Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/56
Sana03.11.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1744071
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Bog'liq
хаёт фаолияти

 
4. Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ 
bilan taminlash 
 
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-
texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni 
korxona ma`muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan birgalikda 
ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko`p yillik rejalardan 
tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan 
yutuqlari hamda korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi.
Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik yo`llari bo`yicha muhandis 
zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona tsexlari, bo`limlari, 
bo`linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag’ni va moddiy 
ta`minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga 
kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar 
nomidan kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan tuzadi. Jamoa shartnomasiga 


219 
kiritilgan mehnat muhofazasiga dior tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan 
mablag’lar ishlatib bo`linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, unga
korxona kasaba uyushmasi qo`mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo 
chekadilar. 
Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablag’lar hisobiga 
ta`minlanadi: 
-davlat va markazlashtirilmagan kapital mablag’lar, shu jumladan ishlab 
chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi, ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi 
jamg’armasi hamda korxona jamg’armasi; 
-agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga 
oshiriladigan bo`lsa-amortizatsiya jamg’armasi; 
-agar xarajatlar kapital xarajatlar bo`lsa-asosiy faoliyat, tsex va 
umumxarajat mablag’lari; 
-yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 
bank tomonidan beriladigan qarzlar. 
O`ta zararli ishlab chiqarishida band bo`lgan xodimlar kasallanishining 
oldini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish ko`zda tutilib, issiq 
nonushta yoki tushlik tarzida beriladi. Bundan maqsad kasb kasalliklarining 
oldini olish va mehnatkashlar sog’ligini mustahkamlashdan iborat bo`ladi. 
Bevosita zararli sharoitda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga bepul sut yoki 
uning o`rnini bosuvchi boshqa mahsulot beriladi. 
Mavzu bo`yicha savollar 
1) Xavfsizlikni ta'minlashning tashkiliy va texnik asoslarini bayon qiling. 
2) Jarohatlovchi omillar va xavfli hududlar nimaq 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling