Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Download 15.57 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi15.57 Kb.
#1519269
Bog'liq
Abdulahadov sharifjonning


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI TRX CU 21 GURUHI TALABASI
ABDULAHADOV SHARIFJONNING O`ZBEKISTON TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

2

NIZOMULMULKNING “SIyOSATNOMA”


ASARI BIBLIOGRAFIyASI

Abu ali Xasan ibn Ali Tusiy Nizomulmulk Saljuqiylar davlatining buyuk vaziri,davlat arbobi edi.U vazirligi davrida davlatni boshqarish va madaniyatga homiylik qilish bilan birga o`zi ham ilm olishga qiziqadi. Nizomulmulk shaxsiga to`xtaladigan bo`lsak,Unining bobosi Bayhaq qishlog`ining eng nufuzli dehqonlaridan bo`lib,to`rt nafar o`g`li bo`lgan.Uning katta o`g`li Abulhasan Ali otasi vafotidan so`ng Xurosonga Abulfazl saroyiga borib xizmat qiladi.1018-yilda uning oilasida Abu Ali Hasan dunyoga keladi.Abu Ali Xasan boshlang`ich ta`limni shu yerda oladi,keyin Nishopur va Marvda o`qib,voyaga yetgach,Balxga borib,Ali Ibn Shodon xizmatiga kiradi. 1059-yilda Xurosonning boshqaruvchisi


3
boʻldi.1063 yilda u vazirlik lavozimini egalladi va Alp-Arslon (1063-1072) va Malikshoh (1072-1092) davrida ham bu lavozimni saqlab qoldi. U kuchli markazlashgan davlat an'analarining tarafdori edi. Vazir Nizom al-Mulk “Hukumat kitobi”asarini yozgan. Bu mashhur risolada u islomiy adolat va byurokratik markazlashuvga asoslangan musulmonlarning hukumat haqidagi ta’limotini bayon qilgan. U katta obroʻ va qudratga ega boʻlgan, saljuqiylar va abbosiylarning birlashishiga sababchi bo`lgan.U bir qancha oliy maktablar - madrasalar tashkil etib, ular Nizomiy nomi bilan mashhur bo‘ldi. Ulardan eng mashhuri Bag‘dodda bo‘lib, u yerda al-G‘azzoliy ham dars bergan.
Nizom al-Mulk o'zi haqli ravishda Saljuqiylar davlatiga tahdid deb bilgan fors ismoiliylariga qarshi tinimsiz kurash olib bordi. 1080-yillarda u ismoiliy voizi Hasan ibn Sabbohni qo'lga olishni buyurdi. Hasan hibsdan qutulib qoladi, keyin esa Qazvin yaqinidagi Alamut qal’asini egallab, o‘z mavqeini mustahkamlaydi. Hasan ibn Sabboh Nizom al-Mulkni o‘zining asosiy dushmani deb hisoblab, vazirni yo‘q qilish uchun o‘z tarafdorlarini yig`ib ko`p fitnalar qiladi.
U 30 yil hukmronlik qildi, markaziy boshqaruvni tikladi va soliq yig‘ishni yo‘lga qo‘ydi. Nizom al-Mulka soliqlarni kamaytirdi Ko'chmanchilarning bosimi ostida u ba'zi yangi majburiyatlarni, shu jumladan askarlarning dehqon uylarida qolish huquqini, ularni oziq-ovqat va yem-xashak bilan ta'minlashga majbur bo'ldi.Nizomulmulkni 1092-yil 14-oktabrda Nehavend yaqinidagi Saxna qishlog‘ida ismoiliylardan bo`lgan Tohir Arroniy so‘fiy qiyofasida Nizom al- Mulkning chodiriga yaqinlashib, unga pichoq bilan hujum qilib uni o`ldiridi.
Nizomulmulk 1091 yilda 39 bobdan iborat «Siyosatnoma» yoki «Siyar ul-muluk» («Podshohlar hayoti») asarini yozadi. So`ngra Nizomulmulk o`z asarini qayta ko‘rib chiqib, yangi bob va bo‘limlar bilan boyitadi. 1092-yilda uni yanada boyitib sulton Malikshohga taqdim etadi. “Siyosatnoma” yaratilgan kundan boshlab olimlar, tarixchilar, yozuvchilar, eng muhimi, hukmdorlar e’tiborini tortdi. Bu asar sultonlar va boshqa amaldorlar tomonidan koʻchirib, oʻz faoliyatida foydalanilgan. “Siyosatnoma” fors adabiyotining ilk asarlaridan biri bo‘lib, Sharq madaniyati, saljuqiylar tarixiy va siyosiy hayotini o‘rganishda eng ishonchli manbalardan hisoblanadi. “Siyosatnoma” yoki “Siyar ul-muluk” olimlar tomonidan saljuqiylarning siyosiy dasturi deb hisoblanganlar.Vazir Nizomulmulk podshoh va hukmdorlarni adolat, tinchlik va mehr-muruvvatga yo‘naltirish, davlatni oqilona boshqarish, qat’iy tartib-qoidalar o‘rnatish, amaldorlarni halol, pokiza, halol va
4
iymon-e’tiqodli qilish, xalq farovonligini ta’minlash asardagi asosiy g‘oyalar, yurt, uning tinchligi va farovonligigi uchun kurashishga,harakatga chorlaydi.
Asarning birinchi fasl deb nomlanib bu faslda hukmdorlarning xalqni qanday boshqarish kerakligi,xalq podshoga tayanishi,davlatni qancha muddat yashashi, qancha umr ko`rishi hukmdorga bog`liqligi aniq ko`rsatilgan,yana shuningdek, Bu asarda Davlat boshqaruvi talablaridan yana biri suv olib kelish uchun ariq qazish, qishloq va dashtlarni obodonlashtirish uchun katta ariqlar qazish, qal’alar qurish, shaharlar qurish, ko‘rkam binolar va keng ko‘chalar qurish hukmdorlarni asosiy vazifasi deb qaraladi. Shuningdek, ziyolilar uchun madrasalar ochish, madaniyatga homiylik qilish podshoga kelajagda davlatni boshqarishda yanada osonlashtirishini yordam berishi mumkinligini alohida ta`kidlagan.
Asarning ikkinchi faslida Podsho Alloh tomonidan berilgan harbir ne`matni qadriga yetish,ulardan xalq manfaatlari yo`lida oqilona foydalanishni o`ziga kasb qilish kerakligini alohida uqtiradi. Agar podshoning boshqaruvidan xalq rozi bo`lsa podshoning mulk kundan kunga ko`payib yaxshi nomlarga sazovor bo`ladi.Uchinchi faslda esa hukmdor davlatni boshqarishda yana bir eng ezgu ishlaridan biri sifatida mazlumlardan xabar olish, beva bechoralarning ahvolini yanada yaxshilash, kambag`allarga yordam berish podshoning, davlatining tinch bo`lishini alohida ta`kidlaydi, Nizomulmulk.
Nizomulmulk hukmdor davlatni boshqarishda amaldorlarga tayanishini bilgan holatda amaldorlar odil bo`lishi ular xalqqa jabr zulm yetkazmasligi agar shunday bo`lsa ularni alohida jazolash kerakligini alohida uqtiradi Asarda shunday deyiladi: “Amaldor harakatlari doimo tekshirilishi kerak. Yuqorida aytib o'tganimizdek, u o'z burchiga sodiq bo'lsa, o'z lavozimida qoladi. Aks holda, bu amalni munosib odamga beradilar. Agar fuqarodan katta miqdordagi mol-mulk olib qo'yilgan bo'lsa, u o'z egalariga qaytariladi. So`ngra yiqqan boyliklarini musodara qilib, xazinaga topshirdi.Ular ibrat olishsin, xalqqa zulm qilmaslik uchun boshqalarni ham jazolanadilar” shu jumalalardan ham ma`lumki xalqqa yetkazilgan har bir jabr javobsiz qolmagan.Nizomulmulk viloya hokimlari ishini ham alohida baholaydi. Mulk sohiblarining har bir o`z manfaatlarida xalq manfaatlarini ustun qo`ygan holda boshqaruvni amalga oshirishi lozim. Odamlar o‘z mol-mulki, farzandlari va asbob-uskunalariga egalik qilishda ularning daxlsizligini saqlash hokimlarning asosiy vazifasidir.Agar odamlar saroyga kelib, o`z e'tiroz va muammolarini bildirishsa bu muammolar tez fursatda yechilishi
5
kerak.Asarda shu mavzuga oid hikoyatlar keltirilib, o`quvchiga bu mavzularni anglashga katta yordam berilgan. Mamlakat qozilarining ahvolini bilish,agar ular o`z ishiga mehr bilan yondashmagan bo`lsa ishdan bo'shatiladi va o'rniga boshqa munosib odamlar keladi. Ularning har biriga xiyonat qilmasliklari uchun munosib ulush beriladi. Chunki bu juda nozik masala bo‘lib anglagan holda Nizomulmulk ularga alohida e`ribor bergan. Chunki ular musulmonlarning yaxshi-yomonini hukm qiladilar. Bu amalni johil va nopok kishilar ishonib bo‘lmasligi, uni faqat pokiza, taqvodor olimlarga berish kerakligini anglab yetish hukmdor uchun muhim ekanligini ta`kidlaydi. Hukmdor har bir shaharning hukmdori kimligini, diniy ishlarga qanday munosabatda bo‘lishlarini, Allohdan qanday qo‘rqishlarini, xudbin emasligini bilishi kerak. Hokimga shahar va tuman tinchligi unga ishonib topshirilganligilini alohida uqtirish kerak Hokimga xalqning mashaqqatini bilgan holda haqiqatni hukmdorga yetkazish masalalari ko`tarilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, qaysi hokimda shunday fazilatlar bo`lmasa uni ozod qilish va boshqa ishlarni qilish man etilgannini ko`rish va bilish mumkin. “Podshohga dinni o‘rganish, Allohning farzlarini ado etish, Rasulullohning sunnatlarini ado etish, xazinadan o‘z ulushini berish, zohid va darveshlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish vojibdir”bu so`lardan ham ma`lumki podshoh davlatni boshqarishda tartib qoidalarga qattiq amal qilgan Podshoh haftada bir yoki ikki marta ruhoniylarni chaqirgan Toki ulardan Qur’on tafsirini va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Alloh taolo amrining tafsiri haqidagi hadislarini eshitishini bayon qilingan. Solih podshohlar haqida bitilgan qissalarni, payg‘ambarlar qissalarini tinglagan kunini dunyo ishlariga bag‘ishlagan, ularga e’tibor qaratgan agar shu ishlarni har doim o`ziga kasb qilsa xalq podshodan minnatdor bo`lishini Nizomulmulk anglagan. Podshohning zimmasida amaldor va lashkarning ahvolidan to‘liq xabardor bo‘lish va bu ularga qanchalar qimmatga tushishini bilish, agar bunday bo‘lmasa, katta xato bo‘lishini amaldorlarga murojaat qilib mamlakatdagi buzuqlik va zolimliklardan xabardor ekanligini aytib bu qilmishlar uchun amaldorlarni va lashkarni qattiq jazolashlishini bildirib turishi amaldorlarni xalqqa jabr-zulm qilishini tom ma`noda cheklab qo`ygan.saroyga turli mamlakatlardan elchilar kelib turgan.Bu elchilarga yaxshi muomilada bo`lish podshohning zimmasidagi vazifalardan biri ekanligi ularni xafvsizligini ta`minlash kelajakda davlat diplomatiyasini har tomonlama o`sishiga hissasi buyuk bo`lishini Nizomulmulk hukmdorga uqtirgan.Nizomulmulk asaridan shuni
6
bilish mumkinki mamlakat hayotida soliq yig`ish ishlariga alohida e`tibor berilgan va bu soliq siyosatidagi kichik xatolar ham kechirilmagan.Misol uchun, bir yillik soliqning miqdori va miqdori ikki yuz dinor bo‘lsin, bir xizmatkor darrov uch yuz dinor soliq to‘lashni talab qilishi mumkin.Buning oqibatida xalq butkul xonavayron bo`lishi mumkin,bu esa hokimyatga nisbatan norozilik kayfiyatini keltirib chiqaradi,keyinchalik bunda davlat ham ancha aziyat chekishi mumkin.shuningdek choparlarga ham alohida e`tibor berilgan faqat ishonchli odam chopar etib tayinlanadi, chunki ular doimo saroy sirlaridan xabardor bo'lib, faqat kerak bo'lganda aytib berishadi.agar mabodo biron bir hokimga noto`g`ri xabar yetib borsa bu juda katta muammoni keltirib chiqarishi mumkinligini Nizomulmulk anglagan va buni o`z asraida hukmdorlar uchun qo`llanma sifatida bayon etgan.Davlat mulkini himoya qilish uchun shahar va tumanlarga ishonchli, insofsiz odamlarni hokim qilib yuborishgan.Shuningdek hukmdor har bir ishni qilishdan oldin kengash chaqirishi kerak bo`lgan Hamma ishni maslahat bilan qilish bu qatlamlar orasidagi norozilikni keltirib chiqarmaydi. Har kim biror narsa haqida ko'proq yoki kamroq biladi. Bir kishi nazariy bilimga ega, lekin uni amalda qo'llamaydi, ikkinchisining tajribasi esa amaliydir.Masalan, bir kishi kitobdagi kasallik yoki dard haqida kitob o'qiydi va faqat dori-darmonlarning nomini biladi. Boshqa bir kishi bu dorilarni biladi va ularni tibbiyotda qo'llashi mumkin. Bu odamning bilimini birinchi odam bilan solishtirib bo'lmaydi.Shuning uchun kengash chaqirilsa xalqqa yanada manfaatli bo`lishi mumkunligi alohida ta`kidlanadi.Hammamizga ma`lumki davlatning asosiy tayanchi qo`shin hisoblanadi.Qayerda isyon bo`lsa,yov bostirib kelsa,qo`shin xalqni himoya qilishda katta rol o`ynaydi.Shu bois qo`shinga katta e`tibor bilan qarash podshononi yana bir vazifasi. Agar qo`shini yaxshi bo`lishi ta`minlansa davlat tinch osoyishta bo`lishi kafolatlanadi.
Nizomulmulkning “Siyosatnoma”Saljuqiylar davlatini davlat boshqaruvi, ijtimoiy ahvoli haqida muhim manba bo`lishi bilan birga,Boshqa aynan shundan keyingi davrlar hukmronlik qilgan hukmdorlar uchun ham nihoyatda katta qo`llanma vazifasini bajaradi.Yana shuni aytish kerakki “Siyosatnoma” asari xuddi shu davrda yozilgandek tassavvur uyg`otadi insonda.Chunki bu davrda ham jamiyat hayotida shunga o`xshahs masalalar ko`ndalang turibdi.Ularni yechish uchun shu asardagi tavsiya va nasihatlarga amal qilinsa maqsad muvofiq bo`ladi degan fikrga kelinadi.”Siyosatnoma”asrida xalqqa munosabat amaldorlar o`z manfaatlari uchun
7
emas xalq manfaatlari uchun ishlashi ayni hozirgi O`zbekiston uchun ham muhim shiorga aylanmoqda.bundan tashqari bu asarda qilingan tavsiyalariga amal qilish orqali insonlarda davlatga bo`lgan munosabatning,o`z kelajagiga nisbatan ishonchni yanada mustahkamlash mumkin.Asarda tolibi ilmlarga homiylik qilish masalasi alohida ta`kidlanadi zero, Nizomumulk ta`limni davlat uchun uning kelajagi uchun juda katta rol o`ynashini sezgan. Ta`lim bila bir yurtni buyuk kelajak kutishini anglagan.
8
9
10
Download 15.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling