Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- - jadval 2000-2004 yillarda “Istiqlol” supermarketida sotilgan tovarlar hajmi
- Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko’rsatkichlari
- jadval“Istiqlol” supermarketida tovar zaxiralari qoldig’i
7.1-jadvalda keltirilgan qator dinamika qatorining payt (moment)li turiga kiradi. Chunki uning hadlari “Istiqlol” supermarketi bo’yicha tovar qoldiqlarini faqatgina bir payt (oy boshi) ga ko’rsatmoqda. Davriy dinamika qatorlarida esa hadlar shu davr oralig’i (interval)da beriladi. Masalan, bir oy (yoki yil) da ishlab chiqarilgan mahsulot, sotilgan tovarlar hajmi, ekilgan er maydoni va h.k. - jadval 2000-2004 yillarda “Istiqlol” supermarketida sotilgan tovarlar hajmi(tovar oboroti) dinamikasi
7.2-jadvalda keltirilgan qator davriy dinamika qatoriga misol bo’la oladi. Chunki uning hadlari bir yil ichida sotilgan tovarlar yig’indisidan tashkil topgan. Paytli va davriy dinamika qatorlari hodisani vaqt bo’yicha o’zgarishini ifodalashi bilan o’xshash, lekin ular o’ziga xos xususiyatlarga ega: Davriy dinamika qatorlarining hadlarini qo’shish mumkin va natija real ma’noga ega bo’ladi. Masalan, oylik tovar aylanmasi hajmidan yillikka, yillikdan besh yillikka o’tish mumkin. Bu bilan biz faqat hadlarni hajmini ko’paytirmasdan yangi keng intervalli qatorlar tuzishga ham erishamiz. Davriy dinamika qatorlarini ikki darajada, ya’ni faqat shu davr uchun va o’sib boruvchi jamlarda hisoblash mumkin. Bunday qatorlar bank tizimida keng ishlatiladi. Momentli dinamika qatorlarining darajalarini qo’shish natijasi iqtisodiy mazmunga ega emas, chunki ularni qo’shib hisoblamoqchi bo’lsak, u holda takroriy qayta hisoblashlarga yo’l qo’ygan bo’lamiz. Shunday qilib, dinamika qatorlari yordamida ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi: vaqt bo’yicha rivojlanish darajasini baholash; statistik ko’rsatkichlar tizimi vositasida o’rganilayotgan hodisaning dinamikasini o’lchash; rivojlanishning asosiy tendentsiyalarini aniqlash va miqdoriy baholash; davriy tebranishlarni o’rganish; bashoratlash va ekstrapolyatsiya qilish. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko’rsatkichlariO’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning dinamikasini miqdoriy tomondan baholashda quyidagi statistik ko’rsatkichlar qo’llaniladi: mutlaq qo’shimcha o’zgarish; o’zgarish sur’ati, qo’shimcha o’zgarish sur’ati; bir foiz o’zgarishning mutlaq mohiyati. Dinamika qatorlari ko’rsatkichlarini hisoblash ikkita davr darajasini taqqoslash natijasida olinadi. Odatda, taqqoslanadigan daraja sifatida qatorning birinchi yoki oldingi yil darajasi qabul qilinadi. Taqqoslanish usuliga qarab, bu ko’rsatkichlar o’zgaruvchan va o’zgarmas bazali ko’rsatkichlarga bo’linadi. Ularni bazisli va zanjirsimon ko’rsatkichlar ham deb atashadi. Bazisli deyilishiga sabab qatorning barcha hadlari baza deb qabul qilingan bitta had bilan taqqoslanadi. Zanjirsimonda esa har bir taqqoslashda taqqoslash bazasi o’zgarib boradi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling