Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Ishlab chiqarish sanitariyasi haqida tushuncha va uning vazifalari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/56
Sana03.11.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1744071
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
хаёт фаолияти

 
3. Ishlab chiqarish sanitariyasi haqida tushuncha va uning vazifalari 
Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishchilarga zararli ishlab chiqarish 
omillarini ta`sirini oldini oluvchi vositalar, sanitarik-texnik gigienik va tashkiliy 
tadbirlar sistemasidir. Ishlab chiqarish sanitariyasida asosiy e`tibor insonga 
havo muhiti va bevosita tegish orqali salbiy ta`sir etadigan ishlab chiqarishning 
zararli omillariga qaratiladi. Havo orqali ishchiga ta`sir etadigan zararlar, 
noqulay mikroiqlim, changlar, gazlar, shovqinlar, infra va ul’tratovushlar, ish 
joylarini yoki xonani etarlicha bo`lmagan va juda ham yoritilganligi 
elektromagnit, infraqizil, ul’trabinafsha, radioaktiv va boshqa nurlanishlar 
ko`rinishlarida bo`lishi mumkin.
Insonga zararli omillar ularga bevosita tekkanda ham salbiy ta`sir qilishi 
mumkin. Ularga qattiq yoki suyuq zararli ,,moddali" uskunalar yoki jihozlarni 
misol qilib keltirish mumkin. 
Ochiq maydonlarda dalada jarayonlarni bajarishda ishchilar xavfsizligi va 
sog’ligi meteorologik (havo haroratining yuqori yoki pastligi, shamol, yomg’ir, 
qor, quyosh radiatsiyasi va boshqalar) sharoitga ham bog’liq bo`ladi. 
Ishlab chiqarish sanitariyasining vazifasi esa ishlab chiqarish zararlarining 
ruxsat etilgan darajasi asosida sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishdir. 
Ishlab chiqarishdagi zararli omillarni ruxsat etilgan darajalari (RED) yoki 
miqdorlari (REM), mehnat sharoitlari tavsifini boshqa optimal ko`rsatkichlari, 
ishlab chiqarish ob`ektlari va xonalariga sanitar talablar maxsus ilmiy-tekshirish 
institutlari va laboratoriyalarida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan 
talablar esa qonun kuchini oladi va standartlar, sanitar va qurilish normalari hamda 
qoidalari ko`rinishida joriy etiladi. 
Ishlab chiqarishda sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish uchun 
ulardagi har bir mashina va mexanizmlardagi ish sharoiti, xavfsizlik standartlari 
va normalariga javob berilishi uchun vazirliklar va tegishli tashkilotlar 
o`zlarining asosiy e`tiborlarini qaratadilar. 
Ishlab chiqarishdagi mutaxassislarning vazifasi esa qayd qilingan 
mashinalarning hammasida ish sharoitini xavfsizlik standartlari va sanitariya 
normalari talabi bo`yicha taminlashdan iborat. 
Ishlab chiqarishdagi mutaxassislar bu masalalarni muvaffaqiyatli amalga 
oshirishi uchun ishlab chiqarish sharoitidagi zararli omillarning xossalari haqida, 
mehnat sharoitini tahlil qilish usllari bo`yicha va ular asosida mehnat sharoitini 
yaxshilash va tashkil etish tadbirlarni ilmiy asoslash uchun etarlicha nazariy va 
amaliy bilimlarga ega bo`lishi kerak. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling