Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
Savdo-sotiq xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinda turadi va bu jahon bozorida o’z ifodasini topadi. Jahon bozori-xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir- birlariga bog’langan turli mamlakatlar o’rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlaridir.
Bugungi kunda jahon savdosiga faqatgina yuqori o’sish sur’atlarigina emas, balki tarmoq va hududiy tuzilishidagi o’zgarishlar ham xosdir. Bu o’zgarishlarni ikkita holat bilan izohlash mumkin. Birinchidan, xalqaro savdo tarkibida xom ashyo, yonilg’i, oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi kamaymoqda. Ilm talab sohalarining mahsulotlari va Bu erda David Rikardoning «nisbiy ustunlik» qonuniga amal qilinadi. Bu qonun mamlakatda barcha kuchni shu erda nisbatan kqproq samaradorlikka ega tovarlarni ishlab chiqarishga qaratish va ularni eksport qilib, qrniga-qrin qzi juda kam ustunlikka ega bqlgan tovarlarni olib kelish foydaliroq ekanini tasdiqlaydi. xizmatlarining hissasi esa ortib bormoqda. Birgina «Nou-xau» savdosining xalqaro savdo oborotidagi salmog’i 10 foizga yaqinlashdi. Ikkinchidan, tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi o’rinlar nisbati o’zgarmoqda. Jahon yalpi eksportida AQSh hissasining pasayishi va aksincha, Yaponiya, Germaniya, yangi industrial davlatlar hamda ayrim rivojlanayotgan davlatlar hissalarining ortib borishida namoyon bo’lmoqda. O’zbekistonning tashqi savdo oboroti 2003 yilda 6,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2002 yilga nisbatan 17,3 %ga ko’paydi. Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi xalqaro mehnat taqsimotining asosiy rivojlanish yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bunday kooperatsiyaning asosi bo’lib ishlab chiqarish kuchlarining o’sish darajasi va mamlakat ichida yoki tashqarisida bo’lishidan qat’iy nazar alohida korxonalar o’rtasida barqaror xo’jalik aloqalarining shakllanishidir. Xalqaro iqtisodiy aloqalarda davlatlararo kapital migratsiyasi, uni taqsimlash barqaror o’sishni faol omili bo’lib xizmat qiladi. Iqtisod baynalmilallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan chiqib xalqaro mazmun kasb etadi. Mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi. Pul jamg’armalarining investitsiyalarga aylanishi kapitalning xalqaro miqyosdagi migratsiyasini anglatadi. Bu migratsiya quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin: pul mablag’lari, maqsadli bank omonotlari, paylar, aktsiyalar, sug’urta guvohnomalari va boshqa qimmatli qog’ozlar; harakatlanuvchi asosiy kapitallar, shu jumladan texnologiyalar; mualliflik huquqlari va boshqa intellektual boyliklar. Xalqaro miqyosda kapital ortidan ish kuchi ham harakatga keladi. Ish kuchining dunyo uzra ko’chib yurishi ish kuchining xalqaro migratsiyasi deyiladi. Migratsiya oqimi ish kuchi ortiqcha bo’lgan mamlakatlardan unga talab bor mamlakatlar tomon yo’nalgan bo’ladi. U kishilarni bir mamlakatdan boshqasiga ishlab kelish uchun yoki tamomila o’sha erda qolish uchun ko’chib borishni bildiradi. Migratsiya muntazam tus olib, jahon ish kuchi bozorini shakllantirgan. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling