34
Yangi tasvirni 400x400 pikselli hajmda RGB rangli rejimda yaratamiz.
So’ngra Paint Bucket (tuldirish) uskunasi yordamida, qora rang bilan to’ldiring.
Lens Flare: Filter-Render-Lens Flare filtrini rasmda ko’rsatilgan kabi sozlab
qo’llang. Shunga e`tibor beringki, yaratilgan dog’ tasvir markazida joylashgan
bo’lishi lozim.
Endi Canvas Size: Image-Canvas Size buyrug’i yordamida tasvir kattaligini
ikki barobar kattalashtiramiz. Ushbu amalni sozlash rasmda ko’rsatilgan.
Keyingi amal kichik dog’ni etarli darajada rangli dog’ga aylantirish lozim.
buning uchun Fresco: Filter-Artistic-Fresco filtri lozim bo’ladi. Ushbu bosqichdagi
amal rasmda ko’rsatilgan.
35
Olingan natijadan ko’rishingiz mumkinki yaratilgan dog’ tasvir markazida
joylashtirilishi shart edi, chunki aks holda uning kattaligi oshganda u to’liq ekranga
etmagan bo’lar edi.
Bajarilayotgan amalning eng asosiy bosqichi–kristallarni hosil qilishni ko’rib
o’tamiz. Buning uchun Extrude: Filter-Stylize-Extrude filtrini qo’llaymiz. Kerakli
sozlash amallari rasmda keltirilgan.
Kristallar tayyor. Biroq ular barchasi rang-barang bo’lib, umuman bir-biriga
o’xshamaydi. Ularni bir tonda ranglash lozim. Xavorangni tanladik – chunki
barcha sirli kristallar fakat havorangda bo’ladi. Rang o’rnatish uchun
Hue/Saturation uskunasini Colorize rejimda qo’llang. Qo’llanilgan sozlashlar
rasmda ko’rsatilgan.
Kristallarni turli rangda va shaffoflikda yaratib ko’rishingiz mumkin. Misol
tayyor holga keltirildi.