Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet203/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

To’lov balansi


Xalqaro valyuta fondining 1993 yilda chop qilgan qo’llanma-spravochnikda (5- nashr) to’lov balansiga quyidagicha ta’rif berilgan. To’lov balansi aniq bir davrda davlatning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini (bitimlarini) doimiy ravishda hisobga olib boruvchi statistik hisobotdir. Doimiy yashovchilar (rezidentlar) va norezidentlar o’rtasidagi amalga oshiriladigan operatsiyalarning ko’pchiligi tovar, xizmat va tushumlarga taalluqli, moliyaviy noroziliklar va qarz majburiyatlari boshqa mamlakat va transfertlarga taalluqlidir.


Bu ta’rifda to’lov balansining umumiy tayinlanishi va operatsiyalari tarkibi ochib berilgan. To’lov balansi bitimlar oqimi va ularning qiymatini (davrga) o’zida ifoda etadi. Operatsiyalarning asosiy qismini teng qiymatlarni almashtirish tashkil qiladi. Ularga tovarlar, xizmatlar, daromadlar va moliyaviy talablar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar kiradi. Bulardan tashqari to’lov balansida tovarlar, xizmatlar va daromadlar bilan bir qatorda beg’araz yordam operatsiyalari hisobga olinadi va unda ehtiyot aktivlardagi o’zgarishlar ko’rsatiladi.
To’lov balansida har bir operatsiya ikki marta yoziladi – kreditda (+bilan) va debetda (-bilan). Kreditga xorijiy aktivlarni qisqarishini yoki xorijiy majburiyatlarning qaytarilishini ifodalovchi moliyaviy moddalar va eksport hisoblangan real resurslar kiradi. Shuning aksinchasi debetga yoziladi. Barcha moddalar yig’indisi nolga teng bo’lish kerak.
To’lov balansini mantiqiy tarkibga ega bo’lganligi xududiy taqqoslashlar o’tkazishga, uning mamlakat tashqi aktiv va passivlari zaxiralari bilan o’zaro munosabatlarini o’rganishga imkoniyat beradi. Balans tarkibi ikki sektsiyaga birlashtirilgan standart komponentlardan tashkil topadi:

  1. Joriy schet;

  2. Kapital schet.

Birinchi bo’lim (sektsiya)da tovarlar, xizmatlar, daromadlar va transfertlarga tegishli rezidentlar va norezidentlar o’rtasida bo’ladigan barcha operatsiyalar hisobga olinadi, ikkinchi bo’limda esa xorijiy moliyaviy aktivlar va passivlarning doirasida bo’lgan o’zgarishlarga tegishli barcha operatsiyalar o’z ifodasini topadi.
Birinchi sektsiya operatsiyalarining asosiy qismini tovarlar bilan bog’liq bitimlar tashkil qiladi. Bu kompanentga tashqi savdo tovarlari, qayta ishlash uchun buyumlar, asosiy fondlarni ta’mirlash, transport kompaniyalarining portlardagi sotib olgan tovarlari kiradi.
Xizmatlar komponentiga tashish, sayohatlar, kommunikatsion xizmatlar, sug’urta, qurilish, moliyaviy xizmatlar, kompyuter, informatsion, mualliflik va boshqa to’lovlar, ishbilarmonlik, shaxsiy va hukumat xizmatlari kiradi. Bu komponentni barcha turlarini mazmuniga to’xtalishga zaruriyat yo’q deb hisoblab, faqat tashish va moliyaviy xizmatlarga nimalar kirishini sanab o’tmoqchimiz. Unga: suv, havo va boshqa transportlar, rezidentlarning norezidentlar uchun bajargan xizmati va teskarisi. Ular passajirlarni tashish, fraxtlash yoki ekipaj bilan birgalikda sudnani ijaraga olish va boshqa xizmatlarni o’z ichiga oladi. Moliyaviy xizmatlarga – rezidentlar va norezidentlar o’rtasida bajarilgan vositachi va yordamchi xizmatlar kiradi.
Daromadlar komponentiga to’langan qoplamalar (mehnat haqlari) va investitsiyadan hamda tashqi moliyaviy aktivlar va passivlardan tushumlar kiradi.
Investitsiya daromadlari to’g’ri, portfel va boshqa investitsiya daromadlarini o’z ichiga oladi.
To’g’ri investitsiya daromadlari bo’lingan va reinvestitsiya qilingan daromadlardan tashkil topadi. Taqsimlangan daromadlar o’z navbatida aktsiyalar bo’yicha dividendlar, sho’’ba korxonalarda to’g’ri omonatchiga tushadigan foizlar, kompaniya ichidagi qarz operatsiyalari bo’yicha daromadlardan tashkil topadi. Reinvestitsiya qilingan daromadlar esa xorijda bo’lgan sho’’ba korxonalarni va ularning filiallarini taqsimlanmagan foydasini bir qismi va filiallar va boshqa noinkorporativlashmagan korxonalarni to’g’ri omonatchiga tushmagan daromadlarilan iboratdir.
Portfel investitsiyalar daromadlari o’zida rezidentlardan norezidentlarga daromad potoklarini va teskari shaklda qimmatli qog’ozlardan olingan mutlaq daromadlarni aks ettiradi.
Boshqa investitsiyalardan daromadlar rezidentlardan norezidentlarga foizlar hamda aktiv va majburiyatlarga talab bo’yicha to’lovlarni o’zida birlashtiradi.
Barcha transfertlar ikki kotegoriyaga bo’linadi: umumiy hukumat organlari va boshqa organlar. Umumiy hukumat tranfertlari tarkibida qarzlarni kechib yuborish, boshqa subsidiyalar (iqtisodiy yordam sifatida berilgan dori-darmonlar, oziq-ovqat, harbiy qurol-aslahalarni hadya etish va boshqalar) va boshqa transfertlar umumiy davlat organlarining norezident-korxonalar bilan bajaradigan operatsiyalari – joriy daromad soliqlari, mol-mulk solig’i, hadiyalar va shu kabilar ajralib turadi.
Boshqa transfertlar quyidagi transfertlarni qamrab oladi: ishchilarning qarzlaridan, boshqa subsidiyalardan, pul perevodlaridan kechish, migrantlar transfertlari va boshqalar.
«Zaxira aktivlari»komponenti o’z ichiga oltin tangalar, maxsus huquqlarni olmoq, XVFni zaxira pozitsiyalari, chet el valyutasi va boshqa talablarni oladi. Zaxira aktivlari moliyaviy hokimiyatlar tomonidan to’lov balansini muamolarini hal qilishda va milliy valyutaning kursiga ta’sir qilish orqali balansdagi nomutanosiblik (disproportsiya)larni boshqarishda hamda to’lov disbalansini moliyalashtirishda foydalaniladi.
To’lov balansi (standart komponentlari)





Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling