Style - sohasi yordamida tanlash holatini tanlaymiz. Normal - cheksiz
soha, Constrained Aspect Ratio - yonlari ko’rsatilgan proportciyalardagi soha
tanlash, Fixed size - yonlari ko’rsatilgan kattaligidagi soha tanlash.
Lasso - Lasso (Lasso) - [L] - ixtiyoriy sohani tanlash. Agar
tanlaganimizda ALT tugmasini bosib tursak, u holda bizning lasso ko’pburchak
lassoga o’xshab soha tanlaydi va ALT tumasini bosganimizda tanlangan soha
berkiladi.
Ko’pburchak lasso - Polygonal lasso (Mnogougolnoe lasso) - [L] -
ko’pburchak sohani tanlash. Tanlangan sohani berkitish uchun yoki sichqoncha
bilan ikkita bosish kerak, yoki CTRL tugmasini bosib qo’yvorishimiz kerak
bo’ladi.
Magnit lasso - Magnetic lasso (Magnit lasso) - [L] - o’xshash ranglar
bo’yicha soha tanlash. Kompyuter tanlagan nuqtani bekor qilish uchun Backspace
tugmasini bosish kerak.
Xususiyatlar satrida quydagilar faol bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |