Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
Mavsumiylik indeksini – zanjirsimon usulda hisoblangan oylik nisbatlar asosida; oylik haqiqiy ma’lumotlarni sirg’anchiqli o’rtachaga yoki tekislangan hadlarga nisbati bilan ham aniqlash mumkin.
Dinamika qatorlari va bashoratlash masalalariDinamika qatorlarini o’rgangan va tahlil qilgan barcha tadqiqotchilar qatordagi etmagan yoki keyin keladigan hadlarni aniqlashga harakat qilganlar. Dinamika qatorlarining hadlari qator orasida etmasa uni aniqlash interpolyatsiya deyiladi, kelgusi hadlarni aniqlash ekstrapolyatsiya deyiladi. Quyidagi misolni ko’rib chiqaylik. Tumanda qorako’l qo’ylarining dinamikasini o’rganish uchun quyidagi ma’lumotlar to’plandi:
Ko’rinib turibdiki, 2002 yil uchun ma’lumot yo’q. Shu yildagi qo’ylar sonini interpolyatsiya metodi bilan aniqlash mumkin. Buning uchun mutlaq o’zgarishlar, o’zgarish sur’atlari, o’rtacha mutlaq o’zgarish va boshqa ko’rsatkichlar hisoblaniladi. Agarda mutlaq o’zgarishda hisoblasak, natija quyidagicha: 2003 va 2001 yillar uchun mutlaq o’zgarish (15931-11151)=4780 ta qo’yga teng. Faraz qilamiz, 2004 yilda ham o’zgarish shu darajada bo’lgan. Endi 4780:2=2390. Bu olingan natijani 2001 yildagi qo’ylar soniga qo’shamiz 11151+2390=13541. Demak, 2002 yilda qo’ylar soni 13541 boshni tashkil qilgan ekan. Bu ko’rsatkichni boshqa usullar yordamida ham olish mumkin. Masalan, 2001 va 2003 yillarning darajalarini qo’shib, olingan natijani ikkiga bo’lamiz, ya’ni (11151+15931):2=13541. Boshqa usullar ham mavjud. Dinamika qatorlari hadlarini ekstrapolyatsiya qilish ham bir qancha usullarda amalga oshiriladi. Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz. Agarda dinamika qatorlarini tahlil qilishda mutlaq o’zgarish darajalarining doimiyligi ko’rinib qolsa, payqalsa, u paytda o’rtacha mutlaq o’zgarish darajasi hisoblanilib, olingan natija dinamika qatorlarining oxirgi hadiga qo’shilib bajarilaveradi. 7.3-jadvalda keltirilgan mutlaq o’zgarishlar bo’yicha ularni o’rtacha darajasini(2001-2004) hisoblagan edik va natija 10,25 mln.so’mga teng bo’lgan. у 18 11 7 5 41 10,25 млн.су(м 4 5 Hamma sharoitlar saqlanib qoladi deb taxmin qilib, bu qatorning kelgusidagi hadlarini hisoblash mumkin. Masalan, 2007 yilgacha hisoblamoqchimiz: 2005 y. = 191+10,25=201,25 mln.so’m. 2006 y = 191+2•10,25=211,50 mln.so’m. 2007 y = 191+3•10,25=221,75 mln.so’m. Agarda o’rganilmayotgan davr uchun hisoblangan o’zgarish sur’atlari ma’lum darajada (ozmi-ko’pmi) doimiy bo’lsa, ekspolyatsiyani o’rtacha o’zgarish sur’ati orqali amalga oshirish mumkin. Buning uchun o’rtacha o’zgarish sur’ati hisoblanilib, olingan natija dinamika qatorining oxirgi hadiga ko’paytiriladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling