Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning


Download 0.51 Mb.
bet25/44
Sana08.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#238400
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Bog'liq
imkoniyati cheklangan osmirlarni ijtimoiy xayotga tayyorlashning pedagogik asoslari (2)

Paul Vittgenshtayn

Birinchi Jahon urushida Avstro-Vengriya uchun janglarda bir kungacha ham qo`lini yuqotdi. Frontga jo`nashdan oldinoq Paul yetuk pianinochi sifatida sho`hrat qozongan edi. Venalik badavlat Vittgenshtaynlar oilasiga o`z davrining mashhur kompozitor va musiqachilaridan Brams Maler va boshqalar tez-tez kelib turar, Rixard Shtraus bilan esa pianinoda to`rt qo`llab musiqa ijro etishni yaxshi ko`rar edi.

Urushdan nogiron bo`lib qaytgan Vittgenshtayn musiqachilikni davom ettirishga qaror qildi. Sog` qolgan chap qo`li bilan pianino klaviaturasida aql bovar qilmaydigan akkordlarni olishga erishdi, pedallardan unumli foydalandi.

O`z davrining mashhur kompozitorlari Moris Ravel, Bendjamin Britten, Rixard Shtraus va boshqalar maestroning yagona qo`liga mo`ljallab ajoyib va boshqalar maestroning yagona qo`liga mo`ljallab ajoyib pyesalar yaratdilar. Ikkinchi Jahon urushi paytida Paul fashistlar konslageriga tushishiga oz qoldi. Biroq u AQShga qochishga muvaffaq bo`ldi va 1961 yil, ya’ni umrining oxirigacha Nyu-York shahrida yashadi.

P.Vittgenshtayn—“Chap qo`l maktabi” darsligining muallifi. U 1957 yili Londonda chop etildi.
Rey Charlz (1930-2004)

Musiqachi va qo`shiqchi. Bolaligidan fortepiano chala boshladi. Olti yoshida ko`r bo`lib qoldi. 1937 yildan 1945 yilgacha ko`rlar uchun musiqa maktabida tahsil oldi, keyin har xil orkestrlarda ishlab yurdi. 1950 yillarning o`rtalarida u keng shuhrat qozondi, u yaratgan va ijro etgan qo`shiqlar xit-paradlarni ochib berar edi.

Konsertlarda R.Charlz nafaqat fortepiano, balki saksofon ham chalar edi, bundan tashqari o`zini mohir orkestr rahbari sifatida ham ko`rsatdi. O`tgan asrning 70 yillarida Rey Charlza ismi “Shon- shuhrat zalida ritm-end-blyuz sho`hrat zalida ritm-end-blyuz ijrochilari qatorida yozib qo`yildi.

Rey Charlzning hozirgi zamon musiqasiga qo`shgan hissasi beqiyosdir.

Stiven Xokking (1942 yilda tug`ilgan)

Astrofizik, Nobel mukofotining sohibi. S.Xoking Oksford universitetini tamomladi va uch yil o`tgach, fizika bo`yicha ilmiy darajaga ega bo`ldi. Kembrij universitetida kosmologiya bilan mashg`ul bo`lib, kosmologiya doktori ilmiy darajasiga va matematika professori ilmiy unvoniga sazovor bo`ldi.

21 yoshida Stiven qoqilib tusha boshladi, 30 yoshlarga kelib esa darajasiga va matematika professori Kembrij universitetining yosh professori va o`z davrining etakchi astrofizik olimlaridan biri harakatlantiruvchi neyronlar kasalligi tufayli nogironlar aravachasida harakatlanadigan bo`lib qoldi. Hozirda Triniti-kollejda fizika kafedrasida ishlaydi, maruzalar o`qiydi, kitoblar yozadi. Elektr uzatmali nogironlar aravachasi harakatlanish imkonini bersa, kreslo ostida joylashgan kompyuter gapirish imkonini beradi. Displey ekranida so`zlar va ko`p takrorlanadigan iboralar ko`rinadi. Xoking barmog`i bilan knopkani bosib gaplar tuzadi, sintezator esa uni ovoz chiqarib atrofdagilarga o`tkazadi.

Professor Xoking 12 ta faxriy ilmiy darajaga ega, Hurmat ordeni kavaleri, 1998 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan olim, Buyuk Britaniya Qirollik ilmiy jamiyatining a’zosi, ko`plab mukofotlar sohibi.

Nik Vuchich (1982 yilda tug`ilgan)

U bironta ham qo`lsiz va oyoqsiz tug`ilgan. Bolaligida u ko`p ruhan ezildi, biroq o`zini qo`lga olib, nogironligi bilan yashashga ko`nika boshladi. Keyinchalik o`z tajribasini boshqalar bilan o`rtoqlashdi. Natijada u butun dunyoga mashhur motivasion spiker bo`lib yetishdi.

Uning chiqishlari imkoniyatlari cheklangan bolalar va o`smirlarga qaratildi va ularda hayotda maqsad va mazmun topishga umid uyg`otdi.

Jismoniy kamchiliklariga qaramay, bola aqlan va jismonan sog`lom o`sdi va Viktoriya shtati qonunlari nogironlarga nisbatan o`zgargan zahoti, ota-onasi farzandining oddiy maktabga borishini qat`iyan talab qildi va bunga erishdi.[2.51]


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling