Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet91/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

7.3-jadval


Istiqlol supermarketi tovaroborotining 2000-2004 yillardagi dinamikasi ko’rsatkichlari



Yillar

Tovaroo borot, mln.so’ m

Mutloq o’zgarish, mln.so’m



O’zgarish sur’ati,%

Qo’shimcha o’zgarish
sur’ati,%

bazisli

Zanjir simon

bazisli

Zanjir simon

bazis li

zanjir simon

2000

150

-

-

100,0

-

-

-

2001

168

18

18

112,0

112,0

12,0

12,0

2002

179

29

11

119,3

106,5

19,3

6,5

2003

186

36

7

124,0

103,9

24,0

3,9

2004

191

41

5

127,3

102,7

27,3

2,7

Jami

874

-

41

-

-

-

-

O’rtacha

174,8

-

10,25

-

106,2

-

6,2

7.3-jadvalda keltirilgan hisob-kitob ma’lumotlari statistik grafiklarda tasvirlansa, ular o’ziga kishi e’tiborini yanada ko’proq jalb etadi, yaxshiroq esda saqlanadi va h.k.


    1. Dinamika qatorlarini qayta ishlash usullari


Dinamika qatorlaridagi mavjud tendentsiyalarni aniqlash va baholash statistikaning muhim vazifalaridan biridir. Asosiy tendentsiyalarni o’rganish jarayonida o’zaro bog’langan ikkita vazifa hal etiladi:



  1. o’rganilayotgan hodisada trendning mavjudligi;

  2. aniqlangan trendni statistik o’lchash.

Dinamika qatorlaridagi trendning mavjudligini aniqlash bir qancha mezonlar bilan amalga oshiriladi.



  1. O’rtachalar metodi. O’rganilayotgan dinamika qatori bir necha bo’laklarga

bo’linadi va har bir bo’lak bo’yicha o’rtacha (Уi ) hisoblaniladi. O’rtachalar
o’rtasida farq bor degan gipoteza oldinga suriladi. Agarda shu gipoteza tasdiqlansa, trendning mavjudligi tan olinadi.

  1. Valliss va Mur mezoni. Bu mezonning mazmuni shundan iboratki, dinamika qatorida trend bor deb tan olinadi, agar bu qator birinchi tartibli farqlarni o’zgarish belgisiga ega bo’lmasa.

  2. Koks va Styuart mezoni. Tahlil qilinayotgan dinamika qatorining darajalari teng uchga bo’linadi (agarda darajalarni teng uchga bo’lish uchun ular etishmasa, bir nechta daraja qo’shiladi) hamda birinchi va oxirgi guruh darajalari o’zaro solishtiriladi.

  3. Seriyali metod. Bu metodning mazmuni shundaki, qatorning har bir aniq darajasini u yoki bu tipga tegishli deb hisoblanadi. Masalan, qatorning hadi medianadan kichik bo’lsa, u A tipga ega, aks holda V tipga ega.

  4. Dinamika qatorida o’zgarish ko’rsatkichlarini hisoblash va ularni grafiklarda tasvirlash metodlari.

Amaliyotda trendni statistik o’rganishning eng ko’p tarqalgan metodlari: interval (davr) oralig’ini kengaytirish; sirg’anchiqli o’rtacha; analitik tekislashdir.
Dinamika qatorlarida trendni o’rganishning eng sodda metodlaridan biri davr oralig’ini kengaytirishdir. Bu metodning mohiyati shuki, agar oldingi, ya’ni mavjud intervallar (davrlar)da hisoblangan darajalar hodisaning rivojlanish tendentsiyasini ko’rsatmasa, ular asosida yangi intervallar (kengaytirilgan) tuzilib va har bir yangi interval bo’yicha qator darajasi hisoblaniladi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling