  Karfagen 

o`rtasida  necha  marta 

urush bo`ldi ? 

A) 3 marta 

B) 7 marta 

S) 2 marta 



 

799 


D) 5 marta 

E) 14 marta 

12. Rim fuqarolari sonini 

nechamingdan 

qanchagacha  o`sishi 

ijtimoiy 

toifaviy 

ziddiyatlarni tugatmadi ? 

A) 400 mingdan 200 mln 

B) 600 mingdan 300 mln 

S) 100 mingdan 1 mln 

D) 500mingdan  2 mln 

E) 300 mingdan 6 mln 

13. Er. avv. 107 – yilda 

konsul  boshchiligidagi 

rim qo`shini qanday yo`q 

qilindi ? 

A) pistirmaga 

B)  noqonuniy  ishlari 

bilan 


S) asir olinib 

D) dorga osilib 

E) aldanib 

14. Rim senati kimning 

tashabbusi bilan harbiy-

siyosiy 


islohotlar 

o’tkazdi? 

A) konsul Gay Mariy 

B) Polibiy 

S) Tarkviniy Mag’rur 

D) Tarent 

E) Romul 

15.  Qachon  Sekstiy 

Akva  yonidagi  jangda 

rimliklardan yengildi. 

A) er. avv. 102-yilda 

B) er. avv. 101-yilda 

S) er. avv. 130-yilda 

D) er. avv. 120-yilda 

E) er. avv. 107-yilda 

16.  Er. avv.  163-yilda 

Populyarivis  optimatlar 

atamasini  birinchi  bor 

kim ishlatdi? 

A) Sitseron 

B) Tarent 

S) Polibey 

D) Romul 

E) Gay Mariy 

17.  Er. avv.  109-yilda 

Numidiyadagi  Sutule 

yaqinidagi 

jangda 


Yugurta kimlarni tor-

mor qildi? 

A) rimliklarni 

B) yunonlarni 

S) forslarni 


 

800 


D) gallarni 

E) Afrikani 

18.  Er. avv.  109-yilda 

Mavritaniya  podshosi 

kim edi? 

A) Bokx 


B) Tarkviniy Mag’rur 

S) Tarent 

D) Polibey 

E) Romul 

19. Yugurta qayerga qatl 

qilindi? 

A) Rimda 

B) Osiyoda 

S) Afrikada 

D) Bobilda 

E) Epeyda 

20.  Kimvrlar  va 

tevtonlar dastlab qayerda 

yashar edilar? 

A)  Yatlandiya  yarim 

orolida 


B) Bolqon yarim orolida 

S) 


Bolqon, 

Yunonistonda 

D) Afrikada 

E)  Italiyadagi  Vertsella 

shahrida 

21.  Er.  avv.  88-yilda 

Pont  podshosi  kim 

bo’lgan? 

A) Mitridat 

B) Tarent 

S) Romul 

D) Gay Mariy 

E) Yugurta 

22.  Er. avv.  133-yilda 

xalq  tribuni  lavozimiga 

kim saylangan? 

A) Tiberiy Grakx 

B) Gay Grakx 

S) Attal 

D) Tiberiy 

E) Romul 

23.  Kvestor  iberlarni 

talabi  bilan  rimliklarni 

qayerga olib chiqdi? 

A) Ispaniyaga 

B) Eronga 

S) Bobilga 

D) Yunonistonga 

E) Afrikaga 

24.  Nechanchi  yilda 

konsul  boshchiligidagi 

Rim 


qo’shini 

 

801 


Akvitaniyada  pistirmaga 

tushib to’la yo’q qilindi? 

A) er. avv. 107-yil 

B) er. avv. 109-yilda 

S) er. avv. 110-yilda 

D) er. avv. 111-yilda 

E) er. avv. 112-yilda 

25.  Er. avv.  102-yilda 

janglarda 

qancha  


german  askarlari  halok 

bo’lgan? 

A) 150-200 ming 

B) 200-300 ming 

S) 300-350 ming 

D) 100-500 ming 

E) 50-75 ming 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 Rim respublikasining ijtimoiy-siyosiy 



tushkunligi va  

respublikaning qulashi 

 

 

Rim respublikasini tushkunligi 

Rim respublikasi tuzumining tushkunligi siyosiy 

hayotining o’zgarishida yaqqol  ko’rindi. Alohida 

shaxslar butun butun guruhlarning siyosiy faoliyatini 

asosiy maqsadi hokimiyat yoki boylikka erishish edi.  

Pretor yoki konsul mansabini egallash uchun 

shahar kambag’allarining ovozi asosiy rol o’ynar edi. 



 

802 


Shu sababli uni o’z tomonlariga ag’darish uchun non, 

vino yoki moy tarqatish bilan ko’p xarajat talab 

qiladigan o’yinlar, bayramlar uyushtirilar edi. Hatto 

saylovlarda bevosita saylovchilarning ovozi sotib 

olinardi.  

Nomzodlar va saylovchilar o’rtasida vositachilar 

bo’lib, ular nomzod hamyonidan saylovchilarga pul 

va  non  tarqatar  edilar.  Saylovlarga  oldindan 

tayyorgarlik ko’rilib tanish bilishlar, obro’-etiborli 

kishilar jalb qilinar edi.  

Nomzodlar  saylovlar  kompaniyasi  davrida  

o’zlariga ittifoqchilar izlab, turli xil kelishuvlar va 

murosalarga kelar edilar. Siyosiy kurash nutqlar 

so’zlash, brashyuralar tarqatish va sud davolari bilan 

amalgam oshirilar edi. Siyosiy raqiblarga qarshi turli 

xil sud jarayonlari qo’zg’atilar edi va siyosiy raqib 

turli yo’llar bilan obro’sizlantirilar edi. 

Rim respublikasining so’ngi davrida pora berish, 

korrupsiya,  ma’naviy buzuqlik imperiya ijtimoiy 

hayotining aynishidan dalolat berar edi. Nobillar, 

suvoriylarga shaharning quyi tabaqalari o’z ovozlarini 

saylovlarda sotishlari odatiy hol bo’lib qoldi. Hatto 

Rimning tashqi dushmandlari ham Rim lashkarboshi 

va siyosatchilarini sotib olishga muvoffaq bo’ldilar. 

Numidiya  podshosi  Yugurta  Rimdagi  poraxo’rlik  

to’g’risida mashhur so’zini aytgan edi: “Rim sotqin 

shahar kimki uni sotib olishni istasa unga albatta 

erishadi.”. Misr podshosi Ptolomey Avlet taxtga o’z 



 

803 


huquqini tan olinishi uchun Sezar va Pompeyga 6000 

talant berdi. Suriyadagi noyib Avl Gabili Ptolomeyni 

taxtga  chiqarish  uchun  10000  talant  to’ladi. 

Korrupsiya rim sudini ham chetlab o’tmadi. Rimliklar 

Rimda er. avv. 74 yildagi shov – shuvga aylangan sud 

ishini uzoq vaqt eslab yurdilar. Sudyalarning biri 

boshqa sudyalarga taqsimlab berish uchun ayblovchi 

va ayblanovchidan ham pora olgan edi.  



 

Rim respublikasi hukmronligining so’nggi yarmi 

asrida  sudxo’rlik  kapitali  moliyachilar  va 

bankirlarning soni ko’paydi. Sudxo’rlik bilan nafaqat 

suvoriylar, balki rasmiy taqiqlangan bo’lsa ham 

senatorlar  ham  boshqalar  vositachiligida 

shug’ullandilar. Rimga qaram bo’lgan butun jamoalar, 

shaharlar hatto podsholiklar amalda moliyachilar va 

sudxo’rlar bilan birgalikda mahalliy aholini talar 

edilar. Rimda provinsiyalar noiblarining va boshqa 

mansabdor  shaxslarning suiste’mollariga oid sud 

ishlari odatdagi hol bo’lib qoldi. Provinsiyalarni talab 

boyib qaytgan noiblar to’g’risida “Rimdan boy 

provinsiyaga  qashshoq  bo’lib  ketdi,  qashshoq 

provinsiyadan boy bo’lib qaytdi” degan ibora tez – tez 

ishlatiladigan  bo’ldi.  Provinsiyalarning  talanishi, 

muvaffaqiyatli moliya operatsiyalari natijasida Rimda 

juda katta boylik to’plandi. Rimliklarning oldingi 

ajdodlari bunday boylikni tushlarida ham ko’rmagan 

edilar. Bu hali chegara emas edi. Mashhur patritsiy 

Lukulning boyligi 100 million sestertsiyga, Krassning 


 

804 


boyligi 200 million  sestretsiyga  baholanar  edi. 

Mashhur notiq va siyosiy arbob Sitseron 100 ming 

sestertsiy boylikni ko’rmagan edi. U hali chegara 

emas edi. 100 ming sestertsiy daromad qilmagan 

kishini boy deb hisoblamas edilar. Juda katta boylikka 

ega bo’lish bilan birga Rimda juda ko’p zodagonlar 

qarzga botgan edi. Qarz majburiyatlarining o’sishi 

narx navoning tez o’sib ketishiga siyosiy vaziyatning 

barqarorlashuviga olib keldi. Rim zodagonlari siyosiy 

arboblari jamoa oldida obro’ysizlanmaslik uchun juda 

katta sarf xarajat qilishga majbur edilar. Oila ham 

patriarxal ahamiyatini yo’qotdi. Ayollar endi yer 

hokimiyatidan  chiqa  boshladilar.  Nikoh  ko’p 

holatlarda  siyosiy  maqsadlarni  ko’zlab  tuzila 

boshlandi. Ayollarning o’z erlariga nisbatan xiyonati, 

buzuqligi  odatdagi  hol  bo’lib  qoldi. Qulchilik 

munosabatlarida ham bir qancha o’zgarishlar ro’y 

berdi. Er. avv. I asrning I yarmidan boshlab ba’zi 

qullar ozod qilina boshlandi. 

 

Sulla diktaturasini o’rnatilishi. Spartak 



boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni 

Rim  respublikasi  er.  avv.  80-yil  boshlarida  

Italiyada ittifoqchilik urushlari tugaganidan keyin 

moliyaviy tushkunlik,  hunar va savdo degradatsiyasi 

va ichki siyosiy beqarorlik holatida edi. Shu bilan bir 

vaqtda Pont podshosi Mitridat VI ni kichik Osiyo va 

Bolqon yarimorolini bosib olishi Rimni sharqda urush 


 

805 


boshlashiga chaqiriq bo’ldi. Mitridat mashhur shaxs 

bo’lib, baland bo’yli juda katta jismoniy kuchga ega 

bo’lgan, 22 tilni bilgan har tomonlama ma’lumotli 

kishi edi. U Bosfor, Kolxida, Kichik Armanistonni 

bosib olib, rimliklarni Kichik Osiyo mulklariga 

bostirib kirdi. Mahalliy aholi uni xaloskor sifatida 

kutib oldi. Kichik Osiyoning barcha shaharlarida 

uning topshirig’i bilan bir kunda 30 ming rimlik 

o’ldirildi.   Mitriditga qarshi urushda qo’shinga 

qo’mondonlik qilish uchun birdaniga ikki sarkarda 

optimatlar yetakchisi er. avv. 80-yilda konsul bo’lgan 

50 yoshli Lutsiy Korneliy Sulla va populyarlarning 

o’tmishdagi ittifoqchisi olti marta konsul bo’lgan 

shuhratparast 68 yoshli keksa Gay Mariy da’vogar 

bo’ldilar.  

Rim  qo’shiniga  qo’mondonlik  qilish  senat 

tomonidan Sullaga topshirildi, Rimda xalq yig’ini 

Sullani  chetlatib,  sharqqa  yurishga  Mariyni 

qo’mondon qilib tayinladi. Shu vaqtda janubiy 

Italiyada turgan g’ayratli Sulla  o’z qo’shinlariga juda 

katta va’dalar berib, Rimga yurish qildi. Rim o’zining 

ko’p asrlik tarixi davomida birinchi bor rimlik 

qo’shinlar tomonidan jang bilan egallandi. Mariy 

Afrikaga yashirinishga majbur bo’ldi.  

Sulla o’z qo’shini bilan Yunonistonga yurish qilib, 

Mitridat qo’shinlarini tor-mor qildi. Shu vaqtda 

Rimda to’ntarish sodir bo’lib,  hokimiyatni yettinchi 

marta konsul qilib saylangan Gay Mariy va 4 marta 



 

806 


konsul bo’lgan tsinna egalladilar Tez orada Mariy 

bezgak kasalligidan vafot etdi. Sulla er. avv. 83-yilda 

o’z qo’shini bilan janubiy Italiyaga kelib tushdi. 

Fuqarolar urushining yangi davri boshlandi. Bu urush 

Sullaning g’alabasi bilan tugadi, u yana jang bilan 

Rimga kirib, o’z diktaturasini o’rnatdi. Sulla o’zining 

raqiblarini bartaraf qilish uchun proskripsiya deb 

nomlangan tadbirni amalga oshirdi. Sulla tomonidan 

tuzilgan kishilarni alohida ro’yxati shunday deb atalar 

edi. Kim bu ro’yxatga tushgan bo’lsa qonundan 

tashqari e’lon qilinib, har qanday kishi uni o’ldirishi 

hatto bu uchun mukofot olishi mumkin edi. Shu yo’l 

bilan 100 senator va 2500 suvoriy o’ldirildi va ularni 

mulki musodara qilindi. Sulla   xalq tribunlari 

hokimiyatini cheklaydigan qator qonunlar qabul qildi,  

bepul non tarqatishni bekor qildi, qarz foizlarini 

chekladi hamda er. avv. 241-yilda bekor qilingan 

senturiy komisiyalarini qayta tikladi. Senat tarkibiga 

Sulla o’z tarafdorlaridan bo’lgan 300 yangi a’zoni 

kiritdi. Diktator plebey tribunlari va komisiyalarining 

qonunchilik hokimiyatini bekor qilib, bu vakolatni 

senatga berdi. Lekin tez orada er. avv. 79-yilda 

ko’plar uchun kutilmagan holda Sulla diktatorlik 

vakolatini  o’zidan  soqit  qilib,  hokimiyatdan 

chetlashdi.  Sobiq  dictator  baliqchilik  bilan 

shug’ullanib, “Memuarlar” yozdi. Er. avv. 78-yilda u 

60 yoshida miyasiga qon quyilishi oqibatida vafot 

etdi. Sulla konstitutsiyasi yana 8 yil yashadi.  



 

807 


Sertoriy qo’zg’oloni  senatning  Gney  Pompey 

boshchiligidagi qo’shinlari bilan bostirildi. 

Shu vaqtda Italiyani Spartak rahbarligidagi misli 

ko’rilmagan qullar qo’zg’oloni qalqitib yubordi (er. 

avv. 74-71-yillar). Spartak kelib chiqishi Frakiyadan 

bo’lib Rim yordamchi qo’shinlarida xizmat qilgan va 

dezerterligi  uchun qullikka sotiladi. U Kapuya 

shahrida  fuqaro  Lentul  Batiatning  gladiatorlar 

maktabida  gladiator  edi.  Boshda  Spartak 

qo’zg’oloniga  ahamiyat  berilmadi.  Sarkardalik 

qobiliyatiga ega bo’lgan shijoatli  Spartak tez orada 

o’z qo’l ostida qullardan tuzilgan 120 ming kishilik 

qo’shin to’pladi. Bir necha bor rimliklar ustidan 

g’alaba qildi, ayniqsa shimoliy Italiyadagi Mutina 

shahri yonida Spartak yaxshi qurollangan ikki konsul 

boshchilik qilgan Rim qo’shinlarini tor-mor qildi. Bu 

hol Rimni vahimaga tushirib qo’ydi.    

Senat   er. avv. 72-yilda Spartakka qarshi qo’shinga 

boshchilik qilishni  favqulodda vakolatlar bilan eng 

boy quldor Mark Krassga topshirdi. Spartak tezlik 

bilan Rimni chetlab o’tib Italiyaning janubiga yurish 

qildi. Farazlarga ko’ra Spartak Sitsiliyaga o’tishga 

harakat qiladi. Spartakni Sitsiliyaga o’tishida kemalar 

bilan ta’minlashga va’da bergan dengiz qaroqchilari 

Piratlar  uni  aldadilar.  Qullar  qo’shini  Bruttiya 

viloyatiga qamalib qoldilar, Krass bu yerda 52,5 

km.lik uzunlikdagi okop qazishga buyruq berdi. 

Spartak  qo’shinlari   rimliklarning  bu  to’siqlarini  



 

808 


buzib o’tib, Burundiziga qarab harakat qildilar.  Tez 

orada Spartak qo’shinlaridan bir necha qismlar ajralib 

ketdilar. Bu Spartakning kuchini zaiflashtirdi. Krass  

qullar qo’shinini taqib ostiga olib, ularni orqasidan 

izma-iz yurdi. Apuliya viloyatida Krass va Spartak 

qo’shinlari o’rtasida hal qiluvchi jang bo’ldi. Jang 

boshlanishida Spartakka otini minishga hozirladilar, 

lekin u qilichini sug’urib otni o’ldirdi. Spartak g’alaba 

qilgan taqdirda eng yaxshi otlarga ega bo’lishi 

mumkinligi, yengilgan taqdirda hech qanday ot kerak 

emasligini aytdi. Jang juda shafqatsiz bo’lib, rimliklar 

g’alaba qildilar. Spartak va minglab qullar bu jangda 

qahramonona halok bo’ldilar. Uch yil davom etgan 

qullar qo’zg’oloni bostirildi, 6 ming qul Kapuyadan 

Rimga boradigan yo’lda hochga mixlandi.   


Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling