Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Mehnat muhofazasi xizmati quyidagi funktsiyalarni bajaradi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/56
Sana03.11.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1744071
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Bog'liq
хаёт фаолияти

Mehnat muhofazasi xizmati quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 
1. ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasbiy kasalliklarni ahvoli va 
sabablarini tahlil etish, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda ishlab 
chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklarni oldini olish bo`yicha 
tadbirlarni ishlab chiqadi va ularni bajarilishi haqida maslahatlar beradi
2. korxona bo`linmalari ish joylaridagi sanitar texnik holatni portlashni 
amalga oshirish bo`yicha ishlarni tashkil etadi
3. korxonaning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda mehnat sharoitini, 
mehnat muhofazasini yaxshilashning kompleks rejasini, tuzadi, ko`rib chiqadi 
sanitariya sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi. 
4. saqlash qurilmalarini va xavfli ishlab chiqarish omillaridan 
himoyalovchi boshqa vositalarini konstruktsiyalarini qayta ishlash va joriy etish 
bo`yicha korxona rahbariyatiga takliflarini kiritadi
5. mehnat muhofazasi bo`yicha ilmiy ishlanmalar va mehnat xavfsizligi 
standartlarini amalga kiritish ishlarida ishtirok etadi; 
6. korxonani tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda va kasaba qo`mita 
faollari ishtirokida binolar, inshootlar, uskunalarining texnik holatini tekshiradi 


212 
(yoki tekshirishda qatnashadi), shamollatish sistemalari ishi samaradorligini 
sanitar-texnik qurilmalar va sanitar maishiy xonalar holatni tekshiradi
7. maxsus kiyimlar, maxsus uskunalar va boshqa shaxsiy himoya 
vositalari hamda mehnat muhofazasi bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish 
uchun zarur materiallar va uskunalarga o`z vaqtida to`g’ri buyurtmalar 
tuzilishini nazorat qiladi; 
8. korxona bo`linmalariga ishlab chiqarishda atrof muhit holatini nazorat 
qilish bo`yicha yordam ishlarini tashkil etadi; 
9. ishlab chiqarishga mo`ljallangan ob`ektlarni, uskuna va mashinalarni 
rekonstruktsiyadan so`ng qabul qilish ishlarida ishtirok etadi, sog’lom mehnat 
sharoitini taminlash bo`yicha talablarni bajarilishini tekshiradi; 
10. kirish yo`riqnomasini o`tkazadi va mavjud me`yoriy hujjatlar va 
mehnat muhofazasi masalalari bo`yicha ishlovchilarni o`qitishni 
tashkillashtirishga yordam beradi
11. attestatsiya komissiyasi va mehnat muhofazasi qoidalari va me`yorlari 
texnika xavfsizligi yo`riqnomalari bo`yicha mutaxassislarni bilimini tekshirish 
komissiyasida ishtirok etadi. 
Mehnat kodeksida bo`linmalarda mehnat xavfsizligini taminlashni tashkil 
etish ularning rahbarlariga yuklatilgan. Ish joylarida mehnat muhofazasi 
bo`yicha umumiy javobgarlik korxona rahbariga, uning yo`g’ida esa bosh 
muhandisga yuklatiladi.
Korxona kasaba qo`mitalari tarkibida mehnat muhofazasi bo`yicha 
komissiyalar mavjud bo`lib, har bir kichik guruhda mehnat muhofazasi bo`yicha 
jamoatchi instruktor saylanadi. Mehnat muhofazasi bo`yicha komissiyalar ishlab 
chiqarish madaniyati va mehnat muhofazasi ahvolini jamoat tartibida ko`rib 
chiqadi, mehnat muhofazasi bo`yicha ma`muriyat va kasaba uyushmasi 
o`rtasidagi shartnoma loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi, ma`muriyat 
tomonidan ushbu shartnomasi va mehnat haqidagi qonunchilikni nazorat qiladi. 
Bo`linmalarni jamoatchilik inspektorlari mehnat muhofazasini bevosita ish 
joylarida nazoratini amalga oshiradi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling