Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi


Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy - tadqiqot uslublari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana10.06.2020
Hajmi0.82 Mb.
#116658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
umumiy psixologiya


3. Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy - tadqiqot uslublari. 

      Har bir fan taraqqiyotining asosiy sharoitlaridan biri uning ma`lum darajada mumkin qadar ob`ektiv, 

aniq, ishonchli uslublar (metod) ga ega ekanligidir. Metod - uslubning ma`nosi biror narsaga borish yo`li 

demakdir.  Psixologiyada  asosiy  va  yordamchi  uslublar  bor.  Asosiy  metodlarga  kuzatish  va  eksperiment 

(tajriba) uslublari kiradi. 

         KUZATISH metodi - ikki xil bo`lib, ob`ektiv (tashqi) va sub`ektiv (ichki) kuzatish turlari bor. Inson 

ruxiyotidagi o`zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1.Kuzatishning maqsad, vazifasi 

belgilanadi.  2.  Kuzatiladigan  ob`ekt  tanlanadi.  3.  Tadqiqot  o`tkazish  vaqti  rejalashtiriladi.  4.  Kuzatish 

qancha  davom  etishi  qat`iylashtiriladi.  5.  Kuzatish  insonning  qaysi  faoliyatida  (o`qish,  o`yin,  mehnat, 

sport)  amalga  oshirilishi  tavsiya  qilinadi.  6.  Kuzatishning  shakli  (yakka  guruh,  jamoa  tayinlanadi).  7. 

Kuzatilganlarni  qayd  qilib  borish  vositalari  (kundalik-suhbat  daftari,  kuzatish  varaqasi,  magnitofon, 

videomagnitofon) tayyorlab qo`yiladi. Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg`ulari, 

asab tizimining tashqi ifodalari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq - atvori, nutq faoliyati kabilar o`rganiladi. 

Ammo o`ta murakkab ichki kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql - zakovatni 

tadqiq  etishga  bu  metodning  imkoni  etmaydi.  O`spirin  yoshlarning  sport  faoliyatini  kuzatish  orqali 

ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg`usining o`zgarish xususiyatlari, g`alabaga intilish, o`zini harakatini 

idora qila olishi yuzasidan materiallar yig`ish mumkin. Tashqi kuzatishda ba`zan tafakkur bo`yicha ham 

ma`lumotlar  olish  mumkin.  Ish  ustidagi  kayfiyatni,  chehradagi  tashvish  va  iztirobni,  sinchkovlik, 

termulish  kabi  ruxiy  holatlarni  kuzatib  tafakkurdagi  o`zgarishni  aniqlash  mumkin.  Bundan  tashqari 

qo`lning  titrashi,  asabiylashish,  nutqning  buzilishi  ham  insonning  ruxiyatidagi  o`zgarishlari  bo`yicha 

ma`lumot  beradi.  Psixologiyada  o`z  -o`zini  kuzatish  metodidan  foydalaniladi.  Ko`pincha  moxir 

o`qituvchi o`zini - o`zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara oladi. 

2.  Tajriba  (eksperiment)  usuli.  Bu  usul  yordamida  sun`iy  tushunchalarni  shakllanishi,  nutqning  o`sishi, 

favqulodda  holatdan  chiqish,  muammoli  vaziyatni  hal  qilish  jarayonlari,  shaxsning  his  -  tuyg`ulari, 

xarakteri  va  psixologik  xususiyatlari  aniqlanadi.  Tajriba  usuli  tabiiy  va  laboratoriya  usullariga  bo`linadi. 

Tabiiy  usul  psixologik  -  pedagogik  masalalarni  hal  qilishda  qo`llaniladi.  Bu  uslubning  ilmiy  asoslarini 

1910  yilda  A.F.Lazo`rskiy  ta`riflagan.  Bu  usuldan  ishlab  chiqarish  jamoalari  a`zolarining,  o`qituvchilar, 

keksalarning psixologik o`zgarishlari, o`zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari va muammolarini aniqlashda 

foydalaniladi. Asosiy usullardan tashqari yordamchi usullar ham bor. Jumladan, test, suhbat, so`rovnoma, 

biografik usul, sotsiometrik usul va boshqalar. 



4. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni 

         Psixologiya fani ko`plab fanlar bilan o`zviy bog`liq holda rivojlanadi. Fanlar orasidagi bog`liqliklar 

psixologiyaning fanlar tizimidagi o`rnini aniqlaydi. Bizga ma`lumki, fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy 

turlarga bo`linadi. Psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo`ladi, u inson ruxiy faoliyatining tabiiy - 

tarixiy va ijtimoiy tomonini o`rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar orasida muhim o`rinni egallaydi. 

Psixologiya  falsafa,  tarix,  san`atshunoslik,  fiziologiya,  texnika,  pedagogika  fanlari  bilan  uzviy  bog`liq. 

YOsh  avlodni  har  tomonlama  tarbiyalash  uchun  ularning  psixologiyasini  yaxshi  bilish  lozim.  Falsafa 

ongni  o`rganadi,  psixologiya  esa  inson  ongining  shakllanishini  o`rganadi.  Bolalarning  psixologik 

rivojlanishini bilmasdan turib  biror bir ta`lim  metodikasini to`g`ri ishlab chiqib, uni  hayotga tadbiq etib 

bo`lmaydi. Psixologiyani tarbiyada, shaxs shakllanishida, uning kamollik darajasiga etkazishda, ma`naviy 

boy, axloqan pok, jismonan soqlom, jamiyatning barcha talablariga javob beruvchi qilib shakllantirishda 

ahamiyati  katta.  Psixologik  bilimlarni  inson  o`z  -  o`zini  tushunishda,  o`zining  kuchli  va  kuchsiz 



tomonlarini anglashda, qiyinchiliklarni engishda, muvaffaqiyatga erishishda, o`z kamchiliklarini bartaraf 

etib,  ijobiy  fazilatlarni  shakllantirishda  zarurdir.  Psixologiya  insonning  aqliy  imkoniyatlarini  ochishda 

ham  muhim.  Zero,  diqqat  va  xotirani  yaxshilash  va  rivojlantirish  yo`llarini  bilib,  bilimlarni  to`g`ri 

o`zlashtirish, intellektual faoliyat samaradorligini oshirish mumkin. 



Mavzu yuzasidan test savollari: 

1.Bolalarning ruxiy jihatdan rivojlanish qonuniyatlarini psixologiya fanining qaysi tarmog`i o`rganadi? 

a) pedagogik psixologiya

v) ijtimoiy psixologiya; 

b) mehnat psixologiyasi; 

g)yosh psixologiyasi; 

2.  Psixika  faoliyat  samarasi  va  rivojlanish  mahsuli  sifatida  qaraladigan  bo`lsagina,  u  to`g`ri  tushunilishi 

va  aynan  bir  xil  tarzda  izohlab  berilishi  mumkin.  YUqoridagi  fikr  psixologiyaning  qaysi  tamoyili 

mohiyatini ochib beradi? 

a) reallik; 

 

v) ong va faoliyat birligi; 



b) determinizm

g) psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi; 



Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 

1. Psixologiyaning fanlar tizimi tutgan o`rni qanday? 

2. A.V.Petrovskiy psixologiya sohalarini qanday tasnif qilgan? 

3. Psixologiyaning asosiy tamoyillarini izohlang? 

4. empirik uslublarni tasniflab bering? 

 

3 - mavzu: Psixika va ongning taraqqiyoti 

Reja: 

1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti: 

1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari; a) seskanuvchanlik; b) sezuvchanlik. 

2) hayvonlar xatti - harakati tiplari: 

a) instinkt; b) ko`nikma; v) intellektual harakat. 

2. Psixikaning muhit va a`zolar tuzilishiga bog`liqligi 

3. Inson ongining rivojlanishi 

Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 

Seskanuvchanlik  —  psixika  taraqqiyotining  dastlabki  bosqichi  bo`lib  tirik  organizmning  biologik 

ahamiyatga ega qo`zg`atuvchining ta`siriga javob berish. 

Sezuvchanlik — psixika taraqqiyotining yuqoriroq bosqichi, sezish bilan bog`liq. 

Tropizm — biologik omillarga reaktsiya qilish usullari. 

Sensor bosqich — sodda hayvonlarning tashqi muhit ta`sirini tanlab aks ettirishi. 

Pertseptiv bosqich — yuksak nerv tizimiga ega bo`lgan hayvonlarning tashqi muhitdagi narsalarni yaxlit 

holda aks ettirishlari 

Instinkt — hayvonlarning tug`ma xatti -harakati 

Intellektual harakat — faxm - farosat bilan bog`liq xatti -  harakatlar 

Ong — psixikaning yuksak darajasi 

Ontogenetik taraqqiyot — bitta organizmning rivojlanishi 

Filogenetik taraqqiyot — butun insoniyat rivojlanishi 

1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti 

        1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari. 

        Jamiki  materiya,  jonsiz  anorganik  materiyadan  tortib,  to  organik  materiyaning  yuksak  hamda 

murakkab  shakli  -  inson  miyasigacha  moddiy  olamning  umumiy  xususiyati  bo`lmish  aks  ettirish 

xususiyatiga,  ya`ni turli  ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism  yoki 

moddalarning o`zaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Tirik 

materiyaga o`tishda harakatning shakli sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik 

shakllari  xosdir.  Tirik  materiya  taraqqiyotining  ma`lum  bosqichida  aks  ettirishning  sifat  jihatidan  yangi 

shakli  bo`lmish  psixika  yuzaga  keladi.  Hamma  tirik  organizmlar,  o`simliklardan  tortib  hayvonlargacha 

evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bo`lgan seskanuvchanlik xususiyatiga 

ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bo`lgan ta`sirlarga javob qaytarish 

qobiliyatidir.  Sodda,  bir  hujayrali  tirik  organizmlarda  elementar  seskanuvchanlik  xususiyati  bor  bo`lib, 

ular  tashqi  muhit  ta`siriga  harakat  bilan  javob  qaytaradi,  muhit  ta`sirida  hujayra  protoplazmasininng 

xususiyati o`zgaradi.  Biologik  omillarga maxsus  harakatlar bilan  reaktsiya qilish usullariga tropizm  deb 

ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi, fototropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakat qilishga 

moyilligidir,  xemotropizm  -  ma`lum  fizik  -  ximiyaviy  muhitni  tanlab  olishga  moyilligidir,  topotropizm 


tirik organizmning mexanik qo`zg`atuvchi ta`siri ostida harakatlanishdir. Tropizmlar o`simliklarning o`z-

o`zini boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda ta`sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. 

YUksak tashqil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a`zolari tarkib topadi. Narsalarning 

organizm  uchun  aslida  befarq,  ya`ni  organik  ehtiyojlarini  qondirmaydigan  belgilari  (hidlari,  shakllari, 

ranglari)  signallik  ahamiyatiga  ega  bo`ladi.  Hayvonlarda  o`simliklarga  qaraganda  sezuvchanlik  tufayli 

ancha ko`p ta`sirlarni aks ettirish vujudga keladi. Masalan, infuzoriyalarning ular uchun neytral (befarq) 

bo`lgan  yorug`likka  reaktsiya  qilishlari  kuzatilgan.  Tajriba  quyidagicha  o`tkazilgan:  suv  to`ldirilgan 

nayga  sodda  hayvonlar  joylashtirilib,  naychaning  bir  tomoni  isitilgan,  Bir  hujayrali  hayvon 

termotropizmga ega bo`lganlari tufayli tezlik bilan naychaning iliq tomoniga o`tib olganlar. Naychaning 

bir  tomoni  isitilish  bilan  birga  bir  vaqtda  yoritilib  ham  borilgan.  Oddiy  sharoitda  yoruqlikka  neytral 

munosabatda  bo`luvchi  infuzoriyalarga  yorug`lik  bilan  birgalikda  ular  uchun  qulay  bo`lgan  issiqlik  bir 

necha  marta  ta`sir  ko`rsatilgan  taqdirda  infuzoriyalar  issiqlik  ta`siridan  qat`iy  nazar  yorug`likka 

to`planaverganlar.  Bu  sensor  bosqich  bo`lib  hisoblanadi.  Sensor  bosqich  uchun  xarakterli  xususiyat 

shundan  iboratki,  bu  bosqichda  organizm  narsalarning  o`zini  emas,  balki  alohida  xususiyatlarini  aks 

ettiradi.  Bunday  aks  ettirish  evolyutsion  taraqqiyotning  quyi  darajasi  -  to`rsimon  va  ganglioz  asab 

tizimiga ega hayvonlarda kuzatiladi. Masalan: Biror bir hashorot o`rgimchak to`riga tushishi bilan uni o`z 

ipi bilan o`ray boshlaydi. 

Ko`pgina  tajribalardan  ma`lum  bo`lishicha,  o`rgimchak  uchun  faqat  bir  xususiyatlar,  to`r  orqali 

beriladigan  tebranish,  vibratsiya  ahamiyatlidir.  Tebranish  to`xtashi  bilan  o`rgimchak  ham  o`lja  tomon 

harakatlanishdan  to`xtaydi.  Keyingi  bosqich  pertseptiv  yoki  idrok  qilish  bosqichi  deb  ataladi.  Bu 

bosqichga  mansub  hayvonlar  atrof  -  muhitning  ayrim  xususiyatlarini  emas,  balki  ularni  butun  narsalar 

sifatida  aks  ettiradi.  Keyingi  bosqich  -  intellektual  bosqichi  (aql)  bo`lib,  yuksak  darajada  rivojlangan 

hayvonlarga, ya`ni odamsimon maymunlarga xosdir. 

2) hayvonlarning xatti - harakat tiplari. 

       Instinktlar  -  hayvonlarning  o`z  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  qiladigan  tug`ma  murakkab 

harakatlaridir.  Masalan:  ko`p  qushlar  juda  ustalik  bilan  in  yasar  ekan,  material  tanlash  va  inni  pishiq 

qurish  yo`lida  xilma  -  xil  harakatlarni  bajaradi.  Qaldirg`och,  o`rgimchaqlar,  asalarilarning  in  yasashlari 

bo`nga  misol  bo`la  oladi.  Hayvonlarning  biologik  ehtiyojlariga  qarab,  ularning  instinktiv  harakatlarini 

quyidagi  turlarga  bo`lish  mumkin:  ovqatlanish  instinkti,  saqlanish  instinkti,  nasl  qoldirish  instinkti  va 

poda  -  poda  bo`lib  yashash  instinkti  kabilar.  Instinktlar  mashq  qilish  yoki  o`rganish  yo`li  bilan  hosil 

bo`lmaydi,  ular  biologik  irsiyat  sifatida  o`tadi.  Instinktlarning  nerv  -  fiziologik  asosi  -  shartsiz 

reflekslardir.Ular  ma`lum  sharoitdagina  qulay  hisoblanadi.  Agar  sharoit  o`zgarsa  instinktlar  foydasiz 

bo`lib  qoladi.  Masalan:  qushlarga  tuxum  o`rniga  boshqa  narsani  qo`yib  qo`yilsa,  bosib  yotaveradi. 

Instinkt har bir turdagi hayvonlar uchun nasldan naslga o`tib o`zgarmay qoladi. Ko`nikma hayvonlarning 

individual hayoti davomida paydo bo`ladigan harakatlardir. Masalan: o`rgangan it qo`l o`zatilsa, oldingi 

oyog`ini beradi, it eshikni oyog`i yoki tumshug`i bilan ochadi. “o`yinga to`shadi”, keyingi oyoqlari bilan 

tikka  yuradi,  ot  aravaga  kiradi.  Bunday  harakatlar  ko`nikma  deb  ataladi.  Hayvon  instinktiv  harakatlar 

yo`li  bilan  qanday  ehtiyojlarini  qondirsa,  hosil  qilingan  ko`nikma  yo`li  bilan  ham  shu  ehtiyojlarini 

qondiradi.  Hayvonlarning  ko`nikmalari,  instinktlar  asosida,  shuningdek,  ilgari  hosil  qilingan  shartli 

reflekslar  asosida  vujudga  keladi.  Hayvonlarning  ko`nikmasi  “o`rganish”  yo`li  bilan  hosil  bo`ladi. 

Masalan: bo`rilar o`z bolasiga qidirish, ov qilishni o`rgatadi. Uy hayvonlarini odam “o`rgatganda” ularda 

ko`nikma  hosil  bo`ladi.  Kishilarning  hayvonlarda  shu  tariqa  ko`nikmalar  hosil  qilishiga  o`rgatish  - 

“dressirovka”  deb  ataladi.  Hayvon  biologik  taraqqiyoti  qanchalik  yuqori  bosqichda  tursa,  ko`nikmalar 

shunchalik  tez  hosil  bo`ladi.  Hosil  bo`lgan  ko`nikmalar  mustahkamlanishi  instinktiv  harakatlar  shaklida 

avloddan -avlodga o`tishi mumkin. 

Ayrim  narsalar  o`rtasida  murakkab  munosabatlarning  aks  ettirilishi  intellektual  harakatlarning  asosini 

tashqil etadi. Quyidagi tajriba intellektual harakatga misol bo`la oladi. Qarg`aning ko`zi o`ngida bitta ichi 

bo`sh  trubaga  ipga  bog`langan  ovqatni,  ya`ni  bir  parcha  go`sht  kiritilgan.  Qush  ovqatning  truba  ichiga 

kirganini, keyin ikki truba o`rtasidagi ochiq joydan o`tib, ikkinchi trubaga o`tib ketganini ko`rib turgan. 

Shundan keyin qarg`a darhol trubaning oxiriga yugurib borib, ovqatning trubadan chiqishini kutib turgan. 

Bu misol yuksak taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o`rtasidagi munosabatlarni payqay olishini va mazkur 

vaziyatga  qarab,  ular  natijasini  oldindan,  ya`ni  harakat  qilayotgan  narsalarning  qaerda  paydo  bo`lishi 

mumkinligini  hisobga  ola  bilishini  ko`rsatuvchi  dalildir.  Maymunlar  intellekti  (aql)  ularning  murakkab 

masalalarni  echa  olishlari  bilan  ajralib  qolmay,  balki  ular  faoliyati  yo`nalishi  bilan  ham  ahamiyatlidir. 

(chunki  ular  81  xil  ovkat  turi  bilan  ovqatlanadi).  Instinktlar  va  ko`nikmalar  tashqi  ta`surotlarga  bir  xil 

javob  qaytarish  mexanizmi  sifatida  hayvon  organizmini  ortiqcha  zo`r  berishdan  saqlaydi.  Hayvon  bir 


necha  marta  muvaffaqiyatsizlikka  uchragan  vaziyatlardagina  masalani  hal  qilishning  eng  yuksak 

darajadagi usullariga, ya`ni intellekt bilan ish ko`rish usullariga murojaat qiladi. Maymunlarda har qanday 

narsani  sinab  ko`raverish  jarayonida  konkret  amaliy  tafakkur  sodir  bo`ladi.  YUksak  taraqqiy  etgan 

hayvonlar  to`dasida  o`zaro  munosabatning  ma`lum  shakli  mavjuddir.  Hayvonlarning  to`daga  birlashuvi 

o`z  navbatida  shu  to`da  a`zolarining  o`zaro  aloqa  bog`lashlari  uchun  zarur  “til”  ni  albatta  keltirib 

chiqaradi. Hayvonlarning qiyofa, suykalish va tovush signallari shaklidagi “tili” mavjud. 



2. Psixikaning muhit va a`zolar tuzilishiga bog`liqligi 

    Muhit  sharoiti  jihatidan  nihoyat  darajada  har  xil  ekan,  bu  hol  organizmlarning  differentsiallanishiga 

olib  kelgan.  Barcha  tirik  organizmlar  mavjud  sharoitga  moslashadi.  O`z  -  o`zini  boshqarish  oddiy 

ta`sirlanuvchanlikdan  boshlanib,  o`zining  yuksak  taraqqiyotiga  erishadi.  Aks  ettirish  usuli  qanchalik 

yuksak bo`lsa, mazkur turdagi hayvon muhitning bevosita ta`siridan shunchalik ozod bo`ladi. Muhitdagi 

haroratning o`zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaktsiyalar tezligi ham o`zgaradi: harorat ko`tarilsa, 

reaktsiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaktsiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat juda oshib yoki juda 

tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok bo`ladi. YUksak taraqqiy etgan hayvonlar esa sharoit o`zgarishi 

bilan  bir  joydan  2  -  joyga  ko`chishga  majbur  bo`ladi.  Masalan:  kemiruvchilar  erni  chuqur  kavlab 

ichkariga  kirib  ketadi.  Bunda  instinkt  ta`sir  qiladi.  YOzning  issiq  kunida  fil  o`ziga  suv  sepib  turadi. 

Hayvonlar  taraqqiyotining  har  qanday  darajasida  ham  muhitga  bo`lgan  bog`liqlikdan  batamom  quto`la 

olmaydi.  Muhit  tirik  organizmning  yashash  sharoiti,  tirik  organizmlar  hayotini  belgilovchi  omildir.  Aks 

ettirishning  adekvatli  (mos)  bo`lishi  avvalo  psixikaning  moddiy  asosi  sezgi  a`zolari  va  asab  tizimining 

tuzilishiga bog`liqdir. Retseptor ma`lum bir turdagi qo`zg`atuvchilar ta`siriga qanchalik to`g`ri reaktsiya 

qilsa, organizmning reaktsiyasi ham shunchalik adekvat, ya`ni mos bo`ladi. 

Retseptorlarning  taraqqiyoti  ma`lum  darajada  biron  tipdagi  asab  tizimi  taraqqiyoti  bilan  bog`liq.  Sezgi 

a`zolari  va  asab  tizimi  taraqqiyoti  darajasi  muqarrar  ravishda  psixik  aks  ettirish  darajasini  belgilaydi. 

To`rsimon  asab  tizimiga  ega  bo`lgan  hayvonlar  asosan  tashqi  ta`sirotlarga  tug`ma  ravishda  javob 

qaytaradilar. Vaqtli aloqalar ularda qiyinchilik bilan yuzaga keladi va yomon saqlanadi. 

Taraqqiyotning navbatdagi pog`onasida asab tizimida bir qator sifat o`zgarishlar yuzaga keladi. Tuguncha 

shaklidagi  nerv hujayralari asab tizimining ko`proq miqdordagi  qo`zg`atuvchilarni qabul  qilish  va qayta 

ishlash imkoniyatini beradi. CHunki bunday asab tizimi uchun muhit qandaydir o`zgarmaydigan doimiy 

narsa  emas.  Har  qanday  materiya  kabi  muhit  ham  evolyutsion  taraqqiyotdadir.  evolyutsion 

taraqqiyotdagi, ana shu muhitga unda yashovchi hayvonlar moslashadi. 



3. Inson ongining rivojlanishi 

      Inson psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi o`rtasida katta farq bor. Hayvonlar 

“tili”  bilan  inson  tilini  hech  (qanday)  bir  jihatdan  taqqoslab  bo`lmaydi.  Hayvon  o`z  to`dasidagi  boshqa 

o`ziga o`xshash hayvonlarga ayni choqdagi bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar haqida faqatgina 

signal  berolsa,  inson  til  yordami  bilan  boshqa  odamlarga  o`tgan,  hozirgi  va  kelgusi  zamondagi  narsalar 

haqida axborot berishi va ularga ijtimoiy tajriba o`tkazishi mumkin. Hayvon va odam tafakkurining bir - 

biridan  farq  qilishi  ular  tili  o`rtasidagi  farqqa  bog`liqdir.  Inson  abstrakt  tafakkurga  -  hayvon  esa  amaliy 

tafakkurga ega. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli suratda ish ko`rish qobiliyatiga ega. Qurol yasash 

va uni asrash qobiliyatiga egalik odamni ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret vaziyatdan 

tashqarida  hayvon  hech  vaqt  qurolni  boshqa  narsalardan  farqlab,  qurol  sifatida  ajratmaydi  va  uni 

keyinchalik  foydalanish  uchun  saqlab  qo`ymaydi.  Biron  vaziyatda  qurol  o`z  rolini  o`tab  bo`lgach,  shu 

zahotiyok,  hayvon  uchun  qurollik  sifatini  yo`qotadi.  Odam  ilgaridan  o`ylab  qo`yilgan  reja  bilan  qurol 

yasaydi,  quroldan  tegishli  maqsadlarda  foydalanadi,  hamda  uni  saqlab  qo`yadi.  Odam  nisbatan  doimiy 

buyumlar  olamida  yashaydi.  Odam  quroldan  foydalanish  tajribasini  boshqalardan  o`rganadi  va  o`zi  bu 

tajribani  boshqalarga  o`rgatadi.  Odam  psixik  faoliyatining  hayvonlar  psixikasidan  uchinchi  farqi  shuki, 

inson  o`zidan  keyingi  avlodlarga  ijtimoiy  tajriba  qoldiradi.  Odam  bilan  hayvon  o`rtasidagi  to`rtinchi, 

g`oyat  muhim  farq  hissiyoti  o`rtasidagi  farqdir.  Rivojlanish  sharoitlarining  turlicha  bo`lishi  odam 

psixikasining  hayvon  psixikasidan  ajratuvchi  muhim  farqlardan  hisoblanadi.  Agar  odam  insoniyat 

tajribasini  o`zlashtirmas  ekan,  o`ziga  o`xshagan  odamlar  bilan  munosabatga  kirishmas  ekan,  shaxs 

sifatida  tarkib  topmaydi.  Inson  ongining  rivojlanishiga  asosiy  omil  mehnat  faoliyati  bo`lgan,  ya`ni 

odamlarning birgalikda qurol yasash va undan foydalanish faoliyatlari bo`lgan. Mehnat faoliyati ijtimoiy 

munosabatlar taraqqiyotiga ta`sir qiladi,  ijtimoiy  munosabatlarning rivojlanishi  esa mehnat  faoliyatining 

takomillashuviga  ta`sir  ko`rsatadi.  Inson  ongi  mehnatda  rivojlanadi.  Inson  ongi  evolyutsion  taraqqiyot 

jarayonida  aks  ettirishning  eng  yuksak  shakli  sifatida  maydonga  kelib,  ong  tufayli  odam  moddiy 

dunyodagi  narsalarning  ob`ektiv  barqaror  xususiyatlarini  ajrata  oladi  va  shu  asosda  tevarak  -atrofdagi 

voqelikni o`zgartira oladi. Demak, inson psixikasini - ong deb atash mumkin. 



Mavzu yuzasidan test savollari: 

1.  Shisha  banka  ichiga  solib  qo`yilgan  o`rgimchak  och  bo`lishiga  qaramay,  shu  bankadagi  pashshani 

emaydi,  odatda  u  ataylab  to`r  yasab,  o`nga  ilingan  pashshalarni  tutib  eydi.  O`rgimchakning  bu  xatti  -

harakati psixiki taraqqiyotining qaysi bosqichiga to`g`ri keladi? 

a) sensor bosqich;  

 

b) idrok; 



v) aql;   

 

 



 g) ong. 

2. Asalari va chumolilarning murakkab xatti -harakatlarini nima deb atash mumkni? 

a) aqliy harakatlar; 

 b) ko`nikmalar; 

v) instinktiv harakatlar;     g) mehnat. 

Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 

1. Taraqqiyot bosqichlariga nimalar kiradi? 

2. Instinktiv harakatlar turlari qanday? 

3. Hayvonlardagi tajribalarni tushuntiring. 

4. Ong qanday rivojlanadi? 

4-mavzu: Shaxs faoliyati va malakalari 

Reja: 

1. Faoliyat haqida tushuncha 

2. Faoliyat tarkibi: 

a) maqsad; b) motiv; v) ish harakat. 

g) eksteriorizatsiya va interiorizatsiya 

3. Faoliyatni egallash. 

a) malakalar; b) ko`nikmalar; v) malakalarning o`zaro ta`siri. 

4. Faoliyatning asosiy turlari: 

a) o`yin; b) ta`lim; v) mehnat. 

Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 

Avtomatizm - ixtiyorsiz yoki anglangan holda bajariladigan harakat; 

Avtomatlashuv – mashq qilish natijasida turli malakalarning shakllanish jarayoni; 

Etakchi faoliyat - shaxsning muayyan yosh davrida sifat jihatdan o`zgarishini ta`minlaydigan faoliyat turi; 

Interiorizatsiya - tashqi predmetli harakatlardan ichki aqliy harakatlarga o`tish jarayoni; 

Interferentsiya  -  avval  hosil  qilingan  malakalarning  yangi  malakalar  hosil  bo`lishini  sustlashtirish  yoki 

salbiy ta`sir etishi; 

Ko`nikma - biror ish harakatni anglangan holda bajara olish o`quvi; 

Maqsad - faoliyatning so`nggi natijasi timsoli, inson ehtiyojlarini amalga oshirilishi; 

Motiv - insonni faoliyatga undovchi va o`nga mazmun beruvchi kuch; 

Mehnat - moddiy va ma`naviy ne`matlar yaratishga yo`naltirilgan taqi olamni o`zgartirish va qayta hosil 

qilishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat; 

Odat - bajarilishi ehtiyojga aylangan harakat yoki xulq - atvorning tarkibiy qismi; 

Ta`lim - bilimlarni o`zlashtirish va mustahkamlash, faoliyat usullarini egallash jarayoni

Eksteriorizatsiya - ichki aqliy harakatdan tashqi predmetli harakatga o`tish jarayoni. 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling