Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakul’teti kasb ta’limi kafedrasi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/37
Sana22.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1222984
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
kasbiy etika va etiket

Faoliyat haqida tushuncha 
Nima uchun inson faollik ko‘rsatadi? SHaxs faolligining manbai nima? 
Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan 
bo‘ladi. Anglab bo‘ladigan va anglab bo‘lmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy 
yoki ma‘naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy - shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik 
tug‘diradi. 
Agar hayvonlarni xatti - harakatlari bevosita tevarak - atrofdagi muhit bilan 
belgilansa odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlabok butun insonning 
tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti - harakatning bu tipi shunchalik 
o‘ziga xoski, uni atash uchun psixologiyada ―faoliyat‖degan maxsus termin qabul 
qilingan. 
Faoliyat deb, shaxsning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘rsatadigan jismoniy 
va psixik (ruxiy) faolligiga aytiladi. 
Inson faolligining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatni mazmuni, ana 
shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o‘zi bilangina belgilanmaydi. Agar 
ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag‘batlantirib tursa, faoliyatning 
shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan 
belgilanadi. 
Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo‘lishi 
mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun 
boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron 
mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollikning manbai bo‘lgan 
faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi. 
Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti - harakati o‘rtasidagi 
farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan 
boshqariladi. 
Faoliyatni anglash qanday darajada bo‘lmasin, maqsadni anglash hamma vaqt ham 
zaruriy belgi sifatida qolaveradi. 
Faoliyatning tarkibi 
Inson faoliyati juda xilma - xildir: mehnat, pedagogik, badiiy - ijod, ilmiy - 
tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish shuni 
ko‘rsatadiki, faoliyat tashqi ongli dunyoni ongli psixik aks ettirilishida namoyon 
bo‘ladi. Har qanday faoliyatda inson o‘z harakatlarini maqsadini anglaydi, 
kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi
bajariladigan harakat tartibini o‘ylaydi, irodaviy zo‘r beradi, faoliyatning borishini 
kuzatadi, muvaffaqiyat va mag‘lubiyatni o‘ylaydi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling