Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Pompeyning sharq yurishlari. Birinchi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet47/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53

 

Pompeyning sharq yurishlari. Birinchi 

triumvirat 

Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni bilan bir 

vaqtda Mitridat bilan (er. avv. 74-64-yillar) yangi 

urush boshlandi. Mitridat haqiqiy sharq despoti bo’lib, 

o’z onasi, ukasi,  o’zi bilan nikohda bo’lgan 

singillarini, 3 o’g’li va 3 qizini o’limiga aybdor edi. U 

300 ming kishilik qo’shinga, 400 kemadan iborat 

kuchli flotga ega edi. Dastlab Rim qo’shinlariga 

tajribali sarkarda Likulli boshchilik qilib bir qancha 

yutuqlarga erishdi, lekin Mitridatni yenga olmadi. 

Bundan tashqari u qattiqqo’lligi bilan legionerlarning 


 

809 


noroziligini tug’dirdi. Shunda senatning irodasiga 

qarshi xalq yig’ini sharqda qo’mondonlikni Gney 

Pompeyga topshirdi.  

Gney Pompey Sulla davrida tanilib, fuqarolar 

urushi davrida Sullani qo’llagan edi. Keyin esa uni 

Spartakka  qarshi  Krass  qo’shiniga  yordamga 

yubordilar. Er. avv. 70-yilda Pompey va Krass konsul 

etib saylandilar, Krass ovatsiya (piyoda triumf)da, 

Pompey triumfga sazovor bo’ldi, Pompey qo’shinlari 

rag’batlantirildi.  Pompey   o’rtayerdengizi 

qirg’oqlarini talagan dengiz qaroqchilarini tugatib, 

Rimda katta obro’ga ega bo’ldi.  

G’ayratli sarkarda Pont podshosini tor-mor qilib, 

Armanistonni  vassal davlatga aylantirdi.  Pompey 

Bosfor podsholigida Mitridatga qarshi qo’zg’olon 

uyushtirib uni o’zini o’ldirishiga majbur qildi hamda 

Suriya va Yahudiyani istilo qildi. Kichik Osiyoda Rim 

hokimiyatini qayta tikladi. Urushdan keyin Rimda 

uning sharafiga zafar (triunf)uyushtirildi va Pompey 

sharqda 22 podsho ustidan g’alaba qildi, 12 mln. 

kishini bo’ysundirdi, 1538 shahar va qal’alarni istilo 

qildi deb e’lon qilindi. Pompeyning sharq yurishi ellin 

sharqi  mamlakatlarini  Misrdan  tashqari  Rimga 

bo’ysundirishni tugalladi.  

Pompey Rimga qaytgan paytda qarzlarni bekor 

qilish va davlat to’ntarishi amalga oshirish maqsadi 

bo’lgan qarzga botgan patritsiy Lutsiy Sergiy Katilina 

boshchili  qilgan  harakatning  fitnasi  bostirildi. 



 

810 


Etruriyada Katilina va uning uch ming kishilik 

tarafdorlari shafqatsiz jangda o’ldirildi.  

Katilina fitnasidan tez o’tmay Rimda siyosiy 

hokimiyat I triumviratni (er. avv. 60-yil “Uch erkak 

ittifoqi”) tashkil  etgan uch taniqli siyosiy arbob 

Pompey, Krass va Sezar qo’liga o’tdi.  

Gay Yuliy Sezar (er. avv. 100-yilda tug’ilgan) bu 

vaqtda Krass va Pompey kabi obro’ga ega emas edi. 

Lekin u shuhratparast, shijoatli bo’lgani uchun tez 

orada I triumviratning amaldagi rahbari bo’ldi, 

bundan tashqari u er. avv. 59-yilda kelishuviga binoan 

konsul qilib saylandi. Tsezar  agrar  qonun loyihasini 

amalga oshirdi, natijada Pompeyning sobiq jangchi-

veteranlari yer ulushlariga ega bo’ldilar.  

Tsezar hokimiyat uchun kurashda shahar va 

qishloq plebsi, uning mustahkam tayanchi bo’lib 

xizmat qila olmasligini tushunar edi. Buning uchun 

yaxshi qurollangan sadoqatli qo’shin kerak edi. Bu 

qo’shinni  tashkil  qilish  uchun  katta  miqdorda  

mablag’  topish  maqsadida  Tsezar  Galliya 

provinsiyasiga 5 yil noiblik lavozimini olishga erishdi.  

Lekin Galliya hali  Rimga  tobe emas edi. Senat 

Galliyani  bo’ysundirish  uchun  Tsezarga  qo’shin 

to’plashga ruxsat berdi. Galliyani istilo qilish yeti yil 

davom  etdi.  Boshda  Tsezar  gelvet  (hozirgi 

Shvetsariya hududida yashovchi) qabilasiga qarshi, 

keyin esa german qabilalaridan bo’lgan Ariovis 

boshchiligidagi svevlarga qarshi ularni harakatlarini 



 

811 


olib bordi. Nihoyat belg qabilalri bilan keskin 

kurashdan keyin Galliya bo’ysundirildi va er. avv. 57-

yilda Rim provinsiyasi deb e’lon qilindi. Er. avv. 56-

yil bahor oyida Tsezarning Galliyadagi vakolati yana 

5 yilga uzaytirildi. Tsezar er. avv. 55-yilda german 

qabilalariga qarshi Reyn ortiga, er. avv. 54-yilda esa 

Britaniyaga yurish qildi. 

Lekin er. avv. 54-yilda buyuk gall qo’zg’oloni yuz 

berdi. Bu qo’zg’olon arvern qabilalari tashabbusi 

bilan boshlanib, qo’zg’olonga qobiliyatli yo’lboshchi 

Versingetorik boshchilik qildi. Rimliklar juda qiyin 

ahvolga tushib qoldilar. Sezarda 60 ming qo’shin, 

qo’zg’olonchilarda 300 ming kishi bor edi. Faqat 

Tsezarning harbiy, tashkilotchilik qobiliyati, uning 

diplomatic san’ati, qo’zg’olonchilar ichida o’zaro 

kelishmovchiliklar kelib chiqishiga olib keldi, natijada 

rimliklar bu qo’zg’olonni bostirdilar. Qo’zg’olonning 

so’ngi o’choqlari er. avv. 51-yilda tugatildi.   

Galliya istilosi natijalari ulkan edi. Sezar 300 

qabilani bo’ysundirdi, 800 shaharni qamal qilib oldi, 1 

mln. kishini asir oldi. Rimliklar qo’liga ulkan 

miqdorda o’lja tushdi: Rimda oltin qadoqlab sotildi va 

uning bahosi juda pastga tushib ketdi. Bularni 

hammasi  Rimda  Sezarni  obro’-e’tiborini  oshirib 

yubordi.  

Galliyada  urush  harakatlari  tugamasdan  I 

triumvirat amalda tugadi. Krass Parfiyaga yurish 

vaqtida yengilib halok bo’ldi. Tsezarning yutuqlari va 



 

812 


obro’-e’tiborining oshib ketishi u bilan Pompey 

orasidagi munosabatlarda keskinlik va dushmanlikka 

sabab bo’ldi. Galliyada Sezarning vakolati tugadi, u 

o’z qo’shinini tarqatishi lozim edi. Lekin u qo’shinni 

tarqatmadi. Sezarning kuchli  qo’shinidan qo’rqib 

qolgan senat uni vatan dushmani deb e’lon qildi. 

Uning raqibi Pompeyga Italiyada qo’shin to’plab, 

Sezarga qarshi chiqishga topshiriq berdi. 

Nozik  diplomat  va  uzoqni  ko’ra  oladigan 

siyosatchi bo’lgan Sezar Rimdagi vaziyatni kuzatib 

Galliya noibligi davridan boshlab katta miqdorda pora 

berish bilan o’z tarafdorlariga ega bo’lgan edi. Sezar 

Pompey qo’shinlarini kutib turmadi. U er. avv. 49-yil 

yanvarida shimoliy Italiyaning chegarasi   bo’lgan 

kichik Rubikon daryosidan o’tdi. Qonunga ko’ra bu 

daryodan o’tgan har qanday qurollangan qo’shin Rim 

dushmani deb hisoblanar edi. Aytishlaricha daryodan 

o’tish oldidan Sezar uzoq o’ylanib turib,  “qur’a 

tashlandi” deb xitob qiladi va qo’shinga daryodan 

o’tishga  buyruq  beradi.  Shimoliy  Italiyaning 

shaharlari  Sezar  qo’shinlariga  deyarli  qarshilik 

ko’rsatmadilar. Pompey qo’l  ostida jangovar qo’shin 

bo’lmaganligi uchun er. avv. 49-yil 17-yanvarida 

janubga qo’shin yig’ishga jo’nab ketdi.  Uning 

orqasidan vaximaga tushgan konsullar va senatning 

ko’pgina senatorlari qochib ketdilar.  

Sezar 3 marta Pompey bilan muzokaralar olib 

borishga urindi, lekin Pompey 17-martda o’ziga sodiq 



 

813 


qo’shin va tarafdorlari to’planayotgan Yunonistonga 

jo’nab ketdi. Sezar ikki oy davomida hech qanday qon 

to’kmasdan butun Italiyani  egalladi, U Rimga kirib  

5000 funt tilla va kumushdan ko’proq davlat 

xazinasini bosib oldi.  Sezar Rimda ko’p turmay 

Pompeyga sodiq yetti legion    turgan Ispaniyaga  

yurush qildi. Ispaniyada g’alaba qilib, Sezar Bolqon 

yarim oroliga o’tmoqchi edi. Ilerda shaharchasi 

yonida Sezar  dushman qo’shinlarini 2-avgustda tor-

mor qildi, shundan so’ng ikki ispan provinsiyasi Sezar 

tomoniga o’tdi. Hal qiluvchi jang er. avv. 48-yilda 

Yunonistondagi Farsal shahri yonida bo’lib o’tdi. 

Pompey qo’shinlari yengildi, o’zi esa Misrga qochib 

ketdi va u yerda xoinona o’ldirildi. 

Sezar Pompey orqasidan Misrga yurish qilib bu 

yerda  sulolaviy  kurashga  aralashib,  malika 

Kleopatrani hokimiyat uchun ukasiga qarshi kurashida 

yordam berdi. Oqibatda Iskandariyada Sezarga qarshi 

qo’zg’olon ko’tarildi, bu qo’zg’olonni Sezar zo’rg’a  

bostirdi. Shundan so’ng u sharqqa Mitridatning o’g’li 

Farnakga qarshi yurish qilishga majbur bo’ldi. Sezar 

bu yurishni juda qisqa  muddatda atigi 5 kunda 

amalga oshirdi  va bu to’g’risida senatga o’zining  

“Keldim, ko’rdim, yengdim” degan    mashhur 

maktubini yubordi.  

Pompeyning asosiy tarafdorlari endilikda Afrikada 

to’plandilar. Er. avv. 46-yilda Afrika provinsiyasining 

sharqiy qirg’og’idagi Tais shahri yonida katta jang 



 

814 


bo’lib, Pompey tarafdorlari to’la tor-mor etildilar. 

Shundan so’ng Sezar Numidiyani bo’ysundirdi. Er. 

avv.  46-yilda  u      Rimga  qaytdi  va  bu  yerda  Galliya,  

Misr, Pont va Numidiya ustidan g’alabalari sharafiga 

IV zafar triumfini bayram qildi. Lekin Pompeychilar 

bilan  kurash hali  tugamagan  edi.  Pompeyning 

o’g’illari Ispaniyada kuch to’pladilar. Munt yonida er. 

avv. 45-yilda Sezar o’zining raqiblari ustidan so’ngi 

g’alabasiga erishdi, jang juda qonli va keskin bo’ldi. 

Sezarning so’zi bo’yicha u birinchi bor g’alaba uchun 

emas  o’z hayoti uchun jang qildi.  

Fuqarolar urushi nihoyat tugadi.  Sezar ikkinchi 

bor Rimda senat tomonidan diktator deb e’lon qilindi 

(senat Sezarni Ispaniyada bo’lgan vaqtida birinchi 

marta  diktator deb e’lon qilgan edi), unga 5 yillik 

konsullik,  umrbod  tribun  hokimiyati,  saylov 

komisiyalarida o’z nomzodini tavsiya qilish huquqi 

hamda boshqa unvonlar va vakolatlar berildi. Sezar 

o’zining o’rinbosari (otliq qism boshlig’i) etib, 

diktator Rimda bo’lmagan paytda Rim  va Italiyani 

boshqargan Antoniyni tayinladi. Sezar er. avv. 44-

yilda beshinchi marta konsul lavozimini egalladi, 

umrbod diktator deb e’lon qilindi, u mutlaq 

hokimiyatga ega bo’ldi. Sezar podsho kiyimini kiyish 

huquqiga ega bo’ldi, uning nomi bilan qasamyod 

qildilar, unga xudo kabi sig’indilar. Uning tasviri 

tangalarda zarb qilindi, Sezar nomi bilan kvintiliy 

(iyul) oyi belgilandi. 



 

815 


 Sezar  Parfiyaga  qarshi  yurishga  tayyorlana 

boshladi, Rimda Parfiyani faqat podsho yengishi 

mumkin degan gap tarqaldi.   Sezarni   mutlaq 

hokimiyatga intilishi bir qancha senatorlar va xalqning 

noroziligiga olib keldi. Unga qarshi fitna uyushtirilib 

er. avv. 44-yil 15-martida senat kengashida Brut va 

Kassiy  boshchiligidagi  fitnachilar  tomonidan 

o’ldirildi. U 23 joyidan yaralanga bo’lib, uning  faqat 

bittasi o’limiga  sabab bo’ldi.      

 

Ikkinchi triumvirat. Respublikani qulashi 

Sezarni  o’ldirib  fitnachilar  o’zlarini  yo’qotib 

qo’ydilar. Brut va Kassiy shahardan qochishga majbur 

bo’ldilar.  Rimning amaldagi xo’jayini, Sezarning eng 

yaqin do’stlaridan biri  er. avv. 44-yildagi konsul 

Mark Antoniy bo’ldi. Antoniy Sezarning merosxo’ri 

sifatida marhumning uyidan uning arxivi, 100 mln. 

sestersiy miqdoridagi pul mablag’ini o’zlashtirib oldi. 

Sezarning dafn qilish marosimi dabdabali qilib 

o’tkazildi.  

Dafn  qilish  marosimi  arafasida  diktatorning 

vasiyatida  o’zini bosh merosxo’ri qilib, asrandi o’g’li, 

jiyani, 18 yoshli Gay Oktavian Furinni belgilagani 

ma’lum bo’ldi. Boshda Antoniy  Gay Yuliy Sezar 

Oktavianga   mensimasdan qaradi. Oktavian senat 

bilan vaqtinchalik ittifoq tuzdi. Respublika tarafdori 

bo’lgan mashhur notiq  va konsul Sitseron yangi tiran 



 

816 


Mark Antoniyga qarshi Oktavianni qo’llab-

quvvatladi.  

Fuqarolar urushining oxirgi bosqichi boshlandi. 

Senatning topshirig’i bilan Oktavian Mark Antoniyga 

qarshi urush boshladi. Er. avv. 43-yil aprelida Mutina 

yonidagi  jangda  Antoniy  yengildi.  Legionerlar 

Oktavianga imperator unvonini  berdilar, Antoniy esa   

respublika dushmani deb e’lon qilindi. Antoniy 

yengilgach senat g’alabani bayram qildi. Sitseron 

boshchiligidagi  senat  oligarxiyasi Oktavianni  o’z 

mutlaq hokimiyatini o’rnatishiga yo’l bermaslikka 

urindilar.  Oktavianni  konsul  bo’lishiga  qarshi 

chiqdilar  va  unga  qo’shinga  qo’mondonlikni 

topshirishga  buyruq  berdilar.  Oktavian  esa 

qo’mondonlikni topshirmadi, Antoniyni taqib qilmadi. 

Aksincha, Mark Antoniy va Sezar tarafdorlaridan 

bo’lgan Lepid bilan o’zaro shartnoma tuzdi. Ularning 

ittifoqi II triumvirat nomi bilan ma’lum. Bu ittifoq I 

triumviratdan farq qilgan holda xalq yig’inida rasmiy 

tasdiqlandi. Triumvirlar kelishuviga asosan Oktavian 

er. avv. 41-yil 19-avgustida  konsul etib saylandi.  

Italiyada  ular  o’zlariga  qarshi  bo’lgan  respublika  

tarafdorlarini taqib ostiga oldilar, e’lon qilingan 

proskripsiya  natijasida minglab  odamlar  birinchi 

navbatda taniqli respublikachi Sitseron halok bo’ldi.  

Shu vaqtda respublika tarafdorlari bo’lgan Brut va 

Kassiy Bolqon yarim orolida katta harbiy kuch 

to’pladilar. Er. avv. 42-yilda Makedoniyadagi Filipp 



 

817 


shahri yaqinida triumvirlar qo’shinlari bilan senat 

respublikasi tarafdorlari qo’shinlari o’rtasida jang 

bo’lib respublikachilar yengildilar.  

Respublikachilar  tor-mor  etilgach  triumvirlar 

o’rtasida provinsiyalar yangidan taqsimlandi: Antoniy 

Sharq, Galliya va Afrikani, Oktavian-g’arbni (uni 

mulklari markaziy Italiya bo’ldi) egalladi, Lepidga esa 

hech narsa qolmadi. Mark Antoniy Misrga jo’nab 

ketdi va u yerda malika Kleopatraga uylanib 

Makedoniyada  yashadi, mutlaq  hukmdor  sifatida 

Sharqdagi Rimning yer mulklariga egalik qildi. U  

Kleopatraning o’g’illariga qator provinsiyalarni hadya 

qildi. Oktavian esa Rimga qaytib Antoniyga qarshi 

zimdan  kuch  to’play  boshladi.  Tez  orada 

triumvirlardan  biri  Lepid Sitsiliyada hokimiyatni 

qo’lga olishga urindi, lekin uning qo’shinlari Oktavian 

tomoniga o’tdi. natijada Lepidning siyosiy faoliyati 

tugallandi. Lepid oliy pontific lavozimiga egta 

bo’lgani uchun Oktavian uni hayotini saqlab qoldi. 

Shundan so’ng Lepid Rimda hech qanday siyosatga 

aralashmay er. avv. 12-yiligacha yashab 77 yoshida 

vafot etdi. Italiya va uning atrofidagi hududlarida o’z 

hokimiyatini mustahkamlagan Oktavian   Antoniyga 

qarshi katta qo’shin to’pladi.  

Er. avv. 32-yilda rimliklar Misrga qarshi urush 

e’lon qildilar. Antoniy tarafdorlaridan tozalangan 

senat uni “respublika dushmani” deb e’lon qildi. 

Oktavian  250  jangovar  kemaga,  80  ming 



 

818 


legionerlardan iborat quruqlikdagi qo’shinga, Antoniy 

esa 100 ming piyoda askarga, 12 ming otliq va 500 

kemaga ega edi. Er. avv. 31-yil 2-sentyabrda Epir 

qirg’og’idagi Aksiy burni yonida  dengiz jangi bo’lib, 

bu jangda Antoniy floti yengildi. Er. avv. 30-yilda 

Oktavian Suriya va Misrga yurish qildi va hech 

qanday qarshiliksiz Iskandariya shahrini egalladi.  

Jangda yengilib, hokimiyatdan ajralgan Antoniy 

o’zini qilichga tashlab o’ldirdi. Kleopatra esa o’lim 

to’shagiga yotgan eriga o’zini o’ldirib uni orqasidan 

borishini va’da qildi. Ammo buning o’rniga u 

Oktavian bilan muzokaraga kirishib o’ziga foydali 

bo’lgan shartlar bilan taslim bo’lishga umid qildi. 

Faqat g’olib Oktavian uni oltin zanjir bilan kishanlab 

o’z zafar triunfida Rimga olib borish niyati borligini 

bilib qolib, o’zini o’zi o’ldirdi. Oktavianning buyrug’i 

bilan Sezar va Kleopatraning o’g’li Sezarion hamda 

Antoniyning Ful-viyadan bo’lgan katta o’g’li Antull 

o’ldirildi. Antoniyning qolgan 9 bolasi uning sobiq 

xotini Oktavia (Oktavianning singlisi) tomonidan 

tarbiyalashga olindi. Ptolemeylar sulolasi hukmronlik 

qilgan Misr Rim provinsiyasiga aylantirildi. Shu bilan 

Rimda fuqarolar urushining fojiali davri tugadi. 

Sezarning asrandi o’g’li Oktavian Rim o’rtayerdengizi 

davlatining yakka-yu yagona xo’jayini sifatida 43 yil 

hukmronlik qildi (er. avv. 30-yildan–eramizning 14-

yiligacha).      

 


 

819 


 

 

Tayanch iboralar 

 

Nobillar,  noyib Avl Gabili,  Sezar,  Sudxo’rlik,  



Pont podshosi Mitridat VI,  Bolqon yarimoroli, Lutsiy  

Korneliy Sulla,     Gay Mariy,  Mitridat qo’shinlari,  

plebey,   Gney Pompey,   Spartak,  Mutina shahri,  

Mark  Krass,   Pompey qo’shinlari,   Armaniston,  

Katilina fitnasi,  Galliya,  Parfiya,  Gay Oktavian 

Furin,  Antoniy,  Lepid,  Sitseron. 



 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

 

Каримов  И. А. Тарихий  хотирасиз  келажак 



йук. Тошкент 1998. 

 

Бойназаров  Ф. А. Кадимги  дунё  тарихи.  



Тошкент  2004. 

 

Веллей Патеркул. Римская история. 



 

Луций Анней Флор. Эпитомы, с. 123-162. 

 

Плутарх. Сравнительные  жизнеописания, т. 2, 



3. Биографии Катона,  

 

Цицерона, Антония, Брута, Гая Мария, Суллы, 



Красса, Помпея, Цезаря. 

 

Гай Саллюстий Крисп. Сочинения. М., 1981. 



 

Цицерон. Речи. В 2-х т. М., 1962. 

 

Цицерон. Диалоги. М., 1966. 



 

Цицерон. Письма. М., 1949-1951, т. 1-3. 

 

Коржева К. П. Восстание Спартака в советской 



историографии.-Вопросы  

 

820 


 

истории, 1974, № 10. 

 

Утченко С. Л. Цицерон и его время. М., 1972. 



 

Утченко С. Л. Юлий Цезарь. М., 1976. 



 

Asosiy sanalar 

Er.avv. 137 yillar   

Sitsiliyada 

Evnoy 


boshchiligidagi qullar qo’zg’aloni. 

Er.avv.123 yil    Tiberiy 

Grakxning 

er 


to’g’risidagi qonuni qayta  

      tiklandi. 

Er.avv.74-71 

yillar   Spartak  boshchiligidagi 

qullar qo’zg’aloni bo’ldi. 

Er.avv.59 yil    

Sezar konsul etib saylandi. 

Er.avv.31-yil     Oktavian  va  Antoniy 

o’rtasida Aksiy burni yonida hal  

     


qiluvchi 

jang 


bo’lib 

o’tdi. 


Er.avv.55-yil   

Krass va Pompey konsul 

etib saylandilar. 

Er.avv.82-yil   

Lutsiy 

Korneliy 



Er.avv.79-yil    

Sulla diktatorlik vazifasini 

o’zidan soqit qildi. 

 

Mustaqil ish mavzulari 

  Sitseron va uning davri 

 

Sulla diktaturasi va uning mohiyati 



  Rim respublikasi tushkunligining ijtimoiy-

iqtisodiy va siyosiy sabablari 

 

Er. avv.  60-yillarda Rimdagi siyosiy vaziyat 



 

821 


 

Reyting savollari

1.Er.avv. 137-132-

yillarda 

Evnoy 


boshchiligidagi  qullar 

qo’zg’oloni 

qaerda 

bo’lib o’tdi? 



A) Etruriyada 

B)  Tirren  dengizi 

bo’yida 

S) Sitsiliyada 

D) Rimda 

E) Kampaniyada 

2. Rimda “Er egaligi 

to’g’risida”gi qonunning 

qabul qilish talabi bilan 

kim chiqqan? 

A) Tiberiy Grakx 

B) Yuliy Sezar 

S) Oktavian Avgust 

D) Gay Grakx 

E)A va B 

3. 


Spartak 

boshchiligidagi  qullar 

qo’zg’oloni 

qachon 


bo’ldi? 

A) 


er.avv.74-71 

yillarda 

B) eramizning 70-

yillarda 

S) eramizning 69-

yillarda 

D)  eramizning  400 

yilida  


E) er.avv.137 yillarda 

4.Er.avv.  50-yillarda 

O’rtayer 

dengizida 

dengiz  qaroqchiligini 

tugatgan shaxs kim? 

A) Yuliy Sezar 

B) Oktavian Avgust 

S) Antoniy 

D) Pompey 

E) Krass 

5. Er.avv. 104 yilda 

Rimda  qanday  voqea 

sodir bo’ldi? 

A) qullar ozod etildi    

B) qullar qo’zg’oloni 

bo’ldi 

S) Rimga asos solindi 



D)  Kampaniyada 

Pompeyning  xujumi 

boshlandi 


 

822 


E)  Pompey  dictator 

deb e’lon qilindi 

6. 

Spartak 


qo’zg’olonini 

kim 


bostirdi? 

A) Krass 

B) Yuliy Sezar 

S) Gney Pompey 

D) Antoniy 

E) Oktavian 

7.  I  Triumvirat     (3  

erkak  ittifoqi)ni  kimlar 

tuzdi?  

A) Pompey, Antoniy, 

Sezar 

B)  Sezar,  Oktavian, 



Krass 

S)  Pompey,  Krass, 

Sezar 

D)  Krass,  Oktavian, 



Pompey 

E) 


Antoniy, 

Kleopatra, Sezar 

8.  Sezar  qachon 

konsul etib saylandi? 

A) er.avv. 74-yilda 

B) er.avv. 63 yilda 

S) er.avv. 59 yilda 

D) er.avv. 71 yilda 

E) er.avv. 70 yilda 

9. 


Sezar  

xokimiyatining  asosiy 

tayanchi… 

A) qo’shin edi. 

B)  provinsiyalarning 

noiblari edi. 

S) diktatorlar edi 

D) A va B 

E) B va S 

10.Yuliy 

Sezar 

qachon o’ldiriladi? 



A) er.avv.65 yilda 

B) er.avv.170 yilda 

S) er.avv.44 yilda 

D) er.avv. 69-yilda 

E) er.avv. 70-yilda 

11.Yuliy 

Sezar 

o’limidan so’ng uning 



vorisi? 

A) Gney Pompey 

B) Oktaviyan Avgust 

S) Antoniy  

D) Krass 

E) B va S 



 

823 


12.  Oktavian  va  

Antoniy  kimlarga 

qarshi chiqdi? 

A) Krassga qarshi 

B)  respublikachilarga 

qarshi 


S) 

monarxiya 

tarafdorlariga qarshi 

D) Pompeyga qarshi 

E)  A va S 

13.  Antoniy  Rim 

davlatining  qaysi 

qismini idora qilgan? 

A) shimoliy 

B) sharqiy 

S) janubiy-g’arbiy 

D) g’arbiy 

E) janubiy 

14.  Antoniy  va 

Oktavian  o’rtasidagi 

xal  qiluvchi  jang 

qaerda bo’lgan? 

A)  Tirren  daryosi 

bo’yida 

B) Kampaniyada 

S) Rimda 

D)  Aksiy  burni 

yonida 

E) Galliyada 



15.  “Rim  sotqin 

shahar   kimki  uni 

sotib  olishni  istasa 

albatta unga erishadi” 

degan  so’zlar  kimga 

tegishli? 

A) Yuliy Sezarga 

B) 


Numidiya 

podshosi Yugurtaga 

S)  Misr  malikasi  

Kleopatraga 

D) Krassga 

E) Pompeyga 

16.”Pekuliy”  nima? 

A)  qullarni  sotish 

huquqi   

B)   qullarga  chek 

erlar berish 

S)  qullardan  erlarni 

tortib olish 

D)  qullarni  ozod 

qilish 

E) A va B 



17.  Xrisogon  kim 

bo’lgan? 

A)  Sullaning  ozod 

qo’yilgan quli  



 

824 


B) Rim konsuli   

S) Rim senatori 

D) Sezarning raqibi 

   


E)diktator 

18.  “Rim  sotqin 

shahar,  kimki  uni 

sotib  olishni  istasa 

unga 

albatta 


erishadi”-bu  so’zlar 

muallifi kim? 

A) Yugurta 

B) Gay Mariy 

S) Sitseron 

D) Polibey  

E) Romul 

19. Rimda qachondan 

boshlab  qullar  ozod 

qilina boshlandi? 

A) er. avv. I asrning I 

yarmidan 

B) er. avv. II asrning 

II yarmidan 

S) er. avv. IV asrning 

I yarmidan 

D) er. avv. IV asrning 

II yarmidan 

E) er. avv. V asrning I 

yarmidan 

20.  80-yilda  Pont 

podshosi 

kim 

bo’lgan? 



A) Mitridat V 

B) Yugurta 

S) Gay Mariy 

D) Sitseron 

E) Polibey 

21.  Mitridat  qanday 

kishi? 

A) 22 tilni bilgan, har 



tomonlama 

ma’lumotli, ma’rifatli 

kishi 

B) manfaatdor kishi 



S) fitnachi 

D) xiyonatkor kishi 

E) o’g’ri 

22. Er. avv. 83-yilda 

Sulla  o’z  qo’shini 

bilan  qayerga  yurish 

qildi? 

A) Yunonistonga 



B) Istambulga 

S) Eronga 

D) Bobilga 


 

825 


E) Sirakuzaga 

23. Er. avv. 32-yilda 

rimliklar 

qaysi 


davlatga qarshi urush 

e’lon qildi? 

A) Misr 

B) Afrika 

S) Bobil 

D) Eron 


E) Yunoniston 

24. Er. avv. 44-yilda 

konsul kim edi? 

A) Mark Antoniy 

B) Sezar 

S) Gay Mariy 

D) Yugurta 

E) Mitridat 

25. Er. avv. 43-

yilning 


aprelida  

rimliklar bilan Latina 

yonidagi  jangda  kim 

yengildi? 

A) Antoniy 

B) Sezar 

S) Tarent 

D) Mitridat 

E) Gay Mariy 

26. Er. avv. 30-yilda 

Oktavian  qayerga 

yurish qildi? 

A) Rimga 

B) Suriyaga 

S) Misrga 

D) Bobilga 

E) Afinaga 

27. Er. avv. 60-

yillarda   Bosfor 

podshosi  Mitridat 

qo’shinlarini  yengib, 

Armanistonni  vassal 

davlatga  aylantirgan 

Rim sarkardasi kim? 

A) Pompey 

B) Sezar 

S) Gay Mariy 

D) Katilina 

E) to’g’ri javob yo’q 

28. Galliyada 300 ta 

qabilani 

bo’ysundirgan,  800 

shaharni  qamal  qilib 

olgan, 1 mln. kishini 

asir  olgan  rimlik 

sarkarda kim? 

A) Yuliy Sezar 


 

826 


B) Gney Pompey 

S) Gay Mariy 

D) Konstantin 

E) Adrian 

29.  Parfiyaga  qarshi 

yurishga  tayyorgarlik 

davrida fitna qurboni 

bo’lgan 


rimlik 

sarkardani ayting? 

A) Yuliy Sezar 

B) Gney Pompey 

S) Trayan 

D) Arkadiy 

E) Tatsit 

30. 


Oktavian 

nechanchi 

yilda 

Misrga  qarshi  urush 



e’lon qildi? 

A) er. avv. 32-yilda 

B) er. avv. 31-yilda 

S) er. avv. 30-yilda 

D) er. avv. 29-yilda 

E) er. avv. 34-yilda 

31. Er. avv. 55-yilda 

Rimda  konsul  qilib 

saylangan  siyosiy 

arboblarni ko’rsating? 

A) Krass va Pompey 

B) Sulla va Sezar 

S)  Oktavian  va 

Antoniy 


D) Sezar va Pompey 

E) to’g’ri javob yo’q 

32. Er. avv. 80-60-

yillarda  Rimning 

asosiy  raqiblaridan 

biri 22  tilni  bilgan, 

har 

tomonlama 



ma’lumotli  bo’lgan 

Pont 


podshosini 

ko’rsating? 

A) Mitridat VI 

B) Vologes 

S) Yugurta 

D) Mitridat I 

E) to’g’ri javob yo’q 

 

 



 

 

 


1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling