Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasi


Download 1.34 Mb.
bet210/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215
Bog'liq
Statistika UMK

Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasi


Milliy hisoblar tizimida rezident va norezident institutsion birliklar o’rtasidagi iqtisodiy operatsiyalar «tashqi dunyo» sektori schyotlarida qayd etiladi. Rezidentlar o’rtasidagi joriy operatsiyalar «tovarlar va xizmatlar», «birlamchi daromadlar va joriy transfertlar» schyotlarida qayd etiladi (sxemalarga qarang).




17.1-sxema


Tashqi dunyo tovarlar va xizmatlar schyoti (mlrd. AQSh $)

Foydalanish turlari

Resurslar

  1. Tovarlar va xizmatlar eksporti, sh.j.

    • tovarlar

    • xizmatlar

  2. Saldo: tashqi savdo balansi

1124

1. Tovar va xizmatlar importi

1093

-31








Balans

1093

Balans

1093

Xorijiy daromadlar uchun resurs bo’lib ularning manfaati uchun mazkur mamlakat tovarlari va xizmatlari eksportidan foydalanish xizmat qiladi va aksincha, mazkur mamlakat manfaati xorijiy davlatlar resurslaridan foydalanish esa bu davlatlar uchun foydalanish turlari hisoblanadi. Bu ikki tomon saldosi ijobiy qiymatga ega bo’lsa, xorijiy davlatlar uchun u faol (aktiv) saldo, mazkur mamlakatlar uchun esa – taqchillikni anglatadi va aksincha bo’lsa, teskari talqinga ega bo’ladi.


Tashqi dunyo tovarlar va xizmatlar schyotida resurslar sifatida – tovar va xizmatlar importi, foydalanish turi sifatida esa – ularning eksporti qaraladi. Bu schyot saldosi ijobiy qiymat bilan ifodalansa, xorijiy davlatlar tashqi savdoda aktiv balansga ega bo’ladi, mazkur mamlakat uchun esa tashqi savdo taqchillik bilan yakunlanganligini anglatadi.
Tovarlar eksport «Fob» bahoda hisobga olinadi, ya’ni tovar qiymatiga eksport qilinuvchi mamlakat chegarasigacha olib borish xarajati ham qo’shiladi. Bunda sotuvchi o’z hisobidan xaridor ijaraga olgan kema bortiga mahsulotni etkazib berishi lozim. Kemani xaridor yollaydi, sotuvchi tovar uchun kemaga yuklash davrigacha javobgar bo’lib, sotish narxi (FOB)ga tovar narxi (TN), tashib keltirish xarajatlari (TKX) ishlab chiqarish xarajati unsuri sifatida qo’shiladi:

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling