Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet34/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Asosiy tayanch iboralar


      • Foiz (protsent)

      • Promille

      • Prodetsimille

      • Majburiyatni bajarish nisbiy miqdori

    • Shartli-natura o’lchov birligi

    • Pul o’lchov birligi

    • Kompleks o’lchov birligi

    • Taqqoslanuvchi ko’rsatkich

    • Taqqoslanadigan ko’rsatkich

    • Koeffitsient

  • Dinamika nisbiy miqdori

  • Tuzilma (struktura) miqdori

  • Koordinatsiya miqdori

  • Intensivlik miqdori

  • Taqqoslash miqdori

Bilimingizni sinab ko’ring.





  1. Statistik ko’rsatkichlar deganda nimani tushunasiz va ular qanday turlarga bo’linadi?

  2. Respublikadagi talabalar soni, umumiy aholi sonida ayollar hissasi, avtomobillar soni, umumiy ishlab chiqarilgan bug’doy miqdori, bir sigirdan sog’ib olingan sut, qazib olingan oltin hajmi, bir gektardan olingan hosil miqdori qaysi miqdorlarga misol bo’la oladi?

  3. Mutlaq miqdorlarni qanday usullarda aniqlash mumkin?

  4. Mutlaq miqdorlar nega bir necha o’lchov birliklarida ifodalanadi?

  5. Samarqand va Qo’qon konserva zavodlari bir oyda 500 ming bankadan tomat pastasi ishlab chiqargan. Shartli banka hajmi 353,4 sm3. Samarqand konserva zavodida ishlab chiqarilgan banka hajmi 600 grammni, Qo’qon - 258 grammni tashkil etgan. Shartli bankalar sonini aniqlab, zavodlarni oylik ishiga baho bering.

  6. Mutlaq miqdorlarning kamchiligi nimada?

  7. Nisbiy miqdorlar qanday shakllarda ifodalanadi?

  8. Nega va qachon asos (taqqoslanadigan ko’rsatkich) birga, yuzga, mingga va o’n mingga teng deb olinadi?

  9. Bankirlar miqdorlarning qaysi shaklini ishlatgani ma’qul?

  10. Koeffitsientdan promille necha barobar katta?

  11. Siz dekanat yoki ota-onangiz oldida ikkinchi kursni a’lo baholar bilan tugatish majburiyatini olgan edingiz. Ikki semestrda 19 ta fandan imtihon topshirib 16 ta besh baho oldingiz. Majburiyat qay darajada yoki necha foizga bajarildi?

  12. Potokda 127 talaba o’qiydi. Shundan o’g’il bolalar 67 ta. Qizlarning hissasini aniqlang.

  13. Fakultetda 1382 talaba bor. Shundan 712 tasi qizlar. Koordinatsiya nisbiy miqdorini aniqlang va tushuntirib bering.

  14. Dinamika nisbiy miqdori deganda nimani tushunasiz va boshqa nisbiy miqdorlardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi.?

  15. Shahar aholisining o’rtacha (yillik) soni 360 ming kishiga teng. Bir yilda 1812 bola tug’ilganligi qayd qilingan. Shu davrda 171 kishi o’lgan. Tug’ilish va o’lish koeffitsientlari aniqlansin. Bu aniqlangan ko’rsatkichlar nisbiy miqdorlarning qaysi turiga mansub?

  16. Mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda qo’llashning zaruriyati nimada?

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling