Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Valyuta bozori statistikasi ko’rsatkichlari
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
Valyuta bozori statistikasi ko’rsatkichlariValyuta bozori deb, foyda olish maqsadida chet el valyutalarini sotib olish, sotish, ularni qarzga olish, ko’chirish, konvertatsiyalash, almashtirish va saqlash operatsiyalarining yig’indisiga aytiladi. Valyuta bozorining asosiy ko’rsatkichi valyuta kursi hisoblanadi. Maqsadi va vazifasi, hisoblash metodlari, qamrab olishi va boshqalarga qarab valyuta kurslari rasmiy, umumiy, real, ozod, eksport-import, birja, almashtirish, qora bozor va boshqalarga bo’linadi. Valyuta hisob-kitoblarida muhim masalalardan biri – valyuta kotirovkasidir. Kotirovka deganda milliy valyuta kursini boshqa mamlakat valyutasida belgilash tushuniladi. Kotirovka to’g’ri va teskari turlarga bo’linadi. To’g’ri kotirovka quyidagi formula bilan hisoblanadi: K=S0:R bu erdan R=S1:S0 Teskari kotirovka quyidagi formula bilan: S0= S1:R, R=S0:S1 bu erda: S1 – milliy valyutadagi summa; S0 – chet mamlakat valyutasidagi summa; R – milliy valyutaning chet mamlakat valyutasidagi kursi. Masalan, moliya bozorida quyidagi kurslarni uchratish mumkin: USD/UZS; USD/JPY; FIM/KZT; CNY/PLN; RUB/PTE va h.k. Moliya bozorida valyutani sotib olish va sotish kurslari mavjud. Bu kurslar talab va taklif kurslari deb ham ataladi Ma’lumki, banklar valyutani talab kurs bo’yicha sotib oladi, taklif kurs bo’yicha sotadi. Valyutachilar jargonida (maxsus tilida) sotib olish kursi – «bid», sotish kursi – «offer» deb ataladi. Ular o’rtasidagi farq marja yoki spredni tashkil qiladi (bid- offer=spred). Valyuta bozorida kross, spot va forvard kurslari mavjud. Ikki va undan ortiq valyuta kursining uchinchi valyutaga nisbati kross kurs deyiladi. Bu kurs quyidagicha hisoblanadi: Kk=Vkot:Vbaz, bu erda Kk – kross kurs; Vkot – kotirovka bo’ladigan valyuta; Vbaz – baza (asos) deb qabul qilingan valyuta. Masalan, bugungi kurslar: GBP/USD – 1,5477; KZT/USD – 0,005. Bu erdan bir dollar teng: 1/1,5477=0,6461 funtga; 1/0,005=200 tengega. Bir funt sterling esa teng 200/0,6461=309,55 tengega. Sotilgan valyutani o’tkazilish muddatiga qarab valyuta kurslari spot va forvard kurslarga bo’linadi. Sotilgan valyuta summasi o’sha kunning o’zida yoki ikki kun ichida o’tkazilsa (berilsa) bu kurs spot (kassali, joriy) kurs deb ataladi. Forvard (muddatli, oldindan kelishilgan) kurslari forvard operatsiyalariga asoslanadi. Forvard operatsiyalari deganda valyutalarni almashtirish bo’yicha oldindan kelishilgan kurs bilan bugungi tuziladigan bitimlar, lekin valyutalash (valyuta o’tkazish kuni) kelgusida amalga oshiriladigan yoki bir valyuta ikkinchisi bilan bitim tuzilgan kundagi kurs bilan sotib olinishi tushuniladi. Masalan, 16 mart kuni bitim tuzildi. Bu bitim bo’yicha valyutalash muddati 2 qismdan iborat: 16 mart, 16 iyun Demak, 16 mart kuni o’tkazilgan kurs spot kursi, 16 iyunda o’tkazilgan valyuta – forvard kurs. Forvard (autrayt ham deb yuritiladi) kursi bo’yicha valyuta sotilgan kuni emas, shartnomada belgilangan vaqtda o’tkaziladi va quyidagi formula bilan hisoblanadi: Kф Kc Kc i t 360(365) 100 : e e i t 360(365) 100 bu erda: Kc – spot kurs; i – foiz stavkasi; t – kunlar soni; e – valyuta birligi. Forvard kursini spot kursiga forvard ochkolarini qo’shish yo’li bilan ham aniqlash mumkin: Фо Кс t 360(365) Kf=Ks+Fo bu erdan Фоиз ставкаси асоси - Валюта а фоиз ставкаси 100 Agar Fo=0,001 teng bo’lsa bir ochko hisoblanadi. Moliya bozorida valyutaning real (haqqoniy) kursini hisoblash eng asosiy va kerakli ishdir. Real kurs deb kontragent (o’zaro shartnoma ega bo’lgan) mamlakatlarda ishlab chiqariladigan (sotiladigan) bir xil tovar (xizmat) narxining nisbatiga aytiladi. Bu degani bir Amerika dollari necha so’m turadi degani yoki aksincha. Real kursni bitta tovar misolida quyidagicha aniqlash mumkin. Masalan, non bo’yicha. Bir kilogramm non (yanvar 2003 yilda) O’zbekistonda 200 so’m turadi, AQShda esa – 0,5 dollar. Bu erdan real kurs Kr-Ru:Ra=200:0,5=400 so’m. Demak, bir dollar 400 so’m turar ekan. Bitta tovar bo’yicha real kursni hisoblash juda oson ekan. Lekin bizga ma’lumki, ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (xizmatlar) soni 100 ming atrofida. Barcha tovarlar (xizmatlar) bo’yicha real kurs qanday aniqlanadi? Real kurslarni hisoblash uchun agregatlar bo’yicha hisoblangan indekslar asosida umumiy tovar, xizmat va kapital indekslari aniqlanadi. Bu indekslar aynan bir mamlakat valyutasining ikkinchi davlat valyutasiga nisbati xarid qobiliyatini xarakterlaydi. Indekslarning vaznlari turli variantda bo’lishi munosabati bilan bir-biridan farq qiluvchi umumiy valyuta pariteti indekslariga ega bo’lamiz. Amaliyotda bu farqni yo’qotish uchun valyuta paritetining geometrik indeksi hisoblanadi: Yn BMTning xalqaro hisob-kitoblari amaliyotida valyuta pariteti indekslari, odatda, har qanday davlat bahosi bitta davlat bahosi (markaziy, asos qilib olingan) bilan taqqoslanadi. Shu paytning o’zida markaziy bahoga nisbatan hisoblangan indeks bilan qamrab olinmagan xohlagan ikki mamlakat paritet indeksi bilvosita hisoblanishi mumkin, ya’ni bu mamlakatlar uchun hisoblangan valyuta pariteti indekslari markaziy mamlakat bilan hisoblangan indekslarga qayta hisoblanadi. Valyuta pariteti indekslarini hisoblashda, aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan tovar, ko’rsatilgan xizmat va kapital qiymatini taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 1000 so’mga, 1000 rupiyga, 1000 funtga, 1000 guldenga necha kilogramm non, guruch yoki banan sotib olish mumkin, necha marta sartaroshga soch oldirish mumkin. Bu ko’rsatkichlar, albatta, o’sha davlatlar (O’zbekiston, Hindiston, Angliya, Gollandiya) uchun va shu davlat aholisiga nisbatan hisoblanadi. Bu paritetlar quyidagi bosqichlarda hisoblanadi. Birinchi bosqichda har bir tovar va xizmat bahosi nisbati aniqlanadi. Keyin tortqichli o’rtachalar guruh tovar va xizmatlar uchun hisob-kitob qilinadi. Uchinchi bosqichda esa tegishli hissalarda umumiy juft darajalar paritetlari aniqlanadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling