Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va


Download 0.93 Mb.
bet12/42
Sana25.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1118746
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va
uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

“O‘zbek tilshunosligi tarixi” asosiy ixtisoslik fani sifatida 6-semestrda o‘qitiladi. Fan “Hozirgi o‘zbek tili”, “Til tarixi”, “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”, “Tilshunoslik nazariyasi”, “O‘zbek dialektologiyasi”, O‘zbek adabiyoti tarixi”, “O‘zbekiston tarixi” kabi fanlar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zbek tilining fonetik, leksik, grammatik taraqqiyotiga doir ma’lumotlarni umumlashtirishga, o‘zbek tilshunosligining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, yirik tilshunos olimlar ta’limotlari borasidagi bilimlarni to‘ldirishga xizmat qiladi.


Asosiy qismda (ma’ruza) kurs mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda beriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi.


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Talabalarning o‘zbek tilshunosligi fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassalarida olgan bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish, o‘zbek tilshunosligining tarixiy va hozirgi davrida qo‘llangan va qo‘llanayotgan atamalarni o‘zlashtirish, o‘zbek tili fanining nazariy masalalarini yoritish; tilshunoslik yo‘nalishlari muammolari ustida ishlash va hamda zamonaviy lingvistika masalalarini chuqur o‘rganishga da’vat etib, mukammal bilimli mutaxassis tayyorlash katta ahamiyatga ega.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “O‘zbek tilshunosligi tarixi” kursini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot–pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish katta ahamiyatga ega. Kursni o‘qitishda ta’limning darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, shuningdek, turli lug‘atlar, qomuslar, tarqatma va elektron materiallar, ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Keys-stadi”, “Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi” singari metodlari orqali hamda slaydlar, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan – kompyuter, elektron darsliklar, elektron lug‘atlar va internet materiallaridan, multimediya imkoniyatlaridan foydalanib olib boriladi



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling