Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti


Download 351.51 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi351.51 Kb.
#1576813
1   2   3   4
Bog'liq
Madosh

Tabiat bilan suhbat
(Rivoyat)
Bo`ron dedi :
- Kuchda menga teng teng keladigani yo`q. Men qudratliman. Istasam, dov-daraxtni ildiz-pildizi bilan sug`urib tashlayman. Xohlasam, tog`ni tolqon qilaman. Istasam, bog`larni soyga uloqtiraman. Istasam, quyosh yuzni to`sib, daryolar o`zanini o`zgartira olaman. Ha, men ana shunday dahshatliman.
Jala dedi:
- Ey Bo`ron, sen menchalik emassan. Mana, meni zo`r desa bo`ladi. Jahlim chiqib, qahrim qo`zib, bir quysam bormi, seni tinchitaman, yer yuzini suvga bostiraman. Hech kim, hatto sen ham qochishga joy topolmay qolasan.
Daryo dedi:
- E, namuncha maqtanasanlar. Ming maqtansanglar-da,bu dunyoda eng zo`ri menman. Sen, Bo`ronvoy, menga yo`liqqaningda o`z-o`zingdan tinchiysan. Jalavoy , shuni unutmaginki, sen menga qo`shilganingdagini kuchlisan. Aks holda, seni zamin yutib yuboradi.
Quyosh dedi:
- Nima deb vaqillayapsanlar o`zi? Mening haroratimga bardosh berolmay to`rt tomonga qochib ketasanlar-ku.
Daryo dedi:
- Bekorga tortishmaylik. Kelinglar, yaxshisi kim kuchliligini Odamdan so`rab qo`ya qolaylik.
Bo`ron Odamga dedi:

  • Dunyoda eng zo`ri kim? Menmi, Jalami, yoki Daryo?

Odam dedi:
- Yo`q. dunyoda shunday bir kuch borki, u seni ham, Jalani va Daryoni ham jilovlab oladi va istagan ko`yiga soladi. Ey Quyosh, qudratlisan, lekin ko`p kata ketma. Seni ham izmiga sola oladigan qudratli kuch bor.
- Xo`sh, nima o`zi o`sha qudratli kuch ? – deb baravariga so`rashdi jahldan darg`azab bo`lgan Bo`ron, Jala, Daryo va Quyosh.
Odam dedi:

  • Bu qudratli kuch – Do`stlik! Do`stlik bor joyda esa ga`laba muqarrar.

Hadis ilmi saboqlari “ kitobidan
Rivoyat o`qib bo`lingandan so`ng, lug`at ishi o`tkaziladi.
Lug`at ishi
Bo`ron – uzoq davom etadigan kuchli shamol.

Ingliz tilida – storm Rus tilida -
Download 351.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling