Namangan davlat universiteti ikromova musharrafxon nematillayevna maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko


Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog‘liqligi


Download 0.87 Mb.
bet4/30
Sana09.05.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1449620
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
автореферат Икромова М Н 25 04

Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog‘liqligi. Mazkur tadqiqot ishi 2015-2017-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan A-5-37 “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik tasavvurlarini shakllantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlar” nomli amaliy loyiha doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini maktabgacha yoshdagi bolalarda shakllantirish bo‘yicha yurtimiz hamda xorijiy davlatlarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘rganish va tahlil qilish;
XXI asr insoni uchun zarur ko‘nikmalarning o‘zida jamlagan “Computational thinking” (Raqamli tafakkur) tushunchasini xorijiy manbalar asosida o‘rganish va aniqlashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish muammosini tadqiq etish maqsadida ularning yoshga xos psixik bilish jarayonlari hamda shu yosh davrida shakllanuvchi obrazli tafakkurning tuzilishi va rivojlanish bosqichlarini o‘rganib chiqish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining integratsiyasini ta’minlovchi didaktik va kompyuter o‘yinlarini takomillashtirish;
algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv rivojlanishiga ta’sirini aniqlovchi mezonni takomillashtirish;
o‘rganilgan ma’lumotlar asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini aks ettiruvchi adaptiv modelni takomillashtirish.
Tadqiqotning obyekti sifatida maktabgacha yoshdagi (3-7 yoshli) bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni olingan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling