Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana10.06.2020
Hajmi0.82 Mb.
#116658
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
umumiy psixologiya


2. Qobiliyatlar tasnifi. 

     Qobiliyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin: 

1.  Tabiiy  qobiliyatlar  —  odamlar  va  hayvonlar  uchun  xos  bo`lib,  idrok  qilish,  xotirada  saqlash,  oddiy 

muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli 

reflekslar hosil bo`lish jarayoni tashqil etadi. Odamdagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu 

qobiliyatlar bir - biridan farq qiladi. 

2.  Maxsus  insoniy  qobiliyatlar  ijtimoiy  -tarixiy  tabiatga  ega  bo`lib,  ijtimoiy  muhitdagi  hayot  va 

taraqqiyotni ta`minlaydi. Maxsus  insoniy qobiliyatlar o`z navbatida  -  umumiy va xususiy qobiliyatlarga 

bo`linadi.  Umumiy  qobiliyatlar  -  insonning  turli  faoliyatlari  muvaffaqiyatini  ta`minlovchi  aqliy 

qobiliyatlar,  xotira  va  nutqning  rivojlanganligi,  qo`l  harakatlarining  aniqligi  va  boshqa  xususiyatlardan 

iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta`minlaydi. Bu qobiliyatlar 

alohida  muloqotning  bo`linishini  taqozo  etadi.  Masalan,  matematika,  texnika,  badiiy  -  ijodiy  sportga 

bo`lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir. 

Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo`lib, nazariy qobiliyatlar-mavhum, mantiqiy 

qobiliyatlar  esa  aniq  amaliy  harakatlarga  moyillikda  namoyon  bo`ladi.  O`quv  qobiliyatlari  bilim, 

ko`nikma  va  malakalarni  o`zlashtirish  shaxs  sifatlarining  shakllanishi,  pedagogik  ta`sirlar 

samaradorligining  ortishida  ijobiy  rol’  o`ynaydi.  Ijobiy  qobiliyatlar  moddiy  va  ma`naviy  madaniyat 

asarlari  yaratish  yangi  g`oya,  kashfiyot  va  yangiliklar  echishda  namoyon  bo`ladi.  Muloqotga  qobiliyat 

shaxsning boshqa kishilar bilan bo`ladigan o`zaro jarayonida muhim ahamiyatga ega. 

3. Qobiliyatlarning miqdoriy va sifat tavsifi 

     Qobiliyatlar  sifat  va  miqdor  jihatidan  ko`p  bo`lishi  mumkin.  O`quvchining  qobiliyatlari  nimaga 

namoyon bo`lishini va binobarin, o`quvchi shaxsini qanday individual - psixologik xususiyatlari faoliyat 

tomonidan  qo`yilgan  talablarni  qay  darajada,  bajarish  qobiliyatiga  ega  ekanligi,  ya`ni  o`quvchining 

boshqalarga  nisbatan  malaka  va  bilimlarning  qanchalik  tez,  engil  va  mustahkam  egallay  olishini  bilish 

pedagog  uchun  muhimdir.  Qobiliyat  xususiyatlarining  sifat  tomonidan  qaralishi  -  maqsadga  har  turli 

yo`llar bilan borishga imkon beruvchi  “o`zgaruvchan miqdor” to`plami  sifatida faoliyat  muvaffaqiyatini 

taminlovchi  inson  psixologik  xususiyatlarini  murakkab  yig`indisi  sifatida  ko`rinadi.  Bir  xususiyatlarni 

o`rnini  ikkinchi  bir  xususiyatlar  bilan  bosishning  keng  imkoniyatlari  bor,  buni  odam  o`zida  chidam  va 

qat`iylik bilan ishlash orqali rivojlantirish mumkin. Pedagog va psixolog Sqolovyanskiy ko`r  -kar Ol’ga 

Skoroxodovada  faqat  ilmiy  xodimlik  qobiliyati  emas,  balki  adabiy  qobiliyat  ham  namoyon  bo`lishiga 

erishgan. Bir qobiliyatni boshqa bir qobiliyat bilan boshqarish yordami bilan to`ldirish xususiyati har bir 

odam  oldida  kasb  tanlash  va  uni  takomillashtirishning  nihoyatda  keng  imkoniyatlarini  ochib  beradi. 

Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi sohada (pedagogik, sport, savdo va 

boshqalar) engillik bilan “o`zini topa oladi” va qanday qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi, degan 

savolga  javob  berish  imkoniyatini  beradi.  Qobiliyatlarni  miqdor  tavsifi  va  ularni  o`lchash  muammosi 

bilan  ko`proq  chet  el  psixologlari  (Kettel,  Termen,  Spirmen)  va  boshqalar  shug`ullanganlar.  O`sha 

paytlarda  qobiliyatlarni  o`lchash  usuli  sifatida  aqliy  iste`dod  testlaridan  foydalanganlar.  Bu  usul 

odamning  aqliy  qobiliyatlari  emas,  balki  odamda  qobiliyatlar  bilan  aralashtirib  bo`lmaydigan  biror  bir 

xildagi  ma`lumotlar, ko`nikma va malakalar borligini namoyon qiladi.  L.S. Vo`gotskiy bu usulni tanqid 

qilib o`zining kelajak taraqqiy zonasini belgilash “metodi” deb ataladigan usulini taqlif qildi. Qobiliyatlar 

odamning  aniq  faoliyatidan  tashqarida  mavjud  bo`lmaydi.  Qobiliyatlarning  tarkib  topishi  esa  ta`lim  va 

tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon qilishdir. 

4. Qobiliyatlar tarkibi 

      Odam  egallab  oladigan  faoliyat  uning  psixologik  xususiyatlariga  yuksak  talablar  qo`yadi.  Bu 

talablarni  qandaydir  bitta  sifat  taraqqiyotining  juda  yuksak  darajasida  bo`lsa  ham  qoniqtira  olmaydi. 

Qobiliyatlar  murakkab  tuzilishga  ega  bo`lgan  psixik  sifatlar  yig`indisidan  iboratdir.  qobiliyatlar  tarkibi 

aniq faoliyat talabi bilan belgilanadi va har turdagi faoliyatlar uchun turlicha bo`ladi. Masalan, matematik 


qobiliyat, adabiy qobiliyat, pedagogik, musiqaviy, ixtirochilik va shifokorlik qobiliyatlari tuzilishi maxsus 

tarkibga  ega.  Aniq  qobiliyatlar  tarkibini  tashqil  qiluvchi  shaxsning  xislatlari  orasida  ayrimlari  etakchi 

o`rinni  egallasa,  ayrimlari  yordamchilik  rolini  egallaydi.  Masalan,  pedagogik  qobiliyatlar  tarkibida 

etakchi  sifat  pedagogik  takt,  kuzatuvchanlik,  bolalarni  sevish,  ularga  nisbatan  yuksak  talabchanlik 

bilimlarni  berishga  ehtiyoj,  yordamchilik  tarzida  tashqilotchilik  qobiliyati  hisoblanadi.  Har  turli 

qobiliyatlarning  aniq  psixologik  tavsifini  o`rganar  ekanmiz,  biz  shu  qobiliyatlarda  bir  emas,  balki  bir 

necha  turdagi  faoliyat  turlari  talablariga  javob  beradigan  birmuncha  umumiy  sifatlarni  ajratishimiz 

mumkin,  bundan  tashqari  mazkur  faoliyatni  bir  muncha  torroq  doirasi  uchun  javob  beruvchi  maxsus 

sifatlarni  ajratishimish  mumkin.  Bu  narsa  ularda  har  tomonlama  qobiliyatlapr  borligi,  har  turli  kasblar, 

mashg`ulotlarning keng sohalariga doir umumiy qobiliyatlar borligi haqida gapirish imkonini beradi. Bu 

ikkinchi  signallar  tizimi  haqidagi  ta`limot  bilan  bog`liqdir.  Birinchi  signallar  tizimi  obrazlar,  his  - 

tuyg`ular bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchi signallar tizimi bu obrazlar haqida so`zlar orqali signal berishdan 

iborat. Inson psixik faoliyatida birinchi signal tizimi ustunlik qilsa, odam badiiy tipga “taalluqli” bo`ladi, 

ikkinchi signallar tizimi kuchli bo`lganlar “fikrlovchi” tipga, har ikkala signallar aralashib ketgan bo`lsa, 

ya`ni  qaysi  birini  ustunligini  bilib  bo`lmasa  odam  “o`rta  tipga“  taalluqli  bo`ladi.  Shaxsning  mazkur 

faoliyatga  tayyorligi  sifatida  namoyon  bo`ladigan  har  bir  aniq  qobiliyatlar  tarkibi  o`z  ichiga  bir  turkum 

sifatlarni,  ya`ni bu sifatlar orasida etakchilari va yordamchilari, umumiylari va maxsuslari bo`lishi bilan 

o`zining anchagina murakkabligi bilan ajralib turadi. 



5. Qobiliyatlarning tabiiy asoslari. 

     Qobiliyatlar  odamga  shaxsning  hamma  individual  psixologik  xususiyatlari  kabi  qandaydir  tabiat 

tomonidan  tug`ma  ravishda  tayyor  holda  berilmaydi,  balki  faoliyat  jarayonida  tarkib  topadi.  Odam 

dunyoga hech qanday psixik xususiyatlarsiz, faqat ularni orttirishga qaratilgan umumiy imkoniyatlar bilan 

keladi.  O`z  zamonasida  Platon  “qobiliyatlar  tug`ma  ravishda  berilgan  bo`ladi  va  odam  foydalanadigan 

barcha  bilimlar  uning  “absolyut  bilimlar”  ideal  olamida  bo`lishligi  haqidagi  tasavvurlardan  iboratdir”  - 

degan  edi.  XVII  asrda  Dekart  tug`ma  g`oyalar  haqidagi  ta`limotni  gavdalantirilgan.  Bu  kambag`allarni 

o`qitib bo`lmaydi, deb ularga past nazar bilan qarashga, ularni kamsitishga reaktsion fikrlarga olib keladi. 

Qobiliyatning  tug`maligini  inkor  qilish  absolyut  tabiatga  ega  emas.  Psixologiya  qobiliyatning  tug`ma 

ekanligini tan olmas ekan, bu bilan miyaning tuzilishi bilan bog`liq bo`lgan differentsial xususiyatlarning 

tug`maligini inkor qilmaydi. qobiliyat taraqqiyotining daslabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo`ladigan 

miya  tuzilishining,  sezgi  a`zolari  va  funktsional  xususiyatlari  -  layoqat  deb  ataladi.  Layoqat  ko`p 

qirralidir.  Faoliyat  tomonidan  qo`yilgan  talablarning  tabiatiga  bog`liq  ravishda  aynan  bir  xil  layoqatlar 

asosida har xil qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. 

   F.A.Gallning  fikricha  odamning  hamma  qobiliyatlari  “aql”  va  “qobiliyat”  sifatlari  miya  yarim 

sharlarida o`zining maxsus qat`iy markazlari mavjud ekan, ya`ni bu sifatlarning taraqqiyot darajasi miya 

tegishli qismlarining miqdoriga to`g`ridan to`g`ri bog`liqdir. SHuning uchun odamning kalla suyagiga bir 

qarash  yoki  boshidagi  dumboqchalarini  shunchaki  paypaslab  ko`rish  orqali  go`yo  odamning 

qobiliyatlarini  aniqlasa  bo`ladi.  Layoqatning  miya  miqdori  massasi  va  og`irliga  bog`liq  haqidagi  faraz 

ham  bekor  qilingan.  Katta  yoshdagi  odam  miyasining  o`rtacha  og`irligi  1400  g.  ga  yaqin  bo`ladi. 

I.S.Turgenev  miyasining  og`irligi  2012,  D.G.Bayronniki  1800  g,  mashhur  ximik  YU.Libixniki  1360  g, 

yozuvchi A.Fransniki 1017 g bo`lgan. eng katta miya aqliy jihatdan nuqsoni bor odamga taalluqli ekanligi 

aniqlangan. 

       Qobiliyat  va  irsiyat.  1675  yilda  F.Galtonning  “Talantning  irsiyatga  bog`liqligi  uning  qonunlari  va 

oqibatlari” degan kitobi nashr qilingan. Bunda muallif bir necha yuzlab mashhur kishilarning qarindoshlik 

aloqalarini  o`rganib,  talant  yoki  onadan  irsiyat  yo`li  bilan  o`tadi  degan  xulosaga  kelgan.  Biroq 

Galltonning  xulosalari  ilmiy  jihatdan  asoslanmagan  edi.  Baxlar  oilasida  musiqaga  bo`lgan  talant 

dastavval  1550  yilda  ma`lum  bo`lgan.  Bu  talant  1800  yillarda  yashagan  qandaydir  Regina  So`sannadan 

so`ng tamom bo`lgan. Umuman Baxlar oilasida 57 dan ko`p musiqachi bo`lgan. Ularning 20 tasi mashhur 

bo`lgan.  Bend  degan  skripkachilar  oilasida  9  ta  mashhur  musiqachi  bo`lgan.  Gaydon  oilasida  ikkita 

mashhur  musiqachi  bo`lgan.  Ko`pchilik  hollarda  mashhur  odamlarning  nasl  -  nasablarini  o`rganish 

biologik  irsiyatdan  emas,  balki  hayot  sharoitining  nasldan  naslga  o`tishidan,  ya`ni  qobiliyatlar 

taraqqiyotiga yordam berishdan ekanligi ma`lum bo`ldi. 



6. Qobiliyatlarning rivojlanishi 

     Qobiliyatlar  taraqqiyotidagi  yuksak  bosqichga  iste`dod  deb  ataladi.  Iste`dod  deb,  odamga  qandaydir 

murakkab  mehnat  faoliyatini  muvaffaqiyatli,  mustaqil  va  o`ziga  xos  tarzda  bajarish  imkonini  beradigan 

qobiliyatlar  uyushmasiga  aytiladi.  Qobiliyatlar  kabi  iste`dod  ham  faqat  ijodiy  yutuqqa  erishish 

imkoniyatidan  iboratdir.  Biroq  oqibat  natijada  ijodiy  yutuqlar  odamlarning  ijtimoiy  yashash  sharoitiga 


bog`liqdir. Agar jamiyat  taraqqiyoti bunday kishilarga muhtoj bo`lsa, bunday kishilarning paydo bo`lish 

imkoniyati  tug`iladi.  Iste`dod  qobiliyatlar  yig`indisidan,  ularning  majmuidan  iboratdir.  Alohida  olingan 

yakka  qobiliyat  -  garchi  u  taraqqiyotning  juda  yuksak  darajasiga  erishgan  va  yorqin  ifodalangan  bo`lsa 

ham  iste`dod  bilan  tenglashtirib  bo`lmaydi.  Bu  haqda  g`oyat  o`tkir  fenomenal  xotiraga  ega  bo`lgan 

kishilar  haqida  o`tkazilgan  tadqiqotlar  dalolat  beridi.  Moskvalik  psixologlar  bir  necha  yillar  davomida 

kuzatgan S.SH. o`zida xotiradan boshqa qobiliyatlarni rivojlantirmadi va shuning uchun u o`zining ajoyib 

qobiliyatlarga  mos  keladigan  ijodiy  muvaffaqiyatga  erisha  olmadi.  Shunday  qilib,  iste`dod  shaxs  psixik 

sifatlarining  shu  qadar  murakkab  birikmasidirki,  uni  qandaydir  birorta  yagona  qobiliyat  bilan,  bu 

qobiliyat  xotiraning  yuksak  mahsuldorligi  kabi  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lsa  ham  belgilab  bermaydi. 

Psixologik  tadqiqotlardan  ma`lum  bo`lishicha,  birorta  ham  qobiliyatning  yo`qligi  yoki  etarli  taraqqiy 

etmaganligi iste`dod sifatlarining murakkab turiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal taraqqiyoti yo`li 

bilan muvaffaqiyatli ravishda o`rni bosib yuboriladi 

     Har  qanday  layoqat  qobiliyat  darajasiga  ko`tarilishi  uchun  eng  murakkab  yo`lni  bosib  o`tish  kerak 

bo`ladi.  Qobiliyatning  rivojlanishi  inson  hayotining  ilk  davrlaridanoq  boshlanib,  bir  necha  bosqichida 

amalga oshadi. Layoqatning rivojlanishi qobiliyat yoki iste`dod darajasiga ko`tarilish uchun etarli  shart-

sharoitlar bo`lishi kerak. Hozirda Respublikamizda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo`llab-quvvatlash 

va  rag`batlantirish  maqsadida  bir  qator  ishlar  amalga  oshirilmoqda,  chunki  iste`dodli  yoshlar  mustaqil 

O`zbekistonimizni kelajagini ta`minlaydi. 



Mavzu yuzasidan test savollari: 

1. Kishilar o`rtasidagi individual farqlarni psixologiyaning qaysi sohasi o`rganadi? 

a)maxsus psixologiya ; b) differentsial psixologiya; 

v) shaxs psixologiyasi; g) psixofiziologiya. 

2.  Qobiliyatlarning  rivojlanishi  inson  bosh  suyagining  tuzilishiga  bog`liqligi  haqida  ta`limot  qanday 

ataladi? 

a) xiromantiya; b) fiziognomika; v) frenologiya; g) grafologiya. 

3. Qobiliyatlarning tabiiy asosi nimadan iborat? 

a) tana tuzilishi; b) asab tizimi; v) ichki a`zolar tuzilishi ; g) layoqat. 

4. Pedagogik qobiliyatlar tarkibidagi etakchi xususiyat qaysi? 

a) pedagogik odob; b) kuzatuvchanlik; v) bolalarni sevish; g) tashqilotchiligik. 

5.  1-  va  2-  signallar  tizimi  tuzilishining  o`zaro  nisbatiga  ko`ra  odamlarni  “badiiy”,  “fikrlovchi”  va 

“oraliq” tiplariga ajratgan olimni aniqlang? 

a) I.M.Sechenov; b) P. K. Anoxin; v) I.P.Pavlov; g) G.M. Teplov. 



Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 

1)  Kishining bilimi bilan qobiliyatlari aynan bir narsami? 

2)  Qobiliyat mavjudligini qanday aniqlash mumkin? 

3)  Qobiliyatning tabiiy asosini nima tashqil qiladi? 

4)  Qobiliyatning rivojlanishi qanday omillarga bog`liq? 

                                                                     

                                                                             Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 

1. “Barkamol avlod orzusi” . Toshkent. 1999. 

2. Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T 1997. 

3. Davletshin M.G.Umumiy psixologiya. T.-2002 

3. Karimova V. Psixologiya T. 2002 . 

2. Karimova V. Psixologiya. Toshkent. 2002 . 

5. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. T.1999. 

4. Psixologiya. qisqacha izohli lug`at. T-1998 

5. G`oziev e, Psixologiya. T-2003 

7. Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi.T.Turon-iqbol. 2006 



 

 

 

 



 

Й 

M U N D A R I J A: 

1-mavzu: Psixologiyaning predmeti. ............................................. 

2

 

2-mavzu: Hozirgi zamon psixologiyasining metodologik masalalari.



 5

 

3-mavzu: Psixika va ongning taraqqiyoti....................................... 



8

 

4-mavzu: Shaxs faoliyati va malakalari ....................................... 



11

 

5-mavzu: Muloqot psixologiyasi ................................................. 



15

 

6-mavzu: Shaxs psixologiyasi. ..................................................... 



19

 

7-mavzu: Jamoa ........................................................................... 



23

 

8-mavzu: Diqqat va uning xususiyatlari. ..................................... 



26

 

9-mavzu: Sezgilar ........................................................................ 



32

 

10-mavzu: Idrok ........................................................................... 



35

 

11-mavzu: Xotira ......................................................................... 



39

 

12-mavzu: Tafakkur ..................................................................... 



44

 

13-mavzu: Xayol .......................................................................... 



49

 

14-mavzu: Hissiyot ...................................................................... 



52

 

15-mavzu: Iroda ........................................................................... 



57

 

16-mavzu: Temperament ............................................................. 



60

 

17-mavzu: Xarakter ...................................................................... 



64

 

18-mavzu: Qobiliyat .................................................................... 



68

 

 



 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling