Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
psixolingvistika.
ajab, gohi Seni tarjima qilmoqdan” satrlarida bu holat juda aniq ifodalangan.
SHoir o’z fikrlarini tashqi nutqqa “tarjima qilar” ekan, bizningcha, unda tafakkur va nutq jarayonlari bir vaqtning o’zida amal qiladi. E.S.Kubryakovaning psixolingvistikadagi yana bir xizmati shundan iboratki, u ichki nutq yaratilishi mexanizmida nominatsiya jarayoniga ham amal qilinishi haqidagi qarashni rivojlantirdi. Uning ta’kidlashicha, fikrning shakllanishi va lisoniy tus olishi jarayonlarida miya tili tashqi tilga ikki kanal – nominativ va
138 Сафаров Ш. Кўрсатилган китоб. – Б. 26. 139 Фалсафа. Қомусий луғат. – Тошкент: Шарқ, 2004. – Б. 400. sintaktik kanallar orqali o’tadi. Nominativ kanal nomlash vazifasini bajarsa, sintaktik kanal nutqning grammatik-shakliy tuzilishini belgilaydi. Ko’rinadiki, nutq yaratilishi jarayoniga oid fikrlar xilma-xil va yechilishi lozim bo’lgan muammolar hali yetarli. Bundan 30 yilcha avval A.N.Kolmogorovning “Nutqiy faoliyat nazariyasi asoslari” nomli fundamental asarida epigraf qilib keltirilgan quyidagi gapi, bizningcha, hali ham o’z dolzarbligini saqlab turibdi: “Nutq oqimini uning yaratilishi mexanizmi haqidagi farazsiz o’rganish nafaqat samarasiz, balki qiziqarsiz hamdir”. Buni nutq yaratilishi nazariyasida yangi paydo bo’lgan yo’nalish – kognitiv tilshunoslik tomonidan qo’yilayotgan muammolar ham isbotlamoqda. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling