Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet211/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215
Bog'liq
Statistika UMK

FOB=TN+TKX
Yukni kemaga joylashtirish sotuvchi majburiyatiga kirmaydi va qabul qilingan me’yorlarga ko’ra kema egasi hisobiga bajariladi hamda xaridor tomonidan ijara haqiga kiritiladi.
Ayrim hollarda bojxona hujjatlarida tovarlar importi bo’yicha ularning SIF bahosi qayd qilingan bo’ladi. Bu baho tarkibiga FOB narxidan tashqari sug’urta qiymati (SQ) ham kiradi:
SIF=FOB+SQ
Bunda sotuvchi kemani ijaraga olishi, ijara haqini to’lashi, mahsulotni jo’natuvchi portga etkazishi, belgilangan muddatda uni o’z hisobidan kema bortiga yuklashi va xaridorga konosament (ya’ni, yukni tashishga qabul qilinganligi va tashuvchining oluvchiga etkazish majburiyatini tasdiqlovchi hujjat)ni topshirishi lozim.
Sotuvchi majburiyatiga, shuningdek, transportda yuz beriladigan xavf-xatarlardan yukni sug’urta qilish ham kiradi. Shuning uchun ham sotuvchi xaridorga xaridor nomiga sug’urta polisini topshirishi lozim.
Xizmatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

    • barcha turdagi tarnsport xizmatlari;

    • shaxsiy va amaliy safarlar;

    • pochta, telekommunikatsiya va boshqa ovoz etkazish xizmatlari;

    • sug’urta va moliyaviy xizmatlar;

    • kompyuter va axborot yig’ish, berish xizmatlari;

    • mualliflik huquqi, patent, loyiha, yuridik maslahatlar berish, kon’yukturani o’rganish, boshqarish va buxgalteriya maslahatlarini berish kabilar.

Eksport va import tarkibida tarnsport xizmatlari eng yuqori salmoqni tashkil
qiladi.
Eksport va importni baholash tovar va xizmatlar bo’yicha tashqi balans
ko’rsatkichini hisoblash yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun eksport bilan import taqqoslanadi.
Agar tovar va xizmatlar importi ularning eksportidan ko’p bo’lsa, u holda balans mazkur mamlakat uchun noxush bo’lib, minus «-» bilan xarakterlanadi.
Agar tovar va xizmatlar importi ularning eksportidan kam bo’lsa, u holda balans mazkur mamlakat uchun qulay, maqbul bo’lib, plyus «+» bilan xarakterlanadi. Birlamchi daromadlar va joriy transfertlarning tashqi dunyo mamlakatlari bilan munosabat jarayonida shakllanadigan birlamchi daromadlar va joriy transfertlar,
ularning taqsimoti aks ettiriladi. U quyidagi shaklga ega.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling