Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 0.93 Mb.
bet26/42
Sana11.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1698819
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)

ABU HAYYON AL-ANDALUSIY
Abu Hayyon mashxur tilshunos olim bo’lishi bilan birga, she`r ham yozgan, ilohiyotga oid ko’pgina asarlar yozgan. Arab, fors, turk tillarini juda yaxshi bilgan olim bu tillarning leksikografiyasi, grammatikasi bo’yicha qimmatbaho asarlar yaratgan. Abu Xayyonning taxallusi an-Naxviy bo’lib, uni butun arab dunyosi yaxshi bilgan. Yirik tilshunos olimlardan biri Asiruddin Abu Hayyon al-Andalusiy 1256 yilning noyabrida Ispaniyada tug’ildi. U 1280-81 yillarda Misr va Shimoliy Afrikadagi qator mamlakatlarga sayohat qildi. Misr, Suriya, Erondagi fan taraqqiyoti bilan yaqindan tanishdi. 1300 yilgacha u Qoxirada Baxovuddin ibn Naxxosdan grammatika ilmi bo’yicha ta`lim oladi va ustozi vafotidan so’ng uning o’rnida ishlaydi. Abu Hayyon arab, fors, turk tillarini juda yaxshi bilgan bo’lib, bu tillar grammatikasi, leksikografiyasi bo’yicha nodir asarlar yaratdi. U 50 dan ortiq asar yozgan olim hisoblanadi. Abu Hayyonning turkiy tilga bo’lgan qiziqishi Misrda yashab turgan davridayoq paydo bo’lgan edi. Bu qiziqish natijasida u arablarning turk tilini yaxshi tushunishlarini osonlashtirish maksadida turkiy til va uning dialektlariga hamda turkiy til bilan arab tilining o’zaro qiyosiga bag’ishlangan qator ilmiy asarlar yaratdi. Xuddi o’sha asarlaridan biri "Kitob al-idrok-li- lisonal-atrok” lug’atidir. Bu nodir asar 1312 yilda Qoxirada bitilgan bo’lib, lug’at va grammatikadan iborat. Bu asarning ikki qo’lyozmasi mavjud. Ular Istambulda saklanmoqaa. Mazkur qo’lyozmalar asosida 1891 yilda Mustafo Bey va 1931 yilda Ahmad Ja`far o’g’li asarni chop qildi. So’nggi davrlarda esa A. Zayonchkovskiy, K. Brokkelman, F. Vushtenfel`d, L. Bouvat, E. I. Fozilov, A. Kurishjonov, N. Rasulova singari olimlar bu asar yuzasidan maxsus tadqiqot ishlari olib bordilar.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, "Kitob al-idrok-li-lisonal-atrok" tilida qipchoq elementlari juda kuchlidir. Misol tariqasida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: gtovushining y tovushiga o’tishi: atni mindum ayarlab; g tovushining i, v tovushlariga o’tishi: bug’doy-buvday, og’ul-ovul, aguz - avuz; g tovushining undoshlar oldidan tushishi: igna-ina; x tovushining k ga o’tishi: xoja-koja, so’z boshida y undoshining o, g tovushining i tovushiga o’tish holati: agin-ayin, dagma-tayma, bak-bay, y tovushining orttirilishi: ilon-yilon, ip - yip; so’z o’rtasida t undoshidan oldin l undoshining orttirilishi: katur – kaltur.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling