7 – ma’ruza. Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish
tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar.
1. O`zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar.
2. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha texnik
xodimlarning javobgarligi.
3. Javobgarlik va uning turlari
1. O`zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar.
Mehnat muhofazasi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi
davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
2. “Sanoatkontexnazorat” agentligi.
3. O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya
nazorati.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong’indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
5. O`zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash,
texnika xavfsizligi bo`yicha me`yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga
hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik
inspektoriga ega.
“Sanoatkontexnazorat” agentligi bug’ qozonlarining to`g’ri ishlashini, bosim ostida
ishlaydigan idishlarni, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz
uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish
ishlarini nazorat qiladi.
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan
ogohlantirish, shovqin va titrashni yo`qotish, tsexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash
(harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |