Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
-jadval. Oziq-ovqat do’konida oylar bo’yicha sotilgan tovarlar hajmi (mln.so’m)
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.5-jadval Oziq-ovqat do’konida o’rtacha bir kunda sotilgan tovarlar hajmi
- 7.6 - jadval Tovar oborot hajmi bo’yicha sirg’anchiqli va silliqlangan o’rtachalar
- 7.7-jadval.
7.4-jadval. Oziq-ovqat do’konida oylar bo’yicha sotilgan tovarlar hajmi (mln.so’m)
7.4-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bo’yicha oziq-ovqat do’konida sotilgan tovarlar hajmi oydan oyga o’sayaptimi yoki pasayyaptimi, bir narsa deyish qiyin. Trend borligini aniqlash uchun intervallarni oylikdan choraklikka o’tkazib ko’ramiz:
Hisoblangan choraklik hadlar bo’yicha baralla aytish mumkin, qator hadlari o’sish tendentsiyasiga ega. Dinamika qatorlaridagi umumiy tendentsiyani sirg’anchiqli o’rtacha orqali ham aniqlash mumkin. Sirg’anchiqli o’rtacha darajalarni aniqlash metodining mohiyati shundaki, unda dinamika qatorlarida keltirilgan haqiqiy darajalar sirg’anchiq o’rtacha miqdor bilan almashtiriladi. 7.5-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, oziq-ovqat do’konida bir kunda sotilgan tovarlar hajmi IV chorakkacha o’sish tendentsiyasiga ega, IV chorakda esa III chorakga, hatto ayrim yillarda I va II choraklarga nisbatan kamaygan. Dinamika qatorlarini silliqlash metodi yordamida hodisa va jarayonlardagi umumiy tendentsiyani aniqlash uchun avvalo empirik (boshlang’ich) ma’lumotlar bo’yicha harakatlanuvchi (sirg’anchiq) o’rtachalarni hisoblash zarur. 7.5-jadval Oziq-ovqat do’konida o’rtacha bir kunda sotilgan tovarlar hajmiquyidagicha (mln.so’m).
Bu usullarning asosiy talabi-hisoblangan sirg’anchiqli o’rtachalarning darajalari soni qatordagi kuzatiladigan dinamikaning tsikllari uzunligiga mos kelishidir. Bizning misolimizda 4 a’zoli sirg’anchiq o’rtacha qo’llaniladi. Ularni hisoblash texnologiyasi quyidagicha: to’rtta had qo’shilib 4 ga bo’linadi, ikkinchi o’rtachani aniqlashda birinchi o’rtachaning birinchi hadi tushirib qoldiriladi va uning o’rniga navbatdagi beshinchi had qo’shilib olingan natija yana to’rtga bo’linadi va h.k.: У У1 У 2 У 3 У 4 4 Биринчи у(ртача У У1 У 2 У 3 У 4 87 131 163 148 529 132,25 млн.су(м 1 4 4 4 Иккинчи у(ртача У 2 У 2 У 3 У 4 У 5 131 163 148 123 565 141,25 млн.су(м 4 4 4 У(н учинчи у(ртача У У13 У14 У15 У16 213 224 241 230 908 227,0 млн.су(м 13 4 4 4 Silliqlangan darajalarni qiymatlarini olish uchun hisoblangan o’rtachalarni markazlashtirish kerak. Birinchi yilning III choragi uchun silliqlangan o’rtachani aniqlashda У 1 o’rtachalarning o’rtachasi hisoblaniladi. va У 2 У III КВ У 1 У 2 132,25 141,25 273,5 136,75 млн.су(м 2 2 2 У IV КВ У 2 У 3 141,25 145,75 287,0 143,5 млн.су(м 2 2 2 У I КВ У 3 У 4 145,75 150,5 296 25 148,12 млн.су(м 2 2 2 Olingan natijalarni 7.6-jadvalda joylashtiramiz 7.6 - jadval Tovar oborot hajmi bo’yicha sirg’anchiqli va silliqlangan o’rtachalar
7.6 - jadvalda keltirilgan silliqlangan o’rtacha darajalarning ko’rsatishicha, oziq-ovqat do’konida kunlik oborot bo’yicha o’rganilayotgan davrda o’sish tendentsiyasi mavjud. Dinamika qatorlarida mavjud tendentsiyani aniqlashning eng muhim usullaridan biri – analitik tekislashdir. Bu usulning asosiy mazmuni bo’lib, rivojlanishning asosiy tendentsiyasi vaqt (Ut) funktsiyasi sifatida hisoblanishidir. Uti =f(ti) Nazariy hadlarni (Uti) hisoblash teng (mos) matematik funktsiyalar asosida amalga oshiriladi. Mos funktsiyani tanlash eng kichik kvadratlar metodi orqali amalga oshiriladi. Bu metodning mohiyati shundaki, haqiqiy darajadan (U) tekislangan (Ut) qator darajasi eng kam bo’lsa ham tafovutda bo’lishi kerak. (Ut-U)=min Bu tenglamaning mohiyati shundaki, u trendni o’rganishda nazariy va haqiqiy hadlarning mosligini baholashda o’lchov mezoni sifatida qo’llaniladi. Analitik tekislashni amalga oshirishda eng qiyin va muxim ishlardan biri trend darajalarini hisoblovchi matematik funktsiyaning turini tanlashdir. O’rganilayotgan hodisa va jarayonlardagi qonuniyatlar to’g’risida qilinadigan xulosalar aynan funktsiyani qaday tanlanganligiga bog’liq. Agar mos funktsiya tanlansa, tekislangan qator ma’lumotlari mavsumiylikni o’rganishda, bashoratlashda va boshqa amaliy faoliyatlarda qo’llanilishi mumkin. Analitik tekislash metodini asosli qo’llashning shartlaridan biri hodisa va jarayonlarning rivojlanish tiplarini, ularning asosiy ajratib turuvchi belgilarini bilishdir. Statistik o’rganishlar amaliyotda hodisalarni vaqt bo’yicha rivojlanishining quyidagi tiplari ma’lum: A. Bir tekisda rivojlanish. Dinamikaning bunday tipi doimiy mutlaq o’zgarishlarga xosdir. UZ const Bunday sharoitda dinamika qatori quyidagi tenglama bilan tekislanadi: У t а0 а1t bu erda: a0, a1 – tenglama parametrlari; t- vaqt belgisi. a1 – parametr regressiya koeffitsienti bo’lib va rivojlanish yo’nalishini aniqlaydi. Agar a1>0 dinamika qatorining hadlari bir tekisda o’sib boradi, agar a1<0 ular kamayib boradi. a0 va a1 parmetrlarni aniqlash uchun quyidagi tenglamalar tizimini ochish kerak: a0n+a1t=U a0t+a1t2=Ut 7.7-jadval.Yanvar oyining birinchi yarmidagi kunlik oborot (mln.so’m)
7.7-javdal ma’lumotlari asosida analitik tekislashni amalga oshiramiz. Vaqt ko’rsatkichlari oy kunlari bo’lganligi sababli, ularni quyidagicha belgilash kerakki, t=0. Bu hisob-kitobni ancha osonlashtiradi. t=0 desak, tenglama : a0n=U bo’ladi, bu erdan a У 0 n ва a1 t 2 yt бу ердан а1 Уt . t 2 Demak, Ut=a0+a1t tenglamadagi a0 va a1 parametrlarni aniqlash uchun,: U; Ut; t2 larni hisoblashimiz kerak 7.8-jadval ma’lumotlari asosida a0 va a1 parmetrlar qiymatini hisoblaymiz. а У 0 n 996 66,53 ; 15 а Уt 1 t 2 330 1,18; 280 Endi olingan qiymatlarni o’z o’rniga qo’ysak, tenglama quyidagi ko’rinishga keladi: Уt 66,53 1,18 t t ning o’rniga aniq qiymatlarni qo’yib, У t ning ko’rsatkichlarini hisoblaymiz: 0> Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling