Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinamika qatorlarini qayta ishlash usullari
7.3-jadvalIstiqlol supermarketi tovaroborotining 2000-2004 yillardagi dinamikasi ko’rsatkichlari
7.3-jadvalda keltirilgan hisob-kitob ma’lumotlari statistik grafiklarda tasvirlansa, ular o’ziga kishi e’tiborini yanada ko’proq jalb etadi, yaxshiroq esda saqlanadi va h.k. Dinamika qatorlarini qayta ishlash usullariDinamika qatorlaridagi mavjud tendentsiyalarni aniqlash va baholash statistikaning muhim vazifalaridan biridir. Asosiy tendentsiyalarni o’rganish jarayonida o’zaro bog’langan ikkita vazifa hal etiladi: o’rganilayotgan hodisada trendning mavjudligi; aniqlangan trendni statistik o’lchash. Dinamika qatorlaridagi trendning mavjudligini aniqlash bir qancha mezonlar bilan amalga oshiriladi. O’rtachalar metodi. O’rganilayotgan dinamika qatori bir necha bo’laklarga bo’linadi va har bir bo’lak bo’yicha o’rtacha (Уi ) hisoblaniladi. O’rtachalar o’rtasida farq bor degan gipoteza oldinga suriladi. Agarda shu gipoteza tasdiqlansa, trendning mavjudligi tan olinadi. Valliss va Mur mezoni. Bu mezonning mazmuni shundan iboratki, dinamika qatorida trend bor deb tan olinadi, agar bu qator birinchi tartibli farqlarni o’zgarish belgisiga ega bo’lmasa. Koks va Styuart mezoni. Tahlil qilinayotgan dinamika qatorining darajalari teng uchga bo’linadi (agarda darajalarni teng uchga bo’lish uchun ular etishmasa, bir nechta daraja qo’shiladi) hamda birinchi va oxirgi guruh darajalari o’zaro solishtiriladi. Seriyali metod. Bu metodning mazmuni shundaki, qatorning har bir aniq darajasini u yoki bu tipga tegishli deb hisoblanadi. Masalan, qatorning hadi medianadan kichik bo’lsa, u A tipga ega, aks holda V tipga ega. Dinamika qatorida o’zgarish ko’rsatkichlarini hisoblash va ularni grafiklarda tasvirlash metodlari. Amaliyotda trendni statistik o’rganishning eng ko’p tarqalgan metodlari: interval (davr) oralig’ini kengaytirish; sirg’anchiqli o’rtacha; analitik tekislashdir. Dinamika qatorlarida trendni o’rganishning eng sodda metodlaridan biri davr oralig’ini kengaytirishdir. Bu metodning mohiyati shuki, agar oldingi, ya’ni mavjud intervallar (davrlar)da hisoblangan darajalar hodisaning rivojlanish tendentsiyasini ko’rsatmasa, ular asosida yangi intervallar (kengaytirilgan) tuzilib va har bir yangi interval bo’yicha qator darajasi hisoblaniladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling