Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash
Download 351.51 Kb.
|
Madosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Yangi mavzu bayoni
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash: O`quvchilar bilan o`tgan darsdagi “ Oyijonlar, onalar” (Kavsar Turdiyeva) she`rini mustahkamlash . “ Kapalak “ usulida she`rni so`raladi, ya`ni, istagan joyda to`xtatilib, ixtiyoriy o`quvchidan davom ettiriladi.
Oyijonlar, onalar Kavsar Turdiyev O`qituvchi: Ayting, qachon nurga to`lar Xonadon-u, xonalar? O`quvchi: Ostonadan qadam qo`ysa , Unga aziz onalar! Safargami, shahargami, Olislasak bir qadam, Bizni darrov eslagan kim, Izlagan qaysi odam? Naqarot: Hamma : Bu ayadir, bu oyidir, bu buvidir, onadir, Bolalasi deb, lolasi deb onajonlar yonadir. O`qituvchi: Bolajonlar istaganda, Kim quyoshga aylanar ? O`quvchi: Yuragida ko`rinmas ip Bolasiga boylanar, Bolasi deb, lolasi deb, Kim dunyoni kezadi ? Qoqilganin, yiqilganin Ko`rmasa ham sezadi. Naqarot: Hamma : Bu ayadir, bu oyidir, bu buvidir, onadir, Bolalasi deb, lolasi deb onajonlar yonadir. O`qituvchi: Qani, ayting, kim bizlarga , Suyuklardan suyukdir? O`quvchi: Xonlardan ham, beklardan ham, Shohlardan ham buyukdir. Ulug`vordir, beg`ubordir, U erishgan martaba. Takrorlaylik, takrorlaylik Nomin ko`plab martaba . Naqarot: Hamma : Bu ayadir, bu oyidir, bu buvidir, onadir, Bolalasi deb, lolasi deb onajonlar yonadir. O`qituvchi : Onalar haqida qanday maqollar bilasiz ? O`quvchilar: 1. Jannat onalar oyog`i ostidadir… 2. Onaning ko`ngli bolada, Bolaning ko`ngli dalada. 3. Bola loy bo`lsa, ona kulol. O`qituvchi tomonidan fikrlar xulosalanadi. III. Yangi mavzu bayoni Darsligimizning 145-147-sahifalarini ochamiz.Kitobni toza va ozoda saqlashimiz kerak, chunki “Kitob bilim bulog`i , O`quvchining o`rtog`i”. O`quvchilar bilan tabiat haqida suhbat o`tkaziladi. Bolalar tabiat deganda nimani tushunasiz? ____________________________________ ____________________________________ ____________________________________ O`quvchilar javoblari to`ldirilib, bugungi mavzu “ Tabiat bilan suhbat” rivoyati ekanligini aytiladi. Mavzu bilan tanishishdan oldin o`quvchilarga rivoyat haqida ma`lumot berib o`tiladi. Rivoyat – arabcha so`z bo`lib “ hikoya qilmoq” , voqea va hodislarni ba`zan uydurma, ba`zan hayotiy voqealarni og`zaki hikoya qilinadi. U og`izdan-og`izga o`tish jarayonida bizgacha yetib kelgan. Bugungi mavzu ham rivoyat janridagi asardir. O`qituvchi “Tabiat bilan suhbat” rivoyatini ifodali o`qib beradi va o`quvchilarga ham kuzatib ketishlari hamda kuzatish jaroyinida ma`nosi qiyin so`zlar so`lzarni belgilab borishlari aytiladi. Download 351.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling