Moliya statistikasi ko’rsatkichlari
O’zbekiston Respublikasi hozirgi kunda Xalqaro valyuta fondi (XVF) va boshqa xalqaro tashkilotlar moliyaviy ko’rsatkichlari standartlarini hisobga olgan holda, moliya statistikasi ko’rsatkichlari quyidagi guruhlarga bo’linadi.
Moliya statistikasining yig’ma ko’rsatkichlari:
yig’ma moliyaviy balans ko’rsatkichlari;
to’lov moliyaviy balans ko’rsatkichlari;
milliy hisoblan tizimining moliyaviy ko’rsatkichlari;
O’zbekiston va boshqa mamlakatlarning taqqoslama ko’rsatkichlari;
xalqaro moliya statistikasi ko’rsatkichlari.
Davlat moliyasi ko’rsatkichlari:
davlat byudjeti daromadlari va sarflari ko’rsatkichlari;
davlat byudjeti taqchilligi (defitsiti) ko’rsatkichlari;
davlat qarzi ko’rsatkichlari;
davlat solig’i, boji, tariflari va baho ko’rsatkichlari;
pensiya jamg’armasi, tibbiy sug’urta jamg’armasi, ijtimoiy sug’urta jamg’armasi, aholini ish bilan bandlik jamg’armasi, yo’l jamg’armasi, respublika kasaba uyushmalari kengashi jamg’armasi va boshqa byudjet jamg’armalarining tushumi va mablag’larining ishlatilishi ko’rsatkichlari.
Pul muomalasi ko’rsatkichlari:
pul oqimlari ko’rsatkichlari;
pul massasi (agregatlari) ko’rsatkichlari;
pul emissiyasi ko’rsatkichlari;
pul massasini hududlararo migratsiyasi ko’rsatkichlari;
pul aylanishi (oboroti) ko’rsatkichlari.
Kredit operatsiyasi ko’rsatkichlari:
kredit resurslari va qo’yilmalari ko’rsatkichlari;
bank krediti ko’rsatkichlari;
jismoniy shaxs krediti ko’rsatkichlari;
kim oshdi savdosi bo’yicha joylashtirilgan kredit resurslari ko’rsatkichlari;
O’zbekiston MB qayta joylashtirish stavkasi va boshqa stavkalar;
kredit resurslari va qo’yilmalaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |