Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi
Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
хаёт фаолияти
3. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari. Tabiat resurslaridan intensiv foydalanish va atrof muhitini ifloslantirish, ilmiy-texnikaviy yangiliklarni jamoat ishlab chiqarish faoliyatining barcha sohalariga tomonlariga keng joriy etish, bozor munosabatlarining shaklllanishi har xil tabiiy (suv bosishi, er ko`chishi, tabiatdagi yong’inlar, er qimirlashlar va boshqalar), biologik (epidemiya, epizootiyalar), texnogen (yong’inlar, portlashlar, binolarning qo`lashi, radioaktiv moddalarning tarqalishi, hayotni taminlash sistemalaridagi avariyalar), ekologik (atmosferani anomal ifloslanishi, tuproqni sho`rlanishi, erlarni yalong’ochlanishi), antropogen (odamlarni xato ishlari oqibatida) va boshqalar bilan birga kuzatilmoqda. Ular og’ir iqtisodiy oqibatlarga (sanoat, qurilish, transport, yashash va kommunal xo`jalik sferalarida, qishloq xo`jaligida) olib kelmoqda. Bu o`z navbatida xavflardan insonni himoyalashni nafaqat samarali tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni shu bilan birga hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga ma`lum darajada mablag’ sarf etilishini taqoza etadi. Fan texnikaning revolyutsiyasi davrida ishlab chiqarishda erishilgan taraqqiyot har doim va hozir ham ishlab chiqarish muhitida hayot faoliyati 201 xavfsizligiga salbiy ta`sir etuvchi zararli xavfli omillar darajasini oshishi orqali kuzatilgan. Mamlakatimiz hududida ko`plab yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko`rsatmokda. Ularning ayrimlari atrof muhit va axoli uchun potentsiyal xavf hisoblanadi. Bu korxonalarning ba`zilaridagi texnologiyalarning nazorat va tartib intizomni past darajasi ishlab chiqarish ko`rsatkichiga ham salbiy ta`sirini ko`rsatadi. Bular natijasida bu korxonalarga investetsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish vositalarini yangilashda muammolar yuzaga kelib va iqtisodiy holat yanada nochorlashadi. Bu kamchiliklarning hammasi ishchilar mehnat sharoitlarining yaxshilanmasligiga, ularni hayot faoliyatiga xavf soladigan ishlab chiqarish muhitini ijobiy tomonga o`zgarmasligiga sabab bo`ladi. Bular ishchilar o`rtasida ishlab chiqarish jarohatlanishlarini, kasbiy kasalliklarini ko`paytiradi. Ishlab chiqarish korxonalarida qayd qilingan kamchiliklarni mavjudligi ularda avariya holatlarini keltirib chiqaradi. Bunda ishchilarni kasbiy mahoratlarini pastligi ham sabab bo`ladi. Statik ma`lumotlarning qayd etishicha ishlab chiqarishdagi avariyalarni 50 % dan ortig’i texnik xodimlarning noto`g’ri harakati natijasida sodir bo`ladi. Bu avariyalarni oqibatlarini tugatish korxona va davlat iqtisodiga katta zarar keltiradi. Masalan, Rossiya federatsiyasida yuz beradigan har xil texnogen avariyalarni iqtisodiy oqibatlarini tugatishga davlat yalpi mahsulotining 1…2 % mablag’i sarflanar va uning ko`rsatgichini 4…5 % ga o`sish xavfi mavjud ekan. Bu mablag’ soglikni saqlash va atrof muhitni muhofazasiga ajratilagan umumiy mablag’dan yuqoriligi qayd etilgan. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling