Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/56
Sana03.11.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1744071
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
Bog'liq
хаёт фаолияти

 
2. Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish 
Ma`lumki, jarohatlanish oqibati o`z vaqtida ko`rsatilgan yordamga ko`p 
jihatdan bog’liq bo`ladi. SHuning uchun har bir ishlovchi bevosita baxtsiz 
hodisa sodir bo`lgan joyda vrachga birinchi yordam ko`rsatishni bilishi kerak. 
Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlarida tsexlarda, bo`limlarda, 
brigadalarda, dala shiyponlarida, fermalarda, ustaxonalar va boshqa ishlab 
chiqarish uchastkalarida birinchi yordam ko`rsatishga maxsus o`qitilgan 3-4 
kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi. Sanitar postlari zarur meditsina 
dorilar va bog’lash materiallari mavjud bo`lgan aptechkalar bilan ta`minlanadi.
Ishlab chiqarishda jarahotlanish uni keltirib chiqarish sabablariga ko`ra 
shartli ravishda tashkiliy va texnik turlarga bo`linadi. Tashkiliy xarakterga ega 
bo`lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi: 
1) bevosita kunlik ishlarni yoki ishlayotgan odamlarni sog’ligi uchun 
yuqori darajada xavfli bo`lgan ishlarni bajarish oldidan xavfsizlik texnikasi 
bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilmasligi; 
2) xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilishi, lekin ishni 
bajarish jarayonida unga rioya qilinishini etarlicha nazorat qilmaslik
3) ishni (har xil ishlab chiqarish topshiriqlarini) bajarish vaqtida zarur 
himoya (ko`zoynak, niqob, respirator, to`siq va boshqa) vositalardan 
foydalanmaslik; 
4) ishchi zonada ishni bajarish uchun keraksiz bo`lgan buyum va 
narsalarni mavjudligi
5) murakkab va mas`uliyatli ishlarda maxorati etarlicha bo`lmagan 
ishchilar mehnatidan foydalanish; 
6) jarohatlash ehtimoli mavjud joylarda o`rab turuvchi shitlar, to`siqlar va 
kojuxlarni yo`qligi; 
7) odam sog’ligi uchun xavf yuqori bo`lgan ish joylarini etarlicha 
yoritilmasligi; 
8) xavf haqida «To`xta! YUqori kuchlanish», yoki «Ehtiyot bo`ling! 
Rabotlar avtomatik rejimda ishlamoqda», «Yo`l yo`q, xavfli zona» va boshqa 


227 
kabi ogohlantiruvchi belgilarning yo`qligi; 
9) texnologik rejimdan chalg’ish, texnologik jarayonlarni ko`pol buzilishi 
va boshqalar; 
10) u yoki bu sabablarga ko`ra ishchiga ish vaqti davomida tanaffus va 
dam olish vaqtini berilmasligi; 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling