Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Taqqoslash diagrammalarining
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
Taqqoslash diagrammalarining keng tarqalgan turlaridan biri bu ustunli diagrammalardir. Bunday diagrammalar eni bir xil bo’lgan to’g’ri to’rtburchakli ustunlardan tashkil topgan bo’lib, har bir ustun uzunligi (bo’yi) kuzatilayotgan kattaliklarni aks ettiradi. Bunda har bir ustun uzunligi ma’lum masshtabda statistika ko’rsatkichlarining kattaligini ifodalaydi. Ustunlar bir-biriga yopishgan, ustma-ust
(qisman) yoki bir xil masofada vertikal holda joylashtiriladi. Shuningdek, ular grafik maydonda (bu holda vertikal o’q shkala vazifasini bajaradi), ya’ni to’g’ri chiziqli koordinat tizimida joylanishi mumkin. Taqqoslovchi diagrammani tashkil etuvchi barcha ustunlarda faqat bitta o’lchov o’zgaruvchan miqdor hisoblanadi. Misol tariqasida quyidagi ustunli diagrammalar tuzilishini ko’rib chiqamiz. Yuqorida bayon etilgan qoidalarga muvofiq gorizontal o’q bo’ylab ustunlar vertikal joylashtiriladi. Mazkur diagrammalarning yaqqolligi ustunlardagi miqdorlarni solishtirish orqali erishiladi. Grafik maydonda ustunlarning joylanishi gorizontal o’q bo’ylab turlicha bo’lishi mumkin: bir-biridan bir xil uzoqlikda; bir-biriga jipslashgan holda; bir-birini ustiga qo’yilgan holda. 100 80 60 40 20 0 1995 1996 1997 1998 1999 2000 2001 2002 2003 2004 6-rasm. O’zbekistonda aholi jon boshiga YaIMning real o’sishi 1995-2004 yy. (foizda) Taqqoslovchi diagrammalar lentali ko’rinishda ham tasvirlanishi mumkin. Bunda statistika ko’rsatkichlari lenta uzunligi orqali ma’lum bir masshtabda ifodalanadi va u ham ustunli diagrammaga o’xshash eni bir xil bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lib to’g’ri chiziqli koordinata tizimida vertikal o’q bo’ylab bir xil masofada, ustma-ust (qisman) yoki bir-biriga jipslashgan holda gorizontal holatda joylashtiriladi. Tasvirlanayotgan statistik ko’rsatkichlarning bir xil o’lchamdaligi hamda ularning turli ustunlar va lentalar uchun bir xil miqyosdaligi, yagona qoidaning bajarilishi tasvirlanayotgan ko’rsatkichlarning muvofiqligini (ustunlarning balandlik bo’yicha, lentalarning uzunlik bo’yicha) va mutanosibligini talab etadi. Bu talabning bajarilishi uchun quyidagilar zarur: birinchidan, ustun (lenta) o’lchami belgilanadigan shkala noldan boshlanishi, ikkinchidan, bu shkala uzluksiz bo’lishi lozim (7-rasm). 7-rasm. O’zbekistonda xalk iste’moli ishlab chiqarish bo’yicha ma’lumotlar (mlrd.so’m) Ustunli va lentali diagrammalar statistika ma’lumotlari grafik tasvirining qabuli sifatida mohiyatiga ko’ra o’zaro o’rin almashunuvchidir, ya’ni ko’rib chiqilayotgan statistika ko’rsatkichlari ham ustunlarda, ham tasmalarda baravar taqdim etilishi mumkin. Yo’naltirilgan diagrammalar ustunli (tasmali) diagrammalarni bir turi hisoblanadi. Unda ustunlar yoki tasmalarning ikki tomonlama joylashgan bo’lib miqyos bo’yicha hisob o’rtadan boshlanadi. Odatda bunday diagrammalar qarama- qarshi sifat qiymatidagi miqdorlarni tasvirlash uchun qo’llaniladi. Ikki tomonlamalilar guruhiga sonli tafovutlar diagrammalari kiritiladi. Ularda tasmalar nolga teng vertikal chiziqdan ikkala tomonga: o’ngga – ko’payish uchun, chapga – kamayish uchun yo’naltirilgan. Bunday diagrammalar yordamida rejadan yoki taqqoslash negizi uchun qabul qilingan biron-bir darajadan chetga chiqishini tasvirlash qulaydir. O’rganilayotgan statistika o’zgarishlari ko’lamini ko’ra olish imkoniyati ko’rib chiqilayotgan diagrammalarning muhim alomati hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy tahlil uchun katta ahamiyatga egadir. Taqqoslanayotgan statistik ko’rsatkichlar miqdori bir-biridan juda katta farq qilsa ular turli xil geometrik shakllar – kvadrat, doira va boshqa figuralar orqali tasvirlanishi mumkin. Bunday diagrammalar, masalan kvadrat yoki doiraviy diagramma tuzish uchun dastlab taqqoslanayotgan miqdorlardan kvadrat ildiz chiqarib olish zarur. Shundan so’ng olingan natijalar asosida qabul qilingan miqyosga muvofiq kvadrat tomoni yoki doira radiusi aniqlanadi. Diagrammalarni to’g’ri tuzish uchun kvadratlar yoki doiralarni bir-biridan bir xil masofada joylashtirish, har bir shkalada o’lchov miqyosini keltirmagan holda u tasvirlaydigan son qiymatini ko’rsatish zarur. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling