Namangan davlat universiteti obid jon karimov


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana15.12.2019
Hajmi3.85 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

/   _/  ■
 ' /   /
OBID JON  KARIMOV
/   _/  
  s ' '
У
 
X
MILLIY  U Y G ’ONISH  DAVRI 
O ’ZBEK  ADABIYOTI: 
f  
SAVOL -   JAVOBLAR Г
X   - > ’ 
^

O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O ’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
OBID JON KARIMOV
MILLIY UYG’ONISH DAVRI O’ZBEK ADABIYOTI: 
SAVOL-JAVOBLAR
(o’quv-uslubiy qo’llanma)
“Namangan” nashriyoti -  2017

Karimov,  Obidjon.  Milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti:  savol- 
javoblar: 
o’quv-uslubiy  qo’llanma  /  O.  Karimov.  —  Namangan: 
“Namangan” 2017
Mazkur  o’quv-uslubiy  qo’llanma  o’zbek  tili  va  adabiyoti  fakulteti 
talabalari  uchun  Milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti  fani  asosida  400  dan 
ortiq  savol-javoblardan  tashkil  topgan.  Darslik  va  qo’llanmalar  kamligini 
hisobga  olgan  holda  har  bir  savolga  atroflicha  kengroq javob  berishga  harakat 
qilindi.  Bu  qo’llanma  talabalaming  mazkur  fanni  yanada  chuqurroq 
o’zlashtirishlariga yaqindan yordam beradi, deb ayta olamiz.
Savollami  tuzishda  Milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti  -   jadid 
adabiyoti  namoyandalari  hayoti  va  ijodi  namunaviy  ishchi  dastur  asosida  keng 
qamrab olindi.
Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma filolog-talabalarga mo’ljallangan bo’lib, 
undan  magistrantlar,  kasb-hunar  kolleji  va  akademik  litsey  o’quvchilari, 
abituriyentlar  hamda  o’zbek  tili  va  adabiyoti  fani  o’qituvchilari  ham 
foydalanishlari mumkin.
Muharrir:
Nurboy JABBOROV -  filologiya fanlari doktori, professor
Taqrizchilar:
Farida KARIMOVA - filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Muhavvo HAMIDOVA -  filologiya  fanlari nomzodi, dotsent
Mazkur  uslubiy  qo’llanma Namangan  davlat  universiteti  ilmiy  Kengashi 
tomonidan riashrga tavsiya etilgan.
■ V * '
у
2

MUALLIFDAN
Bizga  ma’lumki,  ijtimoiy-ma’naviy  hayotning  barcha  jabhalarini 
yangilashni  ko’zda  tutgan jadidchilik harakatining  adabiyotdagi  ifodasi  o’laroq 
dunyoga  kelgan  milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti  ta’lim  tizimining 
barcha  bosqichlarida  o’qitiladi.  Jumladan,  o’rta,  o’rta  maxsus  va  oliy  ta’lim 
muassasalarida,  shuningdek,  ilmiy-tadqiqot  institutlarida  faoliyat  ko’rsatish 
uchun ham bu fan bo’yicha muayyan malakaga ega bo’lish talab etiladi.
Milliy  uyg’onish  davri  Vatanimizda  jadidchilik  harakati  shaklida 
namoyon  bo’Idi.  U  1865-yildan boshlanib,  1929-yilda harakat namoyandalarini 
jismoniy tugatishgacha bo’lgan  davmi  o’z  ichiga oladi.  Bu  harakatning yuzaga 
kelishi  bevosita  istilo  va  uning  oqibatlari  bilan  bog’langan  bo’lib,  uning 
shakllanish  davri  1865-1905-yillar  bilan  belgilanadi.  Adabiy  harakat  an’anaga 
ko’ra  ko’proq  Qo’qon,  Xiva,  Buxoro,  Samarqandda  rivoj  topdi.  Toshkent  ham 
general-gubematorlikning  poytaxti  sifatida  tez  rivoj landi,  adabiy-madaniy 
markazga  aylanib  bordi.  1905-yil  voqealari,  xususan,  1905-yil  17-oktabr 
Manifestidan  keyin  u  rivojlanish  bosqichiga  kirdi.  1916-yilga  kelib  mazkur 
harakat  namoyandalari  “qora  xalqni  oqartirmoq  va  ko’zini  ochmoq  chorasiga” 
(Avloniy)  kirishdilar.  Shu  tariqa,  milliy  uyg’onish  (jadidchilik)  nihoyatda  tez 
rivojlandi.  Milliy  uyg’onish  (jadid  adabiyoti)  mazkur  harakatlaming  adabiy- 
badiiy  ifodasi  sifatida  namoyon  bo’Idi  va  yangi  o’zbek  adabiyotini  boshlab 
berdi.  Uning  avj  taraqqiysi  1915-1925-yillarga  to’g’ri  keldi.  Shulardan  kelib 
chiqqan  holda,  o’zbek  milliy  uyg’onish  adabiyotini  ikki  bosqichga  ajratib 
o’rganish  maqsadga  muvofiqdir.  1.  Ilk  mustamlakachilik  davri:  manbalari, 
yuzaga kelishi  (1865-1905).  2.  Milliy va ijtimoiy kurashlar davri:  taraqqiyoti va 
tugatilishi (1905-1929). Bundagi har bir sana muayyan ma’no tashiydi.  1865-yil 
-   Toshkent  istilo  qilingan  sana.  1929-yil  esa  tarixda jadidchilik  harakatining 
sho’rolar siyosati tomonidan mahv etilishi sanasi sifatida muhrlangan1.
Fanning  maqsadi  -  talabalarda  milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti 
bo’yicha  bilim,  malaka  va  ko’nikma  hosil  qilish,  ulami  milliy  istiqlol  g’oyasi
1  Б у х ак аа каранг:  К о с и м о в  Б е г а л и  в а  б о ш к .  М иллий уйгониш даври узбек адабиёти:  Университетлар ва 
пед агогика олий укув ю ртларин инг филология факультетлари учун дарслик.  Т.: Маънавият, 2004.  3-4- 
бетлар
3

ruhida tarbiyalash hamda kelajakda ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishlari  uchun 
zamin hozirlash.
“Milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti”  fanining vazifalari talabalami 
ta’limning  sub’ektiga  aylantirish  va  faollashtirish,  ularni  milliy  g’oya  ruhida 
tarbiyalash;  milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti  bo’yicha  darsliklar 
mazmuni  bilan  tanishtirish;  jadidchilik  harakati  namoyandalari  faoliyatidan 
xabardor  etish,  ulaming  asarlarini  o’qitish  hamda  tahlil  qilish  sirlarini 
o’rgatishdan iboratdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakasiga 
qo’yiladigan  talablar
“Milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti”  fani  bo’yicha  talaba 
quyidagilami bilishi kerak'.
milliy  uyg’onish  harakatining  vujudga  kelishi,  uning  mohiyati, 
maqsadlari  hamda  mazkur  davr  namoyandalari  hayoti,  ijodi  va  eng  muhim 
asarlarini;
ushbu  davr  adabiyoti  bo’yicha  muammoli  masalalami,  mazkur 
muammolar bo’yicha adabiyotshunoslikdagi munozaralami.
“Milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti”  fani  bo’yicha talaba  quyidagi 
k o ’nikmalarni egallagan b o ’Iishi kerak:
ushbu  davr  bo’yicha  qo’lyozma,  bosma  hamda  davr  matbuotida 
e’lon qilingan asarlar ustida ishlash;
“Istiqlol  qahramonlari”  rukni  ostida  nashr  qilingan  mutafakkirlar 
asarlarini tahlil qilish.
“Milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti”  fani  bo’yicha talaba  quyidagi 
malakalarga ega bo ’lishi kerak\
milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti  namoyandalari  faoliyati 
haqida o’quvchilarga chuqur bilim berish;
mazkur  davr  bo’yicha  o’quvchilar  bilan  muammoli  masalalar 
bo’yicha munozaralar olib borish va to’g’ri yo’l-yo’riqlar ko’rsata olish.
4

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va 
uslubiy jihatdan uzviyligi
Talabalar  ushbu  davr  bilan  bog’liq  holda  xalqimizning  istiqlol  va 
mustaqillik  uchun  olib  borgan  kurashi  tarixini  va uning  hozirgi  kunimiz uchun 
ahamiyatini  bilishlari  zarur.  Ushbu  fan  adabiyotshunoslik,  tilshunoslik,  tarix, 
pedagogika, psixologiya fanlari bilan uzviy bog’liq.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni 
Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotini chuqur o’rganish,  umumta’lim 
maktablari,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari,  shuningdek,  oliy  maktab 
fllologik  ta’limini  yo’lga  qo’yishda  ushbu  fan  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Chunki  bu  davr  adabiyoti  oily  o’quv  yurtlarining  gumanitar  fakultetlari, 
umumta’lim maktablari va litseylar dasturlaridan mustahkam o’rin egallagan.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
“Milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti”  fanini  o’qitishda  talabalami 
ta’lim  jarayonining  sub’yektiga  aylantirish  uchun  bo’lgan  barcha  zamonaviy 
metodlardan  foydalanish  ko’zda  tutiladi.  Ayni  vaqtda,  ta’lim  jarayonida 
qatnashishi  zarur  bo’lgan  talabalarga  texnologiyalashgan  pedagogika  usullari 
to’g’risida  muayyan  tushunchalar  beriladi.  Shuningdek,  milliy  uyg’onish  davri 
o’zbek  adabiyoti  fani  bo’yicha  o’tkazilgan  ma’ruza,  amaliyot  va  seminar 
mashg’ulotlarida ta’limning  interfaol  usullaridan  foydalaniladi.  Lekin yangicha 
usullaming  o’zigina  yutuqni  ta’minlaydigan  yagona  omil  emasligidan  kelib 
chiqib,  asrlar  sinovidan  o’tib  kelayotgan  usullardan  ham  istifoda  etiladi.  Shuni 
ta’kidlash  kerakki,  jadid  mutafakkirlari  o’z  davrida  eng  yangi  zamonaviy 
pedagogik texnologiyalami qo’llashda ham namuna ko’rsatganlar.
Uslubiy  qo’llanmani  yozishda  ana  shu  masalalami  chuqurroq  yoritishga 
harakat  qildik.  Yozuvchi  va shoirlar shaxsi  bilan  bog’liq ma’lumotlar to’plandi. 
Amaliy  mashg’ulotlarda  o’rganilishi  kerak  bo’lgan  mavzular  uchun  savol  va 
topshiriqlar tayyorlandi,  ulaming javobi  ko’pgina manbalardan olinib, yaxlit bir 
holga  keltirildi.  Qo’llanma  talabalar  va  o’quvchilar  uchun  u  yoki  bu  mavzuni 
mukammal  o’rganishda,  ijodkor  shaxsini,  asarlarini tahlil  qilishda ko’plab  dalil 
va nazariy ma’lumotlami berishiga ishonamiz.
5

Kirish. Milliy uyg’onish davrining ilk bosqichi
1. “Jad id ” atam asining izohi va bu  harakatning maqsadi haqida 
qanday m a'lum otlarni bilasiz?
“Jadid”  so’zining  ma’nosi  “yangi”  demakdir.  U  shunchaki  “yangi”  yo 
bo’lmasa,  “yangilik  tarafdori”  degani  emas.  Balki  “yangi  tafakkur”,  “yangi 
inson”,  “yangi  avlod  ”  singari  keng  ma’nolami  o’zida  mujassam  etgan.  Bu 
atama bizga XIX asming 80-yillaridan kirib kelgan.
Jadidchilik  harakatining  ilk  maqsadi  yangi  tipdagi  maktablami  ochish, 
yosh avlodni savodli qilish  bo’lgan. Jadidlar ana shu jarayonda bu savodli avlod 
uchun yangi  fikr, yangi g’oyalami eltuvchi xabarlar, maqolalar,  ocherklar,  she’r 
va hikoyalar zarurligini  sezdilar.  Shu tarzda jadid  adabiyoti tug’ila va shakllana 
boshladi.
2. ’’Jadid” atamasining kirib kelishi kimning nomi bilan bog'liq?
”Jadid  ”  istilohining  kirib  kelishi  Ismoilbek  Gasprali  (Gasprinskiy) 
ochgan  yangi  maktab  nomi  bilan  bog’liq.  U  yozadi: 
1884  sanasi 
Boqchasaroyda bir maktabi usuli jadida (yoki usuli savtiya) qo’ymish edim”2.
90-yillarda  bu  yangi  usul  Turkistonga  yetib  keladi.  1893-yili  Ismoilbek
Gaspralining  o’zi  Buxoroga  kelib,  amir  bilan  uchrashadi  va  yangi  maktab 
ochishga  muvaffaq  bo’ladi.  Ismoilbek  Gasprali  tashabbusi  bilan  paydo  bo’lgan 
bu  yangilikni  Turkiston  maktablarida  Avloniy,  Hamza,  Shakuriy  kabi  ilg’or 
pedagoglar  hayotga  joriy  eta  boshladilar  va  maktablar  uchun  qator  darsliklar 
yaratdilar.
Mahmudxo’ja   Behbudiy,  Munawar  qori  Abdurashidov,  Abdurauf Fitrat, 
Hoji Muin, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy, Ismoil Obidiy va boshqalar jadid 
g’oyalarini yoyishda nashriyot ishlariga,  matbuot sohasiga katta e’tibor berdilar. 
Ular va ularning hammaslaklari “Vaqt”, “Osiyo”, “Shahrat”, “Hurriyat”, “Ulug’ 
Turkiston”,  “Sadoyi  Turkiston”  gazetalarida  Turkistonning  ijtimoiy,  iqtisodiy,
2  А б д у л л а А в л о н и й . Т а н л ан ган  асарлар,  2  ж илдлик.  2-жилд, Т.:  “М аънавият” ,  1998 й., 288-бет.
6

siyosiy,  milliy,  madaniy-ma’rifiy  va tarbiyaviy  ishlardagi  ravnaqi  uchun  zarur 
bo’lgan  muammolami  ko’tarib  chiqdilar,  kezi  kelganda,  mustamlaka siyosatiga 
qarshi fikrlarni ilgari surishda jasorat ko’rsatdilar.
3.Jadidchilik deganda nimani tushunasiz?
“Jadidchilik” arabcha “jadid” (“yangi”)  so’zidan. Keng ma’noda ijtimoiy- 
ma’naviy  hayotning  barcha jabhalarini  yangilashni  ko’zda  tutadi.  Jadidchilik, 
Turkiston  ijtimoiy  fikri  taraqqiyotida,  Fitrat  qayd  etganidek,  islomchilik 
(panislomizm),  turkchilik  (panturkizm)  va  mahalliychilik  (o’zbekchilik) 
ko’rinishlarida ham namoyon bo’lgan ediki, bularning o’z sabablari bor.
Jadidchilik  oqim  emas,  harakat.  Ijtimoiy,  siyosiy,  m a’rifiy  harakat. 
Yaqingacha  u  faqat  ma’rifatchilik  harakati  deb  kelindi.  Maqsad  -  
jadidchilikning  doirasini  toraytirish,  sotsialistik-kommunistik  mafkuradan 
boshqasi  keng  xalq  ongini  qamrab  olishi,  egallashi  mumkin emas,  degan  soxta 
tushunchaning asorati edi. Aslida esa:
1) 
jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi,  uyg’onish mafkurasi 
b o ’lib  xizmat  qildi;  2)  mustaqillik  uchun  kurash  olib  bordi.  Uning g ’ayrat  va 
tashabbusi  bilan  dunyo  k o ’rgan  Turkiston  muxtorivati  bu  y o ’ldagi  amaliy 
harakatning dastlabki natijasi edi;
3)  maorifva madaniyatni,  matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab 
chiqdi.
4. 
Milliy  uyg'onish  adabiyotining  mazmunini  tashkil  qiluvchi  asosiy 
sabab nima edi?
Milliy  uyg’onish,  millatning  o’zligini  anglash  jarayoni  mazkur  davr 
adabiyotining  ruhi  va  mazmunini  tashkil  qildi.  Buni  adabiyotshunoslik  o’tgan 
asming  20-yillaridayoq  e’tirof  etgan  edi.  Milliy  uyg’onish  birgina  adabiyot 
doirasida  qolgani  yo’q,ijtimoiy  turmushning  barcha  qatlamlarini  qamrab  oldi, 
hatto  ’’bosmachilik”  nomi  bilan  ’’g’alati  mashhur”  bo’lib  tarixga  kirgan
7

hodisaning  ham  mafkurasi  milliy  uyg’onishga,  uning  samarasi  bo’lmish 
mustaqillikka bog’lanardi.
5. Milliy uyg’onish mintaqamizda qanday shaklda namoyon  bo’Idi?
Milliy uyg’onish mintaqamizda jadidchilik shaklida namoyon bo’Idi.
U  20-yillami  o’rtalarigacha davom  etdi.  1926-yildan  sovetlar unga qarshi 
kurash  boshladilar.  1929-yildan  ulami  jismoniy  tugatish  yo’lga  qo’yildi.  Bu 
harakatning  yuzaga kelishi  bevosita  istilo va uning  oqibatlari  bilan  bog’langan 
bo’lib,  uning  shakllanish  davrini  1865-1905-yillar  bilan  belgilamoq  kerak 
bo’ladi.  1905-yil voqealari  17-Oktabr Manifestidan keyin rivojlanish bosqichiga 
kirdi.  1916-yilga kelib, jadidlarimiz ” q ora xalq ni  oqartirmoq  va k o ’zin  ochmoq 
chorasiga” (Avloniy) kirishdilar...
6. Turkiston muxtoriyati qachon e’lon qilindi?
Taraqqiyparvar ziyolilarimiz mustaqillik uchun kurashnito’xtatmadilar va 
1917-yilning  27  noyabrida  Turkiston  (Qo’qon)  muxtoriyatini  e’lon  qildilar, 
biroq  u  uch  oyga  yetmay,  sho’rolar  tomonidan  shafqatsizlarcha  yo’q  qilindi. 
’’Millatchi”  deya  nom  olgan  millatparvarlarimizning  omon  qolganlari  tog’- 
toshlarga  qochib,  kurashni  davom  ettirdilar  va  Vatan  ozodligi  yo’lida  shahid 
ketdilar.  Bu  jarayon  20-yillaming  oxirigacha  davom  etdi.  1905-1929-yillar 
jadidchilik (milliy uyg’onish) harakatining taraqqiyot va tugatilish davridir.
7. Milliy uyg’onish asosida qanday adabiyot paydo bo’Idi?
Milliy  uyg’onish  (jadid)  adabiyoti  XIX  asr  oxirlarida  yuzaga  kelgan 
mazkur harakat g’oyalarining adabiy-badiiy  ifodasi  edi.  Lekin u jadidchilikning 
shunchaki  bir  ko’rgazmasi  bo’lib  qolmadi,  chinakam  adabiyotga  aylandi.  U 
yangi  adabiyotni  boshlab  berdi.  Avji  taraqqiysi  1915  —  1925-yillarga  to’g’ri 
keldi.
8

8.Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti necha bosqichga ajraladi?
Milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti  2  bosqichga  ajraladi:  1.  Milliy
uyg’onish  davri  o ’zbek  adabiyotining  ilk  bosqichi:  manbalari  va  yuzaga 
kelishi(XIX asr  oxirlari).  2.  Milliy  va  ijtimoiy  kurashlar  davri:  taraqqiyoti  va 
tugati  lishi  (XX  asr  birinchi  choragi).  ’’Milliy  uyg’onish”  davri  adabiyoti 
deganda  XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  XX  asr  boshlari  adabiyotini  ko’zda 
tutamiz. U o’ziga xos bir davrdir.
9.” Uyg’onish” tushunchasi qanday ma’nolarni o’z ichiga oladi?
’’Uyg’onish”  (Renessans)  tushunchasi  qadim  antik  adabiyotga  nisbatan 
olingan bo’lib,  o’rta asrlardagi ilm-fan jonlanishini  ko’zda tutadi. Uning doirasi 
turli mamlakatda turlicha,  IX asrdan XV  asrgacha bo’lgan davmi qamrab oladi. 
’’Milliy  uyg’onish”da  esa,  millatning  o’zligini  anglashi  asos  qilib  olinadi.  Biz 
’’Milliy uyg’onish” davri adabiyoti deganda XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 
boshlari adabiyotini ko’zda tutamiz. U o’ziga xos bir davrdir.
10. ’’Adabiyot-millat oynasi” fikrlari kimga tegishli?
Abdulla  Avloniy  bir  she’rida  ”Oyinayi  har  millat  erur  til-adabiyot”  deb 
yozgan  edi.  Bu  yerda  alloma  til-adabiyot  har  bir  millatning  yuzi,  oynasi 
demoqda.  Haqiqatan  ham, jamiyatni  tarbiyalashdagi  adabiyotning  buyuk  rolini 
jadidlar  yaxshi  anglaganlar.  Adabiyotni  haqli  ravishda  millat  oynasi  deb 
aytishgan.
11. Zamonaviy realistik adabiyot qachon maydonga keldi?
Ikki buyuk asr -  XIX va XX asrlar oralig’idagi 50-60 yillik davr qadim va 
boy o’zbek adabiyoti tarixida g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. U, birinchidan, 
xalqimiz hayotida yuz bergan eng katta baxtsizlik -  o’z mustaqilligini yo’qotishi 
voqealarini  loqayd  kuzatishdan  uning  fojiali  oqibatlarini  chuqur  idrok  etish  va 
istiqlol  uchun  kurashga chaqirishgacha bo’lgan yo’lni bosib  o’tdi.  Ikkinchidan, 
adabiyot  davr  voqealari  ta’sirida  g’arblashdi;  mazmun-mundarijasi  kengaydi;
9

davriy  matbuot  va  teatming  paydo  bo’lishi  bilan  yangi  adabiy  tur  va janrlar 
paydo bo’Idi.  An’anaviy she’riyat bilan bog’liq timsollarga yangi mazmun kirib 
keldi.  Yakka  hukmron  aruz  yoniga  unutilgan  eski  barmoq  vazni  qo’shildi. 
Sarbastda ijod  qilindi,  mansuralar yozildi,  ya’ni  -  zamonaviy realistik adabiyot 
maydonga keldi.
12.  "Tarixi Turkiston" asari muallifl kim?
“Tarixi  Turkiston”  asari  Mulla  Olim  maxdum  Hoji  tomonidan yozilgan. 
Ma’lumki,  1865-yilning  bahorida  general  Chernyayev  katta  qo’shin  bilan 
Qo’qon  xonligining  eng  yirik  shaharlaridan  biri  -   Toshkent  ostonasida  paydo 
bo’Idi.  Bu  shahar  Turkistonni  harbiy,  ma’muriy  idora  etishda  qulay  edi.  Biroq 
chor hukumati voqealaming tezlashib ketayotganidan bir oz tashvishga tushgan, 
jahon  afkor  ommasi  oldida  o’zini  noqulay  sezardi.  Shu  sababli  Chemyayevga 
Toshkentni  bosib  olishga  shoshmaslik  to’g’risida  ko’rsatma  keladi.  Lekin  rus 
qo’shinining  ketma-ket  g’alabalaridan  mast  general  o’zini  tuta  olmaydi. 
Toshkentni  qamal  qiladi.  Ayrim  mahalliy  sotqinlaming  yordami  bilan 
Toshkentni  suv  bilan  ta’minlovchi  Niyozbek  qal’asini  egallaydi.  Shu  kabi 
voqealar,Turkiston  shahrining  bosib  olinishi  (1860-yil,  polkovnik  Simmerman 
Pishpekka  hujum  qiladi.  1864-yil  1-mayda  Avliyoota,  12-iyunda  Turkiston 
shahri  bosib  olinadi)  asarda  tasvirlangan.  Aytish  kerakki,  Mulla  Olim  maxdum 
Hojining  “Tarixi  Turkiston”  asari  O’zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  1992- 
yilda Qarshining “N asaf’ nashriyotida bosilib chiqdi.
13. “Toshkentning yangi tarixi” asari kimniki, u yana qanday 
nomlangan?
“Toshkentning yangi tarixi”  Muhammad Solih tomonidan yozilgan, yana 
bir  nomi  “Tarixi jadidai  Toshkand”  deb  atalgan.  Toshkent  bosqinini  o’z  ko’zi 
bilan  ko’rgan  tarixchi  Muhammad  Solih  istiloning  dahshatli  manzaralarini 
hikoya  qilgan  Jumladan,  olim  kitobda  quyidagilami  yozadi:  “Butun  osmonni 
tutun  va  chang qoplab  oldi,  nihoyat,  ruslar yaqindagi  tepalik  tomon  chekinib,
10

mudofaaga о ’tishga majbur bo 'Idilar.  Qamalda yotgan shaharliklar buni ко ’rib 
juda  quvondilar.Yetti  yashar  boladan  tortib,  yetmish  yashar  chollargacha 
g ’alabani  qutlab,  sarbozlarga  ovqat,  sharbat,  issiq  non,  shirin  va  nordon 
mevalar keltirib  turdilar.  Lekin rus qo ’shinlari о ’zlarinio ’nglab qayta hujumga 
о ’tib,  Toshkand qo 'shinlarini orqaga chekintirdi ”
14. Turkistan General Gubernatorligining tashkil qilinishi haqida
nimalar bilasiz?
General  Chernyayev  Toshkentni  olish  masalasini  qanchalik  ehtiyotlik 
bilan  oson  hal  qilgan  bo’lmasin,  xorijda,  xalqaro  demokratik  hamjamiyatda 
Rusiyaning  obro’siga  putur  yetkazishi  mumkin  edi.  Shuni  hisobga  olib,  chor 
hukumati shaddod generalni vazmin F.  I. Romanovskiy bilan almashtirdi. Yangi 
qo’mondon,  birinchi  navbatda,  Qo’qon  va  Buxoro  xonliklarini  bir-biridan 
ajratish,  o’rtadagi nizoli joylami  egallab,  orani ochish yo’lini tutadi.  Shu tarzda 
1866-yilda  Xo’jand,  Jizzax,  O’ratepa,  Yangiqo’rg’on  zabt  etilib,  Rusiya 
hududiga  kiritiladi.  1867-yil  14-iyulda  podsho  Aleksandr  II  farmoni  bilan 
Turkiston general gubematorligi ta’sis etildi.  Uning qo’mondoni va valiysi qilib 
general  K.  P.  Kaufman  tayinlanadi.  Birinchi  general  gubemator  mustaqil 
hukmdor bo’lib, faqat podshoga hisob berar edi.
Turkiston general gubematorligi tashkil topgach,  Toshkent uning markazi 
sifatida taraqqiy topa boshladi.
15. Rusiyaning Turkistonni bosib olish uchun qilgan harakatlari
haqida nimalar deya olasiz?
1853-1885-yillarda  ko’hna  Turkiston  Rusiya  tomonidan  bosib  olindi. 
Aslida  bu  istak  va  harakat  ruslarda  ancha  erta  -   XVI  asrdan,  Ivan  Grozniy 
zamonidan  boshlangan  edi.U  1552-yilda  Qozon  xonligini,1556-yiIda  Xazar 
xonligini  zabt  etib,  Rusni  muazzam  Osiyo  sarhadlariga  olib  chiqdi.  Pyotr  esa 
dunyoga  dong’i  ketgan  Samarqandu  Buxoroni  qo’lga  kiritish,  undan 
Hindistonga  kirib  borishni  buyuk  orzu  bilgan  edi.  Bu  orzuni  u  amalga  oshira
11

olmadi,  uning  ishini  izdoshlari  davom  ettirdilar.  XVIII  asrda  Yermak  Uzoq 
Sharqqacha  bo’lgan joylami  bosib  olib  berdi.  XIX  asming  boshlaridan  ruslar 
qadim  Turkistonning  shimoliy  darvozalarini  titib  ko’ra  boshladilar.  Turkiston 
esa  temuriylar  o’mini  egallagan  Shayboniyxonning  uzoq  davom  etmagan 
markaziy hokimiyatidan  so’ng,  asta-sekin  parchalanishga yuz tutgan  uch xonlik 
deb  atalmish  uch  bo’lakka  bo’linib,  o’zaro  nizo  va janjallar  botqog’iga botgan 
edi.
16. Dukchi Eshon voqeasi qachon bo'ldi? Uning tashkilotchisi kim
edi?
XIX asrdagi Turkistonda bo’lib o’tgan qo’zg’olonlarning eng yirigi  1898- 
yil  dagi  Dukchi  eshon  voqeasi  edi.  Uning tashkilotchisi  va rahbari  Muhammad 
Ali  xalfa  Sobir  o’g’li  (1853-1898)  edi.  Qo’zg’olon  millatning,  uning  milliy  va 
diniy  huquqlarining  chor  hukumati  tomonidan  kamsitilishiga  qarshi  ko’tarildi. 
Biroq  u  keng  keng  yoyilib  ulgurmadi.  Unda  qishloq  kambag’allari,  dehqonlar 
ko’proq  ishtirok  etgan  edilar.  Qo’zg’olon  yetarli  tayyorgarliksiz,  to’satdan 
boshlandi.  Qatnashchilarda  birlik,  ahillik  yetishmadi.  Chor  hukumati  o’z 
ayg’oqchilari  orqali  undan  oldinroq  xabar  topishga,  turli  ig’vogarliklar  bilan 
tashkilotchilarini  qisqa  muddatda  qo’lga  olishga  muvaffaq  bo’Idi.  Qo’zg’olon 
shafqatsizlarcha bostirildi. Muhammad Ali Eshonning qishlog’i Mingtepa to’pga 
tutilib,  kultepaga  aylantirildi.  Qo’zg’olon  tashkilotchilari  yosh-qarining  ko’zi 
oldida  dorga  osildi.  Yuzlab  kishilar  qamoqqa tashlandi,  Sibirga  surgun  qilindi. 
Chor  hukumatining  qattiq  tazyiqi  ostida  Dukchi  Eshon  nomini  xalq  orasida 
badnom  qilish  boshlandi.  Mulla  va  mudarrislar  shogirdlariga  uni  ig’vogar, 
fitnachi  sifatida  taqdim  etdilar,  shoirlar  esa  bu  “shayton  bachchag’ar”  sha’niga 
hajvlar  bitdilar.  Afsuski,  bu  hoi  xalq  hayotini  bor haqiqati  bilan  kuylagan,  o’zi 
xalqning  eng  quyi  mehnatkash  tabaqalaridan  chiqqan  shoirlar  ijodida  ham 
uchraydi.
12

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 83%20Адабиётшунослик
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
83%20Адабиётшунослик -> O zbek mumtoz adabiyoti tarixi
83%20Адабиётшунослик -> Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri
83%20Адабиётшунослик -> O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
83%20Адабиётшунослик -> Abdurahmonov
83%20Адабиётшунослик -> N iz o m iy n o m id a g I t o s h k e n t davlat p e d a g o g ik a u n IV e r s it e t I mamasoli jumaboyev
83%20Адабиётшунослик -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling