Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/56
Sana18.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1598769
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
хаёт фаолияти

Ishchilarni bilimini tekshirish. Dastlabki yo`riqnomadan va malaka 
oshirishdan keyin (mustaqil ishlashga ruxsat berishdan yoki boshqa ishga 
o`tkazishdan avval) ishchilarning xavfsiz ishlash usullari bo`yicha bilimlarini 
tekshirish kerak bo`ladi. Buning uchun korxona ma`muriyati tomonidan maxsus 
komissiya tuziladi va unga rais qilib tsex boshliqlaridan biri belgilanadi. 
Zarurat bo`lganda, aniq sharoitdan kelib chiqib komissiya tarkibiga mexaniklar
energetiklar va boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin. 
Ishchiga dastlabki tekshiruvdan keyin ma`lum nusxada rasmiylashtirilgan 
shahodotnoma beriladi.
Bilimlarni tekshirish yo`riqnoma dasturi asosida tsex boshliqlari 
tomonidan tuzilgan savollar yuzasidan o`tkazilib, dastlabki, davriy va navbatdan 
tashqari turlarga bo`linadi. 
Davriy tekshiruvdan ishchilarning bilimlarini maxsus tartibda tekshirib 
turiladi. Bu tartib jadvali usta tomonidan tuziladi va tsex boshlig’i tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Navbatdan tashqari tekshiruv texnologik jarayon o`zgarganda, yangi 
mexanizm va uskunalar o`rnatilganda, yangi qoida, yo`riqnomalar tadbiq 
qilingan hollarda hamda qoida yo`riqnomalar bo`yicha bilim etarli bo`lmagan 
hollarda davlat nazorat tashkilotlari, korxona rahbarlari talabi bilan o`tkaziladi.
Bilimlarni tekshirish natijalari jurnalga qayd qilinadi va ishchining 
shahadotnomasiga yozib qo`yiladi. Tekshiriluvchining bilimiga baho qo`yishdan 
(yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz) tashqari uni mustaqil ishlashga ruxsat berish 
haqida jurnalga ham qayd qilishi kerak. 
Agar tekshiruv paytida ishchi bilimining qoniqarsizligi aniqlansa unga
mustaqil ishlashga ruxsat berilmaydi va ikki haftadan oshmagan muddat ichida 
qayta tekshiruvdan o`tishi kerak. Qayta tekshiruvga kelmaslik yoki sababsiz 
tayyorlanmasdan kelish mehnat intizomini buzish deb qaraladi. Ushbu 
kamchiliklarga yo`l qo`ygan ishchiga ichki mehnat intizomi qoidalarida 
belgilanganidek intizomiy choralar qo`llaniladi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling