Namangan davlat universiteti ikromova musharrafxon nematillayevna maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
Download 0.87 Mb.
|
автореферат Икромова М Н 25 04
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini obrazli tafakkur tashkil etuvchilari hamda mantiqiy tafakkur asosida didaktik va kompyuter o‘yinlari orqali shakllantirishning metodik asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmasining shakllanganlik darajasini hamda uning bolalar kognitiv rivojlanishiga ta’sirini aniqlovchi mantiqiy, semantik va faoliyatga doir mexanizmi, algoritmik fikrlash ko‘nikmasini dasturlashning dastlabki ko‘nikmalaridan biri sifatida muayyan ilmiy qarashlar, uni shakllantirish uchun vositalar ishlab chiqilganligi va takomillashtirilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish modeli, maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini individual, kichik guruhli, guruhli mashg‘ulotlarda bolalarning rivojlanishiga imkon beruvchi “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida keltirilgan mashg‘ulotlarga xilma-xillik, moslashuvchanlik tamoyili asosida bir qator o‘yin va topshiriqlar majmuyi ishlab chiqilganligi; bolalarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini individual, guruhli mashg‘ulotlar uyg‘unligida, interfaol metodlar va o‘yinli texnologiyalar vositasida shakllantirishning metodik ta’minoti – “Algoritmik tillar va dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma hamda “Zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantiramiz” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlanib, chop ettirilganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: “Raqamli tafakkur” tushunchasi shaxsning intellektual sezgirligining ichki qonuniyatlarini o‘rganib unga ta’sir etishning samarador usullarini tafakkurning predmetli-harakatli, predmetli-obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt, algoritmik shakllariga hamda hamkorlikda ishlash, muammoning eng maqbul yechimini aniqlash, kasbga yo‘naltirgan holda o‘zini-o‘zi maqsadli rivojlantirish kabi kompetensiyaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtiririshga doir tavsiyalaridan “Algoritmik tillar va dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-buyrug‘i asosidagi 233-0802-son guvohnomasi). Natijada tarbiyachi-pedagog va bo‘lajak tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayoni maqsadini amalga oshirishlari uchun zarur bilimlarga ega bo‘lishlariga erishilgan; maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining integratsiyasi hamda davlat o‘quv dasturi talablari bilan moslashuvchanligini ta’minlovchi “Sxema asosida o‘z uyingni top”, “Quvnoq algoritm”, “O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga ketma-ket qadamlar bilan sayohat qilamiz”, ”Xazina izlab”, “Raqamli tafakkur tomon ilk qadam” kabi didaktik hamda kompyuter o‘yin texnologiyalarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir tavsiyalaridan 2015-2017-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan A-5-37 “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlar” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-maydagi 03-03/2-1417-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlarni ishlab chiqishda muvaffaqiyatga erishilgan; maktabgacha yoshdagi bolalarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalari shakllanganligini aniqlovchi mantiqiy, semantik va faoliyatga doir mezonlari obrazli tafakkurning tashkil etuvchilari topologik, proyeksion, tartibli, metrik va algebraik hamda mantiqiy tafakkurning bolalar kognitiv rivojlanishiga ta’sirini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va mulohazalar maktabgacha ta’limning Davlat talablari mazmuniga singdirilgan. (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-maydagi 03-03/2-1417-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonining takomillashishiga erishilgan; maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish modelining konseptual-mazmunli komponenti raqamli tafakkurning kompleks omillar ta’sirida uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan intellektual qobililiyatlarni shakllantirish tizimi bilan vertikal integratsiyasini adaptiv aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan “Algoritmik tillar va dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan “Algoritmik tillar va dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-buyrug‘i asosidagi 233-0802-son guvohnomasi). Natijada tarbiyalanuvchilarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda samaradorlikka erishilgan. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling