Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet48/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53

 Ilk imperiya davri 

 

 

Avgust prinsipati 

Aktsiy qo’ltig’idagi g’alaba natijasida 33 yoshli 

Oktavian (er. avv 30-yildan. eramizning 14-yiligacha) 

ulkan davlatning  yagona hukmdoriga aylandi. U 

diktatura va umrbod senzorlikdan voz kechdi, hech 

kim uni podsholikka intilmoqda deb o’ylamasligi 

uchun Romul nomini va dominus (janob) unvonini 

inkor qildi. Oktavian er. avv. 30-yildan plebey tribuni 

hokimiyatiga ega edi, er. avv. 29-yilda senatdan 

qo’shin qo’mondoni, va ichki va tashqi siyosat 

sohalarida oliy hokimiyatda  egalikni bildiradigan 

umrbod imperator unvonini oldi. Er. avv. 28-yilda 

senatda  navbatdagi  tozalashni  o’tkazib  Oktavian 

senatning  printsepsi  (“birinchi”-latin  tilidan 


 

828 


to’g’ridan-to’g’ri tarjimasi) unvonini oldi. Respublika 

rimida printseps unvoni senatorlar ro’yxatidagi eng 

keksa va eng hurmatli fuqaroni senatdagi o’rnini 

bildirar edi.  Bu unvon Oktavianga o’z fikrini birinchi 

bo’lib bildirishga  va senatning qaroriga ta’sir qilishga 

imkon yaratdi. Senat unga   Avgust (“Xudolar 

ulug’lagan”)  unvonini  berib,  uning  hokimiyatini 

muqaddas  ekanligini  ta’kidladi.  Bundan tashqari 

Oktavian Avgust oliy harbiy hokimiyatga egaligi, 

umrbod konsul, xalq tribuni bo’lganligi uchun “veto” 

(ta’qiq) huquqidan   foydalanish imkoniyatiga ega 

bo’ldi.  

Oktavian hokimiyatining moddiy asosini unga 

shaxsan qaram bo’lgan provintsiyalardan keladigan 

daromadlar va senat xazinasi bilan yonma – yon ta’sis 

etilgan printseps xazinasi-fisk tashkil qildi.  Uning 

davrida respublika  muassasalari senat,  konsullar, 

kvestorlar lavozimi saqlab qolinib, barcha mansabdor 

shaxslar ma’lum bir muddatga saylanar edi. Avgust 

senatdan barcha  ozod qo’yilgan qullarni chiqarib 

unga  Italiya  munitsipiylari  va  koloniyalarining 

zodagonlarini kiritdi. O’zining hokimiyati   uchun 

xavfli bo’lgan yirik yer egalari va boylarni ijtimoiy 

ahvolini turli tadbirlar bilan mustahkamladi va ularni 

o’ziga moyil qildi. Oktavian Avgustni yana bir tabaqa 

suvoriylar qo’llab quvvatladi. Bu tabaqaga printseps 

muhim imtiyozlarni berdi.  Suvoriylar uchun 400000 

sestertsiy mulk senzi belgilanib, eski respublika 



 

829 


an’analari bilan bog’lanmagan bu qatlamga boylik 

orttirgan  mulkdorlar  kiritildi.  Ba’zi  bir  yuqori 

mansablar suvoriylarga berildi.  

Oktavian shaharning quyi qatlamlarini ham o’z 

tomoniga og’dirib olish uchun ularga tekin  non 

tarqatib, tomoshalar uyushtirdi. O’sha davrda Rimda 

yashagan million aholidan kamida 200000 kishi 

davlatdan bepul non olar edi.  

Avgust hokimiyatining asosiy tayanchi qo’shin edi. 

Legionerlarga oylik muntazam to’lab turildi. Qo’shin 

professional bo’lib Rim fuqarosi harbiy xizmatga 

kirgan vaqtda-shaxsan printsepsga sodiqlik to’g’risida 

qasamiyod qilar edi. Harbiy xizmat 25 yil qilib 

belgilandi.  Provinsiyalardagi  fuqarolar  yordamchi 

qo’shinlar tarkibida xizmat qilar edi.  Lashkarboshilik 

qobiliyati  bo’lmagan va  urushlar  olib borishni 

yoqtirmagan   imperator imperiyaning hududlarini 

kengaytirishni emas, balki mavjud bo’lgan hududlar 

chegaralarini mustahkamlashni afzal ko’rdi.  

Faqat Er. avv. I asr oxirida Oktavianning vorislari 

davrida Alp tog’lari hududi   va Dunay havzasida   

keng hududlar bosib olindi. Bosib olingan bu 

hududlarda  Pannoniya  va  Meziya  provinsiyalari 

tashkil etildi. 

Imperiyaning shimoldagi chegaralari  Reyn va 

Dunay daryolari bo’ldi. Rimliklarni  Reyn va Elba 

daryolari havzasida o’rnashib  german provinsiyasini 

tashkil qilishga urinishlari to’la mag’lubiyat bilan 



 

830 


tugadi.  Xerusk  qabilari  yo’lboshchisi  Arminiy 

boshchiligida Tevtonburg o’rmonida Rimning uch 

legioni tor-mor qilindi. 

Oktavian  sharqda  urush harakatlarini   olib 

bormadi. Parfiya bilan diplomatik aloqalar o’rnatildi. 

Er.  avv.  20-yilda  parfiyaliklar  bilan  tinchlik 

shartnomasi tuzilib, rim qo’shinlarini er. avv. 53-, 40- 

va 36-yillardagi   mag’lubiyatlari natijasida bosib 

olingan asirlar, bayroqlar rimliklarga hamda garovga 

olingan zodagon rimliklar qaytarib berildi. Ikki davlat 

o’rtasidagi chegara Frot daryosi bo’yicha belgilandi. 

Oktavian Kichik Osiyo va Suriyaning sharqida Rimga 

qaram, vassal davlatlarni saqlab qoldi.   

Qo’zg’olonchi Galliya er. avv. 27-yilda   to’la 

bo’ysundirilib,  4  provinsiya:  Narbon  Galliyasi, 

Lugdun Galliyasi, Belgika va Akvitaniyaga rasman 

bo’lindi. Pireney yarim orolining shimoliy-g’arbida 

jangovar astur va kantabr  qabilalari bilan  er. avv. 28-

19-yillarda og’ir urush olib borilib,  bu urush er. avv. 

19-yilda g’alaba bilan tugallandi. Shundan so’ng 

Pireney  yarim oroli  uch  provinsiya:  Tarrakon 

Ispaniyasi, Luzitaniya va Betika tashkil qilindi. 

Rimliklar er. avv. 25-15-yillarda salass, ret va vindelik 

qabilalarini  bo’ysundirib,  Retsiya  provinsiyasini 

tashkil qildilar. Rimda urush vaqtida   ochib 

qo’yiladigan Yanus ibodatxonasi eshiklari Oktavianni 

o’zi bosh kohin sifatida tinchlik  davri boshlanganini 


 

831 


bildirib, tantanali yopdi. Yo’llardagi va dengizdagi 

qaroqchilik tugatildi.  

Avgust o’ziga shaxsan bo’ysunadigan, uni hayoti 

uchun ma’sul bo’lgan shaxsiy qo’riqchi pretorian 

qismi (gvardiya)ni tuzdi. Avgust davrida Rimda ilk 

bor o’t o’chirish qismlari  tuzildi.  

Oktavian murosalar olib borishga juda usta bo’lib 

senat  bilan  hokimiyatni  bo’lishdi.  Provinsiyalar 

imperator  va senat  o’rtasida taqsimlandi.  Misr 

imperatorning shaxsiy mulki hisoblanar edi. Boy va 

strategik  jihatdan  muhim  bo’lgan  provinsiyalar 

imperatorning bevosita nazorati ostida bo’lib, legatlar 

tomonidan  boshqarilar  edi.  Senat  ixtiyoridagi 

provinsiyalarga ham amalda  imperator hokimiyati 

nazorati ostida edi.   

Davlat boshqaruv apparatini tartibga solish bilan 

birga  Oktavian  rim  jamiyati   va  oilasini 

mustahkamlaydigan bir qancha qonunlarni qabul qildi. 

Qonunlar  foxishabozlikni,  erga  xiyonatni, 

isrofgarchilikni qattiq jazoladi. Qadimgi rim urf-odat

an’analarini qayta tiklashga tomon  yo’l tutildi, oila 

mustahkamlanib, ko’p bolalik oila rag’batlantirildi. 

Senator va suvoriylarga ozod qo’yilgan qullar bilan 

nikoh  taqiqlandi.  Qullarni  ozodlikka  chiqarish 

cheklandi. Vasiyat bo’yicha ozod qilinadigan qullar 

soni kamaytirildi. Boshqa bir qonunga xo’jayin qul 

tomonidan shu vaqtda uyda bo’lgan barcha qullar 

o’lim jazosiga hukm qilinar edi. 



 

832 


Avgust qadimgi rim diniy an’analarini qayta 

tiklashga harakat qildi. Buzilgan ibodatxonalar qayta 

tiklandi. Shu bilan birga sharqdan kelgan yangi xudo 

va ma’budalar ta’qib ostiga olindi. Rimda magiya va 

astrologiya ta’qiqlandi. 

Oktavian  kasalmand  kishi  bo’lsada  44  yil 

hukmronlik qildi, 76 yoshida eramizning 14-yilida 

vafot qildi. Uning hokimiyatini   birinchi xotini 

Liviyaning  birinchi nikohidan bo’lgan o’g’li Tiberiy 

Klavdiy  Neron  (14-37-yillar)  egalladi.  Yangi 

printsepsning  hokimiyatga  kelishi   hech  kimning  

e’tiroziga sabab bo’lmadi, chunki boshqaruvni yangi 

shakli amalda o’z samarasini ko’rsatdi. Bundan 

tashqari unga ko’nikma hosil bo’lgan edi. 

Tiberiy  shijoatli  lashkarboshi  va  qobiliyatli  

boshqaruvchi  edi.  Boshqa  Tiberiy  Oktavianning 

siyosiy yo’li va qoidalarini davom ettirib senat bilan 

to’la kelishuv asosida davlatni boshqardi. Tiberiy 

komisiyalardan saylov va sud funksiyalarini olib 

senatga berdi. U iqtisodiy jihatdan tejamkorlik 

siyosatini olib bordi (o’zidan keyin  xazinada 2 mlrd. 

700  mln.  sestersiy  qoldirdi).  Provinsiyalar 

boshqaruvini yaxshilashga urindi va jamiyat ma’naviy 

hayotini sog’lomlashtirishga harakat qildi. Eskicha 

turmush tarzidan voz kechishni istamagan hukmdor 

tabaqa barcha islohotlarga norozilik bildirib, passiv 

qarshilik ko’rsatdi.  Tiberiyga qarshi fitna uyushtirildi. 

Imperator 26-yilda  Rimdan Kapri oroliga ko’chib 



 

833 


o’tdi va 10 yil shu yerda yashadi. 77 yoshli kasal  

imperator 37-yil mart oyida pretor prefekti Makron 

buyrug’i bilan bo’g’ib o’ldirildi. 

 

Rim siyosiy hayoti 

Eramizning 14-yilida  Avgust  o’limidan  so’ng 

uning merosxo’rlari Tiberiy Klavdiy, Neron, Kaligula 

va Klavdiy Neronlar imperatorlik taxtini egalladilar. 

Lekin ularning hukmronligining so’nggi yillarida 

siyosiy raqiblar bilan qonli kurash va prinsepsni 

o’ldirilishi bilan tugallandi. Kaligula o’ldirildi, Neron 

esa o’z-o’zini o’ldirdi. Senat bilan prensepsning 

qarama-qarshiligi eski Rimnobilitetini munisipal va 

provinsiya zodagonlari bilan siqib chiqarish jarayonini 

o’zida aks ettirdi. 

An’anaviy-senator suvoriylar  elitasining siyosiy 

tushkunligi bilan pretorian gvardiyasi boshliqlarini 

ahamiyati oshdi. Agar Tiberiyni senat hokimiyat 

tepasiga keltirgan bo’lsa, 33 yildan so’ng uning jiyani 

Klavdiyni pretorian gvardiyasi imperator deb e’lon 

qildi. Buning evaziga yangi imperator har bir 

pretorian  gvardiyachisiga   15  ming  sestersiy 

miqdorida mukofot berdi. Senat hukmdorning shaxsiy 

qo’riqchilari (pretorian gvardiyasi)   qabul qilgan 

qarorlarni tasdiqlaydigan  oddiy tashkilotga aylandi. 

Tez orada qo’shin ham o’zining siyosiy huquqini talab 

qilib chiqdi. Eramizning 68 yillari qonli fuqarolar 



 

834 


urushi natijasida Tit Flaviy Vespasianni imperator deb 

e’lon qildi. 

Vespasian fuqorolar urushida qo’shinning qo’llab-

quvvatlashi bilan g’olib chiqib,  Flaviylar sulolasiga 

asos soldi. Flaviy va uning birinchi merosxo’rlari 

davrida  Rim  davlati   ma’lum  darajada 

mustahkamlandi. Davlat xazinasi to’ldirildi. Flaviylar 

provinsiya zodagonlaridan senat tarkibini  to’ldirdilar 

va senat bilan murosa qilgan holda ichki va tashqi 

siyosatni olib bordilar. 

 Faqat  Vespasianning  kichik  o’g’li  Domisian 

davrida siyosiy terrorning yangi to’lqini boshlandi. 

Domisian cheklanmagan hokimiyatga intilib, senatni 

o’zini xudo va hukmdor deb e’lon qilishga majbur 

qildi va  o’zi raqib deb hisoblagan senator va boshqa 

boy fuqarolarni qatag’onlarni uyushtirdi. Shu sababli 

u eramizning 19-yili fitnachilar tomonidan o’ldirildi.  

  Domitsian o’ldirilganidan so’ng  100 davomida 

imperatorlar senat bilan kelishgan holda davlatni 

boshqardilar.  Imperatorlar  provinsiyalar  ravnaqi 

uchun qator tadbirlarni amalga oshirdilar, g’olibona 

tashqi urushlar olib bordilar, imperiya chegaralarini 

tashqi dushmanlardan himoya qildilar. Shuningdek 

ular rimning qadimgi urf-odatlari va an’analariga 

hurmat bilan qaradilar. Fan va san’atga homiylik 

qildilar. Ayniqsa   Italiyadan tashqarida tug’ilgan 

birinchi Rim  askar imperatori Mark Ulpiy Trayan va 

imperator-faylasuf  Mark-Avreliy  Antonin  davlat 



 

835 


hokimiyatini va jamiyatni barqaror rivojlanishi uchun 

o’zlarining namunali ichki va tashqi siyosatlari bilan 

shuhrat qozondilar. 

Eramizning I-II asrlarida  Rim imperiyasining 

tashqi siyosati mudofaa xarakteriga ega bo’ldi. 

Keyinchalik imperiya hududlari bir qadar kengaydi. 

Britaniya oroli Rim imperiyasi provinsiyasiga aylandi. 

Afrika va Bolqonda yangi provinsiyalar paydo bo’ldi, 

ammo bepoyon hududlarda barqarorlikni saqlab turish 

provinsiyalarda tez-tez ko’tarilgan qo’zg’olonlar faol 

istilochilik siyosatini olib borishga xalaqit berdi. 

Galliya va Yahudiyada kuchli qo’zg’olonlar, quyi 

dunyodagi  daklar, shimoldagi  german  qabilalari, 

sharqda esa Parfiyaning kuchayishi Rim davlatining 

chegaralari mudofaasini kuchaytirishni talab qildi. 

Imperatorlar Trayan, Adrian va Mark Avreliy 

davrida yaxlit mudofaa liniyalari shakllandi. Adrian 

davrida Rim fuqaroligiga ega bo’lmagan provinsiya 

aholisi ham legionlarga harbiy xizmatga qabul qilina 

boshlandi. 

Eramizning   I–II  asrlarida  printsepslar 

hokimiyatining  moddiy  asoslari  kuchaydi. 

Provinsiyalarning ko’pchiligini daromadlari imperator 

xazinasi (fisk)ga tushdi.  

 

Rim imperiyasi eramizning I asrida 

Rim imperiyasida I asr davomida ikki sulola 

hokimiyatni  boshqardi.  Tiberiyning  vorisi  


 

836 


Germanikning o’g’li 24 yoshli Gay Sezar Kaligula 

(37-41-yillar) hokimiyatni egalladi. Kaligula badjaxl, 

axloqan buzuq, o’ta mag’rur, takabbur shaxs edi. 

Dastlab u senat bilan kelishgan holda ichki va tashqi 

siyosatni olib bordi, soliqlarni kamaytirdi. Bir necha 

oy ichida u  isrofgarchilik bilan Tiberiydan qolgan 

xazinani turli tomosha, mo’l-ko’l sovg’alar bilan 

talon-taroj qildi. Kaligula o’zini “Janob” (Dominis) va 

“Xudo” deb e’lon qilib, omma oldida Yupiter 

qiyofasidagi  kiyimlarda   chiqdi.  Bu  aqlsiz 

imperatorning hukmronligi uch yil davom etib 41-yil 

yanvar  oyida  pretor  tribuni  Kassiy  Xerey 

boshchiligidagi fitnachilar tomonidan o’ldirildi. 

Pretor qismlari Kaligulaning 50 yoshli tog’asi 

Tiberiy Klavdiy Neronni (41-54-yillar) imperator deb 

e’lon qildilar.   Klavdiy senat bilan munosabatni 

yaxshiladi.  O’zining  senatdan  mustaqil  bo’lgan 

ma’muriyatini tuzdi. Uning ma’muriyati bir necha 

muasssasalardan tashkil topib, ularni ozod qo’yilgan 

qullar boshqardilar. Klavdiy davrida boshqaruvni 

markazlashuvi va imperatorning shaxsiy hokimiyatini 

kuchayishi kuzatildi.   Klavdiy hokimiyati qo’shin, 

turli tekin tomosha va xayr-sadaqa beriladigan Rim 

plebsi  hamda  provinsiyalarning  zodagonlariga 

tayandi. Tashqi siyosatda urushlar o’rniga diplomatic 

vositalar  qo’llanila  boshlandi,  faqat  43-yilda 

Britaniyaga  harbiy  ekspeditsiya  uyushtirildi. 

Klavdiyning ikkinchi xotini 33 yoshli Agrippina 54-



 

837 


yilda uni zaharlab o’ldirdi va o’zini 17 yoshli o’g’li 

Neron Klavdiy Sezarni (54-68-yillar) taxtga chiqardi.  

Neron  Yuliy  Klavdiylar  sulolasining  ko’zga 

ko’ringan  vakillaridan biri.  U  axloqan buzuq, 

shafqatsiz kishi edi, o’z onasi Agrippinani (62-yil), 

ukasi Britanikni (55-yil), xotini Oktaviani (62-yil), 

ikkinchi xotini Poppeya Sabinani (65-yil) o’ldirdi. 

Neron senat bilan murosa qilishni istamadi. Pulga 

muhtoj  bo’lgani  uchun juda  ko’p senatorlarni, 

zodagonlarni  qatl  etib,  ularning  mol-mulkini 

o’zlashtirib oldi. Uning davrida imperator saroyi 

harajatlari haddan tashqari oshib ketdi. Neronning o’zi 

musiqa va qo’shiqchilik bilan shug’ullanib, sahnada 

o’ynar edi, Yunonistonga shoirlar ko’rigiga qatnashdi. 

Rimda 64-yilda juda katta yong’in  bo’lib, u bir hafta 

davom etdi va shaharning 14 kvartalidan 10 tasi to’la 

yonib ketdi. Yong’indan keyin Palatin va Eskvilin 

tepaliklari o’rtasida 270 ga. maydonga Neron uchun 

hashamatli  “oltin”  saroy qurildi. Xalq ommasi 

o’rtasida  Rimdagi yong’inni asosiy sababchisi Neron  

deb mish-mish tarqaldi. Neron yong’in aybdori deb 

rimdagi nasroniylar jamoasini aybdor deb topib, ularni 

ommaviy qatl qildi. 

Imperatorning shafqatsizligi,  uning  zo’ravonligi 

zodagonlarni keskin noroziligini keltirib chiqardi. 

Unga qarshi fitna uyushtirildi (65-yil). Fitna fosh 

etildi va fitnachilar shafqatsiz jazolandi. Ularning 

ichida faylasuf-sitoik Lutsiy Anney  Seneka, uning 



 

838 


jiyani shoir Mark Anney Lukan va yozuvchi Gay 

Petroniy  Arbitrlar  bor  edi.  Siyosiy  vaziyat 

keskinlashdi, Parfiya bilan Armaniston uchun uzoq 

davom etgan urush (66-yil) Rimning mag’lubiyati 

bilan tugadi.  

Neron oxirgi 2 yil hukmronligi davrida davlat 

boshqaruvidan umuman chetlashdi. Britaniyada urush 

davom  etib,  66-yilda  Yahudiyada  qo’zg’olon 

boshlandi. Neron hukmronligiga qarshi ommaviy 

norozilik  boshlandi.  Galliya,  Germaniya  va 

Ispaniyada unga qarshi  68-yil bahorida legionlar 

qo’zg’olon ko’tardilar. Taxt vorisligiga 70 yoshli 

zodagon Serviy Sulpitsiy Gal`ba nomzodi qo’yildi. 

Neronni hech kim himoya qilmadi, hatto pretorian  

qismlari  ham  Galba  tomoniga  o’tdi.  Neron 

yashirinishga  urindi,  lekin  yashirina  olmadi. 

Dushmanlar  qo’liga tushmaslik uchun u o’zini 

qilichga tashladi.  Neronning o’limi bilan Yuliylar-

Klavdiylar sulolasi hukmronligi nihoyasiga yetdi.  

Rim imperiyasining navbatdagi hukmdori qisqa 

vaqtga 68-69-yillarda sarkarda  Galba bo’ldi. Taxtga 

Italiya provinsiya zodagonlaridan kelib chiqqan o’z 

legionlariga tayanib Tit Flaviy Vespasian chiqdi (69-

79-yillar).  U lashkarboshi sifatida Yahudiya urushi 

davrida tanildi. Vespasian yangi Flaviylar  sulolasini 

boshlab berdi. Bu sulolaga yana ikki imperator 

Vespasianning o’g’illari Tit va Domitsianlar kirdi.   


 

839 


Vespasian uzoqni ko’ra biladigan aqlli hukmdor 

sifatida  imperiyani iqtisodiy va moliyaviy kuchini 

nisbatan tez va samarali tikladi. Davlat xarajatlarini 

qoplash uchun 40 mlrd. sestersiy kerak edi. Imperator 

tejab-tergasga  kirishib,  xarajatlarni  qisqartirdi va 

yangi soliqlarni joriy qildi. Hatto u dafn va Rim jamoa 

tuaetlariga ham soliq soldi. Imperator Rim fuqaroligi 

huquqini mo’l-ko’l tarqatdi hamda senatorlar va 

suvoriylar toifasini provinsiya zodagonlari, boyib 

ketgan ozod qo’yilgan qullar bilan to’ldirdi. Flaviylar 

davridan  boshlab  imperatorlar  provinsiya 

zodagonlariga bevosita tayana boshladilar. Vespaian 

70 yoshida 79-yil iyunida vafot qildi. Uning o’g’li Tit 

79-81-yillar taxtga chiqib 42 yoshga yetmasdan 

bezgak kasaligidan vafot qildi. Tit davrida mashhur 

Vezuviy vulqoni otilib, Pompey va Gerkulanum 

shaharlari kul ostiga qoldi (79-yil). Flaviylarning 

so’ngi vakili Domitsian (81-96-yillar) bo’lib o’zining 

mutlaq hokimiyatini o’rnatishga harakat qildi va 45 

yoshida fitnachilar tomonidan o’ldirildi.   



 

Tayanch iboralar 

Suvoriylar uchun 400000 sestertsiy mulk senz,  

legionerlarga oylik,  Pannoniya,  Meziya,  xerusk 

qabilari yo’lboshchisi Arminiy,  Tevtonburg o’rmoni,  

Frot, Narbon Galliyasi, Lugdun Galliyasi, Belgika,  

Akvitaniya,  Pireney yarim oroli,  Luzitaniya,  Betika,  

Tarrakon Ispaniyasi,  praetorian,  Tiberiy Klavdiy 


 

840 


Neron,  Kapri oroli,  Tit Flaviy Vespasian,  Domisian,  

Mark Ulpiy Trayan,  Mark-Avreliy Antonin,  Kassiy 

Xerey,  Agrippina,  Galba. 

 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

 

Каримов  И. А. Тарихий  хотирасиз  келажак 



йук. Тошкент 1998. 

 

Бойназаров  Ф. А. Кадимги  дунё  тарихи.  



Тошкент  2004. 

 

Письма Плиния Младшего. М., 1982. 



 

Светоний  Транквилл. Жизнь  двенадцати 

Цеяарей. М., 1966. 

 

Тацит  Корнелий. Соч. В 2-х т. М., 1970. 



 

Бокщанин А. Г. Парфия и Рим. М., 1960-1966, 

ч. 1-2. 

 

Голубцова  Е. С. Сельская  община  в  Малой 



Азии 

(III в. до н. э.-III в. н. э.).  

М.,1972. 

 

Кнабе Г. С.  



Тацит  Корнелий. М., 1981. 

 

Колосовская  Ю. К. Паннония  в I-III вв. М., 



1973. 

 

Кузищин  В. И. Генезис  рабовладельческих 



латифундий в Италии (II в. до  

н. э.-I в. н. э.). М.,1976. 

 

Маринович Л. П., Голубцова Е. С., Шифман И. 



Ш., Павловская А. И.  

Рабство  в  восточных  провинциях  Римской 

империи в 

I-III вв. М., 1977. 



 

841 


 

Машкин  Н. А. Принципат  Августа. М.-Л., 

1949. 

 

Федорова  Е. В. Императорский  Рим  в  лицах. 



М., 1979. 

 

Шифман  И. Ш. Сирийское  общества  эпохи 



принципата  (

I-III вв. н. э.). М.,  

1977. 

 

Штаерман Е. М., Смирин В. М., Белова Н. Н., 



Колосовская Ю. К. Рабство   

в западных провинциях Римской империи в 

 

I-

III вв. М., 1977. 



 

Штаерман  Е.  М.,  Трофимова  М.  К. 

Рабовдельческие отношения в ранней  

  Римской империи (Италия). М., 1971. 



 

Asosiy sanalar 

Er.avv 30 – eramizning 14 yillari   Oktavian  Avgust 

hukmronlik  

       yillari. 

Er.avv 

53 


yili     

Krass  qo’shinlarining 

Parfiya  

      


tomonidan 

tor-mor 


qilinishi. 

Er.avv I 

asr oxiri     

Oktaviyanning o’gay 

o’g’illari  

      


Tiberiy va Druz Pannoniya 

va  


      

Maziya provinsiyalariga 

asos  

       soldilar. 


1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling