Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet49/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53

Reyting savollari 

1. “Printsepis” so’zi qanday ma’noni anglatadi? 

A) qaram kishi 

B) mansabdor kishi 

S) fuqarolar ichida birinchi 

D) past toifadagi fuqaro 

E) buyuk kishi 

2. Printseps unvoniga ega bo’lgan siyosiy arbobni 

ko’rsating? 

A) Yuliy Sezar 

B) Antoniy 

S) Gney Pompey 

        D) Oktaviyan Avgust 

E) Krass 

3. Printseps xazinasi nima deb atalgan? 

A) fast 


B) kazna 

S) fisk 


       D) moliya 

 

843 


E) byudjet 

4. Rim imperiyasiga kim asos solgan? 

A) Oktavian Avgust 

B) Antoniy 

S) Gney Pompey 

       D) Krass 

e) Yuliy Sezar 

5. Avgust hokimiyatining asosiy tayanchi… 

A) senatorlar edi 

B) diktator edi 

S) qo’shin edi 

       D) xazina edi 

E) fuqarolar edi 

6. Oktaviyan  Avgustning o’g’illari  tomonidan Alp 

to’g’lari va dunay daryosi bo’yida tashkil etilgan 

provinsiyalarni toping? 

A) Kampaniya va Osiyo 

B) Pannoniya va Panorm 

S) Pannoniya va Meziya 

       D) Panorm va Regiy 

E) Meziy va Reyn 

7. Rim imperiyasining shimoliy chegaralari… 

A) Dunay va Alp tog’lari orqali o’tgan 

B) Alp va Po daryosi orqali o’tgan 

S) Tirren dengizi qirg’oqlaridan o’tgan 

       D) Alp tog’lari orqali  o’tgan 

E) Reyn va Dunay daryolari orqali o’tgan 


 

844 


8. Parfiya bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan 

imperatorni aniqlang? 

A) Yuliy Sezar 

B) Antoniy 

S) Gney Pompey 

       D) Oktavian Avgust 

E) Krass 

9. Oktavian Avgust  er. avv. 30-yilda  qayerni 

hokimiyatiga ega edi? 

A) plebey tribuni 

B) aktsiyni 

S) pintseps 

D) munitsipiy 

10. Oktavian nima uchun Romul nomini va 

dominus unvonini inkor qildi? 

A) podsholikni da’vo qilmaganligi uchun 

B)podsholikni da’vo qilganligi uchun 

S)o’zini oliyjanob qilib ko’rsatmoqchi edi 

D) taxt bilan qiziqmas edi 

E) bundan ham yuqori cho’qqini ko’zlagan edi 

11. Er. avv. 28-yilda senatda navbatdagi tozalishni 

o’tkazib Oktavian senatda nechanchi bo’ldi? 

A) printsepisi  

B) 2       

S) 3 

D) 4 


E) 5 

 

845 


12. Er. avv. 20-yilda Oktavian qaysi davlat bilan 

diplomatik aloqa o’rnatdi? 

A) Parfiya bilan 

B) Misr bilan 

S) Eron bilan 

D) Bobil bilan 

E) Yunoniston bilan 

13. Oktavian necha yil hukmronlik qildi? 

A) 44 yil 

B) 76 yil 

S) 50 yil 

D) 25 yil 

E) 55 yil 

14. Oktavian qachon vafot etdi? 

A) er. avv. 15-yilda 76 yoshida 

B) eramizning 14-yilida 76 yoshida 

S) eramizning 25-yilida 76 yoshida 

D) er. avv. 8-yilda 76 yoshida 

E) er. avv. 5-yilda 76 yoshida 

15. Er. avv. 28-19-yillarda Pireney yarim oroli 

necha qismga bo’lindi? 

A) 3 qismga 

B) 4 qismga 

S) 5 qismga 

D) 6 qismga 

E) 7 qismga 

16. Kaligula qanday o’ldi? 

A) o’ldirildi 



 

846 


B) o’z-o’zini o’ldirdi 

S) hayajondan o’ldi 

D) dushman qo’lida o’ldi 

17. Eramizning 68-yillarida imperator qilib kim 

saylandi? 

A) Vespasian 

B) Sitseron 

S) Mark  

D) tiberiy Grakx 

E) Gay Mariy 

18. Vespasiannning kichik o’g’li kim? 

A) Domisian 

B) Avgust 

S) Yanus 

D) Adrian 

E) Veya 


19. Domitsian kim tomonidan o’ldirildi? 

A) fitnachilar tomonidan 

B) otasi tomonidan 

S) o’zini-o’zi o’ldirdi 

D) o’g’li tomonidan 

E) ukasi tomonidan 

20. Italiyadan tashqarida tug’ilgan birinchi Rim 

askar imperatori kim? 

A) Mark Ulpiy 

B) Mark Avreliy 

S) Antoniy 

D) Gay Mariy 



 

847 


E) Adrian 

21. Qaysi asrdan boshlab printseps hokimiyatning 

moddiy asosi kuchaydi? 

A) er. avv. II-I asrdan 

B) er. avv. V-IV asrdan 

S) er. avv. V-I asrdan 

D) er. avv. VI-V asrdan   

E) er. avv. IV asrdan 

22. Rim imperiyasida I asr davomida nechta sulola 

hokimiyatni boshqardi? 

A) 3 sulola 

B) 2 sulola 

 

 

 



 

 

 Rim imperiyasining oltin davri (eramizning II 



asri) 

 

 

 



Rim imperiyasining oltin davri (eramizning II 

asri) 

Domitsian o’limidan keyin  senat 66 yoshli senator 

Mark Koksey Nervani (96-98-yillar) imperator etib 

sayladi.  Uning hukmronligi bilqn II asrdan Rim 

imperiyasida  Antoniylar  sulolasi  hukmronligi 


 

848 


boshlandi. Bu sulolani eng taniqli vakillaridan biri 

Mark Ul`piy Trayan bo’ldi. Trayan   Ispaniyada 

tug’ilgan  bo’lib,  yuqori  Germaniya  noibi  edi. 

Imperator  Nerva  qo’shinda obro’-e’tiborli bo’lgan 

Trayanni asrandi o’g’il  va voris qilib tayinlashga 

majbur bo’ldi. Trayan 98-117-yillar Rim imperiyasiga 

hukmronlik  qilgan  paytdan  imperiya  o’zining 

iqtisodiy-siyosiy va  madaniy taraqqiyotining eng 

yuqori cho’qqisiga chiqdi (96-196-yillar).  

Trayan  davrida  Rimning  oxirgi  istilochilik 

urushlari olib borildi. U  faol tashqi siyosat olib borib, 

imperiya  hududlarini  kengaytirdi.  Uning  davrida 

legionlar soni 30 taga yetkazildi. Kuchli Rim 

qo’shinlari 101-103-yillar va 105-107-yillarda Dunay 

bo’ylaridagi kuchly Dakiya podsholigini bo’ysundirdi, 

Dakiyani podshosi Detsebal asir olindi. Dakiya Rim  

provinsiyasiga aylandi. Dakiyaning bosib olinishi 

natijasida uning boy oltin va tuz konlari katta o’lja 

bo’ldi. Dakiya g’alabasiga bag’ishlab Rimda 123 kun 

davom etgan tomoshalar ko’rsatildi, Plebsga mo’l-ko’l 

sadaqa  ulashildi,  ajoyib  Trayan  termalari 

(hammomlari), yangi suv quvuri hamda 30 m.li 

Trayan kolonnasi bunyod etildi.   

Trayan Parfiyadan Mesopotamiya va Armanistonni 

tortib olish uchun 113-yil urush boshladi, keyingi yil 

Armanistonni bosib olib, uni provinsiyaga aylantirdi. 

G’ayratli imperator 115-116-yillarda Parfiya podshosi 

Vologes IV qo’shinlarini tor-mor qilib, uning poytaxti 



 

849 


Ktesifonni  egalladi,  butun  Mesopotamiyani  fors 

qo’ltig’igacha bosib oldi.  Mahalliy aholini Rim 

bosqinidan  noroziligi  va sharqiy  provinsiyalarda 

vaziyatni  notinchligi  Trayanni  legionlarni  Frot 

qirg’og’idan olib ketishga majbur qildi. Sharqda yangi 

bosib olingan yerlarni rimliklar qo’ldan chiqardilar. 

Italiyaga qaytishda Kilikiyada Trayan kasal bo’lib 

117-yil avgustida vafot qildi. Taxtga Trayanning 

jiyani, 41 yoshli asrandi o’g’li Publiy Eliy Adrian 

chiqdi (117-138-yillar).  

U Trayanga loyiq juda yaxshi ma’lumot olgan, 

ajoyib boshqaruvchi, tajribali sarkarda, aqlli va uzoqni 

ko’ra oladigan siyosatchi sifatida o’z oldiga turgan 

muammolarni juda yaxshi tushunar edi. Adrian davlat 

resurslarini to’la tugaganini va Sharqda bosqinchilik 

siyosatini samarasizligini anglab yetib, Parfiya bilan 

Frot daryosi bo’yicha chegaralarini tiklash sharti bilan 

tinchlik shartnomasini tuzdi. Adrian imperiyaning 

sharqiy chegaralarida kuchli mudofaa inshootlarini 

bunyod qildi. Ana shunday   tadbirlar natijasida 

Parfiya bilan tinchlik 44 yil saqlandi.   

Sharqda ishlarni tugallab Adrian Yevropa va 

Afrikada   imperiya  chegaralarini  mustahkamlash 

maqsadida chegara istehkomlarini   qurish bo’yicha 

ulkan  ishlar  amalga  oshirdi.   Ana  shunday 

istehkomlardan  biri  Adrian  vali  (istehkomi) 

Britaniyada hozirgacha saqlanib qolgan.    


 

850 


Adrian qo’shinni yuqori jangovar holatda saqlab 

turishga katta e’tibor berdi. U legionlarni Rim yoki 

latin  fuqaroligi  bo’lmagan  provinsiya  aholisidan 

to’ldirishga ruxsat berdi,  chunki qo’shinga xizmat 

qilishga xohish   bildirgan fuqarolar soni keskin 

qisqardi. Rim harbiy mashinasini varvarlashtirish 

uchun asos ana shunday yaratildi.   

Adrian  davlat  boshqaruvi  tizimini 

mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlkarni amalga 

oshirdi. U printseps kengashini qayta tashkil qildi, 

kengash tarkibiga oliy amaldorlar, muassasa rahbarlari 

va yirik yuristlar jalb qilindi. Adrian boshqaruvga  

suvoriylar toifasini ko’plab vakillarini  taklif qildi. U 

davlat  pochtasini  joriy  qildi,  provinsiyalar 

boshqaruvini qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan 

doimiy nazorat o’rnatdi. Adrian uzoq sayohat qildi va 

ko’plab inshootlarni bunyod qildi: Venera va Roma 

ibodatxonalarini, mashhur Rim panteonini qurdi.  

Antoniylar  sulolasini  taniqli  vakillaridan  biri 

tarixga taxtdagi faylasuf sifatida kirgan Mark Avreliy 

edi. Mark Avreliy uchun  davlat manfaatlari hamma 

narsadan yuqori bo’lib, imperiya taqdiri uchun o’z 

ma’suliyatini to’la anglab yetgan edi. U senator va 

suvoriy toifalari bilan inoqlikda ish olib bordi, senat 

tarkibiga ko’pgina provinsiya zodagonlarini, ayniqsa 

kelib chiqishi Sharqdan  va Afrikadan bo’lgan nufuzli 

kishilarni kiritdi. Mark Avreliy (161-yildan 180-

yilgacha) 19 yil hukmronlik qildi, unga qarshi shu 



 

851 


yillar davomida birorta ham fitna uyushtirilmadi. U 

180-yilda 59 yoshida Vindobona (Vena) shahrida 

vafot qildi. Rimda uning sharafiga kolonna bunyod 

etildi. Uning merosxo’ri 18 yoshli o’g’li Kommod 

(180-193-yillar)  imperator  bo’ldi.  Antoniylar 

sulolasining so’ngi vakili Kommod qo’pol, shafqatsiz 

va maishatparast hukmdor edi. Otasining o’limidan 

keyin Kommod kvad va markomann  qabilalari bilan 

urushni tugatib, 180- yilda Rimga qaytdi. Davlat 

boshqaruvini o’zining ochko’z yaqinlariga topshirib, 

kayf-safoga berildi. Xotinini qatl etib, buzuqchilk 

yo’liga kirdi. Katta jismoniy kuchga ega bo’lgan 

imperator o’zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi, 

omma oldiga arslon terisiga yopinib yelkasida kaltak 

bilan paydo bo’lar edi. Amfiteatr sahnasida gladiator 

sifatida chiqdi. Oxir-oqibatda es-hushini yo’qotib 

kalendarning barcha oylarini o’z nomiga o’zgartirdi, 

hatto Rimning nomini o’zgartirib uni “Kommod” 

shahri deb atashga buyruq berdi.  

Kommodga qarshi 183-yilda fitna uyushtrildi, lekin 

u amalga oshmadi, shundan so’ng senatorlar toifasiga 

qarshi taqib qatllar avj oldi. Pannoniya va Britaniyada 

norozilik  harakatlari,  daklar  va   mavrlar 

qo’zg’olonlari qo’shin tomonidan zo’rg’a bostirildi. 

192-yilning  oxirgi  kunida  aqlsiz  imperatorning 

mashuqasi va qo’riqchilar boshlig’i fitnasi natijasida 

Kommod o’ldirildi.  


 

852 


Boshqaruv tizimi  va apparati imperator qo’lida 

to’plana  boshladi.Senat  o’z  siyosiy  mavqeini 

yo’qotishi  bilan  uning  tarkibi  ham  o’zgardi. 

Respublika davrida yuqori mavqega ega bo’lgan 

zodagon  oilalari  fuqarolar  urushi  va 

proskripsiyalarning qurboni bo’ldilar. Qolganlari esa 

kambag’allashib  qoldi.  Printsipatning  birinchi 

yillarida ularning o’rniga suvoriylar, munitsipiylardan 

chiqqan boy-zodagonlar egalladilar. Klavdiy davrida 

senat tarkibiga gall qabilasi ekvlarning romanlashgan 

zodagonlari uchun yo’l ochildi. Vespasian davrida 

senatga munitsipiylar koloniyalari va provinsiyalardan 

yangi kishilar kiritildi. Eramizning I asri so’ngida 

kelib chiqishi gallardan bo’lgan kishilar kiritildi. 

Keyingi 100 yillik boshida senat tarkibida Kichik 

Osiyo va Afrikadan kelgan senatorlar, ko’pgina 

yunonlar  uchraydi.  Qadimgi  Rim  nobilitetining 

vakillari senatda deyarli qolmadi va ular bilan birga 

senatdagi muxolifat kayfiyati ham yo’qoldi. 

Printsepslar  hokimiyatini  yana  bir  tayanchi 

suvoriylar edi. Ularning ijtimoiy tarkibi ham o’zgardi. 

Yangi  suvoriylarning  kelib  chiqishi  Italiya 

munisipiylari va provinsiyalardan edi. Suvoriylarning 

yuqori qatlamini eng avvalo boyib ketgan moliya 

zodagonlari, o’rta qatlamni esa davlat xizmatiga 

ko’tarilgan  amaldorlar tashkil  qildi.  Suvoriylarga 

prokuratorlar  lavozimi,  provinsiyalardagi  printseps 

mulklarini boshqaruvi, pretorian gvardiyasi prefekti, 



 

853 


politsiya  xizmati  qo’riqchilarining  prefekti  kabi 

lavozimlar  ajratildi.  Adrian  davrida  suvoriylar 

printsepsning shaxsiy kantselyariyasida xizmat qila 

boshladilar.  

Shu  vaqtgacha  printsepsning  shaxsiy 

kantselyariyasida  barcha  ishlarni  imperatorlarning 

ozod qo’yilgan qullari bajarar edi. Imperatorlar shahar 

plebeylariga  nisbatan  respublika  davri  Rim 

zodagonlarining siyosatini davom ettirdilar. Rimda 

avvalgidek 200 000 kishiga tekin non tarqatilar  edi. 

Rimning oddiy aholisi hech qanday siyosiy huquqqa 

ega emas edi. Ularning bir qismi ishlab chiqarish 

bilan,   ko’pchiligi  davlatdan  tekin non olib 

zodagonlarning uylarida klient majburiyatini bajarar 

edilar. 

Ijtimoiy iqtisodiy hayot 

II asr   Rim imperiyasining “oltin davri” 

hisoblanadi. Bu vaqtda imperiya eng katta hududga 

ega edi. Uning chegaralari shimolda Shotlandiyadan 

janubga  Nil  ostonalarigacha,  g’arbdan  Atlantika 

qirg’oqlaridan sharqda fors qo’ltig’igacha cho’zilgan 

edi. Quldorlik tizimi o’z taraqqiyotining yuqori 

cho’qqisiga chiqdi. Ko’p quldorlik xo’jaliklari bozor 

uchun mahsulot ishlab chiqarishga o’tdi. Qullarga 

nisbatan shafqatsiz zulm kuchayib ketdi.  

Bu davrda provinsiyalarning iqtisodiyoti va bu 

yerdagi shahar  hayoti  o’z taraqqiyotida  yuqori 

bosqichga ko’tarildi.   Eramizning   I-II asrlarida 


 

854 


o’rtayerdengizi  hududidagi  barcha  xalqlar tarixda 

birinchi bor yagona ulkan davlat Rim imperiyasi 

tarkibiga kirdilar. Rim provinsiyasiga aylantirilgan 

alohida davlatlar o’rtasidagi chegaralar tugatildi. Pul 

tizimlari  ma’lum  darajada  unifikatsiya  qilindi. 

Urushlar  va dengiz qaroqchiligi  tugatildi. Rim 

imperiyasidagi  xalqlar  ijtimoiy  iqtisodiy 

taraqqiyotining turli darajalarida yashar edilar. Misr, 

Suriya, kichik Osiyo, Bolqon va Makedoniya iqtisodiy 

va  madaniy  taraqqiyotining  yuqori  darajasiga 

erishdilar. Pireney yarim orolidagi va Galliyadagi 

iberlar, kel’tlar, shimoliy Afrikadagi numidiyaliklar, 

liviyaliklar, dunay bo’yidagi pannonlar, illiriyaliklar, 

mezlar hali arxaik davrning so’ngi bosqichida edilar.  

Rim istilolariga  qadar g’arbiy provinsiyalarda 

qishloq xo’jaligi qoloq bo’lib, asosan g’alla ekilgan. 

Erga ishlov berish ibtidoiy holatda edi. Apennin yarim 

oroli axolisi qishloq xo’jaligining rivojlangan shaklini 

g’arbiy provinsiyalarga olib kirdilar. 

Gall vinolari, ispan zaytun moyi, Italiya va Yunon 

navlari bilan raqobat qila boshladi. Imperiya hududida 

quldorlik xo’jaligi tez rivojlandi. O’rta va yirik quldor 

xo’jaliklari (villa) yetakchi o’ringa chiqdi. Quldorlik 

xo’jaliklarida  qul  mehnatidan  keng  foydalanildi. 

Barcha provintsiyalarda imperator er egaligi keng 

tarqaldi. Eramizning II asrida imperator yerlari va 

xususiy katta latufundiyalar yetakchi yer egaligi shakli 

edi. G’arbiy provinsiyalarda o’rta quldor pomest’elari, 



 

855 


mayda yer egaligi keng tarqaldi. Ayniqsa kichik yer 

egaligi Pannoniya, Dalmatsiya, Meziya, Frakiya va 

Fokeyada keng tarqaldi. 

Afrika  provinsiyalarida  quldorlik  xo’jaliklarida 

asosiy ishchi kuchi qullar mehnati keng tarqaldi. Misr 

imperiyaning  g’alla  ombori  edi.  Quldorlik 

latifundiyalari Galliya va Ispaniyada keng tarqalgan 

bir  paytda  Ispaniya  va  Afrikaning  sharqiy 

provinsiyalarida  kolonlar  mehnatiga  asoslangan 

latifundiyalar keng tarqaldi. Qullarga ish qurollari va 

chek yerlar ajratib berila boshlandi. Lekin qul 

xo’jayinning mulki bo’lib qolaverdi. Qulni mulk 

(pekuliy) bilan ta’minlash er. avv. III asrdayoq 

ma’lum edi. Endilikda bu odatdagi hol bo’lib qoldi. 

Qul pekuliydan foydalangan holda o’ziga o’rinbosar 

sotib olishi mumkin edi. Qaysiki o’rinbosar qul uning 

xo’jayiniga ishlab berishi kerak edi. Ozod qo’yilgan 

qullar ko’p hollarda tadbirkorlik bilan shug’ullanib, 

juda ko’p boylik to’plar edilar. O’z xo’jayinlariga 

zarurat tug’ilganda turli xil xizmatlarni ko’rsatar 

edilar. Misol uchun Diktator Sullaning erkin qo’yilgan 

quli  Xirosogon  Rim  davlatidagi  eng  qudratli 

kishilardan biri bo’lib, hatto uning oldida senatorlar 

ham titrab qaltirar edi. Ammo ko’pchilik ozod 

qo’yilgan qullar o’rta darajadagi mulkka ega bo’lib, 

hunarmandchilik va savdogarlik bilan shug’ullanar 

hamda  oshxonalarning  egalari  edilar.  Quldor 


 

856 


latifundistlar  o’z yerlarini  chek yerlarga bo’lib, 

kolonlarga ijaraga berdilar. 

Eramizning II asrida kolonlar bug’doyni, tariq, 

zaytun moyini 1/3 qismini, quldorga berishi kerak edi. 

Bundan tashqari kolon quldorni yerida bir necha kun 

ishlab berishi kerak edi.  

Yerga ishlash takomillashdi, g’alla va boshqa 

ekinlarning yangi navlari, o’g’itning yangi navlari 

joriy qilina boshlandi. Qishloq xo’jaligi takomillashdi, 

g’alla latifuniyalarida g’allani yig’adigan mexanizm, 

g’ildirakli  plug,  suv  tegirmoni  kashf  etildi. 

Provinsiyalarda shaharlar va shahar aholisining o’sishi 

qishloq  xo’jalik  maxsulotlarining  Italiya  va 

imperiyaning  boshqa  viloyatlariga  chiqarish 

imkoniyatining paydo bo’lishi, provinsiya qishloq 

xo’jaligida  erdan unumli  foydalanish  va tovar 

xo’jaligini kirib kelishi uchun shart – sharoit yaratdi. 

Quldor xo’jaligi endilikda bozor bilan bog’landi. 

Qishloq  xo’jaligida  tovar  munosabatlarining 

rivojlanishi  latifundiyalarda  hunarmandchilikni 

vujudga keltirdi. Latifundiyalar egalari kulolchilik, 

to’quvchilik,  duradgorlik,  oshpazlik  kabi 

hunarmandchilik ustaxonalarini ochdilar. Ba’zi gall 

latifundiyalarida  shaxtalardan  temir  rudasi  qazib 

olinib, metall ishlab chiqarish  yo’lga  qo’yildi. 

Eramizning I asrlarida qishloq xo’jaligi bilan birga 

hunarmandchilik va savdo keng rivojlandi. Rim 

hunarmandchiligi uchun Ispaniyadagi qo’rg’oshin va 



 

857 


mis konlari, Galliyaning temir va qalay konlari, 

Norika, Dalmatsiya, Klikiya va Kappadokiyaning boy 

temir konlari xom ashyoni etkazib berib turar edi. 

Ayniqsa temir rudasini qazib chiqarilishi keng yo’lga 

qo’yildi. 

Temir rudasi Norika va Dalmatsiya, Galliya va 

Ispaniya, Kappadokiya va sharqda qazib chiqarildi. 

Barcha  konlar  imperatorning  mulklari  bo’lib, 

ko’pincha ijaraga berilar edi. Hunarmandchilikning 

rivojlanishi  qul  mehnatidan  keng  foydalanish 

imkoniyatini  berdi.  Agar  o’tgan  asrlarda 

hunarmandchilik ustaxonalarida ishlagan qullar soni 

10 tagacha bo’lsa, eramizning II asrida ularning soni 

50 taga etdi. 

Hunarmandchilik  ustaxonasining  kengayishi, 

mexnat taqsimotining o’sishi uning iqtisoslashuvini 

o’sishiga olib keldi. Ammo hunarmandchilikda erkin 

mexnat etakchi rol o’ynar edi. Tog’ kon ishlarida, 

qurilish,  tosh  konlari,  marmar  konlarida  qul 

mehnatidan keng foydalanilar edi. Ustaxonalarda eng 

og’ir mexnat qullar zimmasida edi. Hunarmandchilik 

taraqqiyoti oshpazlik, g’isht quydirish kabi yangi 

soxalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Qurilishda 

betondan foydalanish keng tarqaldi. Eramizning II 

asrida  provintsiyalarda  hunarmandchilik  ayniqasa 

yuksaldi. Agar er.avv. I, eramizning II asrlarida Italiya 

shaharlariga ko’plab sotilgan. 


 

858 


Bir  qancha  provintsiyalar  o’z  maxsulotlarini 

boshqa provintsiyalarga shuningdek Italiyaga eksport 

qila boshladilar. Ayniqsa gall shaharlari nixoyatda 

rivojlandi. Gall hunarmandlarining kanop gazlamalari, 

jun yopingichlar va kulolchilik maxsulotlari gárbiy 

provintsiyalar va Italiyada keng tarqaldi. Suriya 

shaharlari esa zarbof gazlamalar, zargarlik buyumlari, 

rangli shisha va gazlamalarni ishlab chiqaradigan 

asosiy markazlarga aylandilar.  

Eramizning II asrida hunarmandchilik markazlari 

yarim oroldan Shimoliy Italiyaga koçhdi. Puteola, 

Kapuya, Arretsiya kabi anánaviy hunarmandchilik 

markazlari tushkunlikka uchradi. Ularning o’rniga gall 

provintsiyalariga Norika va Dalmatsiyaning temir 

konlariga  yaqin  Milan,  Akvileya  va  boshqa 

hunarmandchilik markazlari vujudga keldi. Ayniqsa 

Akvileya shahri metall buyumlar va qurol – yarog’, 

shisha,  zargarlik  buyumlari,  cherepitsa  ishlab 

chiqaradigan  yirik  hunarmandchilik  markaziga 

aylandi. 

Eramizning I-II asrlarida barcha provintsiyalarda 

savdo aloqalari keng rivojlandi. Italiya savdogarlari 

Ispaniya, Suriya, Dakiya, Misr, Mavritaniya va 

Britaniyaga  kirib  bordilar.  Gall  kema  egalari, 

savdogarlari  Italiya,  Reyn  viloyatlari  va  ispan 

provintsiyalari bilan faol savdo qildilar. Pal’mira 

savdogarlari  Dakiya  va  Misrga  kirib  bordilar. 


 

859 


Shaharlarda  ko’plab  savdo  do’konlari  va 

omborxonalar qurila boshlandi. 

Eramizning II asrida Rimda ulkan besh qavatli 

Trayan bozori qurildi. Savdo – sotiqning rivojlanishi 

provintsiyani  maxsulot  ishlab  chiqarishini 

ixtisoslashuviga olib keldi. Ispaniya zaytun moyi va 

vino, Galliya vino, shisha idishlari, jun maxsulotlari, 

Misr g’alla, papirus, granit, shisha buyumlari, Suriya 

vino, zarbob gazlamalar va zeb – ziynat buyumlari 

ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. 

Savdogarlar,  xunarmandlar  kollegiyalarga 

birlashdilar. Savdo taraqqiyoti sarroflik va sudxurlikni 

rivojlanishiga turtki bo’ldi. Tashqi savdo rimliklar 

uchu foydali edi. Rim imperiyasi qora dengiz 

hududlari, sharqiy Yevropa , Eron , O’rta Osiyo va 

Hindiston bilan muntazam savdo aloqalarini o’rnatdi. 

Eramizning II asrida Sharqdan 3 savdo yo’li O’rta 

Er  dengizi  qirg’oqlariga  borar  edi.  Petra- 

Transiordaniya- Damashq- O’rtayerdengizi, Frot –

Palmira-Damashq-O’rtayerdengizi, 

Hindiston- 

Arabiston-Iskandariya. Afrika provinsiyalaridan Rim 

savdogarlari Efiopiya, Mavritaniya va hatto Markaziy 

Afrikagacha kirib bordilar. 

Imperiya davrida yangi tanga “aureus” zarb qilina 

boshlandi. O’ng tomonida xukmdor imperator tasviri 

tushirilgan edi. Rim tilla tangasi yuqori baholanar edi. 

Ko’p tarqalgan Rim tangalaridan biri-kumush denariy 

edi.  Eramizning  I  asrida  u  sof  kumushdan,  


 

860 


eramizning II asrining oxiridan esa mis qo’shib, 

tarkibida 50% kumush bilan zarb qilina boshlandi. 

Mis tanga asosan mahalliy muomilada foydalanilar 

edi. Mayda savdoda asosan mis tanga- sestertsiy 

(4ass) va dupandiy (2ass) ishlatilar edi. 

Eramizning I-II asrlarida Rim jamiyati quldorlik 

jamiyati edi. Uning asosiy qatlamlari qullar va 

quldorlar bo’lib, ulardan tashqari mayda ishlab 

chiqaruvchilar, kichik chek erlarning egalari yoki 

ijarachilar  kichik  hunarmandchilik  ustaxonalari 

egalari, mayda savdogarlardan iborat edi. 

 Tabaqalar  o’rtasida  kuchli  ijtimoiy  ziddiyatlar 

mavjud edi. Jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi 

kuchlar qullar edi. Eramizning I-II asrlarigacha 

quldorlik  xo’jaliklarida  qullarga  bo’lgan  ehtiyoj 

urushlar natijasida qondirilgan edi. Eramizning II 

asrida istilochilik  urushlarining nixoyasiga  etishi 

qullar oqimining Rimga kelishini keskin kamaytirdi. 

Lekin quldorlik xo’jaliklarida qul mexnatiga ehtiyoj 

juda kuchli edi. Bu xollar qullar narxining keskin 

o’sishiga olib keldi. 

Qul mehnatini unumdorligi manfaatdor quldorlar 

qullarning maishiy sharoitini o’zgartirishga majbur 

bo’ldilar. Qishloq pomestiylari va shaharlarda qul 

cho’rilar soni o’sib bordi, qullarga oila qurishga ruxsat 

berildi, va ular rag’batlantirildi. 

Qullikda tug’ilgan bolalar (Ularni vernlar deb 

atashgan) biror bir hunarga o’rgatilgan bo’lib, qul 



 

861 


bozorlarida yuqori boholanar edi. Qullarni oila 

qurishini rag’batlantirgan quldorlar qul oilasi uchun 

chek er, mexnat quroli, kulba, kichikroq dukon, bir 

necha qora mol ajratar edilar. 

Quldor  tomonidan  ajratilgan  bunday  mulk 

“pekuliy”  deb atalgan. Eramizning I-II asrlarida 

pekuliy keng tarqaldi. Quldor sovg’a qilgan yerini 

istalgan paytida tortib olishi mumkin edi. Qullarning 

huquqiy holati ham o’zgardi. Imperator  Adrian 

qullarni sababsiz o’ldirishni taqiqladi. Eramizning II 

asrida yerni ijaraga berish va kolonat keng tarqaldi. 

Kolon huquqiy jihatdan erkin kishi bo’lib, yer 

egasidan shartnoma muddati tugagandan so’ng ketishi 

mumkin edi. Shartnoma odatda 5 yil muddatga tuzilar 

edi. Kolon 5 yil davomida qarz va boshqa turli 

majburiyatlat turi bilan o’ralib, huquqiy jihatdan o’z 

yeridan ketishi mumkin emas edi. U noiloj bu yerda 

uzoq muddat ishlar edi. Erkin, o’z yerini yo’qotgan 

dehqon, batrak va erkin qo’yilgan qul, yerni ishlashga 

qaytgan shahar plebeyi kolonga aylanishi mumkin edi. 

Yerga biriktirilgan qullar ham kolonga aylanar edilar. 

Kolonatni yana bir manbasi chegara provinsiyalarda 

asir olingan  yerga joylashtirilgan varvarlar edi. 

 


Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling